Mavzu: Aybdor o'z qilmishiga amalda pushaymon bo'lganda jazo tayinlash tushunchasi asoslari


Sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi



Download 28,48 Kb.
bet4/9
Sana23.07.2022
Hajmi28,48 Kb.
#844797
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aybdor o\'z qilmishiga amalda pushaymon bo\'lganda jazo tayinlash tushunchasi. asoslari

Sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi

Jazo tayinlash tartibi va muddatlari

1.

Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og`ir bo’lmagan jinoyatlarni tashkil etsa.

- tayinlangan engilroq jazoni og`irrog`i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yo’li bilan (JK 61-moddasi qodalariga amal qilgan holda) uzil-kesil jazo tayinlanadi. Bunda uzil- kesil tayinlangan jazo muddati sodir etilgan jinoyatlardan eng og`iri uchun nazarda tutilgan jazo muddatining eng ko’p qismidan yoki miqdoridan ortib ketmasligi lozim.

2.

Jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og`ir yoki o’ta og`ir jinoyatni tashkil etsa.

- sodir etilgan jinoyatlar uchun tayinlangan jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yo’li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Agarda jazolar har-xil turdagi asosiy jazolarni tashkil etsa, jazo tayinlash JK 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazo turlarining engilini og`iriga almashtirgan holda jazo muddatlarini to’la yoki qisman qo’shish yo’li bilan jazoning og`irroq turi uzil-kesil tayinlanadi. Lekin jazolardan bittasi jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi bo’lsa, boshqa jazo turlariga qo’shilganda har qaysi jazo turlari alohida ijro etiladi.
- ushbu holatda, muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi boshqa asosiy jazo turlari bilan bir vaqtda ijro etiladi. (Masalan: shaxs sodir qilgan jinoyatlarining bir uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilinsa, ikkinchi bir jinoyati uchun esa, 5 yilga muayyan huquqdan mahrum qilinsa, mahkum ushbu ikki jazo turini bir vaqtda ya’ni 5 yilda o’tab bo’ladi).

3.

Jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo’lsa.

- boshqa engilroq turdagi jazolar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan qoplanib, uzil-kesil uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosining o’zi tayinlanadi;
- ushbu holatda sodir etilgan jinoyat uchun tayinlangan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati qancha muddatga tayinlangan bo’lsa, ushbu muddat o’zgartirilmasdan qoldiriladi;
- agarda sodir etilagan jinoyatlardan biri uchun jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo’lsa, ushbu jazo turlari uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan qoplanmaydi, balki ushbu jazo turlari alohida ijro etiladi;
- muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan bir vaqtda ijro etiladi va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosining butun muddatiga tadbiq qilinmaydi.

4.

Jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo’lsa.

- boshqa engilroq turdagi barcha jazolar umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan qoplanib, uzil-kesil jazo tayinlanadi;
- ushbu qoida jarima va muayyan huquqdan mahrum qilish jazosiga ham taaluqli bo’ladi.

5.

Jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi jinoyatlardan bittasi uchun jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo’lsa.

- ushbu jazo turlari boshqa jazo turlaridan alohida ijro etiladi. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi boshqa asosiy jazo turlari bilan bir vaqtda ijro etiladi.

6.

Jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi jinoyatlar uchun axloq tuzatish ishlari yoki xizmat bo’yicha cheklash jazolari tayinlangan bo’lsa.

- ushbu jazo turlarining faqat muddatlari qo’shiladi;
- aybdorning ish haqidan yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning har-xil miqdori belgilagan hollarda, ushbu jazo turlarining faqat muddatlari qo’shiladi;
- aybdorning ish haqidan yoki pul ta’minotidan ushlab qolish esa, har-bir jinoyat uchun alohida ijro etiladi.



Jinoyatlar majmui bo’yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qo’shimcha jazolarni ham qo’shishi mumkin. Bunda:
Alohida jinoyatlar uchun tayinlangan qo’shimcha jazolar bir turga mansub bo’lsa, sud ushbu qo’shimcha jazo turi uchun belgilangan maksimal muddat doirasida ularning engilrog`ini og`irrog`i bilan qoplash yoki ularni to’la yoki qisman qo’shish qoidasi orqali uzil- kesil jazo tayinlaydi.
Ya’ni muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi bir necha jinoyatlar uchun qo’shimcha jazo tariqasida tayinlanib, ular qo’shilganda jinoyatlar majmui tariqasidagi mudati uch yildan ortib ketmasligi lozim.
Ushbu holatda muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi jinoyatlar majmui uchun uzil-kesil tayinlangan asosiy jazo (ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo’natish va qamoq) jazosi muddatiga va sud tayinlagan muddatga tadbiq qilinadi.
Agarda jinoyatlar uchun tayinlangan qo’shimcha jazo turlicha bo’lsa, ular alohida-alohida ijro etiladi.
Ish bo’yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish bo’yicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlangan taqdirda ham jazo jinoyatlar majmui tartibida tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui bo’yicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning o’talmay qolgan qismi qo’shiladi va uzil-kesil tayinlangan jazo muddati birinchi hukm bo’yicha tayinlangan jazo muddatidan kam bo’lmasligi lozim.
Agarda jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlar JK Maxsus qism bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni tashkil qilsa, ushbu jinoyatlar uchun jazo tayinlashda JK 59– moddasida nazarda tutilgan jazo tayinlash qoidalari tadbiq qilinmaydi. Ushbu holatda jazo tayinlash JK Maxsus qism moddasining eng og`ir qismi bilan javobgarlikka tortilib, o’sha qism sankstiyasida nazarda tutilgan jazo turlaridan biri tayinlanadi (JK 33-moddasi).
Jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda, ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng ko’p muddati yigirma yildan ortiq bo’lishi mumkin emas.



Download 28,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish