Mavzu: Geometrik mazmundagi masalalarni o'rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Reja: Kirish



Download 17,58 Kb.
bet1/3
Sana13.07.2022
Hajmi17,58 Kb.
#784781
  1   2   3
Bog'liq
Geometrik masalalar Moxira TAT


Mavzu: Geometrik mazmundagi masalalarni o'rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.

Reja:
Kirish
1. Matematika fanlarini o'qitish metodikasi.
2. Geometrik amallarni bajarishga o'rgatish metodikasi.
3. Geometrik mazmundagi masalalarni yechishni o'rgatishda AT foydalanish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darsligida juda ham ko’p uchraydigan masalalar va ularning yechimlarini topish haqidagi ma’lumotlarni biz 1-sinfdayoq ularga o’rgatib, ulardagi bilish va fikrlash qobiliyatini o’stirib borishimiz juda ham muhimdir. Masala yechishga o’rgatishning muhimligi shundan iboratki, o’qituvchi o’zining asosiy e’tiborini matnli masalalar mazmunini matematika tiliga ko’chirishga qaratmog’i lozim. Avvalo, mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish, ularning dasturda belgilab berilgan nazariy bilimlarni o’zlashtirishlarida favqulodda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz o’quvchilarda qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni xohlasak, buning uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to’plamlarni birlashtirish amalini bajarib borishi lozim. 1-sinfda bir va ikki amalli masalalar o’rgatiladi. Masalalar yechishdagi hisoblash ishlari sonli masalalarni yechish malakalarini shakllantirish mashq qilishga nisbatan kamroq vaqtni talab qiladi. Masalan, biz o’quvchilarga masalaning yechimlari haqida to’liq tushuncha berganimizdan so’ng, bu yechgan masalamizning o’quvchi tushunib yecha olishi uchun biz masalaning eng ratsional qismini aniqlab va shu usulda masala yechishga ko’proq o’quvchini jalb qilishimiz kerak.
Matematika fanlarini o'qitish metodikasi.
Ma'lumki, boshlang'ich ta'lim - inson hayotida egallaydigan bilimlar olamining poydevori bo'lib hisoblanadi, kelajakda o'zlashtirb boriladigan fanlarga umuman o'qishga qiziqishi aynan bolaning ilk AKT ni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich sinflar o'qituvchisining faoliyati eng avvalo, jajji o'quvchi - bolajonlarni ta'lim muhitiga moslashtirish bo'lib hisoblab. Ularda o'qish Jarayoniga qiziqish hamda zamonaviy o'quvchilarga zarur bo'lgan xususiyatlarni shakllantirish, ta'lim jarayonining o'ziga xos jihatlari bilan tanishtirish birinchi o'qituvchining vazifasi bo'lib hisoblanadi. Hozirgi davr boshlang'ich sinflar o'qituvchisi o'quvchi- bolalarni zamonaviy axborot jamiyati sharoitlarida o'qitish, ta'lim va tarbiya berish, ularga dastlabki bilimlarni zamon ruhiga muvofiq ravishda, yetkazib bera biliishi zarur. O'qitishning asosiy maqsadi - o'quvchi bolalarning bilimlarini o'zlashtirishi hamda ta'lim olishi hisoblanadi, kelajakda o'zlashtirb boriladigan fanlarga umuman o'qishga qiziqishi aynan bolaning ilk o'qituvchisi, boshlang'ich sinflarda egallagan savodxonligiga bog'liq bo'ladi. Shu sababli ham boshlang'ich sinflar o'qituvchisi zimmasiga katta ma'suliyat yuklanadi. Ilgari boshlang'ich sinflarda o'quvchi asosan o'qish, yozish, dastlabki matematik bilimlarni o'zlashtirishi kerak deb qaralgan bo'lsa, bugungi kunda o'quvchi fikrlashga, faollikka, mustaqillikni rivojlantirshga va bilimlarni mantiqiy jihatdan mukammal egallashga undovchi ta'lim jarayonining muhim bosqichi sifatida yondashilinmoqda. Shuning uchun have ta'lim jarayonining qiziqarliligi va samarasini yanada oshirish zaruriyati yuzaga keladi va bunda mazkur jarayonga AKT ni joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos bo'lgan ta'limga yangicha yondashuv shakllana boshlaydi.
Matematika fanlarini yangi texnik vositalar shu jumladan kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotganligi fanlararo uzviyligini ta'minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Kompyuter texnologiyalarining ta'lim muassasalariga tatbiq etish o'qitish jarayonini optimallashtirshga keng yo'l ochib beradi. Keyingi 10 yillikda matematika fanini o'qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bir necha asosiy yo'nalishlarda olib boriladi. Bularga baholash, turli tipdagi o'rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o'yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.


Download 17,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish