Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати



Download 425,31 Kb.
bet10/19
Sana31.12.2021
Hajmi425,31 Kb.
#232569
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

Ikkinchi bosqich: 2001 yil 11 sentyabrda AQSHning Nyu-York, Vashington va janubiy-sharqiy Pensilvaniya shaharlarida yo’lovchi samolyotlarni garovga olib, Butunjahon savdo markazi va Pentagon binolarida sodir etilgan qo’poruvchilik harakatlari natijasida 2973 kishi, shundan, 246 yo’lovchi va Butunjahon savdo markazi binosida bo’lgan 2602 kishi terroristik akt qurboni bo’lgan. 11 sentyabr AQSHga qilingan hujumdan keyin Markaziy Osiyodagi geostrategik jarayonlar o’zgarib, mintaqaning ahamiyati ortib, bor imkoniyatlardan foydalanib xalqaro terrorizm tahdidiga qarshi kurash zarurligini keltirib chiqardi.2

Bu voqea Amerika siyosatini xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar faoliyatiga qarshi kurashga qaratilishiga sabab bo’ldi. Bu bosqich O’zbekiston-







  1. Мадлен Олбрайтнинг Тошкент жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия Университети профессор-ўқитувчи таркиби олдидаги нутқидан. Тошкент, ЖИДУ, 19 апрель 2000 й.

  2. Винсен де Китспоттер. Большая игра в Центральной Азии. // «Ядерный контроль». №1 (75), С.83.

http://www.pircenter.org/rus/.

22

AQSH munosabatlarida terrorizmga qarshi kurashning ahamiyatini ortib borishi va harbiy hamkorlikni rivojlanib borishi bilan tavsiflanadi. Bu bosqich ikkitomonlama munosabatlarda 2001 yil 11 sentyabrь - 2005 yil 13 mayiga qadar vaqtni o’z ichiga oladi. 2001 yil 11 sentyabrь voqealaridan keyin o’zbek-amerika munosabatlari faollashdi. Misol tariqasida, 5 oy davomida 2001 yil oktyabridan 2002 yil mart oyiga qadar O’zbekistonga 16 nafar senator va 8 nafar kongress vakili tashrif buyurdi. 2001 yil oktyabridan 2002 yil mobaynida O’zbekistonga AQSH mudofaa vaziri D.Ramsfelьd 3 marotaba, davlat kotibi Kolin Pauell, AQSH moliya vaziri Pol OoNil, shu bilan birga, AQSH ma’muriyatining yuqori martabali 18 nafar senator va 69 nafar Kongress vakillari tashrif buyurdi.

2001 yil 19 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov AQSH Prezidenti J.Bush bilan telefon orqali suhbat qurib, suhbat chog’ida xalqaro terrorizmga qarshi kurash, hamda uning ildizi va moliyaviy manbalariga barham berish bilan bog’liq jahon hamjamiyatining faolligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. 2001 yil 11 sentyabrda sodir etilgan qo’poruvchilik harakatlari “Al-Qoida” terror guruhi tomonidan rejalashtirilganligi, mazkur guruhning terrorizm “o’chog’i”ga aylangan Afg’onistonda o’z faoliyatini olib borayotgani, AQSH tomonidan terrorizmga qarshi kurashni Afg’oniston hududida U.B.Laden boshchiligidagi “Al-Qoida” guruhini faoliyatiga chek qo’yishga qaratildi. Afg’onistonda uzoq vaqt mobaynida davom etgan fuqarolar urushi bu davlatning xalqaro terrorizm va ekstremizm uchun asosiy o’quv lageriga aylanganligi to’g’risida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov YeXHTning Istambul sammitida va BMTning “Mingyillik” sammitlarida bir necha marta ta’kidlab o’tgan edi.

Bundan tashqari, Bush janoblari AQSH Afg’oniston davlatiga, Afg’oniston xalqiga emas, balki bu mamlakat hududida o’rnashib olgan terrorchi gazandalarga, ularning markaz va poligonlariga qarshi urush e’lon qilganini bayon etdi va “Tolibon” harakati oldiga quyidagi talablarni qo’ydi.

Bu taklifdan kelib chiqqan holda va AQSH uchun Afg’onistonda harbiy operatsiyalarni amalga oshirishda Markaziy Osiyo mintaqasi, shu jumladan,

23

O’zbekiston o’ta muhim o’rin tutganligi sababli AQSH xukumati O’zbekiston xukumati bilan terrorizmga qarshi birgalikda kurashish yuzasidan hamkorlikni yo’lga qo’ya boshladi.



Jumladan, AQSH mudofaa vaziri D.Ramsfelьdning 7 oktyabrda Toshkentga qilgan rasmiy tashrifi mobaynida O’zbekiston va AQSH xukumatlari aksilterror operatsiyalari jarayonida ikki davlat hamkorligining huquqiy jihatlari kelishib olindi. Shu bilan bir qatorda, ikki davlat o’rtasida Qarshi – Xonobod (K-2) harbiy aviabazasini AQSH harbiy samolyotlari va vertolyotlariga qidiruv va qutqaruv ishlarini olib borish uchun berish yuzasidan “Harbiy kuchlar statusi shartnomasi” (Status of Forces Agreement (SOFA)) imzolandi. SHu shartnoma yuzasidan tomonlar tomonidan O’zbekiston – AQSH qo’shma bayonoti ishlab chiqildi. Jumladan, O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’z bayonotida quyidagi asosiy tamoyillarni sanab o’tdi:

    1. Mamlakatimiz havo hududini AQSH harbiy havo kuchlari uchun ochib

berish;

    1. Har ikki mamlakat xavfsizlik idoralari o’rtasida o’zaro ma’lumot va

ahborot almashinuvini yo’lga qo’yish;

    1. O’zbekiston hududida bitta harbiy aerodromga Amerika Qo’shma Shtatlarining transport samolyot va vertolyotlarini qo’nishi uchun ruxsat etish. Bu samolyot va vertolyotlarga xizmat ko’rsatadigan amerikalik mutaxassislar, texnik xodimlar faoliyati uchun tegishli sharoit yaratib berish. Biz bu aerodromni butunlay ularning ixtiyoriga berayotganimiz yo’q. U yerdagi o’zimizning harbiy samolyotlarimiz ham qolaveradi.

    2. Amerika Qo’shma Shtatlarining bu samolyot va vertolyotlaridan faqat qidiruv va qutqaruv ishlarini oshirish va gumanitar maqsadlarda foydalaniladi. Ular oz sonli bo’lib, faqat transport – yuk tashiydigan samolyot va vertolyotlardir.1 O’zbekiston – AQSH munosabatlarining yangi pog’onaga chiqishida 2001

yil noyabrida O’zbekiston rasmiy delegatsiyasi (Tashqi ishlar vaziri A.Komilov,




1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг баёноти.// Америкага ташриф. Тошкент “Ўзбекистон” 2002 Б 23-24.

24

tashqi ishlar vaziri 1-o’rinbosari S.Safoev va Mudofaa vaziri Q.G’ulomov)ning AQSHga rasmiy tashrifi, AQSH davlat kotibi K.Pauellning 2001 yil 7 dekabrdagi Toshkentga rasmiy tashrifi va 2002 yil yanvarida AQSH mudofaa vaziri 1- o’rinbosari M.Rikardel va davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo ishlari bo’yicha o’rinbosari E.Jouns rahbarligidagi delegatsiyaning O’zbekistonga tashriflari muhim o’rin tutdi.



Ammo 2004 – 2005 yillarda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda bir qator muammoli vaziyatlar yuzaga kela boshladi. AQSH rasmiy va OAV doiralarida 2004 yildan O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi imidjini tushirishga intilishlar yaqqol namoyon bo’la boshladi. O’zbekiston xukumatining taklifi bilan respublikada demokratik islohotlar bosqichma – bosqich olib borilishi asosiy yo’nalishlardan biri sifatida kiritilgan bo’lishiga qaramasdan, 2003 yildan boshlab, AQSH Kongressi vakillari – senatorlar J.Makkeyn, R.Lugar va J.Libermanlar aynan ushbu banddan kelib chiqqan holda, O’zbekistonda demokratik islohotlar olib borilmayotganligi sababli, AQSH xukumati tomonidan ko’rsatilayotgan moliyaviy ko’mak miqdorini kamaytirish hamda O’zbekistonga nisbatan keskin choralar ko’rish talabi bilan chiqa boshladilar. O’z navbatida ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning aynan yuqorida ta’kidlangan nizoli vaziyatning salbiylashuviga AQSH Davlat Departamenti sezilarli darajada ta’sir etib, 2004 yil 9 yanvarida mazkur tashkilot tomonidan O’zbekistonga norozilik notasi yuborildi. Unga ko’ra O’zbekiston hukumati xalqaro inson huquqlari standartlariga rioya qilmayotganlikda ayblangan edi1. Shuningdek, Davlat Departamentining inson huquqlari, demokratiya va mehnat byurosi rahbari L.Kraner O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan NNTlar –Internews Network, Peace Corps, Freedom ‘ouse kabilarning hulosalaridan kelib chiqqan holda 2004 yildan boshlab O’zbekistonni “Inson huquqlari bo’yicha yillik doklad”da doimiy ravishda O’zbekiston va Turkmanistonni repressiv davlatlar qatoriga kiritdi.






1 U.S. Gives Uzbekistan Failing Grade on Rights. // Washington Post, 2004, 11 January. – P. 18. http://www.washingtonpost.com/ac2/wp-dyn/A6617-2004Jan10?language=printer.

25

Bu eng avvalo, AQSHning MDH hududidagi davlatlar ichki ishlariga qo’pol tarzda aralashuvi siyosatini olib borishi bilan bog’liq. Ya’ni 2003 yilda Gruziyada, 2004 va 2005 yillarda Ukraina va 2005 yil martida Qirg’izistonda bo’lib o’tgan saylovlarga AQSH Davlat departamenti va mahsus xizmatlari tomonidan moliyalashtirilayotgan nodavlat va notijorat tashkilotlari (NNT) qo’pol tarzda aralasha boshladilar. Jumladan, bu davlatlarda faoliyat yuritayotgan AQSH tomonidan moliyalashtiriladigan “Ochiq jamiyat” (Open society foundation) fondi, “Milliy Demokratik Instituti” (National Democratic Institute) tashkiloti, “Xalqaro Respublikachilar Instituti” (International Republican Institute) tashkilotlari bevosita saylovlarga katta ta’sir o’tkazganligi rasman tasdiqlangan. Aynan yuqorida ko’rsatilgan NNTlar va yana bir qator boshqa tashkilotlar ham O’zbekistonning ichki ishlariga bevosita aralasha boshladilar. Bu esa O’zbekiston milliy qonunchiligiga zid bo’lib, O’zbekistonning ichki ishlariga qo’pol ravishda aralashuv edi. Shu bilan bir qatorda, mazkur tashkilotlar O’zbekistonning xalqaro maydondagi imidjini pasaytirishga intila boshladi.

Buning natijasida ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda bir qator munozarali vaziyat yuzaga kela boshladi. Bu bosqichning o’ziga hos yana bir jihati shundan iboratki, AQSHning bevosita O’zbekiston bilan aloqalarini amalga oshiruvchi ikki idorasi – Mudofaa Vazirligi va Davlat Departamenti o’rtasida O’zbekiston bilan olib borilishi kerak bo’lgan hamkorlik yuzasidan qarama – qarshilik yuzaga kela boshladi. Jumladan, AQSH Mudofaa Vazirligi O’zbekistonning harbiy salohiyati, mintaqada tutgan o’rni va Afg’onistonda olib borilayotgan harbiy operatsiyalar jarayoniga qo’shayotgan hissasini hisobga olgan holda har qanday holatda ham O’zbekiston bilan strategik hamkorlikni kuchaytirishni talab qilgan bir vaqtda, AQSH Davlat Departamenti O’zbekistonda demokratik islohotlar olib borilayotgan bir vaqtda yuzaga kelgan turli muammolarni sabab qilib ko’rsatgan xolda, O’zbekiston bilan hamkorlikni to’xtatish va O’zbekistonga nisbatan turli sanktsiyalar qo’llash taklifi bilan chiqa boshladi.

26

AQSH rasmiy doiralarida, shu jumladan, Kongress va Davlat Departamentida O’zbekistonda demokratiya, inson huquqlari va so’z erkinligi masalalarida bosqichma – bosqich olib borilayotgan islohotlarga salbiy tassavurning shakllanishida O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan AQSH NNTlari katta ta’sir o’tkazdilar. Ular, tomonidan doimiy ravishda



tayyorlanayotgan dokladlar, norozilik xatlari, O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tizimiga qarshi olib borayotgan tashviqot ishlari O’zbekistonda keskin muammolarning yuzaga keltira boshladi. Jumladan, xalq ongida xukumat olib borayotgan siyosatga nisbatan norozilik kayfiyatini uyg’otish harakatlaridan asosiy maqsad O’zbekistonda beqaror vaziyatni yuzaga keltirish va O’zbekistonning xalqaro maydondagi imidjini tushirishga qaratilgan edi.


Download 425,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish