Mavzu: maktabgacha yos


Rejani tarmoqlash metodi orqali tushuntirish



Download 430,38 Kb.
bet34/35
Sana29.04.2022
Hajmi430,38 Kb.
#594578
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
diplom ish Yo\'ldasheva Dinora

Rejani tarmoqlash metodi orqali tushuntirish.


Jonli tabiat deb - o’sadigan, rivojlanadigan, ko'payadigan, nasl qoldiradigan, oziqlanadiganlarga aytiladi. M: Inson, o 'simlik, baliq, qush, hayvonlar, xashoratlar va bakteriyalardir.
Jonsiz tabiat deb - rivojlanmaydigan, ko'paymaydigan, nasl qoldirmaydigan, oziqlanmay diganlarga aytiladi. Masalan: Oy, yulduz, quyosh, suv, tosh, tuproq, qum va boshqalar.
Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga ycr, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o'simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat deyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o'smaydi, ko'paymaydi, rivojlanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas.
Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o'sadilar va ko'payadilar. Jonli tabiat vakillari o'simlik, havo, suv, yorug'lik, issiqlik va ozuqa bo'lmasa yashay olmaydi.
Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi, mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma'naviy boyitishning bitmas-tuganmas manbaidir.
Tabiat bilan inson o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlashda eko­logik ta'lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta'lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o'ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o'z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg'otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an'analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak ma'naviyatli shaxs-ning shakllanishiga olib keladi.


XULOSA
Hozirgi davrga kelib, insoniyat tabiatga ongli madaniy munosabatda bo’lish, uning kelajagini belgilovchi omil ekanligini anglay boshladi. Shu asosda “Tabiat – jamiyat – inson” munosabatlarini tabiat foydasiga isloh qilish, unga madaniy munosabatda bo’lish jarayoni kelajakda madaniyat shakllanishining ekologik ehtiyojlar doirasida integrasiyalashuvi natijasida ekologik-ahloqiy madaniyat, ekologik-huquqiy madaniyat, ekologik – iqtisodiy madaniyat va boshqa ekologik madaniyat yo’nalishlari vujudga kelib, o’z mazmuni vazifalarini konkretlashtirmoqda. Ekologik madaniyat maxsus ijtimoiy madaniyat sifatida inson va jamiyatning tabiatga nisbatan amaliy munosabatini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish funksiyalarini bajaradi. Tabiiy atrof–muhit muhofazasining olamshumul muammoga aylanishi va kattalashib ketayotganligi ijtimoiy hayotda ekologik madaniyatning ustuvorlashib borishi qonuniyati vujudga keldi. Chunki mamlakatlarning notekis rivojlanayotganligi tabiiy atrofmuhit muhofazasiga, ayniqsa, uning texnik-texnologik, intelektual, moddiy– ma‟naviy imkoniyatlarini cheklanganligi:
Ilmiy adabiyotlar bilan tanishish va amalga oshirgan ilmiy izlanishlarimiz natijasida quyidagicha xulosalarga keldik:
1. Ekologik ta‟lim-tarbiyada, ayniqsa, tabiatni e‟zozlash haqidagi sharqona, o’zbekona ta‟lim-tarbiyada hikmat ko’p, tabiatga mehr-muhabbat borasida oilada, bog‟chada keyin esa maktabda, lisey va kasb-hunar kollejlarida ekologik ta‟limtarbiya uzluksiz bolalarga singdirilib, shakllantirilib borishi lozim.
2. Ekologik ta‟lim-tarbiyaga oid bo’lgan ajdodlarimiz asriy tajribalarini, zamonaviy mezonlar asosida davom ettirish, ijodiy rivojlantirish davr talabidir. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida tabiatni e‟zozlash, ularga ekologik ta‟limtarbiya berish, ularning murg‟ak qalbida, tabiat boyliklariga, mehr-shafqat, rahmdillik singari yuksak ma‟naviy axloqiy fazilatlar ustuvorlik qiladigan yosh bolalar, tabiatdagi har bir narsaga oqilona munosabatda bo’ladi.
3. Hozirgi kunda respublikamizning barcha maktabgacha ta‟lim muassasalari, maktab, lisey, kollejlarida uzluksiz ekologik ta‟lim-tarbiyani, ekologik bilim, ko’nikmalarni bolalar qalbiga singdirish va ularda shakllantirish lozim.
4. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ma‟naviyatni singdirish va shakllantirishning yana bir yo’li, barcha keng axborot vositalari orqali, aholining barcha yoshu, qari aholisiga ekologik bilimlarni targ‟iborni izchil davom ettirish kerak.
5. Maktabgach yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya mashg‟ulotlarda, tadbirlarda tarbiyachi tamonidan berib borilishi va bunday tadbirlarga ota- onalarni jalb qilishi lozim.


Download 430,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish