Mavzu: Andijon viloyati



Download 0,74 Mb.
Sana08.04.2022
Hajmi0,74 Mb.
#537513
Bog'liq
8 SINF GEOGRAFYA SHOIRA OPA


Sinf 8
Mavzu: Andijon viloyati
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga Andijon viloyati geografik o’rni, xo’jaligi, aholisi, shahrlari haqida bilim va tushuncha berish. Geografik obyekt va joy nomlarini to’g’ri qo’llay olish kompetensiyasini shakllantirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga ekologik madaniyat haqida tushuncha berish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mehnatsevarlik va o’zaro do’stona munosabatda bo’lishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda xarita va yozuvsiz xaritadan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasini shakllantirish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish.
Dars turi: Aralash
Dars metodi: Aqliy hujum, “Kim chaqqon”, Xarita bilan ishlash, Amaliy topshiriq, Tezkor savol-javob
Dars jihozi: O’zbekiston xaritasi, yozuvsiz xarita, klaster chizmasi, tarqatmalar, AKT vositalari, Venn diagrammasi
Darsning borishi.

  1. Darsni tashkil qilish

Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarning darsga tayorgarligini tekshirish, kun yangiliklari. Dars shiori

  1. Bosqich. Uyga vazifa so’rash

Savollar yozilgan tarqatmalar o’quvchilarga tarqatiladi.

  1. Farg’ona iqtisodiy rayoni respublikamiz hududini necha % egallaydi? 4%

  2. Farg’ona iqtisodiy rayoniga qaysi viloyatlar kiradi? Andijon, Farg’ona va Namangan

  3. Farg’ona iqtisodiy rayonida respublikamiz aholisining qancha qismi yashaydi? 1/3 qismi

  4. Rayonda urbanizatsiya darajasi necha %? 58%

  5. Rayon hududida qanday foydali qazilmalar aniqlangan?

  6. Rayon respublikamizda yetishtiriladigan paxtani necha % beradi? 25%

  7. Rayon respublikamizda yetishtiriladigan pillani necha % beradi? 45%

  8. Rayonda sanoatning qaysi tarmoqlari rivojlangan?

  9. Qaysi temir yo’lning qurilishi royon iqtisodiyoti uchun muhum hisoblanadi? “Angren-Pop temir yo’l”

  10. Rayonga qaysi mahsulotlar keltiriladi? Ko’mir, g’alla, yog’och, taxta, mineral o’g’itlar

“Kim chaqqon” o’yinida o’quvchilardan Toshkent, Jizzah, Sirdaryo viloyatlari tumanlari yozilgan qog’ozlarni ajratishadi.
Toshkent tumanlari: Bekobod, Bo`ka, Bo`stonliq, Zangiota, Oqqo`rg`on, Ohongoron, Parkent, Piskent
Jizzax tumanlari: Arnasoy, Mirzacho`l, Paxtakor, G`allaorol, Baxmal, Forish, Zarbdor, Do`stlik, Sharof Rashidov, Zomin ,Yangiobod ,Zafarobod
Sirdaryo tumanlari: Xovos, Guliston, Boyovut ,Sirdaryo, Sardoba,Mehnatobod,
Oqoltin,Sayxunobod,Mirzaobod

  1. Bosqich. Yangi mavzu bayoni


Andijon viloyati mamlakatning eng sharqiy viloyatidir. Viloyatning g`arbi tekisliklar, sharqi qir-adirlardan iborat bo`lib, tog` tizmalariga tutashgan. Viloyat qishloq xo`jaligi rivojlangan. O`zlashtiriladigan yerlar diyarli qolmagan. Paxtaning yalpi hosili faqat hosildorlikni ko`tarish hisobiga oshirilmoqda. Savzavot, kartoshka va poliz ekinlari, asosan, shaharlar atrofida yetishtiriladi. Qishloq xo`jaligida bog`dorchilik salmoqli o`rin tutadi. Bog` va tokzorlar adirlar hisobiga kengaymoqda. Ixtisoslashgan bog`dorchilik xo`jaliklari bor.
Chorvachiligida qo`y va echkilarning salmog`I kata. Qoramol, asosan, sut va go`sht uchun boqiladi. Pillachilik viloyat xo`jaligida muhim ahamiyatga ega. Viloyatda sanoat yuqori darajada rivojlangan bo`lib, unda 160dan ortiq sanoat korxonalari mavjud. Korxonalar orasida Asaka avtomobil zavodi, Andijon avtomobil o`rindiqlari zavodi, irrigatsiya mashinasozlik zavodi, “Semurg`” trikotaj aksiyadorlik birlashmasi yurik korxonalar hisoblanadi. korxonalar, asosan, Andijon sanoat tugunida joylashgan.
Andijon mamlakatda ilk neft olingan markazlardan biridir. Neft quvur orqali Farg`ona viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodlariga yuboriladi.
Shaharlari: Andijon obikor dehqonchilik markazida joylashgan. Neft, gaz va binokorlik materiallari konlari shaharning shundoq yonida. Shaharda og`ir, yengil hamda oziq-ovqat sanoatiga tegishli 40taga yaqin korxona ishlab turibdi. Ulardan paxta zavodi, to`qimachilik hamda trikotaj fabrikalari mamlakat miqyosidagi yirik korxonalar hisoblana


  1. Bosqich. Mustahkamlash

O’quvchilar yozuvsiz xaritada Andijon viloyatini belgilashadi. Klaster chizmasida Andijon viloyati haqida ma`lumotlar yoziladi.
Amaliy topshiriq: Andijon viloyati aholisi urbanizatsiya darajasini aniqlang. (3011,7 ming: 4,2 ming 717 kishi )
Andijon viloyat aholisi zichligini aniqlang.(viloyat aholis 30117 ming kishi, maydoni 4,2 kv.km Jami aholisi 30117, shahar aholisi 1576 ming = 52%)
Viloyatni qulay va noqulay tomonlarini tahlil qilish Venn diogrammasida bajariladi.
V bosqich: Darsni yakunlash darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanib, rag`batlantiriladi.
VI Bosqich Uyga vazifa berish. Mavzuni o`qib o`rganish Andijon viloyati haqida qo`shimcha ma`lumotlar toppish.
Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish