Mavzu: Krit – minoy svilizasiyasi Reja



Download 36,55 Kb.
bet3/6
Sana08.04.2023
Hajmi36,55 Kb.
#926069
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-лекция

4. Miken madaniyati. Yunoniston er. avv. III ming yillikda ibtidoiy jamoa tuzumida edi. Gerodotning ma`lumotlariga ko`ra, Bolqon Yunonistonida tub joy aholi leleglar, pelasglar va kariylar yashar edilar. Ularning mehnat qurollari toshdan bo`lib, endigina mis qurollari tayyorlay boshlaganlar. Jez davri er. avv. III ming yillik o`rtalaridan boshlandi. Shu davrdan boshlab ibtidoiy kichik qishloqlar o`rnida katta qishloqlar, mustahkamlangan qal`alar paydo bo`la boshladi. Urug`chilik munosabatlarining yemirilish jarayoni faqat er. avv. III ming yillik oxiridan asta-sekin boshlandi. Er. avv. III ming yillik oxirida hind-yevropa madaniy til birligiga mansub etnik guruhlar o`z vatanlari-Markaziy Yevropadan turli yo`nalishlarda ko`cha boshladi. Ulardan bir qismi Bolqon yarim oroliga kirib kelib, yunon etnosiga asos soldi. Ularni dastlab axeylar deb nomladilar.
Er. avv. III ming yillik oxirlarida Bolqon Yunonistonida qabilalarning ko`chishi bilan jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga ko`ra, bu vaqtda Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`ida ham hind-yevropa tillarida so`zlashuvchi etnik guruhlar paydo bo`ladi. Ular Yunonistonda urug`chilik munosabatlarining yemirilishini vaqtincha sekinlashtirdilar.
Mikenani kengaytirish natijasida Kritdagi Minoy sivilizatsiyasi barbod bo‘ldi. Mikenada ham xuddi Sitsiliya va janubiy Italiyadagidek koloniya va savdo punktlari yaratilgan. Shunday qilib, ilk yunon tilida so‘zlashuvchi xalqlarning savdo va tili Egey dengizini turli dunyolarni bog’lovchi birlik sifatida yaratilgan2.
Er. avv. II ming yillik boshlarida kulolchilikda, kumushga ishlov berish ishlarida, urf-odat, an’analarda (jumladan, uy ichida, pol ostida yoki devor orasida bolalar qabri) yangi jihatlar paydo bo`ladi. Yangi etnik birliklar eskilari bilan aralashib, yangi moddiy va ma’naviy madaniyatni vujudga keltirdilar.
Taxminan, er. avv. XVIII asr oxirlarida Bolqon Yunonistonida mustahkamlangan kichik-kichik qishloqlar ko`plab paydo bo`ladi. Qabrlarda metall qurollar uchramaydi. Bolqon Yunonistonini Kritdan (qabrlarda Krit ko`zalari, Krit namunasiga taqlid qilib yasalgan sopol buyumlar) boshqa hududlar bilan aloqalari deyarli yo`q edi. Er. avv. 1600-yillar atrofida Kritda yuksak rivojlangan madaniyat mavjud bo`lgan paytda Bolqon Yunonistonida jiddiy o`zgarishlar yuz berdi.
Axeylar er. avv. III ming yilliklar oxiri-II ming yillikning birinchi yuz yilliklarida Yunositon janubiga asta-sekin siljib, o`z manzilgohlarini barpo qila boshladilar. Ehtimol, ular ilk bor kulolchilik charxi, ot qo`shilgan arava va jang aravasini olib keldilar. Er. avv. XVI asrda kelgindilarning mahalliy aholi bilan to`la assimilatsiyasi tugallandi. Natijada yangi samarali iqtisodiyot, zodagonlar (ko`pincha harbiylar), kohinlar, oddiy jamoachilardan iborat ijtimoiy guruhlar shakllandi. Markaziy va Janubiy Yunonistonda qudratli davlat markazi Mikena shahri va boshqa ilk davlatlar (Tirinf, Pilos, Afina) shakllana boshladi.
Miken madaniyati Ilk Miken (er. avv. 1700-yillardan-1550-yillargacha), O`rta Miken (1550-1400-yillar) va So`nggi Miken (1400-1200-yillar) davrlariga bo`linadi. Egey havzasida 400 yil davomida bir xil madaniyatni mavjud bo`lishi uni shartli ravishda “Miken” madaniyati deb atalishiga sabab bo`ldi. Miken (Axey) sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davri er. avv. XV-XIII asrlarni o`z ichiga oladi. Mikena siyosiy markaz sifatida o`z hukmronligini keng qamrovda amalga oshira olmadi. Mikenada olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida faqat Mikena madaniyatiga mansub inshootlar qazib ochilgan. 1876-yilda arxeolog G. Shliman Mikenadan qoyaga o`yilgan shaxta tipidagi qabrlarni topdi. Qabrlardan kumush va oltin bilan bezatilgan jez qilichlar, oltin va kumush qadahlar, tilla niqoblar va boshqa buyumlar topildi. Qabr toshlarida ov va jang manzaralari tasvirlangan.
Er. avv. XV asrdan Mikenada va Yunonistonning boshqa viloyatlarida gumbazli qabrlar rasm bo`la boshladi. Bunday qabrlarda hokimlar dafn qilingan. Mikenadagi mashhur “Agamemnon qabri” hashamatli va ulug`vor qilib qurilgan. 5 metrgacha balandlikda bo`lgan og`ir eshiklar, usti har biri taxminan 120 tonna keladigan ikki xarsang tosh bilan yopilgan. Qabrlardan ko`p miqdorda qimmatli buyumlar, qurol-yarog`lar topilgan. Mikena madaniyatining kulolchilik mahsulotlari Rodos, Kipr, Kichik Osiyo, Misr, Sitsiliya va Janubiy Italiyaga chiqarilgan. Bolqon Yunonistonida er. avv. 1400-yildan mustahkamlangan qo`rg`onlar (Terin, Mikena, Afina, Fiva, Iolik) paydo bo`ladi.
Mikena san’ati ko`p jihatdan Krit madaniyati bilan o`xshash. Mikena tasviriy san’atida mavhum va o`simliklar tasviri, hashamatli kiyingan kishilarning bir xildagi tantanali yurishlari mavjud. Tasvirlarda statiklik, shartlanganlik hukm suradi. Bu davrda monumental me’morchilik mavjud emas. Diniy tasavvurlar to`g`risida ma`lumotlar juda kam. Diniy rasm-rusumlar gemma va muhrlarda ifodalangan. Joylardan diniy topilmalar bo`lgan mehroblar qoldiqlari topilgan.Ayniqsa, arxeologik izlanishlar natijasida topilgan vaza o‘zining noyob asar namunasi ekanligi bilan ajralib turadi.
XX asrning 60-yillarida Mikena akropolidan (mustahkamlangan qal’a) diniy marosimlar bajariladigan markaz topildi. Markazdan topilgan topilmalar ichida qo`llarini yuqoriga ko`targan 16 ta loy haykalcha, loydan yasalgan ilonlar va mexrob bor. Muqaddas joy yaqinida turar joy binosi bo`lib, tadqiqotchilarning fikricha, bu binoda bosh kohin yashagan. 1953-yil ingliz olimlari Ventris va Chedvik Mikena saroylaridan topilgan buyumlarda sanoq, hisob-kitoblar to`g`risida ma’lumot beradigan loy taxtachalardagi mikena yozuvlarini o`qidilar.
Miken sivilizatsiyasining asosiy markazlari er. avv. XV-XII asrlarda Mikena, Tirinf va Pilos edi. Ularning ichida Mikena bu davrda eng kuchli davlat birlashmalaridan biri bo`lib, axey dunyosining yetakchisi bo`lgan. Gomer Mikena podshosi Agamemnonni Troyaga qarshi umumyunon yurishining yo`lboshchisi deb tilga oladi. Zaiflashgan Krit er. avv. XV asr o`rtalarida Mikena istilosiga uchrab, unga qaram bo`ldi. Axey hukmdorlari Mikenada ulkan inshootlar, boyliklarga to`la “shaxta qabrlar, mustahkam qal`alarni barpo qildilar. Miken qal`asining kirish qismidagi darvozaning tepa qismida ikki sher rel`ef tasviri tushirilgan. Miken shahrida hashamatli podsho saroyi, Miken hukmdorlarining katta va ajoyib sog`onalari mavjud.
Tirinf Mikenga qo`shni bo`lgan yana bir axey davlat birlashmasi edi. Tirinf hukmdorining saroy qal`asi balang va ulug`vor qurilgan. Qal`a devorlari og`irligi 12 tonnagacha bo`lgan yaxlit ohaktoshlardan bunyod qilingan. Ularning eni 4,5 metrgacha, balandligi 7,5 metrgacha yetadi. Qal`a devorlarining ba`zi joylarida oziq-ovqat va qurol saqlanadigan ombor inshootlari qurilgan.
Qal`aning ichida ikkinchi mudofaa devori tepalikda joylashgan podsho saroyini himoya qilgan. Saroyga yaqinlashish maxsus to`siq inshootlari bilan himoyalangan. Qal`ada ichimlik suv zahirasi bilan shahar tashqarisidagi suv manbasiga boradigan yashirin yerosti yo`li qurilgan. Chunki Tirinf uchun eng xavfli raqib Miken 17 km uzoqlikda joylashgan edi. Tirinf saroyi devorlari ov manzaralari, hashamatli kiyingan xonimlarning aravadagi tasvirlari bilan bezalgan.
Axey davlatlaridan yana biri Peloponnesning janubiy-g`arbida joylashgan, markazi Pilos bo`lgan Pilos davlatidir. Gomer “Iliada” dostonida Troyaga qarshi yurishga qatnashgan yunon floti ichida eng ko`p sonli 90 kemadan iborat Pilos floti to`g`risida hikoya qiladi. Bu flotning qo`mondoni Pilos podshosi Nestor edi. Nestor yunon yo`lboshchilari ichida eng donosi, Pilosning o`zi esa, eng boy davlatlardan biri hisoblangan. Pilos podsho saroyi yaxshi saqlanib qolgan bo`lib, Miken saroy me`morchiligining eng yaxshi namunasi hisoblanadi. Bu saroy maydoni boshqalarga qaraganda, kichik bo`lsada, uyg`un rejalashtirilgan. Saroy devori freskalar bilan, toshdan yasalgan pol geometrik va dengiz mavjudotlari tasvirlari bilan bezatilgan. Xonalarning biridan Pilos davlati va jamiyati, Miken sivilizatsiyasining turli sohalari to`g`risida ma`lumot beradigan bir yarim ming loy taxtachadan iborat arxiv topilgan. Pilos doimiy raqobat va o`zaro urushlar ichida bo`lgan Mikena va Tirinfdan uzoqda joylashgan. Pilos er. avv XIV-XII asrlarda eng rivojlangan va farovon davlat bo`lgan. Mikena, Tirinf, Pilos Janubiy Yunoniston va Peloponnesda shakllangan axey davlatlari edi. O`rta Yunonistonda ilk davlat birlashmalari Attika va Beotiya viloyatlarida er. avv. XIV-XII asrlarda shakllana boshladi.
Er. avv. 1000-yillarning oxirida Kipr Kichik Osiyodagi panfiliyalik axeylar tomonidan o`zlashtiriladi. Er. avv. XIV asrda Kichik Osiyoda Axaya davlati mavjud bo`lgani to`g`risida mixxat yozuvlari ma’lumot beradi. Xett manbalarida (XIV-XIII asrlarda) Axayadeb atalgan davlatni tadqiqotchilar Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo va Rodos orolida deb turli farazlar qiladilar. Yunonistonning Axaya davri siyosiy tarixi yaxshi yoritilmagan. Ba`zi olimlar Mikena boshchiligida yagona Axaya davlati mavjud bo`lganini yozadilar. Lekin bir necha Axaya davlatlari mustaqil mavjud bo`lib, ular vaqtinchalik birlashgan bo`lishlari mumkin. “Iliada” va “Odisseya” dostonlari asosi bo`lgan voqealar Troyaga harbiy yurishlar davrida ko`rinishidan shunday bo`lgan. Troya urushi yunonlarning koloniyalar barpo qilishlari jarayonining bir parchasi bo`lishi mumkin. Axey koloniyalari Kichik Osiyoning g`arbiy va janubiy qirg`oqlarida paydo bo`ldi. Rodos va Kiprda axeylar o`rnashib olganlar. Sitsiliya va Janubiy Italiyada axey faktoriyalari (tayanch nuqtalari) paydo bo`ladi.Axeylarning Old Osiyo mamlakatlari qirg`oqbo`ylariga kuchli bosqini “dengiz xalqlarining” harakati deb ataladi. Ilmiy farazlarga ko`ra, er. avv. XIII asrda yuz yil davomida doriylar va boshqa xalqlarning Bolqonga kuchli tazyiqi axey sivilizatsiyasining halokatiga olib keladi. Hatto bu holat Levant yо‘nalishigaham salbiy tasir kо‘rsatgan. Ularning bir qismi Attika va boshqa viloyatlar, Egey dengizi orollari, Kichik Osiyoning g`arbiy qirg`og`I va Kipr orolidasaqlanib qoldi. Qolgan qismi qirilib ketdi.
Er. avv. XII asr boshida Sharqiy O`rtayer dengizining Osiyo qirg`og`ida filimstimlar deb atalgan xalqlar o`rnashadi. Ularning manzilgohlaridan bu yerda ilgari bo`lmagan, shu yerning o`zida ishlab chiqarilgan Mikena sopol buyumlari ko`plab topilgan. Bu vaqtda Bolqon Yunonistoniga shimoldan turli qabila guruhlari migratsiyasi boshlanadi. Yodgorliklarda moddiy-ma’naviy madaniyatning tushkunligi ko`rinadi. Bu vaqtdan boshlab temir o`zlashtirila boshlanadi. Eng avvalo, Peloponnes yarim oroli va Kritga doriylar kelib o`rnashadilar. Troya urushi to`g`risida muammoli fikrlar juda ko`p. Qadimgi Troya Kichik Osiyoda joylashgan bo`lib, jez asrida paydo bo`lgan bo`lishi mumkin. Lekin Troyaning yoshi Mikenadagi shaxta qabrlaridan yosh jihatdan 600 yil katta bo`lgan va Bolqon yarim orolidan kelgan qabilalar tomonidan bosib olinishi mumkin emas edi. Troya shahri hududidan arxeologlar VI madaniy qatlamni qazib ochdilar. Bu madaniy qatlamlar Troyada hayot uzluksiz davom etganligidan dalolat beradi. Er. avv. 1800-yillar atrofida Troya-VI qatlami paydo bo`ldi.

Download 36,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish