Mavzu. Baholashning turlari, tamoyillari va mezonlari (2 soat ma’ruza). Reja 1



Download 429,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana25.10.2022
Hajmi429,75 Kb.
#855999
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu. Baholashning turlari, tamoyillari va mezonlari (2 soat ma

Kommunikativ motiv
tengdoshlarining munosabati, fikri. O’quvchilar 
tengdoshlarining munosabati, fikrlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘la olmaydilar. 
Pedagog ana omildan foydalana olishi zarur, biroq uni suiste’mol qilish yaramaydi, 
zero, bunday yondashuv ham o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni 
susaytiradi. XIX-XX asr boshlarida gimnaziyalarda shunday qoida ustun bo‘lgan: 
o‘quvchini jamoa oldida maqtash mumkin, lekin koyish mumkin emas. Bugun ham 
ta’lim amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas. 
1.
kommunikativ ta’sirni kuchaytirish, bu o‘rinda o‘quvchilarni o‘z 
sinfdoshlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, unga 
yordam ko‘rsatishga o‘rgatishdan iborat; 
2.
o‘zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib qo‘yilib, 
unda o‘quvchilarning barcha baho ko‘rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning 
kamchiligi a’lochilarda kibrlanish, past o‘zlashtiruvchilarda esa befarqlik yuzaga 
keladi. Bunday holatning oldini olish uchun o‘quvchilarni axborotni to‘g‘ri qabul 
qilishga o‘rgatib borish zarur. 
3.
o‘z-o‘zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o‘quvchi o‘z 
faolitini tahlil etadi. YAkunlangan haftada o‘zlashtirish pasaysa, garchi u a’lochi 
bo‘lib qolaversa ham o‘quvchi musobaqada boy beradi. Aksincha, kuchsiz 
o‘quvchi yakunlangan haftada samarali ishlasa, g‘olib chiqqan hisoblanadi. O’z-
o‘zi bilan musobaqada barcha o‘quvchilar teng sharoitda bo‘ladilar, ya’ni, past 


30 
o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a’lochi o‘quvchi esa 
bitta a’lo bahoni kam olgan bo‘lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o‘zlashtirish 
uchun emas, balki o‘zlashtirishni yaxshilash uchun xizmat qiladi. 
2. O’quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari.
O’quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari 
hamma vaqt bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. SHu bois u turli adabiyotlarda turlicha 
yoritilgan. 
Biroq 
mavjud 
harashlarni 
umumlashtirib 
aytish 
mumkinki, 
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir 
fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning 
o‘zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. SHuningdek, baholash 
mezonlarini ishlab chiqishda o‘quvchilarning og‘zaki javob berishlari, ko‘nikma va 
malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash 
mezonlariga o‘quvchilarning og‘zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara 
olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. 
Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz: og‘zaki javob berish jarayonida «4» baho 
qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa: 
1.
o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan to‘g‘ri javoblar berilsa; 
2.
material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa; 
3.
o‘qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega 
bo‘lmagan xatolar yo‘l qo‘yilsa yoki to‘liq bo‘lmagan javob aytilsa. 
YOzma topshiriqni bajarishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar 
namoyon bo‘lsa: 
1.
masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo‘lmasa; 
2.
topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan 
bir-ikki xatoga yo‘l qo‘yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo‘lsa. 
Amalda bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar 
namoyon bo‘lsa: 
1.
ishni to‘liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chihara olmasa; 
2.
ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo‘lmagan 
xatolarga yo‘l qo‘yilsa. 
Bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiharish mumkin: 
o‘quvchilarning bilimlari uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda 
qo‘yiladi: 
1.
«5» baho: a) o‘quvchi materialni to‘liq o‘zlashtirib olgan bo‘lsa; b) 
o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v) 
egallangan bilimlarni amalda qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon qilishda, 
o‘zma ishlarda xatolarga qo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa 
qo‘yiladi. 


31 
2.
«4» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) 
o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni 
amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l 
qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa 
hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa; 
3.
«3» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin 
mustaqil tushuntirish berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj 
sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga 
qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa. 
4.
«2» baho: o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq 
mavzuni o‘zlashtirmagan, yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa. 
O’quv protsessida tinglovchilarni mustaqil ruhda tarbiyalash asosan 
ijtimoiy-siyosiy fanlar tsikli zimmasiga, ularni tarbiyaviy ishga tayyorlash esa 
psixologik-pedagogik fanlar va xususiy metodlar zimmasiga yuklatiladi. 
O’qituvchining yoshlarning ma’naviy murabbiysi roli ortib borishi bilan uning 
o‘ziga g‘oyaviy e’tiqodi va uni tarbiyachisi sifatida tayyorlash xarakteriga yuksak 
talablar qo‘yiladi. SHuning uchun o‘qituvchi – tarbiyachining tayyorgarligiga 
yuqorida ko‘rsatilganidek yondashish yetarli emas, chunki bo‘lajak o‘qituvchilarda 
tarbiyaviy funktsiyalarni tarkib toptirishda tabiiy – matematik ixtisosni beruvchi 
fanlarning tarbiyaviy imkoniyatlarni hisobga olinmagan. 
Vaholanki, mutaxassisligiga doir bilim beruvchi mashg‘ulotlarda bo‘lajak 
o‘qituvchi bir tomondan, o‘zining kelgusi faoliyati uchun zarur bo‘lgan ilmiy 
bilimlar majmuini egallab oladi, ikkinchi tomondan, ana shu konkret bilimlar 
asosida ularda shaxsiy sifatlar: duneharash, ma’naviy qiyofa shakllanadi. 
«….Hozir har bir o‘qituvchi har qachongidan ham ko‘proq darajada, 
tarbiyachi bo‘lishi kerak» degan so‘zlar hozirgi sharoitda ayniqsa aktual 
jaranglaydi. 
Bo‘lajak o‘qituvchi pedagogi-psixologik oliy o‘quv yurtida tabiat va bilish 
nazariyasiga, jamiyatga ta’lluqli ikkita parallel va o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan 
juda ko‘p bilimlarni egallab va ularni o‘zining amaliy faoliyatida qo‘llab, 
o‘quvchilarda voqelikka dialektik – materialistik yondashish hamda tabiat va 
jamiyat hodisalarini ular nuqtai nazaridan analiz qilish malakalarini tarkib 
toptirishi kerak. 
O’quv programmalarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan yanada keng 
foydalanish maqsadida ijtimoiy fanlarni kasbiga doir bilim beruvchi kurslar bilan 
bog‘lanish zarur. Bu faqat yuqori kurs tinglovchilarida emas, balki kurs 
tinglovchilarida ham ijtimoiy fanlarning qonuniyatlarini o‘z ixtisosligida ixtisoslik 
beruvchi fan problemalarida ijodiy qo‘llash ko‘nikmalari hosil qiladi, ularni 
chuquroq o‘rganish shtiyoqini oshiradi. Bunday aloqani amalga oshirish bo‘lajak 


32 
o‘qituvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishiga tayyorlashda ham foydali, chunki 
ma’lum bir fan doirasida tinglovchilarga o‘qituvchilarni kasb tanlashga 
yo‘llashdek murakkab prolemaning hamma tomonlarini ochib berish mumkin 
emas. Masalan, tabiiy-ilmiy tsikldagi fanlarni o‘qitishda ishlab chiharishning ilmiy, 
ilmiy-texnik asoslarini, turli kasblarning mazmuni va ishlash sharoitlarini yaqqol 
yoritish mumkin bo‘lsa, ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini ochib berish zarur. Ijtimoiy 
fanlarning kasbiga doir bilim beruvchi fanlar bilan aloqasini amalda ro‘yobga 
chiharish tegishli kafedra o‘qituvchilarining birgalikdagi ishlarini rejalashtirishni 
nazarda tutadi. Buning uchun esa tegishli tayyorgarlik zarur, ya’ni ijtimoiy kafedra 
o‘qituvilari kasbiga doir bilim beruvchi fanlar haqida ma’lum tasavvurga ega 
bo‘lishi, aksincha, bu fanlar o‘qituvchilari o‘rganilayotgan hodisalarga dialektik 
yondashish ko‘nikma va malakalarini egallashi, bu malakalarni bo‘lajak 
o‘qituvchilarga singdira bilishi kerak. 
Bo‘lajak o‘qituvchining yuksak darajadagi siyosiy ongliligi, uning 
kelgusida o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishi samaradorligini belgilab 
beradi. O’quv rejasiga muvofiq pedagogi-psixologik Binobarin, qo‘yi kurs 
tinglovchilari yetarli darajadagi maxsus bilimlar zapasiga ega bo‘lmagan va 
ixtisosligi bo‘yicha yetarli nazariy tayyorgarlik ko‘rmagan holda shu fanni 
o‘rganishga kirishadilar. Vaholanki, dialektik materializm o‘quv programmasining 
mazmuni ularning tayyorgarligi ko‘rgan bo‘lishini taqazo qiladi. Masalan inkorni 
inkor qonunni o‘rganishda bo‘lajak matematika o‘qituvchilariga evklid va noevklid 
geometriya mohiyatini tushunishda dialektrik materializmning metodologik 
vazifasini ko‘rsatib berish muhimdir. Tinglovchilarning o‘z ixtisosligi bo‘yicha 
bilim beruvchi fanlardan tegishli misollarni o‘rganishdan oldin ularga inkorni inkor 
qonunni mazmunini qanday qilib ochib berish mumkin. Ko‘pchilik o‘qituvchilar 
bu qonunni tahlil qilishda evklid geometriya fani rivojlanishining yangi mazmun 
bilan boyitadi va chuqurlashtiradi, bo‘lajak matematik o‘qituvchilarni juda 
murakkab, ba’zan xato harama-harshi fakt, xodisalarni ilmiy tahlil qilish va ularga 
dialektik yondoshish metodlari bilan qurollantiradi. 

Download 429,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish