Mavzu: Aybdor o'z qilmishiga amalda pushaymon bo'lganda jazo tayinlash tushunchasi asoslari


Tamom bo’lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash tartibi



Download 28,48 Kb.
bet8/9
Sana23.07.2022
Hajmi28,48 Kb.
#844797
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aybdor o\'z qilmishiga amalda pushaymon bo\'lganda jazo tayinlash tushunchasi. asoslari

9. Tamom bo’lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash tartibi.

Sud tamom bo’lmagan jinoyatlar (jinoyatga tayyorgarlik ko’rganlik va suiqasd qilganlik) uchun jazo tayinlashda:


- JK 54-moddasida ko’rsatilgan umumiy qoidalarni;
- jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini;
- jinoyatning amalga oshirilganlik darajasini;
- jinoyatning oxiriga etkazilmaganlik sabablarini e’tiborga olgan holda jazo tayinlashi shart.
Sud tamom bo’lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlaganda, jazoning muddati yoki miqdori - JK Maxsus qismi aynan bir moddasi yoki modda qismida tamom bo’lgan jinoyat uchun nazarda tutilgan jazo turlarining eng ko’p (maksimal) muddatining to’rtdan uch qismidan oshmasligi kerak.
Ushbu qoida sodir etilgan bitta jinoyat uchun JK Maxsus qism tegishli moddasi yoki modda qismida tayinlanishi nazarda tutilgan barcha jazo turlariga taalluqli emas, balki ushbu sankstiyada nazarda tutilgan eng og`ir jazo turiga nisbatan qo’llaniladi.
Agarda tamom bo’lmagan jinoyat ayollar va oltmish yoshdan oshgan erkaklar tomonidan sodir etilgan bo’lsa va sodir qilingan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansa, ushbu jazo turining muddati JK 50-moddasida ushbu shaxslar uchun tayinlanishi nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddatining to’rtdan uch qismidan oshmasligi lozim.
Mazkur qoida:
- o’ta xavfli restidivistlarga;
- uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma a’zolariga;
- tinchlik va xavfsizlikka qarshi qaratilgan tamom bo’lmagan jinoyatlar sodir etganlarga;
- JK 97-moddasi 2-qismidagi “Javobgarlikni og`irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o’ldirish”ga tayyorgarlik ko’rgan yoki suiqasd qilgan shaxslarga;
- JK 118-moddasi 4-qismidagi “O’n to’rt yoshga to’lmaganligi aybdorga ayon bo’lgan shaxsning nomusiga tegish”ga tayyorgarlik ko’rgan yoki suiqasd qilgan shaxslarga;
- JK 119-moddasi 4-qismidagi “O’n to’rt yoshga to’lmaganligi aybdorga ayon bo’lgan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojini g`ayritabiiy usulda qondirish”ga tayyorgarlik ko’rgan yoki suiqasd qilgan shaxslarga;
- JK 246-moddasi “Kontrabanda” 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatga tayyorgarlik ko’rgan yoki suiqasd qilgan shaxslarga nisbatan tadbiq qilinmaydi.
Ushbu holatlarda jazo umumiy asoslarda tugallangan jinoyatlar uchun tayinlanishi nazarda tutilgan jazo muddati va miqdoridan kelib chiqib tayinlanadi va yuqorida ta’kidlangan qoida, ya’ni JK Maxsus qismi aynan bir moddasi yoki modda qismida nazarda tutilgan jazo turlarining eng ko’p muddatining to’rtdan uch qismidan oshmasligi lozim degan qoida tadbiq qilinmaydi.
Tamom bo’lmagan jinoyatlar uchun - umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin emas. Ushbu qoida barcha turdagi jinoyatlarga taalluqli.

Download 28,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish