Mavzu: №1 Neft va gaz mahsulotlarini fizik-kimyoviy tahlil qilish usullari haqida ma’lumot



Download 2,34 Mb.
bet20/37
Sana09.09.2021
Hajmi2,34 Mb.
#168841
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
2 5280706696098876831

Potensiometrik titrlash – aniqlanayotgan modda miqdoriga ekvivalent miqdorda aniqlovchi modda (standart) eritmasidan qo‘shilganda elektrodlar sistemasida yuzaga keladigan, potensiallar ayirmasining keskin o‘zgarishiga asoslangan miqdoriy tahlil usulidir. Ekvivalent nuqta yaqinida elektrokimyoviy reaksiyalarning biri ikkinchisi bilan almashinadi.

Potensialning keskin o‘zgarishiga potensial sakrash yoki titrlashning oxirgi nuqtasi (t.o.n) deyiladi. Potensial sakrashga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

a) erituvchi va elektrolit foni tabiati (, Kdiss);

b) elektrolitning konsentratsiyasi;

v) elektrod materiali va sirt yuzasi;

g) harorat.

Potensiometriyada titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:


  1. hisoblash usullari;

  2. rasm usullari.

  1. Hisoblash usullarida titrlanadigan modda eritmasiga titrantning eritmasidan teng (1ml.dan) miqdorda qo‘shib har bir qo‘shilgan hajm, unga to‘g‘ri keladigan potensialning qiymati va har ikki yaqin nuqta orasidagi potensiallar farqi ham qayd qilinadi.

E eng katta bo‘lgan soha ekvivalentlik nuqta joylashgan soha hisoblanadi.

  1. Rasm usullar. Titrlashni oxirgi nuqtasini aniqlashning rasm usullari integral (to‘liq), differensial (farqli), ikkinchi tartibli hosila va boshqa usullarga bo‘linadi.

a) Integral usulida EYUK ning titrant hajmi (V) ga bog‘liqligi rasmsi chiziladi.

8- rasm.Potensiometrik titrlashning integral egri chizig‘i

Bu rasm asosida ekvivalent nuqta va titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun urinmalar o‘tkaziladi. O‘tkazilgan urinmalar kesishish nuqtalarining abssissalar o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan balandligi topiladi. Bu balandlik teng ikki qismga bo‘linadi va kesishgan nuqtadan titrlash egri chizig‘i bilan kesishguncha ordinatalar o‘qiga parallel o‘tkaziladi. SHu parallelning titrlash egri chizig‘i bilan kesishish nuqtasidan esa abssissalar o‘qiga perpendikulyar tushiriladi. Ushbu perpendikulyarning abssissalar o‘qi bilan kesishish nuqtasi t.o.n siga to‘g‘ri keladi. (8-rasm)

b) Differensial usul t.o.n sini topishning ancha oson va aniq usulidir; bunda E/V nisbatning qo‘shilgan titrant hajmiga bog‘liqligi rasmsi chiziladi. CHo‘qqisimon egri chiziq cho‘qqisidan abssissalar o‘qiga tushirilgan perpendikulyar, titrlashning ekvivalent nuqtasiga (t.o.n siga) to‘g‘ri kelgan hajmini ko‘rsatadi. (9-rasm)




9-rasm.Potensiometrik titrlashning differensial egri chizig‘i.

Differensial usulda t.o.n sini topishning aniqligini oshirish uchun ikkinchi tartibli hosila olish usulidan foydalaniladi.

v) Ikkinchi tartibli hosila olish usulida 2E/ V2 ning qo‘shilgan titrant hajmiga bog‘iqligi rasmsi chiziladi.



10-rasm. Potensio­metrik titrlashning ikkinchi darajasi­ning

titrlash egri chizig‘i

Rasmdan ko‘rinayaptiki, egri chiziqlar abssissa o‘qining har ikkala tomonida joylashgan (10-rasm). Egri chiziqlarning uchlarini tutashtirganda abssissa o‘qi bilan chiziqning kesishish nuqtasi t.o.n siga to‘g‘ri keladi.

Potensiometrik titrlash kislota - asosli (neytrallash), oksidlanish-qaytarilish, cho‘ktirish va kompleks hosil bo‘lish reaksiyalari asosida, shunday xossalarga ega bo‘lgan moddalarni aniqlash va tekshirish uchun keng qo‘llaniladi. Natijada, moddalarning konsentratsiyasinigina emas, balki ularning turli xil konstantalarini ham aniqlash mumkin.

Potensiometrik titrlashda boradigan reaksiyalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

a) reaksiya tegishli yo‘nalishda stexiometrik nisbatda oxirigacha borishi;

b) kimyoviy reaksiyaning tezligi etarli darajada katta bo‘lishi;

v) kimyoviy reaksiya muvozanati tez qaror topishi;

g) qo‘shimcha reaksiyalar bo‘lmasligi kerak.

Potensiometrik va boshqa asboblar yordamida titrlash usullarining, vizual (ko‘z bilan kuzatiladigan) usullarga ko‘ra bir qator afzalliklari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:

a) titrlashda sub’ektiv xatolarga yo‘l qo‘yilmaydi;

b) aniqlashning sezuvchanligi ancha yuqori bo‘ladi;

v) loyqa va rangli eritmalarni titrlash mumkin;

g) bir vaqtning o‘zida aralashmadagi bir necha komponentni tabaqalab (ketma-ket) titrlash mumkin;

d) titrlash jarayonini osongina avtomatlashtirish mumkin.




Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish