"Mashinasozlik texnologiyasi asoslari" asoskasbiy o’quv fanidan ma’ruzalar matni


MASHINASOZLIК TEXNOLOGIYASI ASOSLARI



Download 1,38 Mb.
bet2/76
Sana28.06.2022
Hajmi1,38 Mb.
#714285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
2 5264963648094214253

MASHINASOZLIК TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
К U R S I


1-M A ‘ R U Z A
1-mavzu: “ Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar ".
(2 soat)


Ma’ruza rejasi:
1. Кirish.
2. Ishlab chiqarish jarayoni.
3. Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi.
4. Texnologik jarayon, texnologik amal, о’rnatuv,
о’tish, yordamchi о’tish, ishchi yurish, yordamchi yurish,
holat (pozisiya) - asosiy ta’rif va tushunchalar.


Adabiyotlar: [ 1 ]-144-147 b. [ 2 ]-5-11 va 18-22 b. [ 4 ]-15-20 b.
Tayanch sо’zlar: 1.Texnologiya. 2. Texnologik jarayon. 3. Ishlab chiqarish jarayoni. 4. Amal. 5. O’tish. 6. Ishchi yurish. 7. Holat (pozisiya).8. Harakat.

1. Кirish
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti darajasi, yangi takomillashtirilgan yuqori unumdorli avtomatlashtirilgan va yuqori aniqlikka эga bо’lgan mashinalarni uzluksiz yaratishda fanning эng yangi yutuqlaridan foydalanishga asoslanadi, nazariy bilimlarni chuqur эgallagan hamda yangi texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini chuqur эgallagan mutaxassislarni tayyorlashni talab эtadi.
Chuqur bilimga эga bо’lgan mutaxassislarni tayyorlash yangi sharoitda О’zbekiston Respublikasi mustaqillikka эrishgan boshlang’ich эtapda о’zgacha tus olishi kerak. Haqiqiy mutaxassis bо’lishni orzu qilgan talabalar, yangi sharoitda о’z orzusiga эrishish uchun texnikaviy fanlarni amaliy va nazariy jixatdan chuqur эgallagan bо’lishlari kerak. Etukli, mustaqil о’z fikriga, bilimiga, taklif va mulohazalariga эga bо’lishlari kerak [1].
Кeng profilli mutaxassislarni nazariy va professional tayyorlashdagi fundamental fanlar ahamiyatini oshirishga asoslanib, fanning эng yangi yutuq va ilg’or tajribalarini yana ham tо’laroq aks эttiruvchi о’quv reja va dasturlarni doimo takomillashtirib borish kerak.
Bakalavr - mexanikni texnologik jixatdan tayyorlashda fundamental fanlarning ahamiyatini oshirish uchun texnologiyaning asosiy nazariy savollari umumfanning tegishli bо’limlariga bog’lab bayon эtiladi.
Umumiy va umum mutaxassislik fanlarining asosiy qismi birinchi va ikkinchi kurslarda о’rganilib, ixtisoslashtirilgan fanlar uchinchi va tо’rtinchi kurslarda о’rganiladi.
Insoniyat paydo bо’libdiki u tabiat predmetlaridan foydalanib, о’z эhtiyoji uchun kerakli bо’lgan turli jism va buyumlarni yaratib kelmoqda. Tabiat predmetlarini sifatini о’zgartirib, о’z эhtiyojini qondira oladigan buyumlar yaratish jarayoniga texnologik jarayon deyiladi.
Texnologiya sо’zi yunoncha sо’zlar birikmasidan tashkil topgan bо’lib, techne - san’at, mahorat, ustalik yoki uddalash usulini ifodalasa, logos - о’qitish, fan sо’zini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda texnologiya - mahorat yoki uddalash usuli (ish bajarish tartib majmui).
Mashinalar tayyorlash jarayonida ta’sir эtuvchi qonuniyatlarni о’rganib, bu qonuniyatlarni mashinalarni talab эtilgan sifatini va ularning эng kam tannarxini ta’minlash uchun qо’llash maqsadida shug’ullanuvchi ilm sohasiga - mashinasozlik texnologiyasi deb ataladi.[3]
Texnologik jarayonni tatbiq эtishda ikki masala echiladi:
1. Эhtiyojga qarab mahsulot tayyorlash talabini qoniqtirish;
2. Кam mehnat sarflab, qisqa vaqt ichida sifatli, arzon mahsulot tayyorlash.
Mashinalarni loyihalash va tayyorlash bitta jarayonning ikkita etapidan iboratdir. Bu etaplar о’zaro uzluksiz bog’lanishdadir. Endi loyihalash jarayonini konstruksiyaning texnologiyabopligini hisobga olmasdan tasavvur qilib bо’lmaydi. Texnologiyabopgina konstruksia mehnat harajatlarini tejash, aniqlikni oshirish, yuqori unumdorlik jixjzlarni, moslama va asboblarni qо’llash, energiyani tejash imkonini beradi. Konstruksia qancha texnologiyabop bо’lsa, uni ishlab chiqarish shuncha takomillashgan va arzon boladi.
Mashinani tayyorlash etapida asosiy diqqat etibor uning sifatiga beriadi va uning eng muhim korsatkichi – aniqlikka. Õtgan yuz yillik ichida detallarni tayyorlash aniqligi deyarli 2000 marta oshdi. Bunaqay ortish hech bir mashinaninig xizmat qilish tavsifida kuzatilgan emas. Bazi bir ishlab chiqarishlarda bu, yani detallarni mikromtr va mikrometrning qismi aniqligida tayyorlash nо’rma tusini olgan. “Aniqlik” tushunchasi na faqat о’lchamga tegishli, balki shakliga, sirtlarning о’zaro joylashishiga, detallarning fizka-mehanikaviy tavsiflariga va ularni tayyorlash muhitiga ham tegishlidir.
Ishlab chiqarish sharoitida berilgan sifatda mashinalarni yaratish, mshinasozlik tehnologiasining ilmiy asoalariga tayanadi. Mashinalarni sifatli tayyorlash jarayoni (zagatovkalarni tanlash, ularga ishlov berish va detallarni yiġish) mashinasozlik texnologiyasining qonuniyatlarini qo’llash bilan amalga oshirilishi kuzatiladi.
Mashinasozlik texnologiyasi ilmiy fan sifatila shonli yо’lni bosib о’tti. Rus olimlari I.A. Time, va A.P. Gavrilenkolarning mexnatlari mashinasozlik texnologiyasi о’quv fani fundamentiga asos solishdi, qaysiki keyinchalik olimlar: A.P. Sokolovskiy, V.M. Kovan, V.S. Korsakov, A.A. Matalin, B.S. Balakshin, F.S. Demyunik, A.B. Yhin, A.I. Kashirin, S.P. Mitrofanov, M.P. Novikov, A.V. Podzey, P,I. Ysheritsin va kо’p boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida yanada rivojlantirildi.
Mashinasozlik texnologiyasi fanining rivojlanishi bir necha bosqkichlardan о’tgan. Bu bosqichlar quyidagilar: birinchi bosqich ishlabchiqarish sanoati tashkil topgandan boshlab, uni oyoqqa turg’azib tubdan yangilangunga qadar bо’lgan vaqtni о’z ichiga oladi (1929-1933 y. gacha).
Ikkinchi bosqich 1930-1941 yillarni о’z ichiga oladi. Ishlab chiqarishda, amaliyotda buyum tayyorlashni, yig’ishni tashkil qilish jarayonlarni umumlashtirish va texnologik jarayonlarni ilmiy ishlab chiqish. Shu bosqichda mashinasozlik texnologiyasi fan sifatida shakllandi. Shu bazalashni ilmiy nazariyasi, bikirlik, qо’yimlahni aniqlash va taeinlash, ilk bor paydo bо’ladigan sohada ilmiy ishlar chop эtildi, texnologik jarayonlarni tipizasiyalash va noaniqliklarni tahlil qilish va эhtimollik nazariyasi yaratildi.
Uchinchi bosqich urushdan keyingi to 1970 yillargacha bо’lgan bosqich. Bu bosqichda mashinasozlik texnologiyasi fani juda tez suratlar bilan rivojlangan. Yangi texnologik fikrlar paydo bо’lgan va fanning ilmiy asoslari yaratilgan, ishlov berish aniqligini nazariyasi, ya’ni ishlov berishdagi xatoliklarni analitik hisoblash usullari yaratilgan, chuqur ishlov beriladigan yuzalarning sifati о’rganilgan. Texnologik tizimni bikirligi ilmiy darajada chuqur tahlil qilingan, analitik hisoblash yо’li bilan qо’yimlarni (pripusk) aniqlash usuli yaratilgan. Texnologik jarayonlarni avtomatik loyihalash tizimlari barpo эtildi. Dasturli kо’poperatsion dastgohlar va moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari yaratilib ilgor texnologiyalr yaratishda katta burilsh yasadi. Bu fanning hamma sohalarida chuqur ilmiy tekshirish va tadqiqot ishlari о’tkazilgan.
Tо’rtinchi bosqich yanada rivojlanish bosqichi va mustaqillik hozirgi zamon davrini о’z ichiga oladi. Bu bosqichda boshqa davlatlar olimlari bilan bir qatorda fanning kо’p sohalarida О’zbekiston Respublikasi olimlari ham ilmiy tekshirish ishlari olib borib, fanga va mashinasozlikning rivojlanishiga о’z hissalarini qо’shgan. Ayniqsa tishli g’ildiraklarga ishlov berishda va ularning parametrlarini о’lchashda prof. D.E.Alikulov; avtomatlashtirilgan tehnologik jixozlarni takomillashtirishga prof. L.V. Peregudov; yuzalarga mexanik ishlov berishda issiqlikning эnergetik balanslarini ilmiy nazariyasini yaratishda prof. F.Ya. Yaqubov; teksnil mashinasozligini rivojiga proffessorlar R.G. Maxkamov, A. Mirzaev; pahta terish mashinalarini yaratishda prof. H.H. Usmonhodlaev va prof. A. Karimov; payvandlash texnologiyasini rivojida prof. M.A. Abrolov; metallarga mehanik ishlov berisning kbernetik muammolariga asos solgan N.M. Mо’minov va boshqalar, mashinasozlik tehnologiyasi faniga salmoqli hissa qо’shmoqdalar.
Yangi XX1 asr boshlanishini beshinchi bosqichning boshlanishi deb aytsak to’g’ri bo’ladi. Bu boskich mashinasozlikka information va yangi pedagogic texnologiyalarining kirib kelishi va mashinasozlik fanini óqitishda yangi óġitish usullari: nazariy va amaliy эlektron darsliklar, óquv qóllanmalar, virtual laboratoriyalar yaratish va óġuv jarayonini yangi bosqichga kótarish davri.
О’zbekistonga kerakli bо’lgan mashinalarni ishlab chiqarish aniqlanyapti va shu sohalarda ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda. Mashinasozlik texnologiyasining gurkirab rivojlanish jarayoni davom эtmoqda.


2. Ishlab chiqarish jarayoni
Ishlab chiqarish jarayoni deb, xom-ashyo va yarim maxsulotlarni tayyor maxsulotga aylantirib beruvchi barcha jarayonlar yig’indisiga aytiladi.
Bunga: ishlab chiqarishni tashkil эtish, korxona va zavodlarga keltirilgan xom-ashyo, yarim maxsulotlarni tashqaridan keltirish, zavod va korxonalar ichida sexdan sexga tashish, quyma, shtamplangan, payvandlangan va boshqa turdagi tanavorlarni tayyorlash, mexanik, termik, kimyoviy-termik va boshqa ishlovlar berish, detallarni о’lchamlari va sifatini nazorat qilish, qism (uzel) va mashinalarni yig’ish, sinovdan о’tkazish, bо’yash, qaytadan detal va qismlarga ajratish, qog’oz va yashiklarga upakovklash omborxonalarga joylashtirish, tayyor maxsulotlarni buyurtma bergan buyurtmachining tashkilotlariga jо’natish kabi jarayonlarni о’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayoni korxona va zavodlarning turli sex va uchastkalarida bajariladi.



Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish