Mavzu: matn. Matnni tashkil etuvchi birliklar va matn turlari



Download 55,55 Kb.
bet1/13
Sana07.10.2022
Hajmi55,55 Kb.
#851753
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-MA’RUZA-1


MAVZU: MATN. MATNNI TASHKIL ETUVCHI BIRLIKLAR VA MATN TURLARI.
Reja:
1. Matn ta’rifi va birligi masalalari.
2. Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari.
3. Tipologik jihatdan matn tiplari.
4. Funksional uslublar nuqtai nazaridan matn tiplari.
5. Tilning vazifalari nuqtai nazaridan matn tiplari.


Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarga matnning ta’rifi, birligi masalasi hamda matnni tashkil etuvchi birliklar hamda matn tiplari to‘g‘risida tushuncha berish.
Tayanch tushunchalar: kogeziya, kogerentlik, intensionallik, adresatlik, informativlik, situativlik, intertekstuallik.
Mavzuning qisqacha mazmuni: Yevropa tilshunosligida matnni o‘rganishga e’tibor kuchayib, u hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biri sanalishini asoslash. Matnning grammatik hamda stilistik tomonlarini tadqiq etish, uning semantik-funksional jihatlarini ifoda etuvchi vositalar va usullarini o‘rganish.


Mavzuning bayoni:
«Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘z ekanligi va aynan tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida tekst so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: [r‹lat] 1.Yozilgan, ko‘chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi; matn. Maqolaning teksti. 2. Musiqa asariga, masalan biror kuyga, opera, roman va shu kabilarga asos bo‘lgan she’r, so‘z. 3.Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi1. Yangi tahrirdagi izohli lug‘atda shunday ta’riflanadi: matn [arabcha – yelka; nutqning yozuvdagi ifodasi, tekst] 1. Yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat. 2. Bosma nashrning rasm, chizma va izohlarsiz asosiy qismi2.
I.R.Galperin matnning ma’lumot berish, bo‘linuvchanlik, kogeziya, kontinuum, qismlar avtosemantiyasi, retrospeksiya va prospeksiya, modallik, yaxlitlik va tugallanganlik kabi sakkiz kategoriyasi mavjudligi haqida ma’lumot beradi.3 Y.M.Lotman «matn ifodalanganlik(ma’lum bir fikr ifodalangan bo‘lishi), chegaralanganlik (mazmun va ifodadagi me’yoriylikning bo‘lishi) va struktural butunlik belgilariga ega bo‘lishi lozim»4ligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, badiiy matn uchun mazkur belgilar favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.
Matn uslubiy mohiyatiga ko‘ra ilmiy matn (tezis, maqola, ma’ruza, taqrizlar), badiiy matn (nasriy va nazmiy asarlar), rasmiy matn (ma’lumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar), ommabop matn (maqola, suhbat, tabrik va xitob nutqi matnlari ) kabi tarmoqlarga bo‘linadi.
Matn o‘ziga xos murakkab strukturaga ega bo‘lgan nutqning eng yirik birligidir. So‘nggi yillarda yaratilgan ishlarda matn tushunchasi ostida katta bir asarning ayrim qismlari, qisqa hikoyalar, ayrim maqolalar, ish qog‘ozlari turlari kabilar to‘laligicha matn deb nomlana boshlandi.
Chet el va rus tilshunosligida matn muammolari bo‘yicha diqqatga sazovor ishlar qilingan: dissertatsiyalar himoya qilingan, monografik tadqiqotlar e’lon qilingan.
Matn tarkibiga kiruvchi nisbiy mustaqil gaplar - komponentlar mazmunan umumiy bir temani ifodalash uchun xizmat qiladi. Shu tema matn komponentlari yordamida har tomonlama yoritiladi. Ana shu umumiy tema matnning mazmuniy yadrosi hisoblanadi. Bir mazmuniy yadroning yana boshqa bir mazmuniy yadro bilan bog‘lanishi-aloqaga kirishi bilan makromatnlar hosil qilinadi. Natijada asarning bir qismi yoki to‘la bir asar yaratiladi.
Bu asar makromatn bir necha mazmuniy yadrolar, ular reallashtiruvchi yirik sintaktik butunliklar, abzaslardan iborat bo‘ladi.
Inson alohida olingan so‘zlar bilan emas, gaplar va matn yordamida aloqaga kirishadi. Shuning uchun ham kommunikativ funksiya bajarish darajasi jihatdan matn birinchi o‘rinda turadi. Matn til birliklari yig‘indisining harakatdagi ko‘rinishidir.
Matnning eng kichik birligi gapdir. Matn nazariyasi gapning aktual bo‘linishi muammosi bilan chambarchas bog‘liqdir. Matnda ham gapga xos aktual bo‘linish kuzatiladi. Matn temasi-nutq predmeti, matn remasi esa temaning nimadan iborat ekanligidir. Matnning aktual bo‘linishida gapiruvchi yoki yozuvchining strategiyasi, maqsadi muhim rol o‘ynaydi.
Demak, matn semantik-sintaktik-stilistik butunlik bo‘lib, o‘ziga xos murakkab strukturaga ega. Matn strukturasi tarkibiga kiruvchi komponent birliklar quyidagilardir:
1) gap- sodda yoki qo‘shma gaplar, ularning murakkablashgan ko‘rinishlari;
2) supersintaktik butunliklar;
3) abzas;
4) period.
Matnni shakllantiruvchi vositalar.
Matn komponentlari (grammatik jihatdan mustaqil shakllangan gaplar) o‘rtasida mustahkam semantik-grammatik aloqa mavjud. Bu aloqa biror gapni tashkil etuvchi bo‘laklarning o‘zaro aloqasidan farq qilgani holda, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Semantik-grammatik aloqaning bu turi qo‘shma gap qismlari orasidagi mazmuniy va sintagmatik munosabatga o‘xshab ketadi, lekin murakkab holatda namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, qo‘shma gap komponentlari orasida biriktirish, qiyoslash, zidlash, sabab-natija, shart-payt, o‘xshatish, izohlash kabi mazmuniy munosabatlar ifodalanadi. Bu munosabatlar qo‘shma gapning mavjud uch turi: bog‘lovchisiz, bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gaplarda komponentlarni o‘zaro biriktiruvchi sintaktik aloqa vositalari: intonatsiya, bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar, gap bo‘laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so‘zlarning takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bo‘laklar, kesimlanish zamon munosabati orqali yuzaga chiqadi. Qo‘shma gaplarda semantik-grammatik aloqa predikativ birliklar orasidi o‘rnatiladi. Matnlarda esa bunday aloqa bir butun sodda yoki qo‘shma gaplar o‘rtasida yuzaga chiqib, uning semantik va struktural yaxlitligini ta’minlaydi. Natijada matnni tashkil etuvchi nisbiy mustaqil gaplar orasida zanjirli mazmuniy aloqa o‘rnatiladi.
Matnlarda gapga xos belgilar bilan birga, alohida o‘ziga xos xususiyatlar ham kuzatiladi. Uning komponentlari orasidagi aloqalar tekshirilganda, shuni ko‘rish mumkinki, matnni tashkil etuvchi mustaqil gaplar faqat odatdagi sintaktik aloqa vositalari - bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamidagina emas, balki boshqa turdagi sintaktik aloqa vositalari (masalan, olmoshlar, sinonimlar) orqali ham bog‘lanishi mumkin.
Matn gapga nisbatan to‘liq tugallangan nutq ko‘rinishi hisoblangani uchun, u o‘zida ma’lumotlarni mujassam etadi, gapda esa ana shu ma’lumotlardan bittasi ifodalangan bo‘ladi.
Har qanday so‘zlarni biriktirib so‘z birikmasi yoki gap hosil qilib bo‘lmaganidek, har qanday gaplarni biriktirib matn hosil qilib bo‘lmaydi. Matnda gaplar o‘zaro mazmuniy aloqaga kirishgan bo‘lishi, kichik bir mavzu, bir gap doirasida emas, bir necha gaplar orqali yoritilishi shart.

Download 55,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish