Ma’ruza № Kirish. Kon mashinalari va komplekslari fanining maqsad va vazifalari


Plastiklik — kon jinsining kuch ta’sirida batamom buzilmasdan qoldiq deformatsiyalanish xususiyati. Deformatsiyalanuchanlik



Download 43,31 Kb.
bet3/4
Sana03.04.2022
Hajmi43,31 Kb.
#526610
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza 1 (1)

Plastiklik — kon jinsining kuch ta’sirida batamom buzilmasdan qoldiq deformatsiyalanish xususiyati.
Deformatsiyalanuchanlik — kon jinsiga kuch ta’sir etganda deformatsiyalanib o’zining shaklini va o’lchamlari o’zgartirish xususiyatidir.
Qovushqoqlik — kon jinsining uni bo’laklarga ajratuvchi, uzuvchi kuchlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir. Qovushqoq tog’ jinslari qiyin buzilish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Mo’rtlik — kon jinslarining statik kuch ta’sirida buzilish xususiyatidir. Mo’rt kon jinslari kuch ta’sirida qovushqoq kon jinslariga nisbatan oson buziladilar.
Darzdorlik – turli sabablarga ko’ra hosil bo’lgan va har xil o’lchamlardagi darzlar bo’lib, ular massivni alohida bloklarga ajratadi va bloklar nisbatan yaxlitlikka ega bo’ladi.
Bo’lakdorlik – kon jinslarini massivdan ajratib olinganda, ularning maydalanganlik darajasini tavsiflaydi .
Rudani portlatish asosida massivdan ajratib olinganda ruda bo’laklari A: V: S = 1,5:1: 0,7 nisbatiga ega bo’ladi , bunda A – bo’lak uzunligi, V - bo’lak eni va S - bo’lak balandligi .
Amaliyotda bo’lakdorlik maydalangan ruda tarkibida o’lchami katta bo’lgan bo’laklar mavjudligini foizlarda o’lchanadigan miqdori bilan tavsiflanadi.(O’lchami katta bo’laklar «negabarit» deb ataladi va bunday bo’laklar ularni yuklash mashinalari ishchi organlari, yoki rudani tushirish lahimlari o’lchamlaridan katta bo’ladi).
Jipslashish – maydalangan ruda yoki kon jinslari bo’laklarini vaqt o’tishi bilan bir-biri bilan yopishib, monolit holatiga aylanish xususiyati.
Ko’pchish koeffitsienti- massivdan ajratib olingan ruda, ko’mir yoki kon jinslarining hajmini ularning massivdagi hajmidan katta bo’lishini tavsiflaydi va maydalangan kon jinslari hajmini massivdagi hajmiga bo’lgan nisbati orqali aniqlanadi.
Zichlik (kg/m3 yoki t/m3) – tog’ jinsining tabiiy namligidagi massasining hajmiga nisbati orqali tavsiflanadi.
Kon jinsini zichligi uning nisbiy ( ) va xajmiy og’irligi ( ) bilan xarakterlanadi.
Kon jinsining nisbiy og’irligi g/sm3 formula bilan aniqlanadi. Bu yerda G — kon jinsining ma’lum sharoitdagi og’irligi bo’lsa, V — uning xajmi.
Hajmiy og’irligini aniqlashda G1 — kon jinsining tabiiy holatdagi og’irligi bo’lib, uni shu holdagi hajmi V1 bo’ladi, unda hajmiy og’irligi , g/sm3 bo’ladi.
Kon jinsining g’ovakliligi g’ovaklilik koeffitsienti bilan xarakterlanadi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
;
bu yerda: — kon jinsining nisbiy og’irligi, g/sm3.
—kon jinsining hajmiy og’irligi, g/sm3.
Kon jinsining elektr, tovush va issiqlik o’tkazuvchanligi ma’lum kon jinslari uchun laboratoriyalarda aniqlanib geologiya-qidiruv ishlari va boshqa sohalarda ushbu xususiyatlardan foydalaniladi.
Birikuvchanlik – tog’ jinsi alohida bo’lakchalarining bir-birlari bilan ilashishi bo’lib, ularning bo’linishga qarshiligi bilan tavsiflanadi.
Kon lahimlarini barpo etish va ularni ma’lum davr ichida saqlanib turishiga ta’sir etuvchi kon jinslarining asosiy xossalari: kon massivining turg’unligi (mustahkamligi), kon jinslarining tirnovchanligi (abrazivlik), qattiqligi, pishiqligi, g’ovakdorligi, darzdorligi, qayishqoqligi, oquvchanligi va boshqalar.
Ko’mir va rudalarning massivdan ajratib olingandagi xususiyatlariga esa - bo’lakdorlik, maydalanish, ko’pchish va jipslashish kabi xossalari kiradi. Kon massivi va kon jinslarining yuqorida keltirilgan xossalari, birinchi navbatda, kon ishlari texnoligiyasi variantlarini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi.

Download 43,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish