Ma’ruza №2. Mashina detallari va ish jihozlari (davomi) reja


Boshqariladigan yoki ilashish muftalari



Download 1,81 Mb.
bet8/9
Sana18.02.2022
Hajmi1,81 Mb.
#453474
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маъруза №2 (1)

Boshqariladigan yoki ilashish muftalari mashinaning ishlash jarayonida mexanikaviy, elektrik, pnevmatik yoki gidravlik boshqarish mexanizmlari yordamida uning vallarini ulash va ajratish uchun xizmat qiladi. Harakatni uzatish uchun ilashishdan (kulachokli va tishli muftalar) va ishqalanishdan foydalaniladigan (friksion) muftalar bor. Kulachokli mufta (1.27-rasm, a) ikkita yarim muftadan iborat bo‘lib, ulardan biri quzg‘almas bo‘ladi va vallarning biriga bikir qilib mahkamlab qo‘yiladi, ikkinchisi esa qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, vallarni ulashda yoki uzishda boshqa valning yo‘naltiruvchi shponkalari yoki shlitsalari bo‘ylab harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

1.27-rasm. Ilashish muftalari.
Yarim muftalarning uchki yuzalarida uchburchak, trapetsiyasimon yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi kulachoklar bor, ular ish vaziyatida ilashadilar.
Tishli ilashish muftasi tishli kompensatsiyalovchi muftaga o‘xshaydi, biroq uning tashqi oboymasi qo‘zg‘aladigan qilib yasaladi.
Friksion muftalar turln burchak tezliklari bilan aylanadigan tashqi vallarni ravon ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Ish yuzasining shakliga qarab bu muftalar diskli (bir va ko‘p diskli, 1.27-rasm, б), konusli (yakka yoki qo‘sh konusli, 1.27-rasm, в) va silindrik (kolodkali, lentali, pnevmokamerali va hokazo,
1.27-rasm, г) muftalarga bo‘linadi. Vallar qo‘zgalmas 1 va qo‘zg‘aluvchan 2 yarim muftalarning ish yuzalarn orasida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchi hisobiga ulanadi. O‘ta yuklanishda yarim muftalar orasida biroz shataksirash yuz berishi mumkin, shu tufayli ulardan saqlagich qurilma sifatida foydalanish mumkin. Muftalarning ilashish yuzalari toblangan po‘latdan, cho‘yandan, tekstolit va metall-keramikadan tayyorlanadi. Muftalarni moylab qo‘yish mumkin, shunda ish yuzalarining yeyilishi kamayadi va ularning yuk ostida ajrashi yaxshilanadi.
Muftalar moylamasdan ishlatilsa, yarim muftalardan birining ish yuzasi metallkeramika yoki ishqalanish koeffitsienti yuqori ( = 0 , 3 ... 0,4) bo‘lgan asbest asosida tayyorlangan friksion ustquymalar bilan qoplanadi. Bu muftalarning kamchiligi ular normal ishlashi uchun siqib turuvchi katta kuch talab qilinishidir.

1.28-rasm. Tasmasimon muftalar.

1.29-rasm. Pnevmokamerali muftalar.
Qurilish mashinalari mexanizmlarini qo‘shish va ajratish uchun maxsus tasmasimon va pnevmokamerali friksion muftalar qo‘llaniladi. tasmasimon muftalardan chig‘irlarning barabanlarini qo‘shishda foydalaniladi. Bunday muftalarning asosiy qismlari po‘lat tasma va unga mahkamlangan friksion ustquymadan iborat. Ustquyma friksion shkivning ichkarisida yoki tashqarisida joylashgan bo‘ladi. Tashqi turdagi tasmasimon muftalarda (1.28-rasm) shkiv 7 chig‘irning barabani 8 bilan bikir qilib birlashtirilgan bo‘lib, tashqi tomondan friksion ustquymali lenta 3 bilan qamrab olinadi. Baraban dvigateldan harakat oladigan val 9 da erkin aylanadi.
Lentaning bir uchi valga qimirlamaydigan qilib o‘rnatilgan krestovina 2 ga sharnirli qilib biriktirilgan, ikkinchi uchi esa ikki yelkali richag 4 bilan biriktirilgan, bu richagni krestovinaga nisbatan bir harakatli gidravlik yoki pnevmatik silindr 6 buradi. Silindrga truboprovod 1 dan siqilgan havo yoki moy berilganida silindrning shtoki buradigan richag lentani shkivga nisbatan tortadi va ishqalanish kuchi ta’sirida krestovina bilan birga chig‘ir barabani aylana boshlaydi.
Qaytaruvchi prujina 5 silindrdagi bosimni tushirganda richag o‘z o‘rniga qaytadi va mufta uziladi.
Pnevmokamerali friksion muftalar cho‘mich (yuk)ning ko‘tarilishi, bir cho‘michli qurilish ekskavatorlari va strelali o‘zi yurar kranlarning strelasi va revers mexanizmlarini boshqarish, chuqur qaziydigan ekskavatorlarning ish organi yuritmasini ishga tushirish uchun qo‘llaniladi. Pnevmokamerali muftaning (1.29rasm) asosiy qismi rezina va mustahkamlovchi to‘qima qistirmalardan yasalgan pnevmokamera 7 dir. Pnevmokamera oboyma 6 ning novi ichiga o‘rnatilgan oboymaning gupchagi val 10 ga qimirlamaydigan qilib mahkamlangan. Xuddi shu valda chig‘irning barabani 1 erkin aylanadi, bu baraban muftaning shkivi 2 bilan yaxlit qilib ishlangan. Pnevmokamera kompressor bilan havo yo‘li 8 va valda joylashgan aylanuvchi qurilma orqali tutashtirilgan. 0,5...0,7 MPa bosim bilan siqilgan havo berilganida pnevmokamera kengayadi va kolodka 5 ni friksion ustquymalari 3 bilan birgalikda shkivning ichki yuzasiga siqadi, shkiv burovchi momentni chig‘ir barabaniga uzatadi. Mufta uzilganida kolodkalar avvalgi joyiga plastinka prujinalar 4 ta’sirida qaytadi.
2.6. Blok va polispastlar

Bloklar ishlash sharoiti o‘rnatilishiga qarab qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi (1.30-rasm). Ishlayotganda o‘qi qo‘zg‘almaydigan bloklar, qo‘zg‘almas bloklar deb ataladi (1.30-rasm, a). O‘qi yuk bilan birga tushadigan yoki ko‘tariladigan bloklar qo‘zg‘aluvchan bloklar deb ataladi. Bu bloklar qo‘zg‘almas bloklarga qaraganda kam qo‘llaniladi (1.30-rasm, б).
Qo‘zg‘almas blokda G massali yukni ko‘tarish uchun qanatning o‘qi uchiga miqdori jihatidan, Q yukning massasidan katta bo‘lgan R kuch qo‘yish zarur: Chunki, kanatdan o‘tish paytida deformatsiyalanish va tayanchlardagi ishqalanish hisobiga qo‘shimcha ish bajariladi.
p

Q
ɳ - blokdagi qarshilikni belgilaydi.
Blokni F.I.K. (η) podshipniklarni turi kanatning qamrash kengligi, uning diametri va egiluvchanligiga bog‘liq.

1.30-rasm. Blok polispastpastlarning turlari.
Zoldirli va rolikli podshipniklar bilan ishlaganda η = 0,950,98. Sirpanish podshipniklari bilan ishlaganda η = 0,95...0.98;
Bloklar kanatning polispast (baraban) tekisligiga nisbatan 3...5 gradusgacha chetlanishga imkon beradi. Kuchdan yutish mumkin bo‘lgan blokda ((1.30-rasm, б).) R kuchning S masofasidan ikki barobar katta ya’ni,
S = 2h. R kuchning tezlign v yukning tezligi v1 dan ikki barobar ko‘p ya’ni,
v= 2v1.
R kuchning S masofani o‘tishda bajargan ishi Q yukning h masofani o‘tish davomida sarflagan ishiga teng bo‘lgani uchun
R = Q/2 η , N.
Tezlikdan yutish zarur bo‘lganda, bloklarda kuchning o‘tgan masofasi va tezligi yukning masofasi va tezligidan ikki barobar kichik ya’ni, R = 2Q/η , N.
Polispastlar qo‘zg‘aluvchan (fazoda harakatlanadigan) va qo‘zg‘almas bir va ko‘p rolikdan tashknl topgan blok oboymalarining majmuidan iborat bo‘lib, ma’lum sistemada ularni bitta umumiy kanat qamrab olgan bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchan oboymada yukni ilib olish uchun ilmoq yoki sirtmoq bo‘ladi, qo‘zg‘almas oboyma esa biror joyga mahkamlab qo‘yiladi. Polispastlardan kuchdan yutish uchun (reduktor polispastlari) yoki tezlikdan yutish uchun (multiplikator polistlari) foydalaniladi. Qurilish mashinalarida kanatning taranglanishini, yuk momentini va yuritma mexanizmining uzatishlar sonini kamaytiradigan va yukni ko‘tarish tezligidan tegishlicha yutishga imkon beradigan reduktor polispastlari keng ishlatiladi (1.30-rasm, a, б). Kanatning erkin uchi chig‘ir barabani 1 ga, ikkinchi uchi esa, blok oboymasining qo‘zg‘aluvchan 3 yoki qo‘zg‘almas 2 bloklar sistemasiga mahkamlanadi. Bu turdagi polispastlardan o‘rnatish ishlarida mustaqil yuk ko‘tarish qo‘rilmasi sifatida foydalaniladi, biroq ular asosan kranlarning, ko‘targichlar, ekskavatorlar va hokazolarning yuk va strela ko‘tarish mexanizmlarida ishlatiladi. Multiplikator polispastlar (1.30-rasm, e) kamdan-kam ishlatiladi, ular asosan gidravlik va pnevmatik ko‘targichlarda, kranlar va ekskavatorlarning teleskopik strelalarini harakatlantirish mexanizmlarida qo‘llaniladi.
Qo‘shaloq polispastlar ikkita bir xil yakka polispastdan iborat bo‘ladi, yukni ko‘tarishda, tushirishda uning qat’iy tik holatda bo‘lishini ta’minlaydi hamda baraban va tayanchlarga yuk bir tekis tushishini ta’minlaydi. Polispastlarning asosiy ko‘rsatkichlari uning karraligini «ap» hisoblanadi, uni yuk osilgan kanat o‘ramalari sonining barabanidagi o‘ramalar soniga bo‘lgan nisbati tarzda topiladi.
Barabanga o‘raladigan kanatning eng taranglashishi (zo‘riqishi) Fmax Gюк Gk/dan kc
bu yerda:
Gyuk - ko‘tarilayotgan yukning og‘irligi;
Gk -qo‘zg‘aluvchan blok oboymasining yuk qamrovchi organning
(ilmoq), stroplar va hokazolarning og‘irligi; d - polispastning tipi; kc - kanat sistemasining f.i.k. polispast
karraligi:
kc n блn
n - polispastning f.i.k.;

n
áë - og‘diruvchi bloklarning f.i.k.;
kc - bloklar soni.
Qo‘shaloq polispastlardan foydalanish kanatning diametrini, binobarin, bloklar va barabanlarning diametrlarini kamaytirishga, reduktorning uzatishlar soni, mashina gabariti va massasini kamaytirishga imkon beradi. Biroq bunda kanatning uzunligi ortadi, barabanga ko‘proq kanat o‘raladi va ishqalanishga quvvat isrofi ko‘payadi.

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish