Mavzu: Inson ehtiyojining cheksizligi va resurslarning cheklanganligi Reja



Download 337,5 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi337,5 Kb.
#384789
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT MUSTAQIL ISH




Mavzu: Inson ehtiyojining cheksizligi va resurslarning cheklanganligi

Reja:

  1. Ehtiyojlarning cheksizligi.

  2. Resurslar cheklanganligiva ehtiyojlarni qondirish.

  3. Iqtisodiyotning bosh muammosi

Kishilik jamiyati taraqqiyotiga nazar tashlasak ehtiyojlarni yuksalib borishini ko’ramiz. Ehtiyojlarni uzluksiz o’zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Fanda insonning ehtiyoji cheksizligi, doimo yuksalib borishi allaqachonlar qayd etilgan. Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni keltiribchiqarishi xalqda «Insonning ko’zi tuproqqa to’lganda to’yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Hozirgi nazariyachilar ehtiyojlar cheksiz, ular o’sishining to’xtashi, jamiyat hayotini to’xtashini bildiradi deb e’tirof etishadi. Ehtiyoj o’smaganda edi.

ishlab chiqarishni taraqqiy etishiga zarurat bo’lmas edi. Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo’nalishda amalga oshadi.

1. Kishilarning ehtiyoji miqdoran o’sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining

ko’payib borishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, iste’molni ortishi bilan bog’lik. Masalan, O’zbekistonda aholi soni 1990 yilga nisbatan hozirgi paytga kelib, 1,2 martaga ko’paydi. Agar individual ehtiyoj o’zgarmadi deganimizda ham jamiyat miqyosida ehtiyojlar 1,2 martaga ortgan. Lekin biz bilamiz odamlarni ehtiyojlari ortib boradi. Masalan, xar 100 oilaga to’g’ri keladigan engil avtomobillar soni1,3 martaga ko’paydi. Demak avtomobilni ekspluatatsiyasi bilan bog’liq ehtiyojlarimiz ham shunchaga ko’paydi. Ehtiyojlar tarkibi o’zgarib, ko’payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo’qolib, o’rniga yangisi keladi, lekin yo’qolib ketadigan ehtiyojlarga qaraganda yangi vujudga keladiganlari ko’p. Ishlab

chiqarishning o’zi ehtiyojlarni o’sishiga, tarkibini o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, XX asrning 40-yillarida odamlar televizor nima ekanini bilishmagan. Hozirgi paytda har bir xonadonda televizor bor, Ayrimlarida esa 2-3 tadan. Ko’plab bunday misollarni keltirish mumkin. Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko’payib sifat jihatdan o’zgarib boradi. Mutloqo yangi extiyojlar vujudga keladi, eskilari o’zgaradi. Birinchidan, ishlab chiqarish orqali turli ne’matlar va shu ne’matlarga bo’lgan

ehtiyojlarni qondirishga imkon yaratiladi. Ehtiyojni qondirilishi o’z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojni qondirilishi o’z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joy kerak, yonilg’i, ehtiyot qism va boshqalar, sug’urta qildirish, va hokazolarga ehtiyoj. Ikkinchidan,fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi ham ehtiyojlarni tubdan o’zgartiradi. Yangi ixtiro qilingan narsalarni ishlab chiqarish, ularga extiyojlarni vujudga keltiradi. Ularni odamlar sotib olishga harakat qiladilar. Masalan, kir yuvish mashinasi, video magnitafon va boshqalar.

Uchinchidan, ishlab chiqarish maishiy madaniyatni shakllantiradi. Oddiygina misol. Dastlabki ibtidoiy odamlarning ovqat tayyorlashi bilan hozirgi zamon ovqat tayyorlash texnologiyasi tubdan farq qiladi.

Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o’z navbatida ehtiyojlar ham ishlab

chiqarishga ta’sir etadi:

1.Ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatini sababi va aniq yo’nalishiga asos bo’ladi.

2.Inson ehtiyojlarining miqdor va sifat jihatdan tez o’zgarishi ishlab chiqarishni unga moslashishiga undaydi.

3.Ehtiyojlar avangardlikrolini o’ynaydi, pastdan yuqoriga intiladi.

Butun iqtisodiyot tarixini ma’lum bir ma’noda extiyojlarni shakllanishi tarixi

tarzida ko’rish mumkin.

Hozirgi zamon tsivilizatsiyasi darajasiga ehtiyojlar va ishlab chiqarishning bir-biriga ta’siri asosida erishilgan. Jamiyatning sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlarning yuksalib borishi iqtisodiy qonunida o’z ifodasini topadi. Bu qonun ishlab chiqarish va madaniyat rivojlanishi bilan inson extiyojlarining yuksalib borishini, uningmiqdori o’sib, tarkiban yangilanib borishini ifodalaydi.

Bu qonun ishlab chiqarish bilan extiyojlar o’rtasida aloqa bog’lanishlar mavjudligi va uning doimo bo’lishini ko’rsatadi. Ehtiyojlarning yuksalishi murakkab tarzda kechadi. Ehtiyojlarning cheksizligi ko’prok sotsial - ma’naviy ehtiyojlarga taalluqli. Adam Smit «ovqatga intilish har bir odamda kishi oshqozonini kichik sig’imi bilan cheklanadi, lekin qulayliklarga hamda uy-joy, kiyim-kechak, uy sharoiti va anjomlarni bezashga intilish aftidan cheksiz yoki muayyan chegaralarga ega bo’lmasa kerak» deb ta’kidlagan. Komfort (qulaylik) umuman tugamaydigan cheksiz narsa, degan Gegel. Ehtiyojlarni o’zgarishini o’rganish maqsadida statistikada iste’mol tovarlarini asosan uch guruhga bo’lib o’rganiladi:

a) oziq - ovqat mahsulotlari;

b) nooziq - ovqat tovarlari;

v) uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar.

Ehtiyojlarni qondirilishi iste’molda ifodalanadi. Istemolning tarkibi va ularning miqdori o’zgarishiga qarab ishlab chiqarishni moslashtirishga qaratiladi

Resurslar cheklanganligiva ehtiyojlarni qondirish. Iqtisodiyotning bosh muammosi

Iqtisodiyot nazariyasi asosini ikki narsa: jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini cheksizligi va shu ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun kerak resurslarni cheklanganligi tashkil etadi va barcha muammolarni qamrab oladi. Er yuzida aholi bugunga kelib 6 millard kishidan oshdi. Erdagi tabiiy boyliklar, ekin maydonlari, o’rmonlar, qazilma boyliklar, chuchuk suv, o’simlik, hayvonot dunyosi miqdori cheklangan. Ular borgan sari kamayib borayapti. Sarf etilgan er osti boyliklarini umuman tiklab bo’lmaydi.

Ma’lumki, ehtiyojlarni qondirishning yagonayo’li ishlab chiqarish. Buning uchun esa turli-tuman resurslar kerak. Resurslar deganda turli ehtiyojlarni qondiradigan tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun ishlatiladigan tabiat tomonidan yoki odamlar tomonidan yaratilgan ne’matlar va mehnatga layoqatli kishilarni tushunamiz. Bu resurslar moddiy va mehnat resurslariga bo’linadi.

1.Moddiy resurslar. Uning o’zi ikkiga: tabiiy resurslar va mehnat bilan yaratilgan

resurslarga bo’linadi. Tabiiy resurslarga er, foydali qazilmalar kabilar kiritilsa, mehnat bilan

yaratilgan resurslarga kapital kiradi. U bino-inshoot, asbob-uskuna, mashina, mexanizmlar, har

xil qurilma, xom ashyo, materiallar kabilarni o’z ichiga oladi.

2.Mehnat resurslari-mehnatga layoqatli, ma’lum malaka va mahoratga ega kishilardan

iborat.

Keyingi paytda ko’pgina iqtisodchilar bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy va axborot resurslarini alohida ajratib ko’rsatishmoqda.

Moliyaviy resurslarjamiyat tomonidan ishlab chiqarishga, uning rivojlanishi uchun

ajratilgan pul mablag’laridan iborat. Uning manbalari qimmat baho qog’ozlar, soliqlar, pul jamg’armalari, davlat zayomlari kabilardir. Bozor iqtisodiyoti fan-texnika revolyutsiyasisharoitida axborot resurslarisiz xo’jalik yurituvchi sub’ektlar «qo’l-oyoqsiz» bo’lib qolishadi. Axborot resurslariturli-tuman, asosiy qismini esa kompyuter texnikasi yordamida avtomatlashtirilgan boshqarishni amalga oshirish

uchun zarur bo’lgan narsalar, ma’lumotlar tashkil qiladi. Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma’lum samara beradi. Resurs keltiradigan natija o’z chegaralariga ega Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan

taqdirda ham ma’lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo’lmaydi. Masalan, har qancha yaxshi natijaga erishish uchunharakat qilingan taqdirda ham 1 tonna rudadan - 1 tonna metall olibbo’lmaydi. Insonlarning ham, mashinalarning ham unumini chegarasi bor. Mavjud resurslardan ma’lum miqdor va turdagina mahsulot ishlab chikarish mumkin. Zarur resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklanishiga olib keladi.

Ishdab chiqarish imkoniyati deganda nimanitushunamiz? Ishlab chiqarish imkoniyati deb, mavjud iqtisodiy resurslardan to’la foydalanish evaziga eng ko’p mahsulot ishlab chiqarish tushuniladi.U ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ifodalaydi. Har bir xo’jalik, oila, korxona, firma, tarmoq, mamlakat o’zining ana shunday chegarasiga ega. Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo’lgani uchun barcha tovarlar bo’yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko’rsatish qiyin. Ehtiyojlarni doimo yuksalib borishi resurslarni esa cheklanganligi sababli ularni to’la qondirish uchun zarur bo’lgan miqdorda tovar (xizmat)larni ishlab chiqarishni imkoni yo’q. Shuning uchun har bir kishidan tortib, to davlat, jamiyat miqyosigacha cheklanganlik muammosiga duch kelinadi. Cheklanganlik esa har qadamda bizni tanlashga majbur qiladi.

Oila byudjetini cheklanganligi hayot kechirish uchun zarur buyumlarni qaysi birini xarid qilishni, vaqtimizni cheklanganligi qaysi ishni bajarishimizni, resurslarni cheklanganligi ularni qaysi birini sotib olish va qanday tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish, davlat byudjetining cheklanganligi byudjet mablag’larini qaysi maqsadlar uchun ishlatishni tanlashni zarur qilib qo’yadi. Masalan, talaba o’z vaqtini dars tayyorlashga yoki dam olishga sarflashi mumkin. Dexqon o’z eriga piyoz yoki kartoshka ekishi mumkin. Tadbirkoro’z puliga yangi asbob-uskuna

yoki xom ashyo sotib olishi mumkin. Viloyat byudjetidan mablag’ni yangi maktab yoki ko’prik qurishga sarflash mumkin va hokazo.

Ana shu imkoniyatlardan birini tanlash qolganlaridan voz kechishga olib keladi, yoki birining miqdorini ko’proq tanlasak, ikkinchisining miqdorini kamroq tanlashimizga to’g’ri keladi. Tanlash asosida esa qaror qabul qilamiz. Qarorni esa tanlovni muqobil qiymatini taqqoslash asosida chiqaramiz.

Tanlovning muqobil qiymati nimani ifodalaydi? Tanlovning muqobil qiymati deb,

tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyatlar ichidan tanlovchi uchun eng katta naf keltiruvchi yoki qadrlanuvchi imkoniyatga aytiladi. Masalan:sizga kitob, daftar, flomaster kerak.Agar eng zaruri kitob, ikkinchi navbatda daftar, uchinchinavbatda flomaster tursin. Pulingiz kerakli miqdorda hammasini sotib olishgaetmaydi. Kitob sotib oldingiz.Uning muqobil qiymati daftar bo’ladi. Bordi-yu, daftardan ko’ra flomaster zarurroq bo’lsa, u holda kitobning muqobil qiymati

flomaster bo’ladi. Agarda har biridan ma’lum miqdorda sotib olinsa murosali tanlov bo’dadi. Muqobil qiymat doimiy, o’sib boruvchi, pasayib boruvchibo’lishi mumkin. Ilmiy abstraktsiya usulini qo’llab, ana shu imkoniyat chegarasini ikki tur mahsulot ishlab

chiqarish modeli asosida tahlil qilamiz. Ikki xil mahsulot-guruch va avtomobil ishlab chiqariladi deylik. Hamma resurslarni pulda ifodalasak, 100 birlik (100 mlrd. so’m, dollar, marka) deylik. Guruch etishtirish uchun 2 birlik, avtomobil ishlab chiqarish uchun 4 birlik zarur. Agarda guruchni X, avtomobilni Y bilan belgilasak, mavjud resurslardan foydalanib ishlab chiqarish mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi bog’lanish quyidagicha bo’ladi.

2X+4Y=100

1-jadval


Ko’rinib turibdiki, mavjud resurlardan maksimalfoydalanib, turli kombinatsiyada guruch bilan avtomobil ishlab chiqarish mumkin ekan. AG chizig’ini ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i yoki transformatsiya egri chizig’ideb ataladi. Bu egri chiziq odatda qavariq shaklida (v rasm) bo’ladi. Sababi, real hayotda

ishlab chiqaruvchilarning soni ko’p, ularning imkoniyatlari farq qiladi; ikkinchidan

chiqariladigan mahsulotlar nihoyatda xilma-xil;uchinchidan, ko’pincha muqobil qiymat o’sib yoki kamayib boruvchi bo’ladi.

Mamlakatda:

A) Guruch etishtirishni 0 dan 10 ming tonnaga etkazilishi avtomobil ishlab chiqarishni 5

ming donaga kamayishiga olib keladi. 10 ming tonna guruchning muqobil qiymati 5 ming dona

avtomobil (25 20 =-5);

B) Guruch etishtirishni 10 ming tonnadan 20 ming tonnaga ko’paytirsak, avtomobid

ishlab chiqarish 15 ming donagacha qisqaradi. Muqobil qiymat 5 ming avtomobil

(20 15=-5);

V) Guruch etishtirishni 20 ming tonnadan 30 ming tonnaga etkazishimiz, avtomobil

ishlab chiqarishni yana 5 ming donaga kamaytiradi. Muqobil qiymat yana 5 ming dona

avtomobil (15 10=-5);

G) Guruch etishtirishni 30 ming tonnadan 40 ming tonnagacha ko’paytirishimiz

avtomobil ishlab chiqarishni yana 5 ming donaga kamaytiradi. Muqobil qiymat 5 ming dona

avtomobil (10 5=-5);

Misolimizda muqobil qiymat doimiy. Chunki guruch etishtirishni ko’paytirishimiz doimo bir xil miqdorda avtomobil ishlab chiqarishni kamayishiga olib kelayapti.

Ming tonna guruch = 0,5 ming dona avtomobil Muqobil qiymat doimiy bo’lganda imkoniyat egrichizig’i to’g’ri chiziq ko’rinishida bo’ladi. Guruch va avtomobil ishlab chiqarishni qanday kombinatsiyada bo’lishini tanlash kerak. Korxona, firma doirasida qanday kombinatsiyalar bo’lishini, qancha, nima mahsulot ishlab

chiqarish, qanday ishlab chiqarish va kim uchun ishlab chiqarish muammosini tadbirkor hal etadi, mamlakat miqyosida esa hukumat tanlaydi. Agarda mahsulot ishlab chiqarish miqdorini ko’rsatuvchi nukta OAG maydon ichiga to’g’ri kelsa, u mavjud resurslardan to’la foydalanmaganlikni, imkoniyatlarga qaraganda kam miqdorda mahsulot ishlab chiqarilganini ko’rsatadi.

Masalan. 15 ming tonna guruch va 10 ming dona avtomobil ishlab chiqarish uchun 70 mlrd. so’mlik resurs talab etiladi. Bizdagi mavjud resurs esa 100 mlrd. so’m. Demak resurslardan to’la foydalanilmagan. OAG maydondan tashqari nuqta mahsulot ishlab chiqarish miqdorini mavjud resurslarga nisbatan ko’payishini bildiradi. Aytaylik, 30 ming tonna guruch, 20 ming dona avtomobil ishlab chiqarilmokchi, u holda 140 mlrd. so’mlik resurs talab qilinadi.

Tadbirkor oldida 2 yo’l turibdi. Biri mavjud resurslardan maksimal foydalanib tovarlar turini ko’paytirish, resurslarni tejash yo’llarini topish, ikkinchisi ehtiyojlarni o’sishiga qarab o’zida bo’lmasa chetdan jalb qilish, qarzga olish mumkin. Bu muammonihar bir tadbirkor, har

bir mamlakat indivudial tarzda hal etadi. Lekin resurslar cheklanganligi sharoitida mavjud resurslarni tejab ishlashtish tovar turlarini muqobil variantini, eng optimal darajasini tanlash muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bu raqobat kurashida ham katta rol o’ynaydi. Iqtisodchilarning tadqiqoti ko’rsatadiki, birgalikda turli tovarlar ishlab chiqarganda 5% resurslar tejalar ekan. Ana shu tejalgan miqdor koeffitsentini 0,05 desak, misolimizda ishlab chiqarish imkoniyati formulasi quyidagi ko’rinishni oladi: 2X+5Y-0,05XY=100; agarda V variantni tanlasak,

2 x 10 + 4 x 20 - 0,05 x 10 x 20 = 90; Demak 10 mlrd. so’mlik resurs

tejalyapti, tejalgan resurs evaziga qo’shimcha ravishda guruch yoki avtomobil ishlab chiqarish mumkin. Shuning uchun korxona, firmalar iloji boricha mahsulot turini ko’paytsalar resurslar tejalishi evaziga xarajatlarni pasaytirishga erishadilar. Qaysi tovarni ko’prok ishlab chiqarishni tanlash esa, ularga bo’lgan talab bilan taklifning nisbati, boshqacha aytganda bozor narxlariga bog’liq bo’ladi.

Hayotdagi turli tuman vaziyatda tanlovning variantlari nihoyatda xilma-xil bo’lib, qaror qabul qilishni qiyinlashtiradi. Muqobil variantlardan birini tanlash uchun har bir kishi beixtiyor shu variantlarni taqqoslashga tushadi. Taqqoslashdagi mezonlar juda ko’p va xilma-xil bo’lib, ular ma’lumsharoit, vaziyat, qo’yilgan maqsad va boshqalarga bog’liq.Xuddi shu fikrni muqobil variantlar xaqida ham aytish

mumkin. Muqobil variant ikki va undan ortiq bo’lsa tanlash, tanlash uchun esa taqqoslash zarur bo’ladi. Buning uchun mezonalr belgilanadi. Taqqoslash natijasida u yokibu qarorga kelinadi. Bu jarayon alohida kishi, oiladan boshlab to butun mamlakat miqyosida amalga oshiriladi. Qaror qabul qilishda albatta qo’yilgan maqsad asosiy rol o’ynaydi. Har bir vaziyat, qo’yilgan maqsad uchun muqobil variantlar va qaror qabul qilish mezonlari boshqacha bo’ladi. Masalan: tadbirkorning qanday faoliyat turini tanlashi muqobil variantlari, maktabni bitiruvchining kelajakda qanday kasb tanlashi variantlaridan farq kiladi. Albatta mezonlari ham. Oliy Majlisga deputatnomzodiga ovoz berishda ham albatta muqobil variantlar ichidan o’zimiz belgilagan mezonlarga ko’ra qaror qabul qilamiz. Ehtiyojlarni Ehtiyojlar qondirilish darajasiodatda ist’emol bilan qondirilish o’lchanadi. U yil davomida aholi jon boshiga iste’moldarajasiqilingan tovar va xizmatlar miqdori bidan o’lchanadi. Masalan, aholi jon boshiga iste’mol qilingan non va non mahsulotlari, sut, go’sht, sabzavot,meva va hokazolar. Har

bir oilaga to’g’ri keladigan uzoq muddat foydalanadigan tovarlar: televizor, kir yuvish mashinasi, sovutgich, uy-joy maydoni va boshqalar. Jamiyat taraqqiy etgan sari iste’mol o’sib ehtiyojlar to’laroq qondirila boradi. Ehtiyojni qondirish usullari ham o’zgaradi.Iste’mol ne’matlari turi ko’payadi. Ehtiyojlarni qondirilishi

umumiy tarzda turmush darajasini ko’rsatadi. Turmush darajasi - aholi ehtiyojlarini

qondirilishiga qarab baholanadi. Aholining ehtiyojlarini qondirilishi ularning farovon yashash, uzoq umr ko’rishning garovidir. Buning uchun esa ana shu ehtiyojlarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish zarur.

Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotida ehtiyojlar va ishlab chiqarish nisbati qandayligiga iqtisodchilarning alohida diqqati qaratilayapti. Ehtiyojlar bilan ishlab chiqarish nisbatining hozirgi davrda asosan 3 varianti mavjud:

1.Regressiv. Bunday holat uzoq muddat ishlab chiqarishni tushkunlikda bo’lishi

natijasida kelib chiqadi. Aholi iste’moli miqdoriy jihatdan ham sifat jihatdan ham kamayib boradi. Iqtisodiyotni bunday o’zgarishini kichrayib boruvchi spiral, ya’ni girdobtarzida ko’rish mumkin. Borgan sari kishilarning eng zarur ehtiyojlariniqondirish ham qiyinlashib boradi. Hozir shunday vaziyatni Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining qator mamlakatlarida ko’rish mumkin.

Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning 2/3 qismida 80 - yillarning ikkinchi yarmi va 90 - yillarda aholi jon boshiga ishlab chiqarish va daromad qisqarib borgan.

2.Turg’un. Bu variyantda nisbatan cheklangan turdagi mahsulot ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham pihoyatda sekinlik bilan o’sib boradi. Yaratuvchanlik faoliyati sust, ishlab chiqarish - taqsimot – ayriboshlash - istemol - ehtiyojlar doiranieslatadi. Iqtisodiyotda umumiy turg’unlik yuz berib, ko’pincha u mahalliy xalqlarning an’ana va urf-odatlari bilan bog’lanib ketadi. Hozirgi paytda ayrim Osiyo va Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida kuzatiladi.

1.Progressiv.Bunda ishlab chiqarish miqdori ko’payadi. Sifati yaxshilanadi, iste’mol va ehtiyojlar o’sadi. Uni tobora kengayib boruvchi spiralsimonharakat tarzida ifodalash mumkin. Bir qadar beqarorlikka qaramay, rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham o’sib boradi. Birinchi va ikkinchi variantda ehtiyojlarning o’sib borishiga qator omillar aks ta’sir

ko’rsatayapti. Jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyati insonlarni ehtiyoji doirasini cheklab, eng zarurlarinigina mavjud bo’lishiga olib keladi. Bunga shunday hollar ta’sir ko’rsatadi:

- moddiy va ma’naviy madaniyatni pastligi, inson ehtiyojlarining eng zarurlari bilan cheklanishi. Eng zarur ehtiejlar esa juda sekin o’sadi;

- mehnat taqsimotining pastligi, turli ne’matlarni ishlab chiqarish va ehtiyojlarni oshib borishiga yo’l qo’ymaydi;

- narxlarni baland, daromadlarni pastligi eng oddiy ehtiyojlarni ham qondirishga

to’sqinlik qiladi;

- ko’pgina mamlakatlarda aholi soni ularning yashashi uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarishga nisbatan tez o’sayapti.

Ehtiyojlar barqaror o’sib borishini uchinchivariant ta’minlashga qodir bo’lib, u mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, aholining pul daromadlari va aholi jon boshiga real boylikning ko’payishi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga bu erda ehtiyojlar bilan ishlab chiqarish o’rtasida qarama-qarshilik mavjud. Insonlarning hohishi bilan imkoniyati mos kelmasligi mumkin.


Xulosa

Shunday qilib, inson yashar ekan turli-tuman ehtiyojlari mavjud. Ehtiyojlar kishilarni yashashi, kamol topishi uchun zarur. Ularni qondirish uchun zarur bo’lgan ne’matlar cheklangan. Sababi ularni ishlab chiqarish uchun resurslar cheklangan. Cheklanganlik bizni har qadamda tanlashga majbur qiladi. Tanlab qaror qabul qilishimiz uchun muqobil variantlarni

taqqoslashimiz, taqqoslash uchun esa uning mezonlarini belgilashimiz kerak.

Ehtiyojlar tarkibi nihoyatda xilma-xil bo’lgani uchun ularga turli jihatdan yondoshib, qo’yilgan maqsadga ko’ra ma’lumbir guruhlarga ajratish mumkin. Bu tanlovni osonlashtiradi. Turli variantlardan birini tanlash qolgan ehtiyojlardan voz kechishga yoki miqdorini kamaytirishga olib keladi. Insonning butun hayoti tanlov asosida qanday qarorga kelishiga bog’liq. Iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasiham ana shu tanlovni eng maqbul yo’llarini topib, to’g’ri qaror chiqarishni o’rganishdir. Ehtiyojni qondirishdan qanday maqsad ko’zlanganiga qarab, ularni: shaxsiy ehtiyojlar va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo’linadi. Shaxsiy ehtiyojlar kishilarning yashash uchun zarur, shaxsiy iste’molini qondiradigan ne’matlarga bo’lganehtiyoji bo’lsa, ishlab chiqarish ehtiyojlari esa ana shu ne’matlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan iqtisodiy resurslarga ehtiyoji bo’lib, ular moddiy, mehnat, axborot, moliyaviy resurslardan iborat. Mavjud iqtisodiy resurslardan to’la foydalanish evaziga eng ko’p mahsulot ishlab chiqarish «ishlab chiqarish imkoniyati» deyiladi. Resurslarni cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklaydi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. E.Egamberdiev. Mikroiqtisodiyot. O‘quv qo‘llanma. T.: 2005 y.

  2. Abulqosimov H va boshqalar. Iqtisodiy bilim asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.: Akademiya, 2010.-304 b.

  3. To‘xliev N., Xaqberdiev Q., Ermamatov Sh., Xolmatov N. Iqtisodiy bilim asoslari. Qo‘llanma. T. O‘zME. 2004, 96 b.

Download 337,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish