Mavzu anglanilgan va anglanmagan pisixik hodisalar


aniqlagan  yoki  yo„naltirib



Download 395,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana02.02.2023
Hajmi395,75 Kb.
#906798
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzu anglanilgan va anglanmagan pisixik hodisalar

aniqlagan 
yoki 
yo„naltirib 
bergan
: sinaluvchilar, odatda, chap qo„llaridagi pufak kichikroq deb 
baholaydilar. To„g„ri, ba‟zan maylli sinovlardagi kabi, ya‟ni, chap 
qo„ldagi pufak kattaroq degan javoblar ham bo„ldi. Birinchi xildagi 
xatoliklar 
maylning kontrast 
illyuziyalari

ikkinchi 
xildagilari 

maylning
assimilyativ illyuziyalari
deb ataldi. 
D.N.Uznadze va uning hamkasblari har bir turga tegishli bo„lgan 
illyuziyalarning yuzaga kelishini to„liq o„rganib chiqdilar. Ushbu 
vaziyatda maylning haqiqatdan ham anglanmaganligi muhim bo„lib 
hisoblanadi, buning tasdig„i sifatida pufaklar hajmini baholash bo„yicha 
o„tkazilgan tajribalardan birini keltirish mumkin. Bu tajriba gipnoz 
yordamida o„tkaziladi. Tajribadan avval sinaluvchi gipnoz holatiga 
tushiriladi va shu holatda unga birinchi o„n beshta topshiriqni bajarish 
taklif etiladi. So„ngra unga bajargan topshiriqlarni yodidan chiqarib 
yuborishi zarurligi uqtirildi. Gipnoz holatidan chiqqandan so„ng 
sinaluvchi nima qilganini eslay olmasada, unga tetik holatida pufaklar 
hajmini baholash taklif etilganida, hajmlari bir xilda bo„lsa ham, 
pufaklarning hajmi har xil deya uqtirib, xatolikka yo„l qo„ydi. 
SHunday qilib, anglanmaydigan mayllar haqiqatdan mavjud bo„lib, 
anglangan harakatlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. 
Endi e‟tiborimizni anglanmaydigan mexanizmlarning uchinchi sinfi 
– ongli harakatlarning anglanmaydigan jarayonlariga

qaratamiz. 
Harakatning anglanmagan jarayonlari ko„pchilikni tashkil etadi. 


Masalan, siz musiqa eshitayotgan tinglovchining kuyga mos ravishda 
oyog„ini qimirlatganini, yoki qaychini ishlata turib, jag„ini 
harakatlantirayotganini kuzatgansiz; qo„lini kesib olgan kimsani 
kuzatayotgan odamning yuzida o„ziga sezilmagan holatda ayanchli ifoda 
namoyon bo„ladi. Bunday misollarni juda ko„plab keltirish mumkin. Bu 
hodisalarning barchasi ongli harakatlarning anglanmagan jarayonlaridir. 
Bundan kelib chiqadiki, ongli xarakatlarning anglanmagan jarayonlariga 
beixtiyoriy harakatlar, quvvat zo„riqishlari, mimika va pantomimika, 
shuningdek, inson holati va harakatlarini kuzatuvchi vegetativ 
harakatlarning katta sinfini ham kiritish mumkin. 
Bunday jarayonlarning ko„pchiligi, ayniqsa, vegetativ tarkibiy 
qismlar fiziologiyani o„rganishning asosiy ob‟ekti bo„lib xizmat qiladi. 
Lekin ularning barchasi psixologiya uchun o„ta muhimdir. Birinchidan, 
bu anglanmagan jarayonlar odamlar o„rtasidagi muloqotning qo„shimcha 
vositalari sifatida o„rganilishi mumkin. Ba‟zi holatlarda bunday 
vaziyatlar nutqqa faqat hissiyot tusini bag„ishlabgina qolmay, nutqning 
o„zini ham o„zgartiradi. Ikkinchidan, ular inson turli psixologik 
xususiyatlarining ob‟ektiv ko„rsatkichlari sifatida qo„llanilishi mumkin. 
Yuqorida keltirilgan fikrlarga misol sifatida Yu.B.Gippenreyterning 
”Umumiy psixologiyaga kirish” kitobidan bir ko„rinishni keltirish 
mumkin. 1920 yilda A.R. Luriya tomonidan zamonaviy «yolg„onchilik 
detektorlari»ni qo„llashda namoyon bo„ladigan hodisalarga o„xshash 
noyob hodisalar o„rganiladigan tajribalar o„tkazilgan. Buning uchun u 
K.Yungning yashirin affektli majmualarni aniqlash uchun qo„llagan 
assotsiatsiya tajribasidan foydalandi, tajribada sinaluvchiga so„zlar 
ro„yxati taklif etilib, ularning har biriga miyasiga kelgan birinchi so„z 
bilan javob berishi kerak edi. A.R. Luriya ushbu metodikaga o„zgartirish 
kiritdi, u sinaluvchiga javob so„zni aytish bilan birga o„ta sezgir 
o„tkazuvchi – nog„orachaning pnevmatik membranani bosib qo„yishni 
taklif etdi. Natijada so„z bilan aytilgan javob motorli qo„l ta‟siri bilan 
uyg„unlashtirildi, bu esa talaffuz etilgan so„zning o„zini emas, balki 
uning qanday talaffuz etilishini ham hisobga olish imkonini berdi . Bu 
tajriba odamning tashqi harakatlarni (so„zlar, harakatlar) oson, 
muskullar harakatini (qomatni tutish, mimika, yuz ifodalar) qiyinroq 


nazorat qilishini ko„rsatdi. Sinaluvchi uchun muhimligi jihatidan turlicha 
bo„lgan rag„bat sifatida tadqiqotchi tomonidan talaffuz etilgan so„zlarga 
nisbatan betaraf tashqi ta‟sirning saqlanib qolishida turlicha motorli 
ta‟sirlar 
qayd 
etildi. 
Bunday 
metodikani 
A.R. 
Luriya 
uyg„unlashtirilgan

Download 395,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish