Mavzu: Kredit va uning mazmuni. Reja



Download 60,6 Kb.
bet4/6
Sana19.04.2023
Hajmi60,6 Kb.
#930213
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja

5. Maqsadliligi. Kredit qat’iy ravishda aniq maqsad uchun beriladi. Bank kredit berish uchun qarz olayotgan uni nima maqsadda olayotgani, undan qanday foyda olishi mumkinligini tahlil qiladi.
Tadbirkorlar uni «biznes-reja»da ko`rsatishadi. Kredit berayotganda bank albatta uni hisobga oladi, kreditni qaytarmaslik xatarini belgilaydi.
6. Kredit berishga tabaqalashgan xolda yondashish. Bu tamoyil turli qarz oluvchilarga individual tarzda yondashishni ifodalaydi. Bank qarz berib, qaytarib olmaslik xatarini hisoblab chiqib, har bir mijoz uchun qarz berish yoki bermaslik masalasini har tomonlama tahlil etib hal etadi.
Kreditning tarixiy rivojlanish jarayonida turli shakllari kelib chiqib, ularning eng asosiylari tijorat va bank kreditidir. Tijorat krediti - bu korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo`jalik sub’ektlarining bir-biriga tovar shaklida beradigan kreditidir. Bunda tovarlar qarzga beriladi. Ko`pincha tijorat krediti veksel (qarz majburiyatnomasi) bilan hujjatlashtiriladi. Tijorat krediti cheklangan tarzda qo`llaniladi. Uni keng tarzda qo`llanishiga quyidagilar to`sqinlik qiladi:
a) qarz beruvchini rezerv mablag`i, rezerv fondini cheklanganligi;
b) tovar shaklida kreditni ishlatilishini cheklanganligi. Aytaylik korxona material qarz olgan bo`lsa, uni faqat ishlab chiqarish vositasi xom-ashyo sifatida ishlatishi mumkin, uni ish xaqi tarzida ishlata olmaymiz;
v) bu qarz ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan korxonalardan ularni iste’mol qiladiganlarga berilishi mumkin, aksincha emas. Tijorat kreditining bu cheklanganligi bank krediti yordamida xal etiladi.
Bank krediti - bu moliya kredit muassasalari (banklar, fondlar, assotsiatsiyalar) tomonidan har qanday xo`jalik sub’ektlari (tadbirkorlar, korxonalar, tashkilotlar va boshqalar)ga pul shaklida - ssuda tarzida beriladi. Bank krediti qisqa (1 yilgacha), o`rta (1 yildan 5 yilgacha) va uzoq (5 yildan ortiq) muddatga berilishi mumkin. Kredit faqat tovar muomalasi (aylanishini)ga xizmat ko`rsatib qolmay, kapital jamg`arilishga ham xizmat ko`rsatadi. Bank krediti bitimlar hajmi, muddati, yo`nalishi bo`yicha cheklanmaganligi jihatidan tijorat kreditidan farq qilishi, uni kreditning asosiy va ustun shakliga aylantiradi. Kreditning ulardan tashqari quyidagi shakllari mavjud.
Iste’mol krediti. Iste’mol krediti aholi ehtiyojlarini qondirishga mo`ljallangan. U tovar yoki pul shaklida bo`lishi mumkin. Bu kredit eng avvlo uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlarni sotib olish uchun beriladi. U tovarlar sotilayotgan magazinlar tomonidan to`lov muddatini kechiktirish yoki bank tomonidan shu maqsad uchun ssuda berilishi tarzida bo`lishi mumkin. Odatda bu kredit uchun belgilanadigan foiz yuqori bo`ladi. hozirgi paytda imtiyozli kreditlar ham berilmoqda. Masalan, AqSH da banklar iste’molchilarga kredit kartochkalari beradi, ularga narxi 2500 dollarga qadar tovarlar xarid etiladi, xarid puli banklarga magazinlar bergan schyotga qarab to`lanadi. Bunday kredit g`oyat imtiyozli bo`ladi, uning foizi boshqa qarz foizidan ancha kam bo`ladi, hatto foizsiz ham bo`lishi mumkin. Talabalarga o`qish haqini to`lashlari uchun maxsus qarz beriladi. Bu qarz uchun foiz eng ko`p bo`lganda 8 foiz qilib belgilanadi, qarz yiliga 2500 dollar, oxirgi kursda esa 5000 dollar miqdorda beriladi. Bunday qarzni talaba o`qishni tugatib pul topgach o`zadi. hozirgi paytda, yakka uy joylar qurish uchun uzoq muddatli kreditlar-pul shaklidagi iste’mol kreditlaridir. Respublikamizda ham hozirgi paytda uy-joy qurish, oliy o`quv yurtlarida o`qish uchun imtiyozli kredit berish keng qo`llanilmoqda.
Ipoteka krediti; ko`chmas mulk (er, bino, uy-joy kabilar)ni garovga qo`yib olinadigan kredit. Odatda ipoteka kreditidan asosan qishloq xo`jaligida asosiy fondlarni yangilash uchun yirik kapital quyilmalarni qoplash uchun foydalaniladi.
Davlat krediti; Davlat bir tomondan qarz oluvchi, ikkinchi tomondan qarz beruvchi sifatida maydonga chiqadi.
Bunda davlat krediti paydo bo`ladi. Davlat aholidan, firma, korxonalar, tashkilotlar, banklardan qarz oladi. U davlatning qarzdorlik guvohnomasi bo`lib, u vaqti kelganda qarzni uzish va foiz to‘lashni kafolatlaydi. Ularni markaziy va mahalliy xokimiyatlar chiqaradilar. qarz va uning foizi byudjet hisobidan qoplanadi. Davlat qarzni eng avvalo byudjet tanqisligini qoplash uchun oladi. AqSHda davlat obligatsiyalari emissiya tufayli davlat qarzi 3 trln. dollardan ortib ketdi. Kredit munosabatlarida davlat faqat qarzdor vazifasini o`tamay, qarz beruvchi rolini ham bajaradi. Davlat o`z mablag`lari hisobidan bankda qarz fondini tashkil etadi, xazinadan qarz beradi. Xazina qarzi davlat byudjetidan, korxona va firma, tashkilotlarga ularning moliyaviy sanatsiyasi (sog`lomlashtirish) uchun sarflanadi.
Bu qarz ham ma’lum muddatga, qaytarib berish va foiz to`lash sharti bilan beriladi. Foiz g`oyat imtiyozli bo`lib daromad olishni ko`zlamaydi. Davlat o`z qarzidan voz kechishi ham mumkin.
Xo`jaliklararo pul krediti xo`jalik yurituvchi sub’ektlarni bir-birriga beradigan krediti. Korxona, tashkilotlar aksiya, obligatsiya, kredit biletlari va boshqa qimmatbaho qog`ozlar chiqarish orqali beriladi. Bu operatsiyalar korxonalarni markazlashtirilmagan moliyalashtirish (aksiya chiqarish) va kreditlash (obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog`ozlar) degan nom olgan.
Xalqaro kredit bu ssuda kapitalining xalqaro miqyosdagi xarakatidir. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida berildi. qarz beruvchilar va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat organlari, xukumatlar, yirik korparatsiyalar, xalqaro va regional tashkilotlari bo`lib, ularning kredit berish shartlari bir-birinikidan jiddiy farq qilishi mumkin.



Download 60,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish