"Mashinasozlik texnologiyasi asoslari" asoskasbiy o’quv fanidan ma’ruzalar matni


Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi



Download 1,38 Mb.
bet3/76
Sana28.06.2022
Hajmi1,38 Mb.
#714285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
2 5264963648094214253

3. Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi


Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi quyidagi sxemada kо’rsatilgan



Texnologik jarayon (TJ) deb, ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bо’lib, xomakiga (tanavorga) ishlov berish natijasida, uning geometrik о’lchamlari, shakli va sifati о’zgartirilib, chizmada kо’rsatilgan detal holatidagi о’lchamlariga, shakliga va sifatiga mos keltirilishiga aytiladi. Detallarni tayyorlashda yoki yig’ishda TJ birqancha amallarni о’z ichiga oladi.
4. DAST 14.301-83 ga binoan texnologik amal (TO) deb,- TJ ning tugallangan qismi bо’lib, bir ish joyida uzluksiz bajarilgan ishga aytiladi. Maxsulot tayyorlash yoki yig’ish jarayoniga muvofiq ravishda TO ni quyidagicha tariflash mumkin.
Texnologik amal deb, - texnologik jarayonning bir qismi bо’lib, bitta ishchi joyda, bitta yoki bir nechta bir vaqtda ishlov beriluvchi yoki yig’iluvchi maxsulotlarni, bitta yoki bir qancha ishchilar tomonidan uzluksiz bajarishgn ishga aytiladi.
Texnologik amal ishlab chiqarishni rejalashtirish va uchyotga olishda asosiy birlik bо’lib hisoblanadi. Amallarga asoslanib, maxsulot (buyum) ishlab chiqarishning ish hajmi, vaqt meyori va narxi belgilanib, kerakli sonda ishchilar, asbob-uskunalar, moslamalar, keskich asboblar va mexanik ishlov berishning tannarxi aniqlanadi. Shu bilan birga ishlab chiqarishning kolendar rejasi hamda sifatni nazorat qilish va ishni bajarish muddati ishlab chiqiladi.
Texnologik amallardan tashqari yordamchi amallar (transport, nazorat, tamġalash, qirinlilarni tozalash va boshq.) olcham va sifatni о’zgartirmaydi, ammo TO ni bajarish uchun zarur hisoblanadi.
Ishchi joy. – Кorxona strukturasining еlementar bo’lagi bo’lib, u erda ishni bajaruvchilar, ular tomonidan ishlatiluvchi texnologik asbob-uskunalar, konveyerning qismi, vaqtinchalik uskunalar, yuk ko’taruvchi kranlar va mehnat predmetlari joylashtirilgan bo’ladi, 1.1-rasmga qarang (GOST 14.004-83).

1.1-rasm. Ishchi joy: a)- tokarni; b)- chilangarni. 1-dastgoh (verstak), 2-asbob-uskuna shkafi, 3- ishchi, 4- tahta panjara, 5- stol, 6-yashik, 7-shkaf, 8-kran.


О’rnatish -texnologik amalning bir qismi bо’lib, ishlov beriluvchi tanavorlar yoki yig’iluvchi yig’ilma birliklarning moslamaga о’zgarishsiz mahkamlangan holatiga tushuniladi.
Texnologik amallar, bir yoki bir-necha marotaba о’rnatuvlarda bajarilishi mumkin.
Masalan: Tokarlik dastgohida pо’lat valikni uch quloqli patronga о’rnatib bitta tarafiga ishlov berib bо’lgandan keyin uni bо’shatib, qaytadan birinchi ishlov berilgan tomoni bilan uch quloqli patronga о’rnatib va mahkamlab bо’sh tomoniga ishlov berilib amal tugatilsa, amal ikkita о’rnatuvda bajarilgan hisoblanadi va h.k.
Texnologik о’tish - ishlov berishdan yoki yig’iluvchi detallarni birlashtirishdan tashkil topuvchi, qо’llanilgan asbob va yuzalarning doimiyligini xarakterlovchi texnologik amalning tugallangan qismiga tushuniladi. Odatdagi metal kesish dastgohlarda tehnologik о’tishlarni dastgohlarning о’zgarmas ish rejimida bajariladi. Ishlov berish davrida tanavorga bitta tehnologik о’tishning ichida dastgohning ish rejimining avtomatik ravishda о’zgarishini sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda ishlov berishda amalga oshiriladi.
Yordamchi о’tish - texnologik amalning tugallangan qismi bо’lib, ishchi va dastgoh harakatlaridan tashkil topib, qaysiki sirtlarning shakl, о’lchamlari va sifati о’zgarishi bilan bog’lik bо’lmay, ammo texnologik о’tish uchun zarur bо’lgan harakatlar tushuniladi.
Masalan: tanavorlarni о’rnatish, keskich asboblarni almashtirish va h. k. lar kiradi.
Ishchi yurish - texnologik о’tishning tugallangan qismi bо’lib, keskich asbobning tanavorga nisbatan bir marta siljishidan tashkil topib, tanavorning о’lchamlari, shakli, yuzalar tozaligi yoki xossalari о’zgarishiga tushuniladi.
Yordamchi yurish - texnologik о’tishning tugallangan qismi bо’lib, keskich asbobning tanavorga nisbatan bir marta siljishidan tashkil topib, tanavorning о’lchamlari, shakli, yuzalar tozaligi yoki xossalari о’zgarishi kuzatilmasdan, lekin ishchi yurishni bajarish uchun zarur bо’lgan harakatlar tushuniladi.
Holat (pozisiya) deb, muayyan holatda, moslamada о’zgarishsiz mahkamlangan ishlov beriluvchi tanavor yoki yig’iluvchi yig’ilma birlikning moslama bilan birgalikda, keskich asbobga yoki dastgohning biron siljimaydigan qismiga nisbatan о’z holatini о’zgartirib tо’htagan о’riiga aytiladi. Holat asosan: tо’xtab-tо’xtab aylanuvchi holatli (pozision) stollarda (agregat stanoklarida): chiziqli yoki aylanma harakatlanuvchi konveyerlarda (avtomatik liniyalar, MIT, MIU, MAL va MAI) kuzatiladi. Masalan: bironta oddiy vtulka shaklidagi detal ichki teshigiga tо’rt holatli agregat dastgohida ishlov berish kerak bо’lsin (1.2 - rasm).

1.2- rasm. 4 holatli agregat dastgohi: 1 holat- tanavorni о’rnatish
va tushirish. 2 holat-parmalash, 3 holat-zenkerlash, 4 holat-razvertkalash.


Harakat (priyom) – texnologik о’tuv yoki uning qismini bajarishda, bir maqsadga birlashtirilgan ishchi harakatlarining tugallangan majmui. Masalan, tanavorni moslamaga о’rnatib, yordamchi о’tishni bajarishda ketma-ket quyidagi harakatlarni bajarish kerak bо’ladi: yashikdan tanavor olinsin, moslamaga о’rnatilsin va maxkamlansin. Stanok tо’xtatilsin, tanavor moslamadan bо’shatilsin va boshqa yashikka solib qо’yilsin va hokazo.


Tekshirish uchun savollar
1. Ishlab chiqarish jarayoni о’z ichiga nimalarni oladi?
2. Texnologik jarayon deganda nimani tushunamiz?
3. Texnologik jarayon strukturasiga qaysi эlementlar kiradi?
4. Amal tushunchasini ta’riflab bering?
5. O’rnatuv, о’tish, ishchi yurish tushunchalarini izoxlang?
6. Holat (pozisiya), harakat (priyom) tushunchalarini izoxlang?
7. Mashinasozlik texnologiyasi fanini asoschilaridan kimlarni
bilasiz?
8. Mashinasozlik texnologiyasi fani rivojlanishining asosiy
bosqichlarini tavsiflab bering?


Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish