Mavzu anglanilgan va anglanmagan pisixik hodisalar



Download 395,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana02.02.2023
Hajmi395,75 Kb.
#906798
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzu anglanilgan va anglanmagan pisixik hodisalar

 motorli metodika 
deb atadi. Uning validligi va 
ishonchli ekanligi jinoyat sodir etishda ayblanayotganlar tomonidan ham 
samarali tasdiqlandi. 
Zamonaviy texnika shu kabi tajribalarni ong tomonidan nazoratga 
bo„ysunmaydigan ob‟ektiv indikatorlarni hisobga olgan holda yuksak 
darajada o„tkazish imkonini beradi. Bunday indikatorlar sirasiga tomir 
urishi, nafas olish tezligi, arterial qon bosim, miyaning elektr faolligi, 
ko„zning mikroharakatlari, qorachiqning ta‟sirlanishi va boshqalar 
kiradi. SHunday qilib, kamroq anglanadigan ta‟sirlardan muloqot va 
axborot o„tkazishda, shuningdek, odamni o„rganishda ko„proq 
ma‟lumotga ega bo„lishda foydalanish mumkin. 
Anglanmagan jarayonlarning keyingi sinfi –
 ongli harakatlarning 
anglanmagan 
qo„zg„atuvchilari
ni
 
ko„rib chiqamiz. 
Bu 
sinfga 
taalluqli 
bo„lgan 
jarayonlarning tadqiqotlari, avvalambor, XX asrning mashhur 
ruhshunoslaridan biri Zigmund Freyd nomi bilan bog„liq. 
Freyd Vena universitetining tibbiyot fakultetini bitirgandan so„ng 
bir muncha vaqt parijlik psixiatr J. SHarko klinikasida faoliyat 
yuritdi, keyinchalik Venaga qaytib, amaliyotchi vrach sifatida ishlay 
boshladi. Nevrozlarni davolash bo„yicha mutaxassis sifatida Freyd 
shaxsning nazariy muammolari bilan shug„ullandi, natijada ruhiy 
kasalliklarni davolashning o„ziga xos uslubini ishlab chiqdi va uni 
psixoanaliz deb atadi. Psixoanalizning keng doiralarda ommalashganiga 
qaramay, mutaxassislar hanuzgacha unga nisbatan turlicha munosabat 
bildiradilar. Buni Freydning o„zi o„ta ziddiyali odam bo„lganligi bilan 
tushuntirish mumkin. Bir tomondan, u faktlarga nisbatan juda e‟tiborli 
bo„lgan, Freydni faktlarning bilimdoni deyish mumkin. U faktlar bilan 
juda oqilona va puxtalik bilan ish yuritadi, qiziqarli tarzda 
umumlashtiradi, ilg„or nazariy qoidalarni ilgari suradi va ularni faktlar 


yordamida qayta isbotlaydi. Ikkinchi tomondan, Freyd matnlarida 
ko„pgina asoslanmagan nazariy qoidalar keltiriladi. Freyd bilan 
yaqindan tanish bo„lganlarning fikriga ko„ra, uning faktlarga nisbatan 
bunday munosabatini o„rganilgan muammolarning shaxsan uning o„ziga 
xosligi bilan tushuntirish mumkin. SHu bilan birga, Freyd inson ba‟zi 
harakatlari va ruhiy hodisalarning anglanmagan sabablarini o„rganishga 
salmoqli hissa qo„shdi. 
Anglanmagan jarayonlarni chuqur o„rganishga gipnozdagi bemor 
ayolga o„ziga kelgandan so„ng joyidan turib, qatnashchilardan biriga 
tegishli bo„lgan soyabonni olishi kerakligiga ishontirilgan gipnoz 
seanslaridan birida ishtirok etganligi Freyd uchun turtki bo„ldi. Bunda 
ayolga uyg„onishidan avval bunday ishontirish o„tkazilgani haqida 
yodidan chiqarishi kerakligi uqtirildi. Gipnozdan uyg„ongan ayol 
o„rnidan turib, soyabonni oldi va uni ochdi. Uning nega bunday 
qilganligi so„ralganida, soyabonning ishlashini tekshirib ko„rganligini 
aytdi. Ayolga soyabonning uniki emasligini eslatganlarida, u uyalib 
qoldi. Bu tajriba Freydning diqqatini o„ziga tortdi va unda juda kuchli 
taassurot qoldirdi. Unda qator noyob hodisalar: birinchidan, amalga 
oshiriladigan harakatlar sabablarining anglanmaganligi; ikkinchidan, bu 
sabablarning 
ta‟sirchanligi: 
odam 
topshiriqni 
nima 
uchun 
bajarayotganligini bilmasdan turib, vazifani bajaradi; uchinchidan, o„z 
harakatini tushuntirib beruvchi dalil izlab topish va, nihoyat, ba‟zan 
davomli so„rovlar usuli yordamida odamni harakatlarining asl sababi 
haqidagi xotiralarga yo„naltirish imkoniyati qiziqish uyg„otdi. Bu 
tasodifga binoan va qator boshqa faktlarga tayangan holda Z. Freyd 
o„zining 

Download 395,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish