Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати



Download 425,31 Kb.
bet11/19
Sana31.12.2021
Hajmi425,31 Kb.
#232569
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

Uchinchi bosqich: O’zbekiston – AQSH munosabatlarida yangi bosqich 2005 yilning 13 mayida yuz bergan Andijon voqealaridan so’ng yuzaga keldi. Aynan Andijon voqealarida AQSHda faoliyat yurituvchi va AQSH tomonidan moliyalashtirilayotgan bir qator nodavlat va notijorat tashkilotlarning bevosita va bilvosita ishtirok etgani aniqlangan. Shu bilan bir qatorda AQSHning Andijon voqealariga nisbatan ikkiyoqlama siyosati ham ikki davlat munosabatlarida og’ir oqibatlarga olib kela boshladi. Jumladan, 18 mayda Oq Uy matbuot – kotibi Skott Maklenann bergan rasmiy bayonotida O’zbekistonda yuz bergan voqealar davlatning ichki ishi ekanligi va xech qaysi davlatning O’zbekistonning ichki ishlariga aralashishiga haqli emasligini ta’kidlagan bir vaqtda,1 29 may kuni AQSH senatorlari J.Makkeyn, J.Sununu va L.Grexemlar hech kimning taklifisiz O’zbekistonda tekshiruvlar olib borish maqsadida Toshkentga tashrif buyurdilar. Bu esa ikki davlat o’rtasida tuzilgan shartnomalarga zid bo’lish bilan bir qatorda, mustaqil davlatning ichki ishlariga qo’pol tarzda aralashuv akti edi.2 Huddi shunday populistik siyosatining davomi sifatida J.Makkeyn 2006 yil may oyida kongresmen K.Smit bilan birgalikda AQSH Kongressiga O’zbekistonga qarshi




  1. Press Briefing by Scott McClellan. http://www.whiteHouse.gov/news/releases /2005/05/20050518-1.html#d. 18.05.2005.

  2. U.S. senators visit Uzbekistan. http://www.usembassy.uz/home/index.aspx?&mid=429&overview=1200.

27

sanktsiya nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etdilar.1 Ushbu qonun loyihasi O’zbekistonga nisbatan bir qator jazo choralari – moliyaviy ko’makni keskin qisqartirish, O’zbekistonga qurol – yarog’ eksportini ta’qiqlash, O’zbekiston Respublikasi bir guruh rasmiy vakillarining AQSHga kelishini ta’qiqlash kabilarni nazarda tutgan edi. Konressda ushbu loyihani ko’rib chiqish bo’yicha tashkil qilingan yig’ilishda ushbu qonun loyihasi ma’qullanmadi.

Bu xususda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov quyidagicha fikr bildirgan: - Ushbu aktsiyani amalga oshirishni ta’minlagan kuchlar, o’zlarining loyihalari ochilib qolishidan qo’rqqan xolda, o’zlarining qora niyatlari ochilib qolishidan va xalqaro OAV sahifalarida paydo bo’lishining oldini olish maqsadida tezroq harakat qilmoqchilar. Aynan shu masaladan qo’rqayotganlar “mustaqil tekshiruvlar”ning olib borilishini tinmasdan talab qilmoqdalar2.

Jumladan, AQSH kongressmenlari B.Delexant va L.Doggetlar O’zbekiston rasmiy vakillarini jinoiy javobgarlikka tortish bo’yicha tashabbusi bo’yicha ishlab chiqilgan qonun loyixasi Kongress tomonidan keskin rad etildi.3 Shu bilan bir qatorda, Senat qoshidagi S.Braunbek boshchiligidagi Xelьsinki Qo’mitasi tomonidan 2005 yilning 19 may va 13

iyulь kuni olib borilgan majlislarga Andijon voqealarining tashkil qilishda asosiy gumondorlardan biri bo’lgan Q.Parpiev, O’zbekiston konstitutsion tizimiga qarshi bir qator qo’poruvchilik aktlarini tashkil qilishda aybdor deb topilgan M.Solih va “Birlik” harakati yetakchisi A.Po’latlar taklif qilingan bir vaqtda, O’zbekistonning rasmiy vakillaridan xech kimning taklif qilinmaganligi, bu yig’ilishlarning qaysi maqsadlarda tashkil qilinganligini ko’rsatib turadi.

“Andijon voqealari” yuzasidan 10 iyunь kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi O’zbekistondan akkreditatsiyadan o’tgan BMT va YeHHT vakolatxonalari va barcha elchixonalar vakillarini mustaqil tekshiruv olib borishga




1 Possible US Sanctions on Uzbekistan. http://www.registan.net/index.php/2006/05/09/us-sanctions-on-uzbekistan. 2 Каримов И. Ўзбек халқи хеч қачон хеч кимга қарам бўлмайди. 13 – жилд. Т.: “Ўзбекистон”, 2005. – Б. 17 3Гафарли М. США “дозрели” до санкций против узбекских властей // Новые известия, 15.05.2006.

28

taklif qilgan1 bir vaqtda, mustaqil tekshiruv olib borishni talab qilayotgan AQSH va Yevropa Ittifoqi bu taklifni rad qildilar.

O’z navbatida, “Andijon voqealari” ishtirokchilari bo’lgan va Qirg’izistonga o’tib ketgan 439 O’zbekiston fuqarolariga AQSH Mudofaa vaziri D.Ramsfelьdning Qirg’izistonga 2005 yil 6–8 avgust kunlari qilgan tashrifi mobaynida siyosiy qochoq maqomini berish taklifi bilan BMT qochoqlar masalalari bo’yicha komissariati tomonidan qo’llab – quvvatlanib, ular Qirg’izistondan Ruminiya, Kanada va AQSH hududlariga ko’chirib olib ketishlari O’zbekiston tomonidan qattiq norozilikni keltirib chiqardi. Chunki ularning orasida “Andijon voqealari”da faol ishtirok etganlar va Andijon qamoqxonasidan qochib ketgan jinoyatchilarning ham mavjudligi aniqlangan.

2005 yil 10 iyunda rasmiy Toshkent tomonidan BMT, YeHXT kabi tashkilotlar va bir qator davlatlar vakillari ishtirokida Andijon voqealari bo’yicha xalqaro tekshiruvlar o’tkazilgan vaqtda, AQSH davlati o’z vakillarini tekshiruvda ishtirok etishga yubormaslik bilan bir qatorda, 26 iyunda AQSH davlat kotibi K.Rays O’zbekistonda xalqaro tekshiruv o’tkazish lozimligi haqida murojaat bilan chiqdi. AQSH O’zbekiston hukumatidan Andijon voqealari bo’yicha mustaqil taftish o’tkazishni talab qildi. 2005 yilning 5-6 iyulida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida AQSHga O’zbekiston va Qirg’izistonda Amerika qo’shinlarini kelgusidagi faoliyatini maqsadga muvofiqligi masalalarini ko’rib chiqish to’g’risida deklaratsiya qabul qilindi. Mazkur deklaratsiyadan keyin O’zbekiston hukumati amerikaliklar 1,5 yil davomida bazani tark etishini ma’lum qildi.2

Ushbu Memorandumdan kelib chiqqan holda va Qarshi-Xonobod aerodromining atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani sababli O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 29 iyulь kuni AQSH Davlat Departamentiga rasmiy nota yubordi. Ushbu notada AQSH xukumati 180 kun mobaynida o’z





1 Press-Release of the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan. www.mfa.uz. 10.06.2005.

2 Внешняя_политика_Узбекистана http://ru.wikipedia.org/wiki/

29

harbiy kontingentini O’zbekiston hududidan olib chiqib ketishi lozimligi ko’rsatilgan. Bunga asos sifatida 2001 yilda imzolangan “Harbiy kuchlar statusi shartnomasi” (Status of Forces Agreement (SOFA)) da shartnomalashayotgan tomonlardan biri ushbu shartnomani bekor qilinishini istasa, qarshi tarafni 180 kun oldin ogohlantirishi lozimligi ko’rsatilgan edi. SHuningdek, Afg’onistonda faol harbiy harakatlar bosqichining tugaganligi to’g’risidagi NATO tomonidan chiqarilgan rasmiy e’lonning mavjudligi hamda AQSH harbiy kuchlari Qarshi – Xonoboddan foydalanganliklari uchun Manas aerodromidan foydalanishdan farqli ravishda ijara pulini to’lamaganliklari, AQSH tarafi bu uchun asos sifatida Manas aerodromidan foydalanish uchun tijorat shartnomasi imzolanganligi, Qarshi – Xonobod aviabazasidan foydalanish bo’yicha esa xukumatlararo rasmiy shartnoma imzolanganligini shartnomani bekor qilish uchun yetarli asos bo’ldi. Ammo, ikki tomonlama shartnomada esa aviabazani ta’mirlash va modernizatsiya qilishni moliyalashtirishi lozim edi.

Xususan, 2005 yil 5 oktyabrda AQSH Senati 2006 moliyaviy yil mobaynida O’zbekistonning Qarshi-Xonobod bazasidan 2003 yil yanvardan 2005 yil martiga qadar foydalanganligi uchun 23 mln dollar miqdoridagi qarzini to’lashni rad etish popravkasini tasdiqladi.

2005 yil oktyabrida AQSH davlat kotibi Kondoliza Rays Qirg’izistonga tashrif buyurib, Prezident Q.Bakiev bilan, Amerika kontingentini O’zbekistondan Qirg’izistonning Manas aviabazasiga olib o’tish to’g’risida kelishishdi1. Mazkur sabablarga ko’ra, O’zbekistonda 2001 yil 21 noyabrda AQSH harbiy kontingentini “Xonobod” aviabazasidagi faoliyati tugatildi. SHu sababdan ham 2005 yil 21 noyabrida AQSH harbiy kontingenti O’zbekistondan butunlay olib chiqib ketildi2.

Amerika NNTlari faoliyati ikki davlat munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatib, 2006 yil 7 avgustda Toshkent shahar sudi tomonidan Amerika «Winrock International» nohukumat tashkilotining 2 xodimi noqonuniy nashriyot faoliyatida





  1. Внешняя_политика_Узбекистана http://ru.wikipedia.org/wiki/

  2. Jones, Elizabeth. “Oil, Democracy, and Militant Islam in Central Asia.” // Remarks at Title VI Undergraduate

International Studies and Foreign Language conference on “Central Asia: Its Geopolitical Significance and Future Impact,” University of Montana, Missoula, 2006.

30

ayblanib, jinoiy ish qo’zg’atildi. 1994 yildan respublikada faoliyat yuritayotgan mazkur tashkilotning bo’linmasi 2006 yilning iyulь oyi oxirida “hukumat nizomlarida qayd qilingan vazifalarga faoliyatining nomuvofiqligi” uchun tugatilgan. Nizomga asosan, tashkilot dehqonlarga yordam ko’rsatishi kerak bo’lgan, biroq bundan tashqari mahalliy nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikda o’zbek ayollarining huquqiy savodxonligini oshirishga yo’naltirilgan faoliyat bilan shug’ullangan.

Bundan avval, O’zbekiston hukumati tomonidan tadqiqot va almashinuv bo’yicha Xalqaro kengash (IREX) va mustaqil OAVni qo’llab-quvvatlash bo’yicha xayriya tashkiloti “Internews Network”, Amerika fondi bo’linmasi “Eurasia Foundation”, huquqni muxofaza qiluvchi tashkilot Freedom ‘ouse (o’z faoliyatini 2008 yil, martidan qayta tikladi), “Global Involvement T’roug’ Education” vakilligi, “Counterpart International” va “Central Asian Free Exchange” “Partnership in Academics and Development” (PAD), “Crosslink Development International”, “Ochiq jamiyat Instituti”, “Soros Fondi”, ABA/CEELI – Amerika yuristlar assotsiatsiyasi, ACCELS, Urban Institute, Winrock International, Peace Corps1 kabi AQSHning 16 ta nohukumat tashkilotlarining faoliyati tugatilgan edi. “‘uman Rig’ts Watch” yopiq mahalliy vakilliklarga tahdid soladi.2

O’z navbatida yuqoridagi NNTlar tomonidan O’zbekistonga nisbatan salbiy munosabat natijasida Senat qoshida faoliyat yurituvchi Xelsinki Qo’mitasi (raisi – senator S.Braunbek) O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar Xelьsinki Paktida3 ko’rsatilgan bandlar – xavfsizlik, iqtisodiyot va inson huquqlari masalasida O’zbekiston Respublikasi yetarli muvaffaqiyatga erisha olmaganligi sababli, Senat Assignatsiyalar Qo’mitasi tomonidan O’zbekistonga ajratiladigan moliyaviy ko’mak miqdorini keskin kamaytirish taklifi bilan chiqdi.

Shu bilan birga, 2008 yilda O’zbekiston va AQSH munosabatlarida bolalar mehnati bo’yicha nizoli vaziyat yuzaga keldi, unga ko’ra AQSHning





1 Узбекистан закрывает американских НПО, действовавших против государства. www.rss-feed.ru.

2 Внешняя_политика_Узбекистана http://ru.wikipedia.org/wiki/

3 Хельсинки Пакти 1975 йил ва 1992 йилларда имзоланган бўлиб, ЕҲХТнинг фаолият юритишини қонуний асоси бўлади ва Халқаро ҳуқуқ тамойилларига янги тамойилларни киритган.

31

O’zbekistondan paxta import qiluvchi to’rt kompaniyasi O’zbekistonda bolalar mexnati evaziga yetishtirilgan paxtani sotib olmaslikni talab qila boshladilar. Vaholanki, O’zbekiston Xalqaro Mehnat Tashkiloti konventsiyasining “minimal mehnat yoshi” haqidagi 138 – moddasi va “bolalar mehnatining eng yomon holatlarini ta’qiqlash” to’g’risidagi 182 – moddalarini 2008 yilda ratifikatsiya qilgan bo’lib, ular bunga ham e’tibor bermadilar. 2008 yilga qadar xalqaro paxta bozorida muammo bo’lmagan bolalar mexnatidan foydalanish masalasi, aynan 2005 yilda O’zbekiston Liverpul birjasini tark etib, Toshkent birjasini tuzganidan so’ng ko’tarilgani ko’pgina ekspertlar tomonidan AQSH va Buyuk Britaniya sanoat – iqtisodiy doiralarining O’zbekiston imidjini tushirishga bo’lgan intilish sifatida baholadilar1.



Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi Qonun”ga zid ravishda bir qator diniy – missionerlik tashkilotlari O’zbekistonda faoliyat olib borganligi aniqlangan. Ular asosan prozelitizm bilan shug’ullanib, boshqa dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolarni o’z dinlariga o’tishga targ’ib qilishlarining O’zbekiston huquqni himoya qiluvchi organlari tomonidan oldi olinayotganligi AQSH Davlat Departamenti tomonidan 2006 yil ishlab chiqilgan O’zbekistondagi “din erkinligi bo’yicha yillik dokladida” diniy erkinliklar eng ko’p buzilayotgan davlatlar qatoriga kiritilishi natijasida O’zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan AQSH Davlat Departamentiga norozilik notasi yuborildi. Jumladan, notada AQSH O’zbekistonning ichki ishlariga aralashayotganligi va ikkiyoqlama standartlarni amalga oshirayotganliklari va davlat siyosatida diniy bag’rikenglik va tolerantlik masalalari doimo eng asosiy yo’nalishlardan bo’lib kelgani ko’rsatib o’tilgan2.


O’z navbatida, AQSH rasmiy doiralarida Norvegiyada faoliyat yurituvchi “Forum - 18” NNTning doimiy ravishda O’zbekistondagi diniy vaziyat yuzasidan tendentsioz ruhda tayyorlayotgan turli doklad va maqolalar yuzasidan bir qancha salbiy tassavurlar yuzaga kelgani achinarli holatdir. Jumladan, O’zbekistonda

  1. Озод М., Нордонов К., Жани Ф.. Принудительный детский труд в Узбекистане: Власти пошли на диалог. // Новости Центральной Азии. 28.08.2008.

  2. Симонян Ю. Ташкент ответил Госдепартаменту США. // Независимая Газета, 29.11.2006.

32

“Iegova shohidlari” protestantlik shohidlarining missionerlik harakati yuzasidan boshlangan sud jarayoni, “Forum - 18” da umuman boshqacha talqin qilinishi oqibatida 2008 yil kuzida AQSH Davlat Departamenti matbuot – kotibi SH.Makkormak tomonidan O’zbekistonda doimiy ravishda diniy erkinlik buzilayotgani to’g’risida rasmiy e’lon berishiga olib keldi. Ammo, keyinchalik “Forum – 18” tomonidan e’lon qilingan bu ahborotning yolg’onligi aniqlangan.

Ammo shunga qaramay, hozirgi kunda ham ikki davlat o’rtasida din erkinligi masalalarida bir qator nizoli vaziyatlar mavjud. SHu jumladan, O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Iegova shohidlari”, “Injilni o’rganish jamiyati”, “Ettinchi kun shohidlari” “Baxoiylar jamiyati”larining qonunga zid xarakat qilganliklari sababli ish faoliyatlarining ma’lum ma’noda chegaralanishi va O’zbekistonning bosh ravvini David Gurevich O’zbekistondan chiqarib yuborilgan.

2005-2006 yillarda ikki tomonlama munosabatlarda nisbatan sovuqchilik tushgan bo’lsada, baribir ikki davlat uchun ham transmilliy tahdidlar - xalqaro terrorizm, ommaviy qirg’in qurollari (OQQ) tarqalishi, noqonuniy narkotik savdosi, uyushgan jinoyatchilik kabilarga qarshi kurashda hamkorlikni davom ettirdilar. SHu bilan birga, bir qator AQSH rasmiy doiralari vakillari O’zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo’ldilar. Jumladan, 2005 yil sentyabrь oyida AQSH davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo ishlari bo’yicha yordamchisi D.Frid tashrif buyurdi.ikki davlat o’rtasidagi harbiy sohadagi munosabatlarni tiklanishida 2006 yil 8 avgustda davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha o’rinbosari R.Baucherning O’zbekistonga tashrifi katta ahamiyat kasb etadi. U O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan suhbatlashib, uchrashuv yakunida: “Albatta, bizning inson huquqlari masalalari bo’yicha yoki Andijonda bo’lib o’tgan voqealar bo’yicha qarashlarimiz farq qilishi mumkin. Lekin men o’ylaymanki, shunga qaramasdan, biz kelgusi hamkorligimiz uchun asos yaratishimiz va hamkorligimiz doirasida boshqa masalalarni... ham muhokama qilishimiz mumkin. Biz juda yaxshi eslaymiz, O’zbekiston qo’shni davlatlar Rossiya, Xitoy, Yevropa mamlakatlari va boshqalar... bilan o’z

33

munosabatlarini tutib turadi. Umid qilamizki, biz O’zbekistonning boshqa imkoniyatlar yoki boshqa tanlov topishida yordam ko’rsata olamiz”1 o’z fikrini ma’lum qilgan.

SHuningdek, 2007 yil 24 yanvarda SENTKOM qo’mondoni admiral V.Fellon, 2007 yil 28 fevral - 5 martda davlat kotibi yordamchisining o’rinbosari E.Faygenbaum, 3-5 aprel kunlari davlat departamentining xalqaro axborot dasturlari koordinatorining o’rinbosari J.Garvi, 15-17 mart kunlari AQSHning YHXTdagi elchisi J.Finli, 3-4 iyun kunlari davlat departamentining Yevropa va Yevrosiyo davlatlari bilan hamkorlik masalalari bo’yicha koordinatori T.Adams, 25-29 iyun kunlari davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus elchisi J.Xenford, 20-22 dekabrь kunlari AQSH mudofaa vazirligi markaziy qo’mondonligi (SENTKOM)ning strategiya, rejalashtirish va siyosiy masalalar bo’yicha boshqarma direktori J.Millerning tashrifi O’zbekiston - AQSH munosabatlarining kelgusi istiqbolini ta’minlashga xizmat qildi.

Shu bilan bir qatorda, 2008 yil 24 - 25 yanvarь kunlari TSENTKOM qo’mondoni admiral V.Fellon va 2008 yil may oyi davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisi R.Baucherning O’zbekistonga qayta tashrifi ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning davom ettirilishida ko’prik vazifasini o’tadi.




To’rtinchi bosqich: Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida 27.10.2009 yil YeI 27 davlati tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Lyuksemburgda 2005 yil Andijon voqealaridan keyin Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston munosabatlarida qo’llanilgan sanktsiyalarning bekor qilinganligi muhim omillardan biri bo’ldi. YeI tomonidan qurol-yarog’ va harbiy texnika kiritishga cheklash va 12 yuqori mansabdagi shaxslarning Yevropa Ittifoqiga kirishi ta’qiqlangan edi. SHuningdek, O’zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni qayta tiklash to’g’risida e’lon qilindi. O’zbekistonga nisbatan qo’llanilgan sanktsiyalar (12 yuqori mansabdagi shaxslarning YI ga kirishi ta’qiqlanishi, qurol-yarog’ savdosi, iqtisodiy cheklovlar) 4 yilga qadar saqlab turildi. 2008 yil oktyabrь oyida inson

1 Внешняя_политика_Узбекистана http://ru.wikipedia.org/wiki/

34

huquqlari bo’yicha cheklov choralari rad etilgan. Ekspertlar fikriga ko’ra, Yevroittifoq tomonidan O’zbekistonga nisbatan sanktsiyalar boshidan qo’llanilishi xato bo’lgan. Xususan, siyosatshunos va ilmiy xodim Zurab Todua fikriga ko’ra, qaror Andijonda bo’lib o’tgan voqealarga berilgan noto’g’ri baholarga asoslangan xolda chiqarilgan.

2009 yil Barak Obama AQSH Prezidentligiga saylangandan keyin Markaziy Osiyo Buyuk Ipak yo’lini qayta tiklashdagi uzoq muddatli Vashington rejalarini amalga oshirishda “hayotiy muhim ahamiyat”ga ega deb e’lon qildi. Mazkur mintaqaning konflikt xolatini bashorat qilib, AQSH mintaqa xavfsizligini ta’minlashni kafolatlaydi va Markaziy Osiyoda o’zining harbiy-siyosiy ishtirokini kengaytiradi. Bu munosabatlarda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, harbiy infrastruktura va barcha imkoniyatlarga ega bo’lgan geostartegik joylashuvi va amaldagi transport-kommunikatsion va energetik tizimlari nuqtai-nazaridan O’zbekistonning Markaziy Osiyodagi Amerika siyosatida ahamiyati ortib boradi.

Bu borada, 2010 yil 11 yanvarda O’zbekiston Respublikasi va AQSH o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo’yicha faoliyat rejasining tasdiqlanganligini ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishidagi muhim sabablardan biri sifatida ko’rsatib o’tish mumkin. Mazkur faoliyat rejasi 5 ta asosiy yo’nalish bo’yicha: siyosiy sohada, xavfsizlik sohasida, iqtisodiyot va rivojlanish sohasida, gumanitar sohada hamda Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash sohasida hamkorlikni rivojlanishi ko’rib chiqilmoqda.

Ushbu bosqichda davlatlararo munosabatlar siyosiy sohada rivojlana boshladi. 2009 yil 17-18 dekabr kunlari Vashingtonda O’zbekiston–AQSH maslahat kengashi o’tkazilib, maslahatlashuvlar natijalariga ko’ra, 2010 yil 11 yanvar kuni “Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash bo’yicha chora- tadbirlarni amalga oshirish harakat rejasi” imzolandi. Rejaga asosan ikki davlat munosabatlari yanada rivojlanib, AQSH hukumati rasmiy vakillari O’zbekistonga tashrif buyurdilar. Jumladan, 2010 yilda AQSHning Afg’oniston va Pokistondagi maxsus vakili R.Xolbruk (fevral), Amerika markaziy qo’mondonligi generali D.Petreusni (aprel), AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo

35

masalalari bo’yicha yordamchisi R.Bleyk (iyun), AQSH davlat kotibining birinchi o’rinbosari J.Staynberg (iyul), demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari bo’yicha M.Pozner, Aholi, qochoqlar va migratsiya masalalari bo’yicha yordamchisi E.SHvarts, shuningdek, okean, atrof-muhit va fan bo’yicha yordamchisi K. Jons, NATO Bosh kotibining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Kavkaz bo’yicha maxsus vakili R.Simmons (oktyabr), AQSH Markaziy qo’mondonligi boshlig’i (MARKAZKOM) general J.Mettis (noyabr), AQSH davlat kotibi X.Klinton (dekabr) davlat rasmiy tashrifi bilan O’zbekiston Respublikasida bo’lishdi. 2009 yilning noyabr oyida Vakillar palatasining mintaqa muammolari bilan shug’ullanishi rejalashtirilgan quyi palata a’zolarining norasmiy

- Markaziy Osiyo bo’yicha uyushmasining tashkil etilishi diqqatga sazovordir. So’nggi yillardagi muhim xodisalardan asosiylari sifatida 2010 yil aprelь oyida va 2011 yil iyunь oyida AQSH milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi o’rinbosari D.Makdona, senator L.Grexem va AQSHning Afg’oniston va Pokiston bo’yicha maxsus vakili M.Grossmanlarning O’zbekistonga shaxsiy tashriflarini qayd etish mumkin.

2009 yil dekabr oyida Vashingtonda o’tkazilgan o’zbek-amerika siyosiy maslahati birinchi bosqichi ikki davlat orasidagi siyosiy muloqotlarning institutlashtirilganidan dalolat bermoqda. Siyosiy maslahatlashuvning ikkinchi bosqichi 2011 yil fevral oyida Toshkent shahrida o’tkazildi. Ta’kidlash joizki, ikki davlat orasidagi hukumatlararo aloqalar mustahkamlana boshlandi. Xususan, AQSH Kongressi bilan amaliy suhbat belgilandi. Siyosiy maslahatlashuvning uchinchi bosqichi 2012 yilning 15-17 avgust kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tdi.




Shuningdek, 2013 yil 19 fevralь kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSH Kongressi Vakillar palatasining Yevropa va Yevroosiyo bo’yicha quyi qo’mitasi raisi Deyna Rorabaxer hamda kongressmenlar Pol Kuk, Ted Po va Brayan Xigginsdan iborat delegatsiyani qabul qildi1. Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni rivojlanishida 2013 yil 11-13 mart kunlari

1 Оқсаройда қабул. // “Халқ сўзи” 2013й. 20 февраль. № 354

36

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri A. Komilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan AQSHda bo’lishi muhim ahamiyat kasb etdi. Vashingtonda Tashqi ishlar vaziri davlat kotibi J.Kerri bilan uchrashib, suhbat chog’ida o’zbek-amerika munosabatlarini hozirgi xolati va istiqboli, xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi. Bundan tashqari, 2012 yilning 27 - 28 sentyabr kunlari A.Komilov AQSHga BMTning Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida ishtirok etish uchun tashrif bilan bo’lib, AQSHdavlat kotibining birinchi o’rinbosari V. Berns bilan uchrashgan edi1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joriy yilning 24 aprel kuni Oqsaroy qarorgohida AQSH Davlaat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha yordamchisi R.Bleykni qabul qildi. Suhbat davomida tomonlar xalqaro siyosat va mintaqaviy dolzarb muammolar, xususan, Afg’onistondagi bugungi vaziyat haqida fikr almashishdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Komilov AQSH Davlat kotibining yordamchisi R.Bleyk bilan uchrashdi. Tomonlar o’zbek-amerika munosabatlarining dolzarb jihatlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar bo’yicha fikr almashishdi.2 SHu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirlida AQSH savdo vaziri o’rinbosari M.Myurrey bilan uchrashuv o’tkazilganligi haqida O’zbekiston Respublikasi TIV axborot xizmati xabar bergan. Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlik masalalari bo’yicha fikr almashindi. 3

Umuman, O’zbekiston – AQSH munosabatlari 22 yil davomida turli siyosiy jarayonlar va manfaatlarning doimiy o’zgarib borishi natijasida turli bosqichlarga bo’lindi. Shu bilan bir qatorda, AQSH hukumati O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida strategik jihatdan eng muhim davlat ekanligini inobatga olgan xolda, mavjud muammolarga qaramay, O’zbekiston bilan harbiy – siyosiy hamkorlikni rivojlantirishi va mavjud me’yoriy huquqiy xujjatlar asosida hamkorlikni amalga oshiradi.







  1. Ministr_inostrannykh_del_uzbekistana_posetit_ssha http://www.aloqada.com/News/2013/03/09/

  2. Vstrecha_s_pomoshnikom_gossekretarya_ssha_23.mgr http://www.jahonnews.uz/rus/rubriki/politika/

3 Узбекистан и США обсудили развитие торгово-экономических двусторонних отношений

http://novoteka.ru/sevent/6750762

37




    1. Download 425,31 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish