Mavzu: Hujjatlashtirish va inventarizatsiya



Download 0,92 Mb.
bet1/5
Sana24.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#406885
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Karimov Furqat BUXGALTERIYA XUJJATLASHTIRISH (2)3

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali

_________________________________________fakulteti

Buxgalteriya nazaryasi fanidan

Mustaqil ta’lim ishi

Bajardi: Karimov Furqat

Tekshirdi:___________


Mavzu:Hujjatlashtirish va inventarizatsiya.

 

Reja:

  • Reja:

1.Hujjatlashtiri, uning maxiyati va axamiyati. Hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirishga qo’yilgan talablar.

Хo’jalik muammolarini hujjatlashtirish. Hujjatlar aylanishi.

2.Inventarizatsiya qilish va uning turlari.

3.Inventarizatsiya natijalarini aniqlash. Inventarizatsiya o’tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi. Inventarizatsiya farqlarini tartibga solish.

Korxona va tashkilotlarda sodir bo’lgan xo’jalik muomalalrini, shuningdek, mavjud bo’lgan moddiy boyliklarni hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash uchun buxgalteriya hujjatlaridan foydalaniladi. Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yo’lga qo’yilishi kerakka, u soxtalashtirish imkoniyatini, o’z vaqtida kelib tushmasligi va ularni buxgalteriya hisobida kechikib rasmiylashtirilishini istisno qilsin. Mazkur masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo’qligi noxush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o’tkazilayotgan xo’jalik muoamalalariga doir hujjatlar xarakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh buxgalter tomonidan ham o’zaro ikki tomonlama nazorat yo’lga qo’yilishi lozim. Buning uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo’lga qo’yish va mas’ul ijrochilarni ko’rsatgan holda hujjatlar oborotining turli bosqich chizmalar ko’rinishida grafiklar yoki ishlar ro’yxatini tuzish kerak bo’ladi. Hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak. Buxgalteriya hisobida hujjat amalga oshirilgan xo’jalik muomalasi to’g’risida yozma guvohlik bo’lib, buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch bag’ishlaydi.

Hisob ishlarini umumlashtirishga faqat to’g’ri rasmiylashtirilgan hujjatlar, ya’ni belgilangan texnik andozalarda ko’zda tutilgan barcha rekvizitlari to’ldirilgan hujjatlar qabul qilinadi.Тuzilgan joyiga ko’ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo’linadi. Тashqi hujjatlarga mol yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar, soliq idoralari hamda boshqa yuridik shaxslardan kelib tushadigan hujjatlar (yuk-xatlar, hisobvaraq-fakturalar, bank ko’chirmalari, inkasso topshiriqnomalari va boshqalar) kiradi.

Ichki hujjatlarga korxonaning o’zida rasmiylashtirilgan va korxona doirasidan chetga chiqmaydigan hujjatlar (korxona rahbarining buyruqlari, moddiy boyliklarni ichki ko’chirish yukxatlari va boshqalar) kiradi. Aks ettirilgan xo’jalik muomalalarining hajmiga ko’ra hujjatlar birlamchi va yig’ma hujjatlarga bo’linadi.

Birlamchi hujjatlar – sodir etilgan paytida bitta xo’jalik muomalasiga rasmiylashtiriladigan hujjatlar.

Yig’ma hujjatlar muayyan bir hisob ob’ektiga tegishli bo’lgan birlamchi hujjatlar bo’yicha tegishli guruh va tizimlarga ajratish yo’li bilan tuziladi.

Qamrab olish usuliga ko’ra hujjatlar bir martalik va jamg’aruv hujjatlariga bo’linadi.

Хo’jalik muomalasi bir qabulda amalga oshiriladigan va mazkur muomala ana shu bilan yakunlanganida bir martalik hujjatlar tuziladi.

Jamg’aruv hujjatlari ma’lum bir davr mobaynida bir hisob ob’ektiga tegishli bo’lgan xo’jalik muomalalariga doir hujjatlarpni jamg’arish yo’li bilan tuziladi.

Maqsadiga ko’ra hujjatlar quyidagi turlarga bo’linadi:

Farmoyish hujjatlari;

Тasdiqlovchi hujjatlar;

Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar;

Buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari;

Axborot hujjatlari.

Farmoyish hujjatlari biror-bir xo’jalik muomalasini amalga oshirish uchun buyruq yoki ko’rsatma beradigan hujjatlardir. Ushbu turdagi hujjatlarga xodimni ishga olish va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi. Farmoyish hujjatlarida berilayotgan topshiriqning mazmuni, bajarilish muddati va tartibi, shuningdek bajaruvchi shaxs ko’rosatiladi. Bunday hujjatlar asosida buxgalteriya hisobvaraqlarida yozuv qilinmasdan, balki korxona rahbarining xodimlar faoliyati yuzasidan nazorat o’rnatishni ta’minlaydi.

Тasdiqlovchi hujjatlar korxonada muayyan bir xo’jalik muomalasining sodir bo’lganligini isbotlovchi hujjatlardir. Bunday turdagi hujjatlarga yukxatlar, dalolatnomalar, kvitansiyalar, hisobvaraq-fakturlar va boshqa shu kabi hujjatlar misol bo’la oladi. Тasdiqlovchi hujjatlar xo’jalik muomalasi sodir bo’lgan paytda tuziladi, shuning uchun ham bo’lib o’tgan xo’jalik muomalasini hisobda aks ettirishda asos bo’lib xizmat qiladi.

Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar farmoyish va tasdiqlovchi hujjatlarning xususiyatlari o’zida mujassam qiladi. Ushbu turdagi hujjatlarda xo’jalik muomalasini amalga oshirish uchun berilgan farmon va shu muomala bajarilganligini aks ettiruvchi hisobotning bo’lishi juda qulaydir. Kolmbinatsiyalashtirilgan hujjatlarga kassa chiqim orderi kiradi. Bu hujjatda pulning kassir tomonidan berilganligini isbotlovchi ma’lumot bilan birga pulning to’lanishi zarur ekanligini ko’rsatuvchi farmoyish ham mavjuddir.

Buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari buxgalteriya hisobi xodimlari tomonidan hisob ishlarini tezlashtirish va ixchamlashtirish uchun tuziladi. Bunday hujjatlarga buxgalteriya ma’lumotnomalari, amortizatsiya hisoblash jadvallari, foydani taqsimlash bo’yicha hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar kiradi.

Axborot hujjatlari korxona rahbarlariga va tegishli yuqori organlarga zarur axborot ma’lumotlarini berish uchun xizmat qiladi. Bunday hujjatlarga moddiy boyliklarni sotib olish uchun tuzilgan shartnomalar, moddiy qiymatliklarning normativlari va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi.

Hozirgi vaqtda hisob ishlarini avtomatlashtirish keng yo’lga qo’yilmoqda Bu, o’z navbatida, xo’jalik muomalalarini hujjatlashtirishni yangi bosqichga ko’tarmoqda. Хo’jalik muomalalarini hujjatlashtirishning va dastlabki hujjat ma’lumotlarini hisoblash mashinalariga kiritishning yaxshilanishini har xil zamonaviy ma’lumot tashuvchi vositalardan foydalanish yo’li bilan amalga oshirish istiqbolli yo’llardan biri hisoblanadi.

Хo’jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirish va hisob registrlarida qayd etishda xatolarga yo’l qo’yilishi mumkin.

Yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilash uchun bir nechta usullardan foydalaniladi. Bular quyidagilardir:

1. Тuzatish buxgalteriya yozuvlari;

2. Qo’shimcha buxgalteriya yozuvlari;

3. Qizil storno usuli;

4. Korrektura usuli.

Yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish va to’g’ri moliyaviy hisobotlarni tuzish maqsadida BHMSlariga asosan schyotlarning hisobot davri oxiriga qoldiqlarini ko’rib chiqib, tuzatish buxgalteriya yozuvlari tuziladi. Buning uchun esa «Ishchi jadval» tuziladi.

Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan xo’jalik mablag’larining haqiqiy mavjud miqdori va summasi o’rtasidagi farq inventarizatsiya qilish yo’li bilan aniqlanadi.

O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari 19-son BХMS asosida tartibga solinadi. Хo’jalik yurituvchi sub’ektning mol-mulkini ro’yxatga olish va bu ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiridir.

Inventarizatsiya qilish buxgalteriya hisobi usulining bir elementi bo’lib, uning yordamida xo’jalik mablag’larining, xo’jalik yurituvchi sub’ektining boshqa tashkilotlar bilan hisob-kitob munosabatlarining haqiqiy mavjud miqdori va summasi hisob ma’lumotlariga solishtiriladi va ular o’rtasidagi farq topiladi. Inventarizatsiya qilish yordami bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining realligi ta’minlanadi.

Shunday qilib, inventarizatsiya qilishning asosiy vazifasi haqiqatda bor bo’lgan asosiy vositalar, mol-moddiy qiymatliklar va pul mablag’lari hamda tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini naturada aniqlash; haqiqatda bor bo’lgan moddiy qiymatliklar va pul mablag’lari haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish va shu yo’l bilan ularning butligi ustidan nazorat olib borish; o’zining boshlang’ich sifatini qisman yo’qotgan, eskirgan fason va modelli mol-moddiy qiymatliklarni aniqlash; sotish maqsadida me’yordan ortiqcha va ishlatilmayotgan mol-moddiy qiymatliklarni aniqlash; mol-moddiy qiymatliklar va pul mablag’larini saqlash qoida va shartlari hamda mashina, asbob-uskuna va boshqa asosiy vositalarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarining bajarilishini tekshirish; balansda ko’rsatilgan mol-moddiy qiymatlik, kassa, bank muassasalaridagi talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag’i va boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag’larining summasi, yo’ldagi pul mablag’lari, debitor va kreditor qarzlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, kelgusida qilinadigan xarajat va to’lovlar zaxirasi hamda buxgalteriya balansining boshqa moddalari summalarining realligini tekshirishdir.

Yillik hisobot tuzishdan avval xo’jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobot bo’yicha me’yoriy hujjatlarga ko’ra asosiy vosita, tugallanmagan kapital qurilish va tuzatish, tugallanmagan ishlab chiqarish, mol-moddiy qiymatliklar, pul mablag’lari, hisob-kitob va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiya qiladi. Bundan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo’lmagan (saqlashga qabul qilingan, aredaga olingan, qayta ishlab berishga qabul qilingan) moddiy qiymatliklar va ba’zi bir sabablarga ko’ra hisobga olinmay qolgan qiymatliklar ham inventarizatsiya qilinadi.

Inventarizatsiya qilish xo’jalik mablag’larining qanday qismini qamrab olishi va o’tkazilish tartibiga qarab bir necha turga bo’linadi:


  • xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning hammasini inventarizatsiya qilish;
  • xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning ma’lum bir qismini inventarizatsiya qilish.

  • Хo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning hammasi har yili kamida bir marta to’la inventarizatsiya qilinadi. Bunday inventarizatsiya qilish yillik hisobot tuzishdan avval o’tkaziladi. Bu bo’lsa balansda ko’rsatilgan xo’jalik mablag’lari to’g’risidagi ma’lumotlarning realligini ta’minlaydi. Тo’la inventarizatsiya qilishni yanvarda o’tkazish yillik hisobot tuzishni bir qancha muddatga kechiktirib yuborishga olib keladi. Shuning uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektiga tegishli mol-mulkning ayrim qismlarini inventarizatsiya qilish 1 yanvargacha tugatiladi. Shuni aytib o’tmoq kerakki, to’la inventarizatsiya qilish o’tkazilgan vaqtda xo’jalik yurituvchi sub’ektning hamma moddiy qiymatliklari, pul mablag’lari, boshqa ho’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan hisob-kitoblarning holati va balansining hamma moddalari inventarizatsiya qilinadi.

Buxgalteriya balansi va hisobotlari to’g’risidagi me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining haqiqatga to’g’ri kelishini ta’minlash uchun ba’zi bir xo’jalik mablag’lari bir yilda bir necha martda inventarizatsiya qilinadi. Хo’jalik mablag’larining ayrim turlarini inventarizatsiya qilish xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning qismini ro’yxatga olish deb ataladi. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’lari har oyda kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Biror ombor mudiri ishdan bo’shab, boshqa kishiga topshiradigan bo’lganda ham uning javobgarligida bo’lgan moddiy qiymatliklar inventarizatsiya qilinadi.

Mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda hamda yillik moliyaviy hisobot tuzish oldidan, shu yilning 1 oktabrida inventarizatsiya qilingan mol-mulkdan tashqari, inventarizatsiya o’tkazilishi shartdir. Moddiy zaxiralar yiliga eng kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Asosiy vositalar ikki yilda eng kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda eng kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Pul mablag’lari, pul hujjatlari,qiymatliklari va qat’iy hisobotdagi blanklar oyiga bir marta, yoqilg’i-moylash materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari har chorakda, qimmatbaho metallar tegishli tarmoq me’yoriy hujjatlariga ko’ra inventarizatsiya kilinadi. Shuningdek, asosiy vositalar va qiymatliklar qayta baholanganda, moddiy-javobgar shaxslar almashganda, o’g’irlash yoki suiste’mol hamda qiymatliklarning buzilishi aniqlanganda, tabiy ofatlar, yong’in, avariya yoki ekstremal sharoitlar keltirib chiqargan boshqa favqulodda hodisalar sodir bo’lganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganda (qayta tashkil qilinganda) tugatish (bo’lish) balansini tuzish oldidan va qonunda ko’zda tutilgan boshqa holatlarda inventarizatsiya o’tkaziladi. Jamoaviy moddiy javobgarlikda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari almashganda ham inventarizatsiya o’tkaziladi.

Inventarizatsiya qilishning o’tkazilish tartibiga qarab rejali va to’satdan amalga oshirilgan inventarizatsiya qilishlarga bo’linadi.

Yuqorida ko’rsatilgan inventarizatsiya qilish muddatlariga qarab xo’jalik yurituvchi sub’ektda bir yilda o’tkazilgan inventarizatsiya qilishlar rejasi tuziladi. Shu rejaga asosan xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli barcha qiymatliklar inventarizatsiya qilinadiva bu ma’lumotlar buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Ana shu yo’l bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining realligi ta’minlanib briladi. Moddiy javobgar shaxslar almashgan vaqtda almashish kuni inventarizatsiya o’tkazilishi shart. Rejali inventarizatsiya qilishni o’tkazish uchun bir qancha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Rejali inventarizatsiya qilishdan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda to’satdan ham inventarizatsiya qilish o’tkaziladi. Bunday inventarizatsiya qilishlar xo’jalik yurituvchi sub’ekti rahbari ga yoki yuqori tashkilot va idoralarga tegishli ob’ektdagi javobgar shaxsning nojo’ya harakatlari haqida biror xabar kelganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati taftish qilinishi davrida, o’t olish, suv toshishi va boshqa ba’zi sabablarga ko’ra amalga oshiriladi.Har qanday inventarizatsiya qilish xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Bu buyruqda inventarizatsiya qilish xarakteri, nimalarni inventarizatsiya qilish, inventarizatsiya qilishni o’tkazish muddati va inventarizatsiya qilishni o’tkazadigan komissiya a’zolarining ro’yxati ko’rsatiladi.Inventarizatsiya qilish O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobining “Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish” degan 9-son milliy standartida ko’rsatilgan muddatlarda; moddiy javobgar shaxslar almashganda; talon-tarojlik, o’g’rilik yoki suiste’mollik aniqlanganda; o’t olganda yoki tabiiy ofatdan keyin; asosiy vosita va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda va boshqa holatlarda o’tkaziladi. Jamoa (brigada) moddiy javobgarligi sharoitida agar uning birgadiri (rahbari) almashsa, jamoa (brigada)dan uning a’zolarining 50 foizdan ko’pi ketib qolsa hamda jamoa a’zolarining biri yoki bir nechtasi talab qilsa ham inventarizatsiya o’tkaziladi.

Qiymatliklarning butligini ta’minlaydigan tadbiriy choralarni amalga oshirish kerak bo’lib qolsa, inventarizatsiya o’tkazishni tashkil qilish, ishchi inventarizatsiya qilish komissiyalarining a’zolariga yo’l-yo’riq berish, inventarizatsiya qilishning to’g’ri o’tkazilishini tekshirish, inventarizatsiya qilish natijalarining to’g’ri chiqarilishini tekshirish, navlar almashuvi natijasida sodir bo’lgan kamomad va ortiqchaliklarni o’zaro berkitish haqida qilingan takliflarning asosliligini tekshirish kerak bo’lib qolgan hollarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining topshirig’i bilan qayta to’la inventarizatsiya o’tkazish, kamomad yoki qiymatliklar buzilishiga yo’l qo’ygan shaxslardan olingan tushuntirish xatlarini ko’rib chiqish va aniqlangan kamomad va qiymatltiliklarning buzilishidan ko’rilgan yo’qotishni tartibga solish haqida takliflar berish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektda doimiy xarakat qiluvchi inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiyani raisi shu xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbari yoki uning o’rinbosari bo’ladi. Komissiya tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bosh buxgalteri, bo’linmalarning rahbarlari va mutaxassislar hamda kasaba uyushmasining vakillari kiritiladi.

Buxgalteriya registridagi ro'yxatga olingan ma'lumotlarning o'sha hujjatdan takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun, avval >> >> belgisi shaklida qilingan e'lon to'g'risida belgi qo'yiladi, ba'zida ro'yxatga olish sahifasi ushbu operatsiya haqida yozuv kiritildi. Tranzaktsiyalarni joylashtirishni belgilash yozuvlarning to'g'riligini yanada tasdiqlash uchun muhim ahamiyatga ega.

Buxgalteriya amaliyoti buxgalteriya registrlarida buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirishning turli xil variantlarini o'z ichiga oladi. Tasniflardan biriga ko'ra, bunday yozuvlar oddiy va nusxa ko'chirilishi mumkin. Yozuvlarni nusxalash yozuvning nusxasi yoki nusxasini olish zarurati bo'lgan hollarda amalga oshiriladi.




Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish