Mavzu: Kulolchilikka oid narsa, idish, buyum nomlari



Download 25,92 Kb.
bet1/2
Sana09.07.2022
Hajmi25,92 Kb.
#767172
  1   2
Bog'liq
Kulolchilik


Mavzu: Kulolchilikka oid narsa, idish, buyum nomlari
Reja:

  1. Kirish

  2. Kulolchilik haqida

  3. Qadimgi sopol idishlar

  4. Sopol idishlarning tayyorlanishi

  5. Xulosa


Kirish
Kulolchilik tovarlari sopol va keramika deb atalmish farfor, fayans shamda mayolikalardan tayyorlanadi. Sopoldan buyum ishlab chiqarish birinchi bor Misrda eramizdan oldin 4 ming yil oldin boshlangan. Farfordan buyum ishlab chiqarish sirlarini xitoyliklar eramiz boshida bilib olishgan.Mayolika so‘zi Ispaniyadagi Mayorka oroli va fayans so‘zi Italiyadagi Faens shashri nomlaridan olingan. O‘zbekistonda kulolchilik tovarlari Toshkent, Samarqand, Quvasoy, Bog‘ot chinni, SHerobod kulolchilik va Rishton badiiy kulolchilik zavodlari shamda Angren kulolchilik kombinatida ishlab chiqariladi. Yurtimizda Angren, Olmaliq, Oqtosh va Nurobodda kaolin konlari, SHo‘rsuvda kuydirganda oqaradigan gil, Chotqol va Langarda pagmatit, Zirabuloq, Ziyovuddinda dala shpati, Dehqonobod va G‘uzorda dolomit konlari mavjud. Farfor, fayans va mayolikaning asosiy xom ashyosi kaolin shisoblanadi. Uning tarkibidagi kaolinit, qizdirilganda mullit va kristoballit kristallariga aylanadi. Undan loy tayyorlashda qayishqoqligini oshirish uchun qizdirganda oqaradigan gil qo‘shiladi. qizdirib sovutilganda bo‘lg‘usi buyumning kichrayib qolish darajasini kamaytirish uchun loyga oq qum qo‘shiladi. Loyni pishirish sharoratini pasaytirish uchun dala shpati yoki tarkibi 75% dala shpati va 25% qumdan iborat pegmatit qo‘shiladi. Xom-ashyolar aralashmasidan qorilgan loy gips qoliplariga solinib, ustidan g‘ildirakcha yurgizish natijasida buyum shakllanadi. Mayolika buyumlari, farfor va fayans idishlarining bandlari va jo‘mraklari shamda shaykalchalar quyish usulida ishlab chiqariladi. Idishlar bandi shamda jo‘mragi xom-ashyolarga sir tarkibidagi moddalar, dekstrin yoki karboksimetilselluloza qo‘shilgan aralashma bilan yopishtiraladi, keyin sho‘l qum solib pishirilgan idishlarning bandi va jo‘mragi ko‘tarishga bardosh berishini tekshirish lozim. Shakllangan buyumlar quritilib, 2 marta qizdiriladi. Kulolchilik buyumlar xom-ashyosi bo‘yicha 7 turga bo‘linadi: Qattiq farfor. Loyi 40% kaolin, 25% kvars qumi, 25% pegmatit va 10% gilda qorilib shakllantirilgandan keyin 900 va 1410 selsiy gradusda pishiriladi. g‘ovakligi 0,5% bo‘lib, 2b5 mm gacha qalinlikdagi devori orqali yorug‘lik shu’lasi ko‘rinib turadi. Undan tayyorlangan 120 ta tovoqchani 5 kun mobaynida ustma-ust qilib saqlashga bardosh beradi. Yumshoq farfor. Loyi 25% kaolin, 30% kvars qumi yoki suyak kuli, 40% pegmatit va 5% gildan qorilib shakllantirilgandan keyin 900 va 1300 selsiy gradusda pishiriladi. Buyum yupqa devorli bo‘lib shamma joyidan yorug‘lik shulasi ko‘rinib turadi. Fayans. Loyi 2 % kaolin, 40% kvars qumi 30 % gil va 10% pegmatit aralashmasidan qorilib, shakllantirilgandan keyin 1280 va 1050 gradusda pishiriladi. g‘ovakliligi 9-12 % atrofida bo‘ladi. Undan tayyorlangan tovoqchalarning 100 tasini 5kun mobaynida ustma-ust qilib saqlashga bardosh beradi. Yarim farfor. qattiq farfordan farqi xom ashyosiga gil kaolin shisobidan 5% ko‘proq qo‘shilishida bo‘lib , undan umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatiladigan qalin devorloi idishlar tayyorlanadi. Pishirilishi fayansniki kabi. qalinligi uchun idish yuvish mashinalarida yuvishga chidamli bo‘ladi. g‘ovakliligi 5-8% atrofida. Mayolika buyumlari. Loyi 15% kaolin, 25% oddiy gel va 30% dan kvars qumi bilan nefelin, yoki kvars dala shpatidan iborat permit aralashmasidan qorilib, shakllantirilgandan keyin 2 marta 900 gradusda pishiriladi. g‘ovakliligi 15% bo‘ladi. Olovbardosh sopol. Loyi 30% oddiy gil, 45% permit 25 % nefelin yoki sillimanit aralashmasidan qorilib, shakllangandan keyin bir marta 900 gradusda pishiriladi. Undan tayyorlangan xumchada ovqat pishirish mumkin. Oddiy sopol. Loyi 85% oddiy gil va 15% kvars qumi aralashmasidan qorilib, shakllanganidan keyin 1 marta 900 gradusda pishiriladi. Undan tovoq, kosa, ko‘za, gul tuvagi, yodgorliklar va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Buyumlar 1-qizdirishdan keyin sirlanadi. Farforning siri 31% kvars qumi, 34% pegmatit, 14% dolomit, 16% farxor sig‘imi va 5% kaolin aralashmasidan tayyorlanadi. Fayans va mayolika siri 26% kvars qumi, 19% dala shpati, 12% dan stronsiy karbonati va buyum siniqlari, 11% bura, 9% soda, 8% kaolin va 3% bo‘r aralashmasidan tayyorlanadi. Mayolika buyumlari odatda rangli sir bilan qoplanadi. Sir tarkibiga qo‘rg‘oshin antimonati qo‘shilsa sariq, from oksidi yashil, kobalt oksidida ko‘k, temir oksidida jigar rang va shammasining aralashmalari qo‘shilsa boshqa ranglar shosil bo‘ladi. Oziq-ovqat idishlari siriga qo‘rg‘oshin oksidi qo‘shilmaydi.
Farfor siri tarkibida 2-3 valentli metal oksidlar ko‘pligi uchun u sakkiz marta 100-180 gradusgacha qizdirilib, 16 gradusdagi suvga botirilsa sham yorilmaydi. Fayans siri 7 marta 100-120 gradusda va 16 gradus oralig‘idagi sharorat o‘zgarishlariga chidam beradi. Mayolika siri faqat 4 marta 100-160 gradus oraliqdagi issiqlik o‘zgarishiga chidaydi. Sopol yodgorliklarining siri 30% kvars qumi, 36% dala shpati, 17% chinni siniqlari, 12% golomit va 5% kaolin aralashmalaridan tayyorlanadi. Sirga rang berish uchun rangli shishalar uchun yoki lantanoidlar oksidlari qo‘shiladi. Boshqa sopol buyumlarining siri 60% gil, 10% kaolin, 20% kvars qumi, 10% metall oksidlaridan iborat rangli angobdan olinadi. Metall oksidlaridan kobalt ko‘k, xrom va mis yashil, temir jigar rang shamda marganets sariq rang beradi.

Download 25,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish