Ma’ruza-2 Polimerlanish reaksiyalari uchun qo’llaniladigan monomerlar. Olifenlar Reja: 1


Etilenni laboratoriyada olish usullari



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana06.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#532499
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-ma\'ruza

Etilenni laboratoriyada olish usullari. 
Etilenni laboratoriyada olishning eng eski usuli bu etil spirtini sulfat kislota 
ishtirokida 160-180 
o
C da degidratlashdir. Ba’zida kislota va spirt aralashmasiga mis 
sulfat, alyuminiy sulfat va boshqa metallarni sulfatlari faollashtiruvchi sifatida 
qo’llaniladi. Bu usulning etilen bo’yicha unumi past, bundan tashqari olingan etilen 
organik qo’shimchalardan tashqari katta miqdorda oltingugurt angidridi saqlaydi. 
Uning miqdori xarorat qancha yuqori bo’lsa, shuncha ko’p bo’ladi. Etil spirtini 
katalizator sifatida ammoniy oksidi ishtirokida degidratatsiyalash yuqori unum bilan 
etilen xosil bo’lishiga olib keladi. Reaksiya 350 
o
C da olib boriladi. Bu usul bilan 
olingan etilen vodorod, metan va butadiyen qo’shimchalarini saqlaydi. Ikkala xolda 
xosil bo’lgan etilen quydagicha tozalanadi: xom etilen sovutilib, kondensatsiyalanib 
spirtdan xalos etiladi, konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlov berilib dietil efirdan, 
ishqor eritmasi bilan yuvib oltingugurt angidrididan tozalanadi. Keyin etilen 
etilenbromidga o’tkazilib xaydash usuli bilan tozalanadi. Tozalangan birikmaga 
ishqor eritmasidagi rux bilan ishlov berilib yana etilen xosil qilinadi. Toza etilenning 
chiqish unumi yuqori (90%) bo’lgan usul, bu etil spirtini pirofosfor kislota 
shimdirilgan pemzada bir bosqichda 280-300 
o
C da degidratatsiyalashdir. 
Etilenni olishning sanoat usullari. 
Etilen bir qator qimmatli xossalarga ega bo’lganligi uchun elektrotexnikada 
va sanoatning boshqa tarmoqlarida keng miqyosda qo’llanilayotgan polimerlarning 
xom ashyosidir. Bundan tashqari etilen, stirol, etilenoksid va boshqa birikmalar olish 
uchun asosiy xom ashyodir. 
Etilen olish uchun xom ashyo sifatida etil spirti, tabiiy gaz yoki undan ajratib 
olingan etan fraksiyasi, atsetilen kabilar qo’llaniladi. 
Etil spirtini degidratatsiyalanishi (suvsizlanishi) alyuminiy oksidi ishtirokida 
(katalizator) 250-400 
o
C olib boriladi. Jarayon qizdirish uchun qozon (rubashka 
obogreva) bilan jixozlangan reaktorda olib boriladi. Reaktordan chiqayotgan gaz 
sovutiladi, siqiladi, quritiladi va past xaroratda rektifikatsiyalanadi. Natijada yuqori 


tozalikdagi etilen olinadi. 
CH
3
CH
2
OH → CH
2
=CH
2
+ H
2

Atsetilendan etilen uni qisman gidrogenlab olinadi. Jarayon atmosfera 
bosimida yoki yuqoriroq bosimda olinadi. Dastlabki atsetilen katalizatorlarni 
zaxarlovchi qo’shimchalardan xolis bo’lishi kerak. Shu sababli atsetilen yuvuvchi 
ustanovkalarda tozalanadi. Buning uchun atsetilen xlorli suv bilan, so’ng, ishqorning 
suyultirilgan eritmasi bilan yuviladi va quritiladi. Atsetilen singari vodorod xam 
katalizatorni zaxarlovchi qo’shimchalarsiz bo’lishi kerak. Gidrogenlash reaktorlari 
qatorlashtirilib ketma-ket ulangan bo’lib, ichida panjara (tur) bo’ladi. Bu turlarga 
katalizatorlar - kremniy ikki oksidiga maxkamlangan nikel joylashgan. Avval 
atsetilen va vodorod aralashmasi 200 
o
C gacha qizdiriladi; gidrogenlash jarayonida 
xarorat 180- 230 
o
C oralig’ida reaksiyaning issiqligi xisobiga va katalizatorlarning 
suv bilan purkab turish xisobiga ushlab turiladi. Vaqt o’tishi bilan katalizator 
eskirishi sababli zaruriyatga qarab reaktor tutun gazlari bilan isitiladi. Reaktordan 
chiqayotgan gaz quydagi tarkibga ega: 80% xajmiy bug’lar, 20% xajmiy gazlar. O’z 
navbatida 50-60% etilen, 3% etan, 3% azot, 0,8% atsetilen va 30% atrofida vodorod 
saqlaydi. Sovutilgach va suv ajratib olingach, xom etilen siqiladi va quyi xaroratda 
rektifikatsiyalanadi. Tozalangan maxsulot 94-96% etilen, 3-4% etan, taxminan 1% 
azot va 0,5% atrofida atsetilen saqlaydi. Shuni aytish kerakki, atsetilendan olingan 
etilen polimerlanish uchun yaramaydi. U stirol olish uchun qo’llaniladi. 
Etilenni etan-propan fraksiyasidan ishlab chiqarishda uglevodorodlar 
aralashmasiga oz miqdorda suv bug’i qo’shiladi va qisqa vaqt ichida 700-800 
o

xarorat ta’sirida ushlab turiladi. Reaksion aralashma tez sovutiladi. Gazlar siqiladi, 
suvdan ajratiladi va quyi xaroratda rektifikatsiyalanadi. Shu prinsiplar asosida etanni 
yuqori xaroratda (taxminan 900 
o
C) degidrogenlab etilen olinadi. Bu jarayon 0,5 atm 
bosimda olib boriladi va degidrogenlashga etan azot bilan aralashtirilib beriladi. 
Reaktordan chiqayotgan gaz 33% etilen, oz miqdorda aromatik uglevodorodlar va 
0,3% atrofida atsetilen saqlaydi. Bu atsetilen sovutilib qatron moddalardan 
tozalanadi va 180-230 
o
C da degidrogenlab deyarli miqdoran etilenga aylantiriladi. 
Bu jarayon katalizatori sifatida xrom oksidiga (95%) maxkamlangan nikel (5%) dir. 


Xom etilen aktivlangan ko’mir to’ldirilgan absorberlardan o’tkazilib, aromatik 
uglevodorodlardan tozalanadi. Etilenni yakuniy tozalashda uni 15 atm bosimda 
mis(I) xlorid eritmasi absorbsiyalaydi. Gazdagi mavjud olefinlar bosimni sekin-asta 
3-1,4; 1-0,35; 0,1 atm. gacha pasaytirib ajratib olinadi. Birinchi va ikkinchi marta 
bosim tushirilganda ajralib chiqqan gazlar etilen gomologlaridan iborat bo’lib, ularni 
absorbsiya jarayoniga qaytaradilar. Bu usul bilan 96% kam bo’lmagan etilen olinadi 
va jarayon unumi etanga xisoblanganda nazariyning 79-80% ini tashkil etadi. 
Etilenni ishlab chiqarishni boshqa usullari etanni xavo yoki kislorod bilan 
800- 850 
o
C da qisman oksidlashdir. Ikkala gaz avval qizdiriladi; etan 650 
o
C gacha, 
kislorod 550 
o
C gacha va 3:1 nisbatda aralashtiriladi. Aralashma aralashtirish 
kamerasida asosiy apparatga - yoqish kamerasiga katta tezlikda beriladi. Gazlar 
aralashmasi yaxshi bo’lishi uchun yoqish kamerasi Rashig xalqalari bilan 
to’ldirilgan bo’ladi. Yoqish kamerasidan chiqayotgan gaz taxminan 33% etilen, 
20,3% vodorod, 14,1% etan, 11,5% uglerod oksidi va 7,6% metan, 4,2% azot, 1,1% 
propan, 0,7% uglerod (4) oksidi va 0,6% kislorod saqlaydi. Bu aralashma suv bilan 
sovutiladi, quritiladi va suyultirilgach quyi xaroratda xaydab asosiy maxsulot ajratib 
olinadi. Bu usulda etilenning chiqish ulushi nazariydan 80% ni tashkil qiladi. 
Polietilen ishlab chiqarish uchun qo’llaniladigan etilen juda yaxshi 
tozalangan bo’lishi kerak. Unda etilenning gomologlari va atsetilen bo’lishi kerak 
emas, sababi ular polimer xossalariga salbiy ta’sir ko’rsatadilar. Etilenni tozalashni 
bir qator fizikaviy va kimyoviy usulari taklif kilingan. 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish