Mavzu: Buxoro xonligi madaniyati va san’ati



Download 54,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana02.07.2021
Hajmi54,75 Kb.
#107575
1   2   3
Bog'liq
Buxoro xonligi madaniyati va san’ati

ishlangan miniatyuralar ichida  «Sulton Sanjar va to’quvchi kampir bilan 

uchrashuvi» uning etuk asarlardan biridir. Unda saljuqiylar hokimi Sulton Sanjar 

ovga ketayotgan paytda qari to’quvchi kampir uni xalq boshiga ko’p tashvish va 

uqubatlar tushirgani uchun koyiganligi hikoya qilinadi.(Rasm. Sulton Sanjar ovda.) 

Bu asari bilan rassom o’z davr illatlarini ham ko’tarib chiqqanligini ko’rsatadi. 

Saadiyning «Bo’ston» asari miniatyuralari  ham M.Muzahhib qalamiga mansub deb 

hisoblanadi. Bu qo’lyozma Toshkent hokimi Barakxon taxallusi bilan tanilgan 

Navro’z-Axmad uchun 1555 yili ishlangan. Bu qo’lyozma ham Milliy kutubxonada 

Parijda saqlanadi.  Maxmud Muzahhib shogirdlari Muhammad Chagri Muxassin, 

Abdulla, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalar kitob, miniatyura 

madaniyati va san’atini rivojlantirishda o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.  

Muhammad Murod Samarqandiy. Muhammad Murod Samarqandiy XU1 asrning 


boshlarida  Samarqandda tug’ilgan. Shu erda diniy va dunyoviy bilimlarni egalladi, 

xususiy maktabda  rassomlik va xattotlik bilimlarini egallagan. Samarqanddagi  

Ulug’bek madrasasida diniy va dunyoviy  bilimlarini oshirib shu erning o’zida kitob 

ko’chirish, ularni turli naqsh va rasmlar bilan bezash bilan shug’ullandi. Temuriylar 

inqirozi kuchayib borgan kezlarda aqidaparastlar  tomonidan jonli narsalar rasmini 

chizish man etilib rassomlar taqibga uchrayboshlaganida  u  do’sti Nodir 

Samarqandiy bilan birga Xindistonga, boburiylar davlatiga o’tib ketdi va shu erda 

umrining oxrigacha yashab ijod qildi va xind miniatyura maktabining shakllanishida 

muhim rol o’ynadi.  Samarqandiy ham o’z ijodida jamiyat illatlarini ochib 

ko’rsatishga harakat qilganligi uning qator asarlarida o’z ifodasini topgan. Temirchi 

Kova qo’zg’oloniiga bag’ishlangan miniatyurasi shunday tanqidiy ruhda ishlangan. 

Bulardan tashqari shohlarning qabul marosimlari, ov va jang manzaralari uning 

asarlarida o’z ifodasini topgan. Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”, Saa’diyning  

“Guliston”, “Bo’ston” dostonlariga ishlangan miniatyuralar ham mashhur. 

Muhammad Murod Samarqandiyning bizgacha saqlangan asarlari ichida  1556 yili  

ishlangan  «Shohnoma» qo’lyozmasigaishlangan miniatyuralari alohida ajralib 

turadi. Bugungi kunda bu qo’lyozma Toshkentdagi Beruniy nomidagi 

Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanadi. Dostonga ishlangan 115 ta  

miniatyura syujetlari tugal, dostondagi voqyealarni  mohiyati bilan ochib berishga 

harakat qiladi. Unda  rassom dostondagi voqyealarning mazmunini atroflicha 

yoritishga, jamiyat illatlarini ochib ko’rsatishga harakat qiladi. “Temirchi Kova 

qo’zg’oloni”, “Zahhokning  Fariddun tomonidan asr olinishi”,  “Fariddunning o’g’illari 

Yaman shohi huzurida”, “Rustamning tug’ulishi” va boshqa miniatyuralarda shu 

xususiyatlar namoyon bo’ladi.   XVI asr ikkinchi yarmidan boshlab Buxoro O’rta 

Osiyo badiiy hayotida muhim o’rin egalladi Portret madaniyati va san’ati rivojlandi. 

Xonlar portretlari ishlandi. Abdullaxon  , Imonqulixon portretlari shular jumlasidan. 

Shayboniylar davrining mashhur musavvirlari  Abdullo Buxoriy,  Menuchehr,  

Jamoliddin Yusuf kabi miniatyura ustalari  ham tarix sahifalaridan munosib o’rinni 

egalladilar. Ularning bizgacha etib kelgan ayrim asarlari ularning yuksak did va 

ijodiy barkamolliklaridan dalolat beradi..

3.

Shayboniyxon vafotdan keyin parchalana boshlangan katta saltanat yangi  

Ashtarxoniylar sulolasiga yo’l ochib berdi. Ashgarxoniylar  sulolasi 1601 yildan 1753

yilgacha hukmdronlik kildi.  Ashtarxoniylar sulolasining asoschisi Joni Muhammad 

asl astraxanlik bo’lib, ruslar bu xonlik erlarini bosib ola boshlagan payitlarda u o’z 

o’g’illari bilan Buxoroga, qaynotasi Abdullaxon panohiga qochib kelgan edi. 

Keyinchalik  shu sulola vakili Imonqulixoni Buxoro zodagonlari ulug’ xon kilib 

ko’tardilar. Imonqulixon 30 yildan ortiq Buxoroda hukmronlik qildi. 1642 yili ukasi 

Nodirmuxmmad o’rnini bo’shatib beradi, chunki uning ko’zi ojiz qolgan edi. 

Ashtarxoniylar davri notinchlik , qo’zg’olon va ko’tarilishlar bilan to’la. 

Samarqandning Daxbid degan joyida , І713-І4 yillari Buxoroda, 1719 yili Balxda, 

1746 yili Toshkentda shunday g’alayonlar bo’lib utada.1713 yil Samarqanda bo’lgan

xunarmandlar qo’zg’oloni ham xonlikka katta tashvish keltiradi.G’alayonlar ham, 

taxt uchun olib borilgan nizolar ham asta davlatning emirilib parchalanishiga olib 

bordi.Natijada ko’pgina san’atkorlar,jumladan miniatyurachilar O’rta Osiyodan o’zga

yurtlarga,boburiylar hukmronligida bo’lgan Xindistonga ko’chib keta boshladilar. 

M.M.Samarqandiy va Nodir Murod Samarqandiylar shular jumlasidan edi. Shunga 

qaramay 17 asr ham san’at yangiliklariga boy Me’morlik, tasviriy, amaliy bezak 

madaniyati va san’ati va kitobot hamda miniatyura sohasida sezilarli asarlar 


yaratildi.

 

Tasviriy san’at memoriy bezaklarda, amaliy san’at buyumlari keng o’rinni 

egallaydi  va ularning axralmas qismiga aylangan. Shu davrda ishlangan gilam va 

suzanalar, sopol buyumlar,  Buxorodagi Nodir-Devon Begi Samarqanddagi  

Sherdor, Tillakori  madrasalarining  bezaklarida tasviriy san’at o’z ifodasini topgan.  

Umuman  shuni ta’kidlash kerakki,  bu asrda ham borliqni, tabiat ko’rinishlari, 

guldon yoki tuvakda ko’karib turgan gul, daraxt shoxida xirgoyi qilayotgan chiroyli 

qushlar  va hayvonlar tasviri shu davrda ishlangan sopol buyumlari, gilam va 

so’zanalarda binolarning tashqi va ichki bezaklarida, turli xil shakllar (medadonlar)  

ichiga ishlangan tasvirlarda keng uchraydi.  Shu xususda Samarqanddagi Tilla  qori

madrasasi (XVII asr)  naqsh va bezaklari diqatga sazovor. Bu madrasa devoriy 

rasmlarida  Bibi Xonim maschiti, oq saroy, devoriy rasmdariga o’xshash 

kompozitsiyalar uchraydi. Uncha katta bo’dmagan manzaralar - daraxt shohlari, 

gullar ko’rinishi moviy zaminda (fonda) oltin xaldan ishlangan Bu hisobiga  xonalar 

ko’rinishi ertaknamolik kashf etgan.17 asr miniatyura va kitobot madaniyati va 

san’ati ham boy tarixiga ega. Bu asrda san’atning shu turlarida nodir asarlar 

yaratildi. Saroy qoshidagi kutubxonalarda  rassom va xattotlarning katta guruhi 

mehnat qilgan.  Jumladan musavvirlar Xo’ja Gado, Avaz-Muhammad, Xo’ja Muqim,

Mulla Bexzod , xattotlar Mirza Barki, Mirza Mir Munish va Arab-Shoh  saroy 

kitobxonasida  yashab ijod etgan . Bulardan tashqari xonlar taklifi va buyurtmalari 

asosida  tashqaridan ham istedodli rassomlar kitoblar ko’chirish va bezash ishlariga

jalb etilgan. Jumladan Ashtarxoniylardan Abdulazizxon uchun ko’chirilgan 

Sadiyning  «Bo’ston» asari uchun ko’chirilgan qo’lyozmada(1649)  Farxod ismli 

musavvir dasxati uchrashi shundan dalolat beradi. Nizomiyning «Hamsa» asari 

qo’lyozmasida esa Muhammad-Muqim (Xo’ja Muhammad),Muhammad 

Amin,Behzod  dastxatlari bor.

Document Outline

  • mavzu: Buxoro xonligi madaniyati va san’ati

Download 54,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish