Mavzu: ishlab chiqarish harajatlari


Korxona faoliyati va uning qisqa



Download 56,36 Kb.
bet3/4
Sana18.02.2022
Hajmi56,36 Kb.
#453599
1   2   3   4
Bog'liq
11- мавзу и.ч харажатлари

11.3. Korxona faoliyati va uning qisqa
muddatdagi harajati.

Har bir korxona, firma, tadbirkor shaxs о‘z ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishda bir qancha masalalarni hal qilishiga tо‘g‘ri keladi. Jumladan, qancha xom ashyo sotib olishi kerak, qancha ishchi yollash lozim, qancha ishlab chiqarish vositalari lozim va x.z. Mana shunga о‘xshash masalalarni 3-gruppaga taqsim etish mumkin.


1. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlari asosida qanday qilib ishlab chiqarish tashkil etish mumkin?


2. Fan-texnika taraqqiyotining erishilgan yutuqlariga kо‘ra qanday yangi quvvatlarni jalb etish mumkin?


3. Texnika taraqqiyotiga burilish bо‘ladigan yangiliklarga qanday tartibda moslashish mumkin?


Birinchi gruppada kо‘rsatilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan vaqtni iqtisodiy fanlarda qisqa muddatdagi davr deb, ikkinchi gruppadagini - uzoq muddatdagi davr deb va uchinchi gruppadagini - juda uzoq muddatdagi (prognoz) davr deb ataladi. Bunda davrlarga ma’lum yillarni sonini belgilashni xojati yо‘q, chunki har bir tarmoqni о‘ziga xos xususiyatlari mavjud.


Shu davrlarga mos xolatda korxona, firmalarning faoliyati harakati turlicha bо‘ladi. Jumladan, qisqa muddatli davrda ayrim omillar о‘zgarmaydi. Bunday omillarni doimiy omillar deb ataladi. Bunday omillarga, odatda stanoklar, bino-inshoatlar, uskunalar, yer va x.z. lar kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida о‘zgaruvchi iqtisodiy resurslarni о‘zgaruvchan omillar deb ataladi. Bunga xom ashyo, materiallar, yonilg‘i - moylash materiallari va boshqalar kiradi.
Uzoq muddatli davrda barcha ishlab chiqarish omillarini asosiy qismini о‘zgarishda bо‘lishi mumkin. Juda uzoq muddatli davrda omillar о‘zgarishda bо‘ladi.
Endi qisqa muddatli davrdagi firma faoliyati xarakati tо‘g‘risida fikr yuritamiz. Eng avvalo xarajatlar tо‘g‘risida quyidagi tushunchalarni bilishimiz kerak.

1. Umumiy xarajatlar (TS)-bu firmaning ma’lum turdagi mahsulotini ishlab chiqarish uchun qilingan jami xarajatidan iborat.


Umumiy xarajatlar ikki qismdan iborat:
- umumiy doimiy xarajatlar (TG‘S)
- umumiy о‘zgaruvchan xarajatlar (TUS). Umumiy doimiy xarajatlar mahsulot xajmini kо‘payishga qarab о‘zgarmaydi. Xattoki, korxona umumanmahsulot ishlab chiqarmagan taqdirda xam ularning miqdori о‘zgarmaydi. Bu turdagi xarajatlarga asosiy vositalarni sotib olish uchun olingan bank ssudalari prosenti, amortizasiya ajratmalari, sug‘urta tо‘lovlari, ijara xaqi va shu kabilar kiradi. Bu xarajatlar mahsulotlar xajmi kо‘payishi, kamayishi yoki umuman ishlab chiqarmasligidan qatoiy nazar tо‘lanish lozim.
Umumiy о‘zgaruvchan xarajatlar mahsulot xajmini о‘zgarishi bilan о‘zgarib turadi. Agar firmada mahsulot kо‘paysa buning uchun u qо‘shimcha ishchi kuchi xom ashyo, elektr quvvati, yonilg‘i-moylash materiallarini sarflashiga tо‘g‘ri keladi.

2. О‘rtacha xarajatlar (AS)- firmaning mahsuloti birligiga tо‘g‘ri kelgan xarajatlardan iborat. О‘rtacha xarajatni xam о‘rtacha doimiy xarajatga (AG‘S) va о‘rtacha о‘zgaruvchan xarajatga (AUS) bо‘lish mumkin. О‘rtacha doimiy xarajat mahsulot miqdorini kо‘payishi bilan doimo kamayadi va aksincha mahsulot miqdorini kamayishi bilan u kо‘payadi. О‘rtacha о‘zgaruvchan xarajat (AUS) bо‘lsa mahsulot miqdorini о‘zgarishi bilan yo kо‘payadi yoki kamayadi.


Chegaraviy xarajatlar (MS) - Har bir qо‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot birligi uchun sarflangan xarajat hisobiga umumiy xarajatni о‘sgan qismi. Doimiy, xarajat har doim о‘zgarmas bо‘lganligi uchun qо‘shimcha doimiy xarajat har doim “0” ga teng (NFC=0). Shuning uchun ham qо‘shimcha xarajat - xar doim qо‘shimcha о‘zgaruvchan xarajatdan iborat bо‘ladi.


Yuqorida aytilgan fikrlarni aniqroq tushunish uchun quyidagi jadvalga murojat etamiz. (16-Jadval).

16-Jadval


Ishlab chiqarish xarajatlarini о‘zgarishi.



Meh.

Umum.

Umumiy xarajat

chegara-

О‘rtacha xarajat

birligi miqdori (L)

mahsulot
(Q)

doimiy (TG‘S)

о‘zgaruvchan (TYS)

umumiy (TS)

viy xar. (NC)

doimiy (AG‘S)

о‘zga-ruvchan (AYS)

umumiy (ATS)

0

0

1000

0

1000

-

-

-

-

1

15

1000

250

1250

16,7

66,7

16,7

83,3

2

40

1000

500

1500

10,0

25,0

12,5

37,5

3

63

1000

750

1750

10,8

15,9

11,9

27,8

4

76

1000

1000

2000

19,2

13,2

13,2

26,3

5

85

1000

1250

2250

27,8

11,8

14,7

26,5

6

90

1000

1500

2500

60,0

11,1

16,7

27,8

7

91

1000

1750

2750

250,0

11,0

19,2

30,2

Jadvaldagi qо‘shimcha xarajat umumiy xarajatni о‘sgan qismini (TS) ishlab chiqarilgan mahsulotning о‘sgan qismiga (0) nisbati bilan aniqlanadi. Masalan: tо‘rtinchi ishchini ishga yollash natijasida mahsulot miqdori 13 birlikda (76-63) о‘sgan, umumiy xarajat bо‘lsa 250 sо‘mga (2000-1750) о‘sgan. Demak, bu yerda MS=250 : 13=19,2 sо‘m bо‘ladi.


Bu jadval ma’lumotlarini grafikda aks ettirsak quyidagicha bо‘ladi. Grafikdan xulosa qilib ayta olamizki “a” nuqtasida ya’ni qо‘shimcha xarajat (MS) eng past bо‘lgan nuqtada umumiy xarajat ham (TS) past darajada bо‘ladi. Bu degan sо‘z ayni shu nuqtada qо‘shimcha xarajat hisobga kо‘proq mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Bundan tashqari doimiy xarajat о‘zgarmas bо‘lganligi uchun о‘rtacha doimiy xarajat (AG‘S) mahsulot ishlab chiqarish xajmi kо‘payishi bilan pasayib boradi. О‘zgaruvchan xarajat bо‘lsa, dastlab pasayib boradi va keyinchalik mehnat unumini kо‘payishi va qо‘shimcha mahsulotni kamayishi qonuniyatiga kо‘ra ortib boradi. Shunga kо‘ra dastlab о‘rtacha umumiy xarajat (ATS) pasayib borsa keyinchalik о‘zgaruvchan xarajatning о‘sishi umumiy о‘rtacha xarajatni xam о‘sishiga olib keladi. Bu grafikdagi “A” -nuqtasi bо‘lib hisoblanadi. Shu nuqta ayni vaqtda eng kam xarajat nuqtasi bо‘lib hisoblanadi.
Bizning misolimizdagi eng kam xarajat talab qilinadigan nuqta agar firma 4-ishchi yollasa, 76 - birlikdagi mahsulot ishlab chiqarsa va doimiy va о‘zgaruvchan xarajati 2000 sо‘mni tashkil qilgan varianti bо‘lib hisoblanadi, chunki shunda umumiy о‘rtacha xarajat (ATS) mahsulot birligi hisobiga 26,3 sо‘mni tashkil qiladi. Shu nuqtada (A) Q=76 ga teng.
1-Tasvir. Xarajatlar egri chizig‘i.


Agar firma kam mahsulot ishlab chiqarmoqchi bо‘lsa unda firma о‘zining doimiy kapitalidan tо‘liq foydalanmagan bо‘ladi, agar kо‘p mahsulot ishlab chiqarmoqchi bо‘lsa, unda qо‘shimcha ravishda jalb qilinadigan resurs uchun sarflanadigan xarajat о‘zini qoplamaydi.


Bunday xolatlarda muqobil variantlardan foydalanish kerak. Birinchi xolatda ishlab chiqarish vositalarini ijara berish, ikkinchi xolatda resurs sotib olishga mо‘ljallangan mablag‘ni kredit berish uchun bankga qо‘yish mumkin.



Download 56,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish