Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


O’zbekiston – AQSH hamkorligining istiqbollari



Download 425,31 Kb.
bet15/19
Sana31.12.2021
Hajmi425,31 Kb.
#232569
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

O’zbekiston – AQSH hamkorligining istiqbollari


O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi munosabatlar Afg’oniston kesimida qaralib kelmoqda. AQSH o’z harbiy kontingentini Afg’onistondan olib chiqib ketishida va Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda O’zbekiston muhim ahamiyat kasb etadi. Ikki davlat munosabatlarida o’zaro manfaatli hamkorlikning mavjudligi saqlanib qoladi.

O’zbekistonning AQSH bilan doimiy manfaatlari quyidagi yo’nalishlarda namoyon bo’ladi:

O’zbekiston tashqi siyosati manfaatlarning ustivorligiga asoslanganligi sababli, nafaqat mintaqadagi davlatlar bilan, balki uzoq o’lkalar bilan hamkorlik

75

munosabatlarini ikki va ko’ptomonlama, o’zaro ishonch va hurmat negizida hamda teng huquqli asosda qurishdan manfaatdordir. Shu jumladan, dunyo maydonida katta ta’sir kuchiga ega bo’lgan AQSH bilan hamkorlik O’zbekistonning strategik maqsadlari qatoriga kiradi. Shu jumladan, bu xususda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 2007 yil 7 dekabrda qilgan nutqida hukumat G’arb bilan, xususan, Amerika Qo’shma SHtatlari va Yevropa bilan munosabatlarni tiklashdan manfaatdor ekanini ta’kidlab o’tgan;

Afg’onistonda mavjud harbiy – siyosiy beqaror vaziyatning O’zbekiston milliy xavfsizligi uchun tahdid ekanligi;

O’zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda AQSH kompaniyalari va korxonalari tomonidan kiritilayotgan investitsiyalar muhim ahamiyatga ega.

O’z navbatida, AQSHning O’zbekiston bilan munosabatlarida mavjud bo’lgan doimiy manfaatlari quyidagilardan iborat:


  1. O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida eng strategik ahamiyatga ega bo’lgan davlat bo’lib, mintaqadagi barcha davlatlar bilan chegaradoshligi, aholisining eng ko’pligi bilan ajralib turishi bilan ajralib turadi1. Bu haqda AQSH Davlat Departamentining inson huquqlari, demokratiya va mexnat byurosi rahbari L.Kranerning fikriga ko’ra, Markaziy Osiyo AQSH uchun strategik ahamiyat kasb etadi va xech bir mubolag’asiz, O’zbekiston bizning Markaziy Osiyoga qaratilgan siyosatimizda yetakchi o’rin tutadi. O’zbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan, mintaqadagi eng ko’p aholiga ega va ko’p asrlar davomida Islom madaniyati va ma’rifati beshigi bo’lib kelgan, qolaversa mintaqadagi besh davlat ichida eng kuchli qurolli kuchlarga ega2;

  2. AQSH harbiy kontingentini Afg’onistondan Shimoliy yo’nalish tarmog’i orqali olib chiqishida hamda Afg’oniston hududida qoldirayotgan maxsus bo’linmalar






1 President Denounces Terror in Uzbekistan. 28.03.2004.http://www.whiteHouse.gov/news/releases/ 2004/03/20040329-10.html.


2
1 Blank S.. U.S. interests in Central Asia and the Challenges to Them. Strategic Studies Institute, US Army War College, Carlisle Barracks PA // Testimony Offered to the Subcommittee on the Middle East and Central Asia, House Committee on International Relations, 25.07.2006.

76

ta’minotida O’zbekiston hududi Afg’onistondagi kuchlarning insonparvarlik va noharbiy yuklar bilan ta’minlanishida asosiy tranzit yo’li vazifasini bajaradi;



  1. Mintaqa davlatlarining, shu jumladan, O’zbekistonning Rossiya va Xitoy ta’siri doirasidan olib chiqish, mintaqani janubiy dengiz portlarga olib chiqish orqali tabiiy xom-ashyo va uglevodorod zahiralarini Yevropaga yetkazilishini ta’minlash orqali Rossiyaning hududdagi yetakchiligini kamaytirishga intilmoqda.

Bevosita, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning istiqboli haqida gapiradigan bo’lsak, bu eng avvalo, AQSH va O’zbekiston o’rtasida harbiy - siyosiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratiladi. Chunki, ikki davlat munosabatlarining manfaatlarida Afg’onistondagi tinchlik va barqarorlikni hamda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash yo’lida o’zaro hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo’nalish hisoblanadi.

O’z navbatida, O’zbekiston-AQSH hamkorligida Shimoliy yetkazib berish tarmog’i va logistika markazlarining faoliyatini takomillashtirish;

Ikki davlat o’rtasida tuzilgan me’yoriy – huquqiy asoslarni tartibga solish; Afg’onistonda barqarorlikni ta’minlash yuzasidan tashkil qilingan “6 + 3”

guruhi faoliyatini takomillashtirish;

AQSH hukumati 2014 yilga qadar Afg’onistondagi harbiy kontingenti miqdorini kamaytirish hamda qo’shinlarini Shimoliy tarmoq yo’nalishi, xususan, O’zbekiston hududi orqali temir yo’l tizimidan foydalangan holda olib chiqish masalasini muhokama qilmoqda;

Shu bilan bir qatorda, AQSH davlat kotibi X.Klintonning va uning Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasi bo’yicha yordamchisi R.Bleykning Toshkentga 2011-2012 yillarda qilgan amaliy tashrifi ham aynan yuqoridagi masalalarni hal qilishga qaratilgan edi.

Ikki davlat o’rtasidagi yuqorida ta’kidlangan aloqalardan tashqari, rossiyalik ekspert V.Korgunning fikricha, Obama ma’muriyati tomonidan Afg’onistonga kiritiladigan katta miqdordagi investitsiyalarning xayotga tatbiq qilinishida O’zbekiston ham ishtirok etadi. Bu birinchi navbatda Afg’onistonda yagona bo’lgan Termiz – Xayraton temir yo’lining Mozori SHarifga qadar

77

uzaytirilishi O’zbekiston temir yo’llari DAK tomonidan amalga oshirishi ko’zda tutilgani bilan bevosita bog’liq.

2005 yil mart oyida J.Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkazni o’rganish instituti direktori F.Starr boshchiligidagi guruh tomonidan “Katta Markaziy Osiyo” loyihasi ishlab chiqilgan bo’lib, loyiha rasmiy hujjat hisoblanmasada, AQSHning Markaziy Osiyo siyosatida o’z ta’siri mavjud.

Mazkur loyihada belgilanishicha:



  • AQSHning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo va Afg’onistonning harbiy-strategik va geosiyosiy butunligiga erishish va keyinchalik “Katta Markaziy Osiyo” dasturini “Katta Yaqin Sharq” dasturi bilan birlashtirishdan iborat;

  • loyihaga ko’ra birlashgan “Katta Markaziy Osiyo” va “Katta Yaqin Sharq” hududi ustidan nazorat G’arb qo’liga o’tkazilishi lozim;

  • Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya va Xitoy ta’siridan chiqarish;

  • Pokiston va Eronning Afg’onistonga nisbatan qo’llayotgan “beqaror siyosati” ta’sirini yo’q qilish;

  • Afg’onistonni barqaror va G’arbga yaqin siyosat olib boruvchi “Markaziy Osiyo” davlatiga aylantirish.

Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar istiqboli borasida hulosa qiladigan bo’lsak, quyidagi omillarga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:

AQSH 2014 yilga qadar o’z harbiy kontingenti, noharbiy va gumanitar yuklarni Afg’oniston hududidan olib chiqishda O’zbekistonning transport-kommunikatsion vositalaridan foydalanadi. Bu borada, O’zbekistonning AQSH bilan hamkorligi 2014 yildan keyin ham o’z ahamiyatini saqlab qoladi;

AQSH rasmiy doiralari O’zbekiston bilan ikkitomonlama va ko’ptomonlama munosabatlarni mustahkamlamoqda;

O’zbekiston Respublikasi Afg’onistonda tinchlik va havfsizlikni ta’minlashda AQSH bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda;

AQSH 2014 yilga qadar Xalqaro tinchlikparvar kuchlar tarkibidagi o’z harbiy kontingentini Afg’onistondan olib chiqishda hamda Afg’onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda O’zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda.

78


Download 425,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish