Mashinali o‘qitish uchun kerakli instrumental vositalar (Octave/Matlab/Python/) tahlili



Download 0,55 Mb.
bet1/11
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#234041
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Egamkulov Hidoyatbek 212-18 Mus ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Mashinali o`qitishga kirish-Fan nomi



Mustaqil ishi

Mavzu: Mashinali o‘qitish uchun kerakli instrumental vositalar (Octave/Matlab/Python/) tahlili.

Guruh:212-18 KIF

Bajardi: Egamkulov H

Tekshirdi: Ochilov M

TOSHKENT-2021

Reja:


  1. Kirish . Hozirgi kun va kelajak taraqqiyoti O`zbekistonda.

  2. Asosiy qism:

1.Matlab dasturlash tili tahlili.

2.Python dasturlash tili tahlili.

3.GNU Octav dasturlash tili tahlili

III. Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar.

Kirish.

O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohada, shu jumladan axborot kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy axborotlashgan jamiyatni
shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar izchillik bilan va aniq maqsadni
ko‘zlab amalga oshirilmoqda.

Zamonaviy kadrlarni yetishtirish borasida respublikamiz ta‘lim tizimida tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunga sabab, «Ta‘lim to’g’risida»gi qonun va «Кadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi va ularda ilmiy-texnika
taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohasiga tadbiq qilish,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan uzviy bog’liq еkanligining aniq ko’rsatilishidir.

Yurtimizda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, ularni keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish, ushbu sohada malakali kadrlarni tayyorlash, bir so‘z bilan aytganda, sohani jahon talablari darajasida rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab vazifalar belgilab berilgan.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun  shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi.

  Bugungi kunda qon bosimimizni o‘lchaydigan, qadamimizni va sarflayotgan energiyamizni hisoblab berayotgan “Aqlli soatlar”, bizga GPS manzili bo‘yicha yo‘l ko‘rsatayotgan “Aqlli xaritalar”, ma’lumotlarni qayta ishlovchi turli qidiruv dasturlari kun sayin hamrohimizga aylanib bormoqda.  

 E’tiborlisi, mamlakatimizda mazkur yo‘nalishlarni rivojlantirishga qaratilgan harakatlar jadallashmoqda. Faoliyati kengayib borayotgan “IT  park”lar, “Million dasturchi”,  “Yoshlar texnoparklari” soha istiqboliga umid uyg‘otadi.  

  AQSH, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Koreya, Kanada kabi 30 dan ortiq davlatlarda sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyalari qabul qilingan. Prezidentimizning “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun  shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham “Raqamli O‘zbekiston –  2030” strategiyasiga muvofiq hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qabul qilindi.  

 – Sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish uchun  birinchidan, moliyaviy mexanizmlar ishlab chiqiladi, – deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassisi Anvar Mirzaaliyev. – Buning uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”da maxsus hisobraqami ochilib, mablag‘lar sun’iy intellekt loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, startap loyihalarni moliyalashtirish  mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilinadi.

 – Sun’iy intellekt bu – kompyuterlarda odam kabi o‘ylash va harakat qilishga yo‘naltirilgan texnologiyadir, – deydi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi direktori Aziz Otabekov. – Sun’iy intellekt ishlash uchun katta quvvatli kompyuterlar, ma’lumotlar,   sun’iy intellekt algoritmlari kerak. Bu ixtiyoriy bir sohani avtomatlashtirish, katta ma’lumotlarni tahlil qilish hamda katta yutuqlarga erishishga yordam beradi.  

 Ushbu qaror bilan 2021-2022 yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dastur doirasida sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini va normativ huquqiy bazani ishlab chiqish, davlat xizmatlarini sifatini oshirishda bundan keng foydalanish, sohada innovatsion ishlanmalarning mahalliy eko tizimini yaratish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq bir qator vazifalar belgilab berilgan.

 Qaror bilan 2021-2022 yillarda amalga oshirilayotgan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha pilot loyihalar ro‘yxati ham tasdiqlandi. Ushbu loyihalar qishloq xo‘jaligi, moliya,  bank, soliq, energetika, sog‘liqni saqlash kabi  9 ta iqtisodiy va ijtimoiy  loyihani qamrab oladi.  

 Qarorga muvofiq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish uchun texnologik sharoitlarni yaratadi.

 Innovatsion rivojlanish vazirligi sun’iy intellekt sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga mas’ul etib belgilandi.

Qarorga muvofiq raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi. Shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda  iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida  sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish, u asosida boshqaruv hamda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha innovatsion mahsulotlarning modellarini, algoritmlarini va dasturiy  ta’minotni ishlab chiqish kabi vazifalarga mas’ul sanaladi.  

  Qaror bilan davlat organlari, tijorat banklari  yirik sanoat korxonalari tarkibida  sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha “Qo‘shma ittifoq” tashkil etilmoqda. Mazkur ittifoq sun’iy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyot tarmoqlari va  ijtimoiy soha,  davlat boshqaruv tizimida joriy qilish bo‘yicha ustuvor loyihalarni tezkor va birgalikda amalga oshirish, ularni ishlab chikish uchun sarf-xarajatlarni optimallashtirish, ushbu sohada eng afzal amaliyotlarni davlat tashkilotlari va organlari o‘rtasida  tarqatishga xizmat qiladi.

 2021 yil 1 sentyabrga qadar aholi va zaruriy foydalanuvchilarning sun’iy intellekt asosidagi dasturiy ta’minoti hamda boshqa ma’lumotlardan foydalanish uchun  raqamli ma’lumotlar platformasi yaratiladi.  

 Aytib o‘tilganidek, Prezident qarorida sohaga kerakli mutaxassislarni tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, 2021-2022  o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand davlat universitetida sun’iy  intellekt yo‘nalishi bo‘yicha grant kadrlarni tayyorlash boshlanadi.  

 Ushbu ta’lim muassasalarining har biriga xorijdan sun’iy intellekt bo‘yicha yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar jalb etiladi. Bundan tashqari, 15 ta universitetda sun’iy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyot tarmoqlarida  va davlat boshqaruvi tizimida qo‘llash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etiladi.  

 – Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt  mutaxassisligi joriy etiladi, – deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassisi Anvar Mirzaaliyev. – Ushbu yo‘nalishga har yili  qo‘shimcha 5 ta doktorantura va tadqiqotchilar uchun o‘rin ajratiladi. Har yili O‘zbekistonda “Innoweek” innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkaziladi va bu yilgi “Innoweek”  dasturi sun’iy intellektga qaratilib, uning texnologik rivojlanishining asosi  mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etiladi.  

 Fan va texnologiyaning har qanday yutug‘i insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilishi kerak. Mamlakatimizga  sun’iy intellektni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari zamirida ham aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, fuqarolarning vaqti va mablag‘ini tejash, shuningdek, sohani  jahon talablari darajasida rivojlantirishdek ezgu maqsad mujassamdir.

Shu qarorga muvofiq bizning universitetimizda ya`ni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy semestrdan bizga mashinali o`qitishga kirish fani o`tilishi joriy etildi . Bu fan sunniy intellektni rivojlantirishga bizga boshlang`inch bilimlarni ya`ni suniy intellektni uy deb tassavur qilsak bu fan shu uyni boshlang`ich poydevorni quyishda yordam beradi. Hozirgi mustaqil ishimda Mashinali o`qitishga kerakli instrumental vositalar tahlilini ko`rib chiqamiz.




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish