Mavzu: Eritmadagi temir(II)ni bixromatometrik aniqlash reja



Download 1,43 Mb.
bet3/18
Sana27.05.2022
Hajmi1,43 Mb.
#612075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Eritmadagi temir(II)ni bixromatometrik aniqlash

2) Xaydash metodlari. Aniqlanayotgan modda uchuvchan holga keltiriladi va haydab, uchirib yuborib massaning kamayishidan yoki biror moddaga shimdirib, massaning ortishidan uning miqdori topiladi.
Misol uchun CaCO3 tarkibidagi СО2 ning miqdorini aniqlash kerak bo‘lsa, unga kislota ta’sir ettirilib, gazni uchirib yuborib, massaning kamayishidan yoki biror moddaga shimdirilib (yuttirilib) uning massasining ortishidan biilsh mumkin.
3) Elektrogravimetrik metod - modda eritilib, elektroliz qilinadi va aniqlanayotgan modda yoki ion elektrodga cho‘ktirib natija olinadi.
Bu metodlarning ichida eng asosiysi. cho‘ktirish metodi hisoblanadi. Cho‘ktirilgan modda miqdori 0,1-1 g oraligida bo‘lishi kerak.
Kristal cho‘kmalar (ВaSO4, СаСО3,) odatda 0,5-0,9 g, amorf cho‘kmalar esa, 0,1-0,2 g atrofida olinadi.
Modda qaysi holda cho‘ktirilsa - cho‘ktirish shakli, qaysi holda tarozida tortilsa - tortish shakli deyiladi.
3 3 ОН-  Fe(ОН)3
Fe(OН)3 - cho‘ktiriladigan shakli
2Fe(OH)3 Fe2О3  3H2O Fe2О3 - tortiladigan shakli
Biror elementni gravimetrik holda aniqlash uchun cho‘kma ma’lum haroratda (100-1200С) quritiladi va qizdiriladi. Qizdirilganda bazi cho’kmalarning tarkibi o‘zgarib ketadi va cho‘ktirilgan modda emas, qizdirilgan moddaning miqdori tortiladi.
Shuning uchun moddaning cho‘ktirilgan shakli tortiladigan shaklidan farq qiladi. Ular ma’lum talablarga javob berishi kerak.
Cho‘ktirish va toritsh shakllari, ularga qo‘yiladigan talablar.
a)Cho‘ktirish shakliga qo‘yiladigan talablar:
-cho‘kma qiyin eriydigan va uning eruvchanlik ko‘paytmasi 10-8 dan ortiq bo‘lmasligi kerak hamda cho‘ktiruvchi mumkin qadar uchuvchan modda bo‘lgani ma’qul;
-cho‘kma yirik kristallardan iborat bo‘lib, begona ionlardan oson yuvilishi va filtrlanishi kerak;
-tortiladigan shaklga to‘la o‘tishi kerak.
b)Tortish shakliga qo‘yiladigan talablar:
-tortish shakli kimyoviy formulasiga aniq javob berishi kerak;
-tortilgan shakli turg‘un bo‘lishi va havodan har xil gazlarni va namlikni yutmasligi kerak;
-tortiladigan shaklning molekulyar og‘irligi katta bo‘lib, aniqlanayotgan moddaning miqdori kam bo‘lgani yaxshi.
Moddalar kristall, amorf va iviq holda cho‘kishi mumkin.
Kristall va amorf cho‘kmalarni cho‘ktirish sharoitlari har xil bo‘ladi. Yirik kristallarni olish uchun ion suyultirilgan eritmadan cho‘ktiriladi. Cho‘ktirish oldidan eritmalar deyarli qaynaguncha qizdirilib, cho‘ktiruvchini sekinlik bilan tomchilatib quyiladi. Cho‘kmani yetiltirish uchun 6-12 soat quyib qo‘yiladi.
Yirik kristallarni olish uchun eritmani suyultirilganda konsentratsiya kamayadi va cho‘kmaning hosil bo‘lishi sekinlashadi. Cho‘ktiruvchini sekinlik bilan tomchilatib, ayniqsa boshlanishida, quyilmasa birdan ko‘p miqdorda kristallar hosil bo‘lib, juda mayda bo‘lib qoladi. Eritma yaxshilab aralashtirib turilmasa, cho‘ktiruvchi bir nuqtaga tushganda ham mayda kristallar hosil bo‘ladi.
Amorf cho‘kmalarni esa, aksincha, konsentrlangan eritmalardan tezlik bilan cho‘ktirib, adsorblangan begona ionlardan tozalash uchun uning ustiga 100-150 ml issiq suv quyiladi.
Amorf cho‘kmalarning sathi juda katta bo‘lganligi uchun, eritmadagi ionlarni o‘z sathiga adsorbsiya qilib oladi va cho‘kma ifloslanadi. Tezlik bilan issiq suv qo‘shib aralashtirilsa. cho‘kma adsorblangan begona ionlardan tozalanadi.
Filtrlashda maxsus filtr qog‘ozlardan foydalaniladi. Ular ko‘k, oq, qizil yoki qora lenta bilan o‘ralgan bo‘lib, cho‘kmaning shakliga qarab tanlab olinadi yoki 1, 2, 3, 4 raqamli shisha tigellardan foydalaniladi.
Sanoatda har xil kulsiz qog‘oz filtrlar chiqariladi. Ular yondirilganda qolgan kulning analitik tarozilar sezgirligidan (0,00001 g) kam bo‘ladi, chunki uning tarkibidagi mineral moddalar chiqarib yuborilgan bo‘ladi. Ko‘k lentali filtr qog‘ozi eng zich bo‘lgani uchun mayda kristallarni filtrlashda ishlatiladi. Amorf cho‘kmalar qizil lentali filtr qog‘ozdan o‘tkaziladi.
Hamma cho‘kmalarni ham (masalan AgCl) yuqori haroratda qizdirish mumkin emas. Shuning uchun ba’zi bir cho‘kmalar shisha filtrlardan o‘tkaziladi. Cho‘kmalarning kristall va amorf bo‘lishiga qarab, zarrachalarning o‘lchami ham har xil bo‘ladi. Shisha tigellar 1, 2, 3, 4 raqamlar bilan belgilangan bo‘lib, chapdan o‘ngga qarab tigellarning teshikchalari kichrayib boradi. Eng mayda cho‘kma «4» raqamli tigel orqali filtrlanadi. Bu filtrlar ishlatilganda suv nasosga ulab, filtrlash tezlashtiriladi.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish