Mavzu: Kredit va uning mazmuni. Reja



Download 60,6 Kb.
bet1/6
Sana19.04.2023
Hajmi60,6 Kb.
#930213
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja


MAVZU: Kredit va uning mazmuni.


REJA:



  1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari.

  2. Kredit turlari va tamoyillari.

  3. Foiz va unga ta’sir etuvchi omillar.

  4. Kredit va bank tizimi.

  5. Pul multiplikatori.

  6. Markaziy bank va uning asosiy vazifalari.


1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari.

Kredit so`zi lotincha credit - ishonch degan ma’noni anglatib, tovar yoki pulni ma’lum bir muddatda qaytarish sharti bilan qarzga berishni bildiradi. Birov pulini qaytarib olishga ishongani uchun qarz beradi.


Kredit munosabatlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Dastlab natura shaklida (g`alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar tomonidan qarzga berish rasm bo`la boshlagan. Keyinroq pul shaklida ham beriladigan bo`ldi. qarzga pul berishning dastlabki shakli sudxo`rlik bo`lib, u nihoyatda yuqori darajada protsent bilan qaytarilishi bilan kreditdan farq qiladi. qadimgi Gretsiyada eramizgacha IV- asrda oyiga 42 %, yiliga 570 % gacha foiz to`langani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bundan tashqari sudxo`r qarz oluvchidan qo`shimcha imkoniyatlar yaratilishini ham talab qilgan. Badiiy adabiyotda birinchi bo`lib, fransuz yozuvchisi O. Balzak sudxo`r obrazini yaratgan. S.Ayniyning “Sudxo`rning o`limi“ asari o`zining mazmuni, obraz ifodasi jixatdan Balzak asaridan ham o`tib ketgan desak xato qilmaymiz.
Sudxo`rlik qarzi bir tomondan kuchayib mayda ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qilgan, ikkinchi tomondan kapitalning dastlabki jamg`arish uchun zarur mablag`larni shakllanishga yordam bergan. Industrial ishlab chiqarish va klassik kapitalizmning vujudga kelishi bilan kreditsiz ishlab chiqarish faoliyatini yuritish qiyinlashib qoladi.
Kapital bir xo`jalikda pul shaklida, ikkinchisida tovar shaklida bo`lib, turli sohalarda harakati bir-biriga to`g`ri kelmaydi. Kapital harakatining alohidalashgani tufayli bir xo`jalikda pul etishmasa, ikkinchisida bo`sh pul mavjud bo`ladi. Natijasida mablag`i yo`q xo`jaliklar, bo`sh pul mablag`i borlardan qarz olishga majbur bo`ladilar. Bo`sh pul mablag`i borlar o`z pullarini ma’lum muddatga qarzga berar ekanlar, pularini boshqa birovni qo`liga topshirib, xatarli tavakkal qilganlari uchun ma’lum miqdorda haq oladilar. o`z mablag`i etarli bo`lmagan xo`jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy resurslarga bo`lgan ehtiyojini kredit orqali qoplaydi. Takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlash zaruriyati kredit munosabatini ob’ektiv zarur qilib qo`yadi. CHunki tovarlar ishlab chiqarish, uni sotish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur resurslarni sotib olish bir vaqtning o`zida yuz bermaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bo`sh pul mablag`larini o`lik boylik, xazina sifatida saqlash befoyda. Jamiyat taraqqiy etishi bilan kredit munosabatlari rivojlanib, yangi-yangi imkoniyatlar vujudga kela boradi. hozirgi iqtisodiyotni kreditsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
Kredit iqtisodiy kategoriya bo`lib, u vaqtincha o`z egalari qo`lida bo`sh turgan pul mablag`larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to`lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarni ifodalaydi.
SHunday qilib pulning ssuda kapitali tariqasida ya’ni daromad olish uchun qarzga berish va qaytarib olish bilan bog`liq munosabatlar vujudga keladi.
Kredit munosabatlari faqat pul bilan bog`liqmi?
Tovar shaklida ham kredit berilishi mumkin-ku degan savol tug`ilishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma kredit asosan pul shaklida bo`ladi. Tovar shaklida berilgan taqdirda ham pul kredit shaklida hujjatlashtiriladi.
Kredit munosobatlari ikki sub’ekt o`rtasida yuz beradi. Biri bo`sh pul egasi, ikkinchisi unga muxtoj, ya’ni qarz oluvchi.
Kredit sub’ektlari har xil. Bular yuridik hamda jismoniy shaxslar; bank, korxona, firma, davlat turli toifa aholi bo`lishi mumkin. Bir sub’ektning o`zi bir vaqtda ham qarz oluvchi, ham qarz beruvchi bo`lishi mumkin. Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o`rtasida bevosita yoki bilvosita bo`lishi mumkin. Birinchi holda ular to`g`ridan-to`g`ri muomalaga kirishadi. Ikkinchi holda ular vositachilar orqali aloqaga kirishadilar. Odatda, asosiy vositachi rolini banklar o`ynaydi. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida qator vazifalarni bajaradi.
1. Taqsimlash. Bo`sh pul mablag`larini qaytarish sharti bilan qarzga berish orqali kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o`rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashni amalga oshiradi va ishlab chiqarish resurslarini ko`chib yurishini ta’minlaydi.
2. Emissiya. Kredit asosida va unga bog`liq holda pul belgilari, pulga tenglashtirilgan naqd pulsiz to`lov vositalari, turli qimmatbaho qog`ozlar emissiya qilinadi, xo`jalik oborotiga kiritiladi.
3. Nazorat qilish. Kredit operatsiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat, moliyaviy ahvol nazorat qilinadi. Davlat kredit munosabatlari orqali pul oborotining barcha jarayonlarini boshqarishni amalga oshiradi.
4. Bo`sh pul mablag`larining harakatdagi, oborotdagi kapitalga aylantirish. Bunda pulni pul topadi degan naql amalga oshadi.
5.Rag`batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali, tejamkorlik, iqtisodiy o`sish rag`batlantiriladi.
6. Tovar ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlaydi, ishlab chiqarish vaqtini qisqartiradi.
Kredit berish uchun avvalo qarz beradigan mablag` bo`lishi kerak. Bu mablag`lar qaerdan olinadi, manbai nima? degan savol tug`iladi.
Mablag`lar manbai quyidagilar:
Birinchidan, korxonalarning vaqtincha bo`sh pul mablag`idir. Bu mablag`lar kapitalning doiraviy aylanishi bilan bog`liq bo`lib, ma’lum muddat uning bir qismi bo`sh bo`ladi. CHunonchi amortizatsiya ajratmalari, bu mablag`lar asosiy kapitalni yangilash payti kelguncha bo`sh bo`lib, bankdagi hisob schyotlarida jamlanib boradi. “Tezlashtirilgan” amortizatsiya siyosati tufayli bu mablag`lar o`sib borish tendensiyasiga ega. Mahsulot sotishdan keladigan pul tushumlari. Bu pul ham xom-ashyo, materiallar sotib olish, xodimlar mehnatiga haq to`lash, vaqti kelguncha bo`sh turadi. Korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag`batlantirish fondlari ham asta jamlanib borib, belgilangan maqsad bo`yicha ishlatilguncha bo`sh turadi. Korxonalar foydasi davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek foydalanguncha bankdagi hisoblarda saqlanadi. Ish haqi ham har 15 kunda berilar ekan, ungacha bu pul yig`ila boradi, hamda ishlatilguncha bo`sh bo`ladi.
Ikkinchidan, moliya - kredit muassasalarining pul mablag`lari. Ularning daromadlari bilan xarajatlari o`rtasidagi farq xarajatlarni qoplaganidan ortgani bo`sh pul mablag`larini tashkil etadi. Tijorat banklari va moliya-kredit muassasalarining minimal pul rezervlari ham ssuda fondi manbai bo`ladi.
Uchinchidan, davlat ixtiyoridagi pul. Davlatning zahiradagi pul mablag`lari, markaziy va mahalliy hokimiyatlarning xarajatlari bilan soliq tushumlari o`rtasidagi farq tarzida bo`sh pullar mavjud bo`ladi. Byudjet tizimi mablag`lari harakati natijasida ma’lum miqdorda bo`sh pullar hosil bo`ladi.
To`rtinchidan, turli maxsus (pensiya, sug`urta, xayriya), ijtimoiy fondlarning mablag`lari. Bu fondlarning pullarini hosil bo`lishi va ishlatilishi har xil vaqtda yuz beradi. Bu ma’lum miqdorda pul mablag`larini bo`sh qolib, qarz fondiga aylanishi uchun imkon beradi.
Beshinchidan, aholi pul daromadlari va jamg`armalari. Fuqarolarning iste’molchi sifatida qimmatbaho tovarlar olish, uy qurish, marosimlar o`tkazish uchun jamg`arilgan pullari ishlatilgunga qadar bo`sh bo`ladi.
Oltinchidan, tadbirkorlar, katta puldorlar qo`lidagi pullar.
Bulardan tashqari: davlat byudjetidan uzoq muddatli qarz berish uchun maxsus mablag` ajratiladi. Undan tashqari MB qo`shimcha emissiya tufayli moliya-kredit muassasalariga kreditlar berishi mumkin.
Ma’lum vaqt mobaynida bo`sh pullar uning egalariga xech qanday daromad keltirmaydilar, shuning uchun kam miqdordagi foiz bilan ham qarz berish foydali bo`lib qoladi. Natijada ana shu bo`sh pullar ssuda kapitaliga aylantiriladi. Bunda banklar muhim rol o`ynaydi. Ular yuqori foiz bilan pulga muhtoj bo`lgan biznesmenlar, tadbirkorlar va boshqalarga o`z maqsadlarini amalga oshirish uchun qarz beradi. hozirgi sharoitda xo`jalikni moliyalashtirishda qarz mablag`larini ulushi oshib borishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Ularning ulushi ayniqsa kapital quyilmalar hajmida ko`payib bormoqda. Bunday tendensiya YAponiya, Italiya, Fransiyada yaqqol ko`zga tashlanadi. Masalan: YAponiya firmalari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarflagan mablag`larni 4/5 qismi chetdan jalb qilingan, ya’ni qarz olingan. Respublikamiz iqtisodiyotiga ham shunday tendensiya xos.

Download 60,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish