Ma’ruza №8. Yuk tashish, yuklash-tushirish va maxsus transportlar



Download 3,53 Mb.
bet4/9
Sana26.04.2022
Hajmi3,53 Mb.
#584069
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маъруза №8 (1)

O‘zi yuklab oluvchi avtomobillar o‘zlariga o‘rnatilgan gidravlik yuklashtushirish qurilmasi yordamida yuklarni o‘zi yuklab, o‘zi tushirishi hamda yaqin turgan avtomobil va tirkamalarga ham yuklab-tushirib berishi mumkin (4.8-rasm).

4.8-rasm. O‘zi yuklab oluvchi va konteyner tashuvchi avtomobillar.
Suyuq qovushoq materiallarni qaynoq holida (bitum, gudron, emulsiya) markaziy tayyorlash sexlaridan tom yopish, izolyatsiyalash va yo‘l ishlari bajarilayotgan ob’yektlarga olib borish uchun, olib boriladigan materiallar issiqligini 200°S atrofida ushlab turuvchi isitish sistemasi bilan jihozlangan bitum tashuvchilar va avtogudranatorlar qo‘llanadi (4.9-rasm).
Ularning sisternalarining sig‘imi: gudronatorlarda − 3500...7000 l, bitum tashuvchilarda 4000...15000 l bo‘ladi.
Uzunligi 6...12 m, diametri 1420 mm gacha bo‘lgan trubalar va uzunligi 24—36 m bo‘lgan trubalardan tayyorlangan payvand seksiyalarni tashish uchun maxsus avtopoezdlar — truba va plita tashuvchilar qo‘llanadi. 3.8- rasm, a da 7 t yuk ko‘tara oladigan ikkita (orqa va oldingi) yuk tushiruvchi mexanizm bilan jihozlangan yarim tirkama 5 ga ega bo‘lgan shatakchi 1 ko‘rsatilgan.
Trubalar 4 ni tashish paytida o‘q bo‘ylab qimirlamasligi uchun tirkamalar oldi va orqasi metall to‘siq 3 lar bilan jihozlangan bo‘ladi. Tushirish mexanizmi (4.10- rasm, v) vertikal tekislikda joylashgan, yuk qamragichlarga ega bo‘lgan, strelani burash uchun mo‘ljallangan bir-biriga kirishadigan silindrlar va ikkita teleskopik gidrosilindr 7 dan tashkil topgan teleskopik strela 9 dan tuzilgan. 4.10- rasm, б, в da strelaning yukni tushirishdan oldingi va tushirishdan keyingi vaziyatlari ko‘rsatilgan. Yuk tushirish paytida avtopoezdning turg‘unligi tayanchlar 6 yordamida ta’minlanadi.

10-rasm. Trubalarni va panellarni tashuvchi avtopoezdlar.
Panel tashuvchilar (4.11-rasm) avtoshatakchiga moslashgan yarim tirkama kurinishida tayyorlanadi va vertikal yoki o‘ta qiya vaziyatda, devor panellari, yopmalar, pardevorlar, plita, zina va shunga o‘xshaganlarni tashish uchun xizmat qiladi. Ular fermali va ramali yarim tirkama — panel tashuvchilarga bo‘linadi. Uzun bazali yarim tirkama-ferma tashuvchilar (4.12-rasm), ish vaziyatiga yaqin qilib o‘rnatilgan va mahkamlangan, balandligi 2,5 m hamda uzunligi 12...30 m bo‘lgan fermalarni tashish uchun mo‘ljallangan.
Tor qurilish maydonlarida ishlash uchun aravachasi gidravlik boshqariladigan yarim tirkama-ferma tashuvchilar qo‘llanadi, ularda har bir g‘ildirak, avtopoezdning burilishiga qarab, tegishli burchakka burilaveradi.
Yarim tirkamalar − santexkabina va blok tashuvchilar (4.13-rasm) qurilishmontaj ishlaridagi katta hajmli elementlarni (bir xillashtirilgan sanitariya-texnika kabinalari, blok-xonalar, zinalar), texnologik jihozlarni (liftlar, transformatorlar, turli qozonlar, bunkerlar, baklarning bo‘lmalari va boshqalar) va konteynerlarni tashish uchun xizmat qiladi. Tuzilishi jihatidan rama turidagi panel panel tashuvchilarga uxshaydi va yuk maydonchalarini past joylashganlign va maxsus mahkamlash vositalari yo‘qligi bilan farq qiladi.
Yarim tirkama − santexkabina tashuvchilar kasseta turidagi payvandlanib tayyorlangan profillardan iborat bo‘lib, oldingi qismi avtomobil — shatakchining tirkash qurilmasiga, orqa qismi esa bir va ikki o‘qli, boshqariladigan va boshqarilmaydigan g‘ildirakli aravachalarga tiranib turadi.
Ular mexanik yoki gidravlik boshqariladigan tayanch qurilmalari bilan jihozlanadi. Yuk kutarish qobiliyati 4...30 t atrofida.
Gidravlik manipulyatorga ega avtomobil-o‘zi yuk ortgichlar bortli bo‘lib uning yordamida o‘zi tushirish va bazaviy avtomobilga va pritsepga hamda yonida to‘rgan avtomobilga ortish ishlarida, shuningdek kichik hajmdagi qurilish-montaj ishlarini bajarishda foydalanish mumkin.

2.5 t gacha yuk ko‘taruvchanlikka ega manipulyator (4.14-rasm) aylantiruvchi
kolonka, sharnir-birikmali strelali jihoz, chiqariladigan ikkita gidravlik tayanch 6, strelani aylantiruvchi mexanizm, ikkita boshqarish pulti 4, almashtiriladigan ishchi jihoz komplektidan iborat. б)

4.14-rasm. Uzi yuk ortuvchi avtomobil:


Konteynerlarni tashish uchun (a); bortli manipulyator bilan (б).
Relssiz transport vositalarining texnik ish unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda, − yuk ko‘taruvchanlik, t; − yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffitsienti; − yo‘l bosish koeffitsienti; − shig‘ovlash va tormozlash uchun ketgan vaqtni hisobga oluvchi koeffitsient; − yuk tashish masofasi; harakat tezligi, km/soat; − yuklash, tushirish va manevr qilish vaqti, s.
8.3. Konveyerlar
Konveyerlar yuqori ish unumiga ega bo‘lgan, uzluksiz harakatlanuvchi yuk tashish mashinasi bo‘lib, ular sochiluvchan, bo‘lakli, mayda donali va plastik massali qurilish ashyolarini bir joydan ikkinchi joyga uzatish yoki ko‘chirish uchun xizmat qiladi. Qurilishda lentali, cho‘michli, vintli va tebranuvchan konveyerlar qo‘llanadi.

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish