Mavzu №10. Patogen grammanfiy (meningokokk va gonokokklar) va grammmusbat kokklar



Download 35,19 Kb.
bet8/10
Sana12.01.2022
Hajmi35,19 Kb.
#353713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-mavzu Patogen kokklar

Kultural xossasi. Meningokokklar — aerobdir. Oziqa muhitida talabchan, qon, zardob qo‘shilgan oziqa muhitida 36—37°C haroratda yaxshi o‘sadi, 25°C da o‘sishi to‘xtaydi. pH 7,4—7,6 bo‘lgan muhitda ularning o‘sishi uchun nam va katta miqdorda karbonat angidrid (o‘sishni kuchaytiradigan omil) kerak bo‘ladi. Yangi tayyorlangan oziqa muhitiga ekishni talab qiladi.

Zich oziqa muhitida meningokokklar katta bo‘lmagan 2—3 mm diametrli, nozik yarimtiniq, cho‘ziluvchan, salgina ko‘kimtir koloniya hosil qilib o‘sadi. Suyuq oziqa muhitida biroz loyqalanish va cho‘kma hosil qiladi. Yangi ajratib olingan kulturalar S shaklida, eski kulturalar esa R shaklida bo‘ladi.

MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH

TEKSHIRISH MATERIALI



  1. Orqa miya suyuqligi.

  2. Burun-halqum shillig‘i.

  3. Qon.

Tekshirish materialini olish

Orqa miya suyuqligi lyumbal punksiya yo‘li bilan olinadi. Shu maqsadda bemor oldinga engashtirib yoki shu holatda yotqiziladi, so‘ngra II, III va IV bel umurtqasining orqasidan igna sanchiladi. Belning shu joyidan igna sanchish (punksiya qilish) xavfsiz, chunki orqa miyaning shu joydagi qismi uning suyuqligida suzib yuruvchi ignasi bilan, katta kishilarniki esa maxsus Bir ignasi bilan teshiladi. Igna orqa miya kanaliga kirishi bilanoq, undan yiringli suyuqlik jildirab chiqa boshlaydi. Orqa miya suyuqligi aseptikaning barcha qoidalariga rioya qilingan holda steril probirkaga 2—5 ml hajmda yig‘iladi. Orqa miya suyuqligi 2—3 soat ichida sovuqdan va qurishdan saqlangan holda paxtaga o‘rab yoki isitgich qo‘yib, laboratoriyaga keltiriladi.

Burun-halqum shillig‘i. Shilliq paxtali tampon yordamida olinadi. Tampon uchidan 3—4 sm balandlikda 135° li burchak ostida probirka devoriga egiltirib olinadi. So‘ng steril shpatel yordamida til bosiladi va o‘ng qo‘l bilan tampon yuqoriga qaratilib, og‘iz orqali kiritiladi va burun-halqumdan shilliq olinadi. Tampon sekin-asta lunjga, tishga, tilga tekkizilmasdan og‘izdan chiqarilib, shu zahotiyoq Petri kosacha-sidagi zardobli agarga hamma qismi bilan surtib ekiladi. Boshqa mikrofloralar o‘smasligi uchun oziqa muhitiga linkomitsin qo‘shiladi. Ekilgan muhitni sovuqda saqlagan holda laboratoriyaga keltiriladi.

Qon. Bilak venasidan 5—10 ml qon olinadi va 0,1 % li glukozali sho‘rvaga ekiladi. Tekshirish materiali va sho‘rva 1:10 nisbatda bo‘lishi kerak. Qon davolanishdan oldin va och qoringa yoki ovqatlangandan so‘ng 3—4 soat o‘tgach olinadi.

Tekshirish usullari


  1. Mikroskopik.

  2. Mikrobiologik.

  3. Serologik.

Tekshirishning birinchi kuni. Orqa miya suyuqligi sentrifugada aylantiriladi va cho‘kmasidan bir tomchi olib, Petri kosachasidagi zardobli agarga ekiladi. Cho‘kmasidan surtma preparat tayyorlanib quritiladi, fiksatsiya qilinadi, fuksinning suvdagi eritmasi yoki metilen ko‘ki bo‘yog‘ida bo‘yalib, mikroskopda tekshiriladi. Mikroskop ostida loviyasimon diðlokokklar ko‘rinsa, taxminiy tashxis qo‘yiladi. Qolgan cho‘kmaning ustiga 5 ml yarimsuyuq agar quyilib termostatda qoldiriladi.

Qon va burun-halqum shillig‘i ekilgan oziqa muhitlar ham ter-mostatda 37 °C haroratda 24 soatga qoldiriladi.

Menigokokklarga diagnoz qo‘yishda tezlashtirilgan «Binaks» test sinamasini qo‘yish. Òekshirilayotgan likvordan tampon yordamida olinadi va «Binaks» standart testining ikkita bo‘shlig‘iga likvor tomizi-ladi. Bo‘shliqning biriga reagentdan uch tomchi, ikkinchisiga fiziologik eritma solinadi. «Binaks» testi yopiladi. Òekshirish materialida menigo-kokklar bo‘lsa, ikkita tayoqcha hosil bo‘ladi (musbat reaksiya). Agar menigokokklar bo‘lmasa, bitta tayoqcha hosil bo‘ladi (manfiy reaksiya).

Tekshirishning ikkinchi kuni. Petri kosachasida shubhali koloniyalarni stereoskopik mikroskop ostida tekshiriladi va sof kulturasini ajratib olish uchun zardobli agarga ekiladi. Qon ekilgan flakondagi suyuq muhitda o‘sgan kulturadan olib, Petri kosachasidagi zardobli agarga ekiladi. Ekilgan muhitlar termostatga 37°C haroratda 24 soatga qoldiriladi.

Tekshirishning uchinchi kuni. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. Zardobli agarga meningokokklar nozik, nam, oq, kulrang koloniya hosil qilib o‘sadi. Sof kulturani aniqlash uchun surtma preparat tayyorlab, metilen ko‘ki bo‘yog‘ida bo‘yab, mikroskop ostida tekshi-riladi. Agar meningokokklar ko‘rinsa, sof kultura ekanligidan dalolat beradi va tekshirish ishlari davom ettiriladi.


  1. Zardobsiz agarga ekiladi, termostatda 37°C haroratda qoldiriladi.

  2. Zardobli agarga ekiladi, termostatda 37°C haroratda qoldiriladi.

  3. Zardobli agarga ekiladi, termostatda 22°C haroratda qoldiriladi.

  4. 0,25 % zardob qo‘shilgan Giss muhitlariga (laktoza, glukoza, saxaroza, maltoza) ekiladi.

  5. Oksidaza sinamasi quyiladi. Buning uchun shubhali koloniya ustiga dimetilparafenilendiamin eritmasi tomiziladi. Agar oksidaza fermenti bo‘lsa, koloniyaning rangi pushti rangga kiradi.

Agar qon ekilgan muhitda hech qanday o‘sish bo‘lmasa, uni bir haftaga qoldiriladi, har ikki kunda zardobli agarga ekib turiladi.

Tekshirishning to‘rtinchi kuni. Natija o‘qiladi. Agar 37°C ga qoldirilgan zardobsiz agarda o‘smasa, 37°C zardobli agarda o‘ssa, 22°C zardobli agarda o‘smasa, glukoza va maltozani kislotagacha parchalab, saxaroza va laktozani parchalamasa, oksidaza sinamasi musbat bo‘lsa, tekshirish materialida meningokokk qo‘zg‘atuvchi bor, deb xulosa qilinadi.

Patogen bo‘lmagan neysserlar 37°C haroratda termostatda qoldi-rilgan zardobli va zardobsiz agarda o‘sadi, 22°C haroratda zardobli agarda ham o‘sadi, Giss qatoridagi uglevodlarni parchalashi va parchalamasligi mumkin, oksidaza sinamasi manfiy bo‘ladi.

Meningokokk guruhini aniqlash. Sof kultura ajratib olingandan so‘ng, serologik usulda meningokokkning guruhi aniqlanadi. Buning uchun agglutinatsiyalovchi va pretsiðitatsiyalovchi zardoblardan foydalaniladi. Yog‘sizlantirilgan buyum oynachasi ustiga A, B, C va boshqa agglutinatsiya zardob va nazorat sifatida bir tomchi fiziologik eritma tomiziladi. Har bir tomchi ustiga sof kulturadan solib chiqiladi. Tomchilarning biri agglutinatsiya bersa, u sof kulturaning guruhini ko‘rsatadi.

Serologik guruhini aniqlash uchun gele pretsiðitatsiya reaksiyasini qo‘yish mumkin. Hozirgi vaqtda diagnostika maqsadida A, C va boshqa seroguruhlar uchun eritrotsitar diagnostikumi yordamida bevosita gemagglutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.

4.

Neisseria gonorrhoeae Neisseriaceae oilasiga, Neisseria avlodiga kiradi. Gonokokklarni olim Neysser 1879-yili aniqlagan va ularning barcha oilasi uning nomi bilan yuritiladi.




Download 35,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish