Ma’ruza №2. Mashina detallari va ish jihozlari (davomi) reja



Download 1,81 Mb.
bet1/9
Sana18.02.2022
Hajmi1,81 Mb.
#453474
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маъруза №2 (1)


Ma’ruza №2. Mashina detallari va ish jihozlari (davomi)
REJA
1. Kanatlar (yo‘g‘on arqonlar)
2. Bloklar
3. O‘q va vallar
4. Podshipniklar
5. Muftalar
6. Blok va polispastlar
7. To‘xtatgichlar va tormozlar

2.1. Kanatlar (yo‘g‘on arqonlar)


Kanatlar yuklarni ko‘tarishda, tushirishda va tashishda kuch uzatish uchun mo‘ljallangan bukiluvchan yuk ko‘tarish yoki tortish jihozlardir. Po‘lat sim va kanopdan tayyorlangan kanat (arqon)lar bo‘ladi. Qurilish mashinalaridan mustahkamligi yuqori, ishonchliligi yuqori bo‘lgan po‘lat arqonlar keng qo‘llaniladi.
Vazifasi bo‘yicha po‘lat arqonlar yuk-odam ko‘tarish (GL-грузолбдскиe) va yuk ko‘tarish (G-грузовыe) kanatlariga bo‘linadi. Kanatlar bir o‘rimli (1.16rasm, a), ikki o‘rimli (1.27-rasm, б) va uch o‘rimli bo‘ladi. Bir o‘rimli kanatlar spiral bo‘ylab o‘rilgan alohida simlardan tayyorlanadi. Qo‘shaloq o‘rimli kanatlar organik yoki metall o‘zakka o‘rish yo‘li bilan hosil qilinadi. Uch o‘rimli kanatlarda o‘rimlar sifatida kichik diametrli ikki o‘rimli kanatlardan foydalaniladi.




а)






б)






в)






г)




1.16-rasm. Po‘lat arqonlar (troslar).
Qurilish mashinalarida po‘lat arqonlarning shartli belgilari ularni pasportlariga yozib qo‘yiladi. Masalan: minorali kranni yuk kanati quyidagicha 24.0-G-1-L-0-N-180(GOST-2689-89) belgilangan.
Bu degani: kanat diametri 24, G-yuk uchun mo‘ljallangan; O-bir tomonlama o‘rimli; N-chuvalmaydi; 18 Mpa - uzilishga bo‘lgan vaqtincha qarshiligi (2.1- rasm).
Metallmas kanatlar kanop, paxta, asbest, sintetik (polipropilen, kapron) materiallardan tayyorlanadi. Ular asosan stroplar tayyorlash hamda yuklarni ko‘tarishda ularni qamrash va yuk ko‘tarish mashinalarini yig‘ishda ishlatiladi.
Kanop kanatlar asosan o‘zaro qarama-qarshi o‘rilgan uchta toladan iborat bo‘lib, smola shimdirilgan bo‘ladi.
Kanat po‘lat arqonni turi va diametri (mm) uzuvchi kuch, uzilishga bo‘lgan zo‘riqish orqali GOST jadvallaridan tanlab olinadi.
Smola shimdirilmagan kanatlar uchun [a]uz 100 kg/sm2 yoki smola shimdirilgan kanatlar uchun [a]uz = 90 kg/sm2 [9MPa].
Po‘lat arqonlar, mashina uzellari va ko‘tariladigan yuklarni ko‘tarish paytda turli usullarda bog‘lanadi. Kanatlarning yuk qamrovchi moslamalari bilan bog‘lanishnning asosiy turi kanatlarning uchlarida hosil qilinadigan sirtmoqlardir. Sirtmoqlarning o‘lchami kanatning yoki stropning vaznfasiga borliq. Po‘lat arqonlarning keskin bukilishidan va yoyilishidan saqlash uchun sirtmoq ichiga metall saqlagich koushlar 1 (1.17- rasm, a) o‘rnatiladi, ularning o‘lchamlari standartlashtirilgan. Sirtmoqlar mahkamlanish turi bo‘yicha ajraladigan (1.17rasm, a, б) va ajralmaydigan bo‘ladi. Ajralmaydigan sirtmoqlar turli konstruksiyadagi qisqichlar 2 (1.17-rasm, д) bilan mahkamlanadi. Ajralmaydigan sirtmoqlar siquvchi gilza 3 yordamida (1.17-rasm, в), kanatning o‘rilgan uchiga oson eriydigan metallni gilza 4 ichiga quyib (1.17- rasm, г) tayyorlanadi.
Donali yuklarni yoki maxsus yuk qamrash moslamalarini kanatlarga ilish uchun bir shoxli (1.18-rasm, a, в) va ikki shoxli (1.18-rasm, б) ilmoqlar va yuk sirtmoqlari (1.18-rasm, г) xizmat qiladi. Bular yumshoq po‘latdan bolg‘alab yoki shtamplab tayyorlanadi.

1.17- rasm. Po‘lat kanatlarning uchlarini mahkamlash sxemasi.

1.18-rasm. Ilgak va sirtmoqlar.
Yuklarni ilmoqlar va sirtmoqlarga ilish uchun kanat stroplari qo‘llaniladi. Stroplar quyidagilarga bo‘linadi: universal xalqasimon strop ( 1.19- rasm, a); ikki tomonda xalqasi bo‘lgan universal strop yoki bir tomonda halqa ikkinchi tomonda ilmog‘i bo‘lgan strop (1.19-rasm, б, в); hamda 2...8 gacha yakka stroplardan tashkil topgan ko‘p tarmoqli stroplar (1.19- rasm, г), to‘g‘ri yengillashtprlgan stroplarga bo‘linadi.

1.19-rasm.Strop va traversalar.
Stroplarni uzunliklari turlicha bo‘lishi mumkin. Halqali tortqich 10 m gacha, to‘g‘ri yengillashtirilgan strop 2,5 dan 5 m gacha va ko‘p shoxobchaligi 2,6 dan 8 m gacha bo‘lishi mumkin.
Katta o‘lchamga va uzunlikka ega bo‘lgan elementlarni ko‘tarish va ularni siljltish uchun turli traversalar ishlatiladi, ular qurilish konstruksiyalarini ko‘p shoxobchali stroplarda ko‘tarilganda hosil bo‘ladigan siquvchi kuchlar ta’siridan saqlash uchun xizmat qiladi. Ular ilmoqlari yoki stroplari naysimon yoki qutisimon tuzilishdagi metall to‘singa mahkamlangan oddiy traversalarga (1.19-rasm, ж) va kanat to‘sin bilan sharnirli qilib birlashtirilgan blok bo‘yicha siljiy oladigan balansirli va universal (1.19- rasm, д, e) traversalarga bo‘linadi.
Ilmoklar, karabinlar, yarim avtomatik qulflar va turlicha tuzilishdagi qamragichlar stroplarning yuk qamrash organlaridir. Dumaloq kesimli po‘latdan tayyorlangan doiraviy, uchburchak va oval halqalar, shuningdek skoba va yuk xalqalari stroplarning maxsus o‘tish elementlaridir. Yuklarni ko‘tarishda ularni bog‘lash va kanatlarga biriktirish uchun turli-tuman kanat tugunlari ishlab chiqilgan. Maxsus qamragichlarga qisqichli, ekssentrik va vakuumli qamragichlar, elektromagnitlar, bir va ikki kanatli greyferlar va boshqalar kiradi.

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish