Mavzu: Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyalar, ularni ishlash prinsipi, afzalliklari va kamchiliklari



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#452354
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladigan



Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent 
Axborot Texnalogiyalari universiteti 
Mustaqil ish 
Mavzu: 
Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyalar, 
ularni ishlash prinsipi, afzalliklari va kamchiliklari 
Bajardi: Mavlanov S 
Tekshirdi: Normatova D
2020-yil 


Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyalar, 
ularni ishlash prinsipi, afzalliklari va kamchiliklari

Reja: 
 
1.
 
Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlari
 
2.
 
Qo’llaniladigan texnalogiyalar 
3.
 
Afzalliklari va kamchiliklari 
4.
 
Xulosa 
5.
 
Foydalanilgan saytlar va adabiyotlar ro’yxati. 


Kirish 
Ushbu fan dasturi, «Keyingi avlod konvergent tarmoqlari» faniga tegishli bo’lgan 
barcha mavzular bo’yicha talabalarga Davlat ta’lim standartlari asosida yetkazilishi 
shart bo’lgan minimum bilimlar va ko’nikmalarni to’la qamrab olgan. Hozirgi kunda 
turli darajalardagi telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi ancha yuqorilab 
ketgan va ma’lumot almashishga bo’lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. 
Shuning uchun mavjud bo’lgan an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan birga aloqaning yangi 
xizmatlari talablarini hisobga oluvchi axborotlashgan infratuzilmani yaratish va joriy 
etish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Shularni nazarda tutgan holda mazkur 
namunaviy o’quv dasturida mavjud bo’lgan tarmoqlarning kamchiliklari, 
kommutatsiyalash usullari, keyingi avlod tarmoqlariga o’tish sabablari, tarmoqning 
konvergentsiya holati, keyingi avlod konvergent tarmoqlarining tuzilish tamoyillari, 
NGN tarmoqlarining arxitekturasi, NGN tarmoqlarida qo’llaniladigan transport 
tarmog’i va abonent kirish tarmoqlari texnologiyalari, konvergent tarmoq xizmatlariga 
bo’lgan talablar, xizmatlarning turlari, NGN tarmoqlarida qo’llaniladigan 
protokollarning turlari, chaqiriqlarni boshqaruv tizimi, keyingi avlodning mahalliy, 
shahar va shaharlararo multiservisli tarmoqlarining tuzilish printsiplari va rivojlanish 
istiqbollari yoritilgan. Shuningdek o’quv dasturida rejalashtirilgan mavzular, mavjud 
bo’lgan va kelgusidagi tarmoqlarni, unda qo’llaniladigan turli texnologiyalarni, 
xizmatlarni amalda taxlil qilish uchun talabalarni bilimini mustaxkamlash, 
shakllantirish, axborotni uzatishga asoslangan xollatlarini va printsiplarini, 
fundamental tushunchalarini nazariy mustaxkamlashdan iborat. 


Kanallarni kommutatsiyalash (KK)ga ega bo’lgan tarmoqlar Kanallarni 
kommutatsiyalash (KK)ga ega bo’lgan tarmoqlar, afzalliklari va kamchiliklari, KKning 
ishlash tamoyili. Raqamli kommutatsiya tizimlari. Raqamli kommutatsiya tamoyillari, 
signalizatsiya,sinxronizatsiya 
va 
signallarni 
boshqarish 
usullari. 
Paketlarni 
kommutatsiyalash (PK)ga ega bo’lgan tarmoqlar Paketlarni kommutatsiyalash (PK)ga 
ega bo’lgan tarmoqlar, afzalliklari va kamchiliklari, PKning ishlash tamoyili, paketlarni 
uzatish mexanizmlari (datagramm uzatish va virtual kanallar). Konvergent tarmoqlar 
Konvergent tarmoqlar. Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining asosiy ta’rif va 
tushunchalari. Konvergentsiya holatiga o’tish sabablari. NGN konvergent tarmoqlarini 
qurilish tamoyillari Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining qurilish tamoyillari. NGN 
tarmoqlarini joriy qilish istiqboli. 6 NGNning transport tarmoqlari NGNning transport 
tarmoqlari. Transport tarmoqlarini va kirish tarmoqlarini NGN tarmoqlariga o’tishda 
takomillashtirish zarurati. NGN tarmoqlarida transport satxini qo’llash variantlari NGN 
tarmoqlarida transport satxini qo’llash variantlari, MPLS NGSDH, Ethernet transport 
tarmoqlari, NGN transport tarmoqlarida CWDM texnologiyasini qo’llash. Kirish 
tarmog’i evolyutsiyasi Kirish tarmog’i evolyutsiyasi. NGN kirish tarmoqlari, kirish 
tarmoqlarining zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari. Kirish texnologiyalarining 
klassifikatsiyasi va asosiy tavsiflari Turli kirish texnologiyalarining asosiy tavsiflari, 
qo’llaniladigan muhit bo’yicha kirish texnologiyalarining klassifikatsiyasi, yangi kirish 
texnologiyalarining klassifikatsiyasi. NGN tarmoqlarida chaqiriqlarni boshqarish 
tizimlari Mavjud va istiqbolli chaqiriqlarni boshqaruv tizimlarini qurish xususiyatlari, 
NGN tarmoqlarida chaqiriqlarni boshqarish tizimlari. Mediashlyuzlar Mediashlyuz


turlari, vazifalari va xarakteristikalari. Dasturiy kommutator SoftSwitch Dasturiy 
kommutator SoftSwitch bazasi asosidagi keyingi avlodning NGN tarmoqlari. NGNda 
IMSning imkoniyatlari IMS arxitekturasi va uning imkoniyatlari. IMS va SoftSwitch 
tizimlarini qiyoslash IMS va SoftSwitch tizimlarini qiyoslash. NGN tarmoqlarini 
boshqaruv protokollari NGN tarmoqlarini boshqaruv protokollari, NGNda 
protokollarning o’rni va ahamiyati, NGN tarmoqlarida chaqiriqlarni boshqaruv 
protokollarining funktsional vazifalari. SIP va SIP-T, N.323 protokollari. Megaco/H.248 
protokollari Megaco/H.248 protokollari. 7 BICC. SIGTRAN protokollari BICC. SIGTRAN 
protokollari. Zamonaviy aloqa xizmatlari konvergentsiyasi va keyingi avlod xizmatlari. 
Zamonaviy aloqa xizmatlari konvergentsiyasi va keyingi avlod xizmatlari. NGN 
tarmoqlarida xizmatlar konvergentsiyasining asosiy yo’nalishlari, konvergent 
xizmatlarga sharoit yaratish, aloqa xizmatlarining klassifikatsiyasi, yangi xizmatlarni 
yaratish zarurati, turli texnologiyalar bazasi asosida keyingi avlod xizmatlarini taqdim 
etish. Konvergent tarmoq xizmatlari Konvergent tarmoq xizmatlari. Bazaviy va 
qo’shimcha xizmat turlari. Turli satxlarda NGN tarmoqlarini qo’llash NGN tarmoqlarini 
qurish yo’llari, muammolari, arxitekturasi, NGN tarmoqlariga o’tish stsenariysini 
qo’llash, keyingi avlodning shaxarlararo aloqa tarmog’i, shaharlararo tarmoq 
arxitekturasi, NGN ga o’tishda mahalliy va uzoqdagi stantsiyalarni birlashtirish. Keyingi


avlodning shahar va qishloq aloqa tarmoqlari Mavjud ShTS lar, ularning kamchiliklari, 
shahar telefon aloqa tarmoqlarini takomillashtirish zarurati, paketli tarmoqlarni joriy 
qilishning asosiy yo’nalishlari, mahalliy satxda Triple Play xizmatlarini taqdim etuvchi 
mavjud sxema. NGN tarmoqlariga o’tishda stsenariylarni ishlab chiqish NGNga 
o’tishda ShTSlarning muammolari, NGN tarmoqlariga o’tishda stsenariylarni ishlab 
chiqish bosqichlari. TfUF va NGN abonentlarining o’zaro bog’lanishi TfUF va NGN 
abonentlarining o’zaro bog’lanishi. NGN tarmoqlarida axborot xavfsizligi NGN 
tarmoqlarida axborot xavfsizligi. NGN tarmoqlarida axborot xavfsizligi arxitekturasi. 
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Amaliy 
mashg’ulotlarda talabalar, keyingi avlod konvergent tarmoqlarining tuzilish 
tamoyillarini, ular orqali signallarning shakllanishini, signallarning turli parametrlarini 
xisoblash va o’lchash usullarini o’rganadilar. Amaliy mashg’ulotlarning taxminiy 
tavsiya etiladigan mavzulari: x Vaqtli va fazoviy kommutatsiyalash bloklarining tuzilish 
printsipini o’rganish; 8 x Paketli kommutatsiyalash blokini tuzilish printsipini o’rganish; 
x Chaqiriqqa xizmat ko’rsatish jarayonini o’rganish; x AMG, TMG, DSLAM 
mediashlyuzlarini o’rganish; x Huawei firmasining SoftX (SoftSwitch) ni o’rganish; x 
MSANning tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish; x IADning tuzilishi va ishlash 
printsipini o’rganish; x Tarmoqqa xDSLni ulanish texnologiyasi va integrallashgan IAD 
ulanish texnologiyalarini, xDSL va IAD qurilmalarini tarmoqqa ulanish texnologiyalarini


o’rganish; x SIP protokoli bazasi asosida IP-telefoniya tarmog’ini qurishni o’rganish; x 
SIP xabarlari. SIP signalizatsiyasini o’rganish; x NGN tarmoqlari uchun xizmatlar 
klassifikatsiyasi. Abonent ulanishlarining ISDN, V 5.1, V 5.2 turlarini o’rganish; x MGCP 
va H.248/MEGACO protokollari bo’yicha ulanishni o’rnatish; x Multiservisli tarmoq 
uskunalarini qurish va hisoblash.VPNni qurish. x Keyingi avlod konvergent 
tarmoqlarning qurilmalari bilan tanishish; x Softswitch ZXSS10SS1b dasturiy 
kommutatorning funktsional sxemasi va imkoniyatlarini o’rganish; x ZXJ10 raqamli 
kommutatorning funktsional sxemasi va imkoniyatlarini o’rganish; x SoftSwitch 
qurilmasining platalarini o’rganish; x ZXMSG 9000 mediashlyuz qurilmasini NetNumen 
U31 dasturiy ta’minoti yordamida o’rganish; x Mini MSAN ZXDSL 9806H qurilmasini 
NetNumen U31 dasturiy ta’minoti yordamida o’rganish; x ADSL profilini Telnet va 
NetNumen yordamida yaratish; x NGN tarmog’i hamda TATU filiali IP tarmog’i 
o’rtasida o’zaro aloqani tashkil qilish; x H.248 foydalanuvchisini ZXSS10-SS1b 
qurilmasiga NetNumen U31 dasturiy ta’minoti yordamida qo’shish; x SIP 
terminallarini ro’yxatdan o’tkazish jarayoni; x SGM (Koinot) misolida abonent 
kontsentratorining funktsiyasi, tuzilishi, qurilma majmuasi, stativlarning vazifasini


o’rganish. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra pofessoro’qituvchilari 
tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza 
mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali 
yanada boyitadilar. Shuningdek darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar 
bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy 
maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, 
mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. 
Ishonchlilik, masshtablashtirish, kirishuvchanlik va boshqalarni yuqori darajasini 
ta`minlash. 
Transport sathiga quyidagi talablar qo`yiladi: Aloqa tugunidagi qurilmalarning yuqori 
ishonchliligini ta`minlash; Trafikni boshqarishni ta`minlash; Masshtablashtirishni 
ta`minlash; 
NGN 
tarmog`ining transport sathi ikkita, kirish tarmog`i va bazaviy 
tarmoqdan tashkil topgan. Kirish tarmog`i abonent liniyasi, kirish tuguni va uzatish 
tizimlari (PDH/SDH) dan iborat. Bazaviy tarmoq kanallarni transportirovka va 
kommutatsiyalash vazifasini bajaradi. Bazaviy tarmoq quyidagi 3 ta texnologiya 
sathlardan 
iborat: 
IP, 
ATM, 
MPLS 
(paketlarni 
kommutatsiyalash);SDH, 
Ethernet…(traktlarni formatlashtirish); FOC, DRRL, CC…(signallarni uzatish muhiti). 
NGN 
ning bazaviy tarmog`i quyidagilarni o`z ichiga oladi: Tranzit tugunlari; Abonentlarni 
multiservis tarmog`iga ulovchi oxirgi tugun; Axborot, chaqiruv, ulash signallarini 
boshqaruvchilar; UFTT, MUT, EAT ga ulovchi shlyuzlar. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish