Mavzu: Dvigatellarni sinovdan o‘tkazishda foydalaniladigan jihozlar, elektr tormoz qurilmasi Ishdan maqsad



Download 61,08 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi61,08 Kb.
#685348
  1   2   3
Bog'liq
4-Амалий машг


Mavzu: Dvigatellarni sinovdan o‘tkazishda foydalaniladigan jihozlar, elektr tormoz qurilmasi

Ishdan maqsad: Avtotraktor dvigatellarini sinash uchun asbob va jihozlarni ishga tayyorlashni o’rganish.


Ish jihozlari: KI-5543 dvigatellarni sinash stendi, yoqilg’i sarfini o’lchash idishlari, sekundomer, taxometr, D-144 dvigateli, ko’rgazmali qurollar, kalitlar jamlanmasi.


Ishni bajarish tartibi
1. Dvigatelni sinashning maqsadi va sinash turlarini o’rganing.
2. KI-5543 dvigatellarni sinash stendining tuzilishini o’rganing.
3. Stendning tormoz xarakteristikasi bilan tanishing.
4. O’lchash qurilmalari: yoqilg’i sarfini o’lchash asbobi (tarozi), o’lchov idishi, aylanishlar sonini o’lchovchi taxometr, vaqtni o’lchovchi sekundomerlardan foydalanishni o’rganing.
5. Sinashning umumiy metodikasini o’rganing.
6. Sinov natijasiga asosan dvigatel quvvatini, burovchi momentni, yoqilg’i sarfini, nisbiy yoqilg’i sarfini aniqlashni o’rganing.
7. D-144 dvigatelini sinashga tayyorlang.
Bajarilgan ish to’g’risida hisobot yozing. Hisobotda dvigatelning sinash stendining ishga tayyorlash tartibini va asosiy ko’rsatgichlarni aniqlash formulasini keltiring


Stendlarning tuzilishi
Dvigatelni sinash stendi tormoz va o’lchash qurilmalari, dvigatelni yoqilg’i bilan ta’minlash, sovitish, ish bajargan gazlarni chiqarish apparaturalari, dvigatelni mahkamlash moslamalari va boshqarish organlaridan tashkil topgan.
Tormoz qurilmasi va qotirish detallari cho’yan plita ko’rinishda yasalgan va beton poydevorga joylashgan asosga mahkamlanadi. Plitaga stoykalarni qotirish ankerli boltlari uchun pazlar ishlangan. Sinaladigan dvigatel support stoykalar yoki maxsus balkalarga o’rnatiladi. Agar dvigatel ekspluatasiya quvvatini aniqlashga mo’ljallangan agregatlar bilan jihozlangan bo’lsa, u holda traktordan olinmaydi, elastik mufta bilan quvvat olish vali orqali tormoz valiga ulanadi. Tormoz qurilmasi hamda traktor domkrat bilan jihozlangan platformaga joylashtiriladi. Quvvat olish vali va tormoz vali platformani tegishlicha siljitib, domkratdan foydalanib sentrovka qilinadi. Bu holda dvigatel o’zining sistemasidan yoqilg’i bilan ta’minlanadi va sovitiladi.
Stend turg’un nagruzkaga erishishni va aylanishlar chastotasi keng diapazonida ularni ravon rostlashni ta’minlashi lozim.
Gidravlik va elektrik stendlar ishlatiladi. Elektr stendlar keng tarqalgan, ular yuqori aniqlikda o’lchashni va dvigatelni keng aylanishlar chastotasi diapazonida turg’un nagruzkalar bilan sinashni, nagruzkalarni ravon va yaxshi rostlashni ta’minlaydi.
Elektr stend sinaladigan dvigatel bilan yuritiladigan generatordan iborat. Generator ishlab chiqargan elektr energiyasi reostat yoki tashqi tarmoqdan iborat nagruzka tarmog’iga uzatiladi.
Elektr stendni elektr dvigatel rejimida ishlatib, chiniqtirgich sifatida foydalanish mumkin.
Elektr stendlar o’zgarmas tok stendlari, sinxron va asinxron o’zgaruvchan tok stendlariga bo’linadi. Eng ko’p tarqalgan mashina o’zgarmas tok stendlari bo’lib, eng universal va oddiydir. Ularning afzalliklari — sinalayotgan dvigatel tormozlanganda keng aylanishlar chastotasi diapazonida generator rejimida va ichki yonuv dvigatelini yurgizib yuborishda, chiniqtirishda dvigatel rejimida ishlash imkoniyatiga ega. Sanoatda o’zgarmas tok balansirli mashinasi bo’lgan quyidagi asosiy tip-o’lchovli stendlari ishlab chiqariladi: MPB24,5/22, quvvati 25 kvt, MPB 28/26 50 kvt, MPB 32,7/28 100 kvt va MPB 42,3/30 200 kvt. MPB harflar balansirli o’zgarmas tok mashinasi ekanligini, raqamlar dvigatel rejimidagi burovchi momentni va generator rejimidagi tormozlash momentini ko’rsatadi. Quvvat generator rejimida beriladi. Mashinalar 4500 ayl/min gacha aylanishlar chastotasida ishlatilishi mumkin. (KI-5543 stendi)
Balansirli mashina deyilishiga sabab shuki, u tormoz korpusi osil-gan holda balansirlash prinsipi bo’yicha sinalayotgan dvigatel valida hosil bo’lgan burovchi momentni o’lchaydi.
KI5543 stendi korpus 3 (1- rasm) podshipniklar 3 dagi stanina 4 ga osilgan va prizma 5 orqali tarozi mexanizmi 1 ga taqalgan.
Sinalayotgan dvigatelnining effektiv quvvati:
; kVt

Bu yerda r-tarozi mexanizmining ko’rsatadigan zo’riqishi, N ;


l-tormoz yelkasi, odatda uning uzunligi 1 m;
-dvigatel bilan tormoz orasidagi oraliq uzatma foydali ish
koeffisiyenti, bikr joylashsa =1, kardan uzatma bo’lsa
=0,98..0,99;
n-tormoz valining aylanishlari chastotasi, min-1.
Quvvat uzatish validan harakat kardan uzatma orqali olinsa foydali ish koeffisiyenti quyidagicha topiladi:
;
bu yerda -silindrik shestenya F.I.K., 0,985;
-tishlashishda bo’lgan silindrik shesternya juftlari soni,
( T28X4M-S tratorida =1);
-kardan uzatmaning F.I.K. =0,98..0,99
Tormozning tormozlash sifati uning xarakteristikasi bilan baholanadi. Tormoz xarakteristikasi (2- rasm) sinaladigan dvigatelning tormoz so’ndiradigan mexanikaviy energiyasi NT bilan stend vali aylanishlari chastotasi n orasidagi bog’lanishni ifodalaydi. Ushbu dvigatelni sinash uchun stendning yaroqliligini aniqlashga imkon beradi. a-v nuqtalar orasidagi egri chiziqlar 1 va 2 elektr tormozning (1) eng ko’p qo’zg’atilishiga yoki gidravlik tormozning suv (2) bilan yaxshi to’lishiga mos keladi. ayef chizig’i av egri chizig’idan pastda yotadi va gidravlik yoki elektr tormozlarning (tegishli holda suv bilan yaxshi to’lmagan yoki to’la qo’zg’a-tilmagan) qisman tormoz quvvati qiymatiga mos keladi.


Download 61,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish