Mavzu: avtomobillarni ishlab chiqarishda va ta’mirlashda qo’llaniladigan plastmassalar ma’ruza rejasi



Download 287,71 Kb.
bet1/4
Sana27.11.2022
Hajmi287,71 Kb.
#873429
  1   2   3   4
Bog'liq
пластмасса турлари-1


MAVZU: AVTOMOBILLARNI ISHLAB CHIQARISHDA VA TA’MIRLASHDA QO’LLANILADIGAN PLASTMASSALAR
Ma’ruza rejasi

  1. Avtomobillarni ishlab chiqarishda plastmassalarni ishlatilishi

  2. Polivinilxloridlar

  3. Polistirol plastik: qo’llanilishi.

  4. Poliamidlar qo’llanilishi

  5. Polikarbonatlar, fenoplastlar, poliuretanlar

Tayanch iborala
Termoplastik, termoreaktiv quymalar, polietilen, polipropilen, vi­niplast, ftoroplast, poliamid, poliformaldegid, fenoplast, tekstolit, epoksid quyma, getinaks, akriloplast.



  1. Avtomobillarni ishlab chiqarishda plastmassalarni ishlatilishi

Avtomobil konstruksiyasini yaxshilash va remont texnologiyasini rivojlanishda unda qo`llaniladigan materiallar yuqori talabga javob berishi lozim. Bu materiallar qatorida plastmassalar keng o`rin olgan. Xozirgi kunda avtomobilsozlikda plastmassalardan foydalanish yildan yilga o`sib bormoqda. Bundan 20-25 yil avval 1 ta avtomobilga 2-5 kg plastmassa ishlatilgan bo`lsa, xozirgi kunda yengil avtomobillarda 100 kg.dan ortiq 600dan ortiq detallar plastmassalardan tayyorlanadi. Avtomobillarning bir qator detallarni plastmassalardan ishlab chiqarish avtomobilning og`irligini 25 % gacha yengillashtiradi, hamda minglab tonna po`lat, rangli metallarni iqtisod qilishga erishishga olib keladi.
Avtomobillarning bir qator detallarni plastmassalardan ishlab chiqarish avtomobilning og‘irligini 25 % gacha engillashtiradi, hamda minglab tonna po‘lat, rangli metallarni iqtisod qilishga erishishga olib keladi.
Avtomobil konstruksiyasida plastmassaning qullanilishi arzonlashtirishi bilan bir qatorda og‘irlikni kamaytiradi, avtomobilning ishlatish tavsifini yaxshilaydi, uning komfortabilligi va xavfsizligini oshiradi. Asosiy yunalish avtomobil konstruksiyasida plastmassaning qo‘llanilishida yirik gabarit detallarning kiritilishi, poliuretan, polikarbonat, polipropelen, sovuqqa chidamli bamferlar kabi; ABS-plastik va polipropilenli radiator; panjaralar; penopoliuretanli tomlar va tula shakllangan o‘rindiqlar, polietilenli yonilgi baklari, poliamidli radiator bochkalari va boshqalar.
Hozirda plastmassalardan yirik elementlarning konstruksiyasini (qurilmasini) tayyorlash 1 daqiqaga etmoqda. Bular bamferlar, qanotlar, bagaj (yuk) qopqoqlari, kopot va boshqalar oldi bamferi bilan butun oldi qismini yig‘ish masalan, radiatorning pardoz qoplamasi va qanotning oldi qismi polimer metallardan boshqa ishlovlarsiz ishlab chiqarish unumli bo‘lmoqda. Bunday texnologiya bir vaqtning o‘zida avtomobilning aerodinamik tasnifini echishda qo‘llanilmoqda, avtomobil dizayni o‘zlashtirilmoqda va avtomobilning iqtisodiy va xavfsiz yo‘nalishini rivojlantirmoqda.
Avtomobil konstruksiyasida plastmassaning qo’llanilishi maxsulotni arzonlashtirish bilan birga og`irlikni ham kamaytiradi, avtomobilning ishlatish tavsifini yaxshilaydi, uning komfortabilligi va xavfsizligini oshiradi.
Avtomobil qurilishi soxasi bo`yicha keyingi 10 yil ichida plasmassani qo`llashda katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. Avtomobilning yangi modellari 500 dan ortiq turli plastmassa qismlar, ya’ni bular: bamferlar, eshik ponellari, sovitgich va isitgich tizimlarida, g`ildirak qopqoqlarida, ko`rsatkich ponellarida, radiator qafaslarida, yonilg`i baklari idishlarida, kengayish baklari, kabina korpusi, kapotlari va boshqalarda qo`llanilmoqda.
Avtomobil ishlab chiqarishda plastmassaning o‘rni katta ahamiyatga ega. Avtomobilsozlik soxasi bo‘yicha keyingi 10 yil ichida plasmassani qo‘llashda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Avtomobilning yangi modellari 500 dan ortiq turli plastmassa qismlar, ya’ni bular: bamferlar, eshik ponellari, sovitgich va isitgich tizimlarida, g‘ildirak qopqoqlarida, ko‘rsatkich ponellarida, radiator qafaslarida, yonilg‘i baklari idishlarida, kengayish baklari, kabina korpusi, kapotlari va boshqalarda qo‘llanilmoqda.
So‘nggi yillarda podshipnik vkladishlari uchun xar-xil poliamidlardan foydalanish tobora kengaymoqda. Bunga sabab, poliamidlarda boshqa plastmassalarga xos afzal-liklar bo‘lishi bilan birga, ulardan vkladishlar quyish usulida tayyorlanishi xam mumkin
So`nggi yillarda mashinasozlikda plastmassadan yasalgan tasma va shkivlar, podshipnik vkladishlari ishlatila boshlandi. Plastmassa tasmalar boshqa tasmalarga qaraganda 2-3 xissa ko`p quvvatni uzatishga imkon beradi. Plastmassa tasmalar zarb bilan o`zgaruvchan kuchlar ta’sirida ishlaydigan uzatmalarda ayniqsa qo`l keladi.Ularni agressiv muxitli sharoitda, tezligi katta (60 m/sek gacha bo`lgan), shkivlari esa kichik uzatmalarda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
SHuningdek, sanoatning ko`pgina tarmoqlarida palstmassadan tayyorlangan tishli g`ildiraklar ko`plab ishlatila boshladi. Plastmassadan tayyorlangan tishli g`ildiraklarning keng ko`lamda ishlatilishi ularning quyidagi afzalliklariga asoslangan:
1) ravon va shovqinsiz ishlaydi;
2) yeyilishga chidamliligi yuqori;
3) abraziv zarrachalarining ta’siriga uncha sezgir emas;
4) zarb bilan ta’sir etadigan dinamik kuchlarni so`ndirish xususiyatiga ega;
5) elektr tokini o`tkazmaydi;
6) solishtirma og`irligi kichik;
7) moysiz sharoitda xam yaxshi ishlaydi;
8) nam va zax joylarda xam ishlayveradi, chunki zanglamaydi.
Plasmassalardan tishli g`ildiraklar uchun material sifatida foydalinishning yanada rivojlanishiga ularning quyidagi kamchiliklari to`sqinlik qilmoqda:
- issiqlik o`tkazuvchanligi;
- issiqqa chidamligi pastligi;
Hozirgi vaqtda plastmassalardan tayyorlangan rezbali detallarning soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ammo plastmassalarning mustaxkamligi po`latnikiga qaraganda birmuncha kichik bo`lganligi uchun ular, asosan, kichik yuklamalar ta’sir etuvchi birikmalarda ishlatilmoqda. Rezbali birikmalarining afzalliklari shundan iboratki, ular nisbatan katta nagruzka ta’sirida etarli darajada ishonchli ishlaydi; ularni ajratish va yig‘ish qiyinchilik tug‘dirmaydi; turli sharoitda ishlaydigan rezbali detallar ko‘plab ishlab chiqarilishi mumkin; nisbatan arzon tannarxga ega.

Download 287,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish