Mavzu: Krit – minoy svilizasiyasi Reja



Download 36,55 Kb.
bet4/6
Sana08.04.2023
Hajmi36,55 Kb.
#926069
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-лекция

5. Gomer davri Yunonistoni. Yunon tarixidagi er. avv. XI-IX asrlarni tarixchilar “Qorong`i davrlar” deb ataydilar. Chunki bu davrga oid ma`lumotlar juda kam. Er. avv. XI-IX asrlardagi yunon tarixini o`rganish bo`yicha asosiy manba bo`lib, Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari xizmat qiladi. Shu sababli bu davr Gomer davri deb ataladi. Bu davr uchun asosiy manba bo`lgan Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari orqali yunon jamiyatining uch yuz yillik hayotini qayta tiklash mumkin. Poemalarda axeylarning Troyaga yurishi, shaharning bosib olinishi, Troya urushi qahramonlaridan biri bo`lgan Odisseyning ko`pgina sarguzashtlardan so`ng, uyga qaytishi hikoya qilinadi. Shu tarzda poema axey sivilizatsiyasining gullab-yashnashining so`nggi davri hayotini tasvirlaydi. Lekin Gomerning o`zi er. avv. VIII asrda yashagani uchun o`tmish voqealarini o`zi yashagan davr nuqtai nazaridan zamonaviylashtirdi.
Axey sivilizatsiyasi asta-sekin tushkunlikka uchradi. Er. avv. XIII asr oxiridan axeylarning tushkunligidan foydalanib, shimoldan doriy qabilalari Yunonistonga bostirib kirdi. Doriylar er. avv. XI asrning oxiriga kelib butun Shimoliy va O`rta Yunoniston, Peloponnes yarim orolining katta qismini egallab oldilar. Bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti past darajada edi. Dostonlarda aholi qishloqlarda yashab, shahar to`g`risida tasavvurga ega bo`lmagani bayon qilinadi. Xo`jalik natural shaklda bo`lib, aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanadi. Asosiy ekin tariq edi. Savdo ibtidoiy ayirboshlash holatida edi. Gomer davri yunonlari, hatto, ularning zodagonlari ham kichik, qo`pol qurilgan, poli tuproq, xona o`rtasida gulxan yoqiladigan uylarda yashaganlar. Er. avv. XI asrda xo`jalik hayotidagi bir qancha tushkunlikdan so`ng, temir o`zlashtirilib, xo`jalik hayotini jonlanishi boshlandi. Ammo Yunonistonda unumdor yerlar juda kam edi. Taqchil bo`lgan unumdor yerlarning asosiy qismini donli ekinlar egallay boshlagan. Bog`dorchilik, uzumchilik va zaytun daraxtlarini o`stirish ham yo`lga qo`yilgan. Chorvachilik rivojlangan. Gomer poemalariga ko`ra, qoramol ayirboshlash vositasi bo`lgan. “Iliada”da katta uch oyoqli jez buyum 12 buqaga, mohir usta ayol 4 ho`kizga tenglashtiriladi. Hunarmandchilikda katta o`zgarishlar yuz berdi. Temir keng qo`llanila boshlandi. Jamoada oilalarning birgalikdagi mehnatiga o`rin qolmadi. Temir mehnat quroli mehnat unumdorligini oshirdi. Oila o`z moddiy ehtiyojini o`z mehnati bilan qondirish imkoniyatiga ega bo`ldi.
Erkin dehqon xo`jaligi asosiy ishlab chiqaruvchi bo`ldi. Jamoaning alohida bir ko`rinishi sifatida polis jamiyat tashkilotining asosiy shakli edi. Patriarxal oilaning boshliqlari polis fuqarolari edilar. Har bir oila iqtisodiy mustaqil birlik bo`lib, ular siyosiy teng edilar. Polis tarkibiga shahar va uning atrofidagi qishloqlar kirgan. Jamoada shakllanayotgan urug` zodagonlari jamoani o`z nazorati ostiga olishga urinar edilar. Polis-jamoa asosan asosiy ikki vazifani bajargan: aholini va hududni qo`shnilar bosqini va tazyiqidan himoya qilish va jamoaning ichki munosabatlarini tartibga solish. Hali davlat tashkiloti yuzaga kelmagan edi.
Shu davr oxirida yunon dunyosi dehqonlarni birlashtirgan yuzlab kichik polis-jamoalardan iborat edi. Asosiy iqtisodiy birlik mustaqil xo`jalik yuritish asosida tirikchiligini o`tkazadigan, oddiy turmush kechirib, tashqi dunyo bilan aloqasi bo`lmagan patriarxal oila bo`lgan. Bu dunyoda hali katta yer egalari, yersiz, birovga qaram oilalar, odamlar va jamoa a`zolari yo`q edi.
Kulolchilikda protogeometrik usul shakllandi. Dafn marosimlari o`zgardi. Endilikda tuproqqa dafn etish o`rniga jasadni krematsiya qilish (yoqish) rasm bo`ldi. Er. avv. XI asr oxiridan Kichik Osiyoning g`arbiy qirg`og`ida yunon qo`rg`onlari paydo bo`lib, ularning aholisi eoliy, ioniy, va doriy shevalarida so`zlashgan. Yunonlar oqsoqollar saylab qo`yiladigan urug` jamoasida yashaganlar. Ayrim paytda urug`lar o`zlariga tegishli biror-bir umumiy masalani yechish uchun kattaroq tashkilot-fratriyaga birlashganlar. Fratriyalar birlashib, qabila-filni tashkil qilgan. Fratriya va urug` bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan. Urug` boshliqlari bilan bir qatorda, fil va fratriyaning Gomerda filobasiley deb eslatiladiganyo`lboshchilaribo`lib, urug` boshliqlari ularga o`z hokimiyatlarining bir qismini berganlar.
“Odisseya” va “Iliada” dostonlarini o`qiganda, yunon jamoasidagi mulkiy tabaqalanishni, urug`chilik munosabatlarini zaiflashganini, basileylar bilan hokimiyatga intilayotgan ko`p sonli zodagonlar qatlamini shakllanayotganini kuzatish mumkin. Poemalarda temirchi, tosh teruvchi, duradgor va kema yasovchilar to`g`risida hikoya qilinadi. Erkin kishilar bilan bir qatorda, qullar ham mehnat qilganlar. Qulchilik hali xonaki shaklda ko`rinadi. Ularning soni ko`p emas edi. Xo`jayin qul bilan yonma-yon jismoniy mehnat qilishdan hali jirkanmagan. Odisseyning otasi Laert yerga ishlaydi. Uning xotini Penelopa kalava yigiradi. Navsakiya kir yuvadi. Odissey sol, Paris butun bir saroy qur`adi. Odisseyning xo`jaligida 50 qul bo`lgan. Gomer o`tmish qahramonlarini sharaflab, o`zi yashagan davrning mavjud ijtimoiy tabaqalanishining hayotiy tasvirini chizadi. Troyani qamal qiluvchilar bilan yo`lboshchi Agamemnon o`rtasida unga qarshi norozilik tug`diruvchi, o`jar Tersit obrazining kelib chiqishi voqeasida ijtimoiy hayotni ko`rish mumkin. Olimp xudolariga borib taqaluvchi yo`lboshchi podsholar bilan oddiy xalq ommasi o`rtasidagi yetilib kelayotgan qarama-qarshiliklar bu kichkina bir epizodda o`z aksini topgan.

Download 36,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish