Mavzu: Milliy innovasion tizimlar konsepsiyalari Reja: Kirish Asosiy qism



Download 55,47 Kb.
bet1/9
Sana10.04.2022
Hajmi55,47 Kb.
#541138
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Innovatsiya mustaqil ish


Mavzu: Milliy innovasion tizimlar konsepsiyalari
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Fan texnika rivojiga yo’nalishlar

  2. O`zbekistonning milliy innovatsion tizimi: salohiyati va samaradorligi

  3. Zamonaviy innovatsion muhit

  1. Xulosa va takliflar


Kirish
Bugungi kunda respublikamizda milliy innovatsion tizimga katta ahamiyat qaratilmoqda. Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi “O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun 50 million dollar miqdorida mablag‘ ajratishni ma’qulladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanellining ta’kidlashicha, tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan yangi loyiha hukumatga bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlay oladigan milliy innovatsion tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Bu davlat, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xususiy sektor o‘rtasida ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy va innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni tijoratlashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Loyiha davlat ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlarda xalqaro darajadagi tadqiqotlarni o‘tkazishga hissa qo‘shadi va ularning ish natijalarini tijoratlashtirishga imkon beradi. Ushbu tashkilotlarning tadqiqotchilari 50 ga yaqin ilmiy-tadqiqot ishlarini, shu jumladan xalqaro tadqiqotchilar va xususiy sektor ishtirokidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtiradigan grantlarga ariza topshirishlari mumkin.
Tadqiqot mavzulari qayta tiklanadigan energiya manbalari, kam uglerodli texnologiyalar, tibbiyot va virusologiya sohasidagi turli mavzular, shu jumladan, koronavirus, boshqa ilm-fan va texnologiyalarning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha xalqaro ekspert jurnallarida 50 ga yaqin maqolalarni nashr etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, mahalliy firma va kompaniyalar mahalliy hamda xalqaro bozorlarda talabga javob beradigan yangi yoki mavjud innovatsion mahsulotlar va xizmatlarning startap va ilmiy-tadqiqot ishlariga sarmoya kiritish uchun 30 ga yaqin grant olishlari mumkin. Ular tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologik mahsulotlar, xizmatlar, shuningdek ilm-fan va texnologiyaning boshqa istiqbolli yo‘nalishlarida loyihalarni moliyalashtirishga ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Loyiha doirasida alohida ilmiy-tadqiqot institutlari infratuzilmasi va laboratoriyalarini modernizatsiya qilishga mablag‘lar ajratiladi, ularning ro‘yxati tegishli tashkilotlarning ehtiyojlarini har tomonlama baholagandan so‘ng Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Shuningdek, loyiha mablag‘lari O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni tijoratlashtirishni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan qonunchilik bazasini tayyorlashga hamda ushbu sohalarda tegishli institutsional islohotlarni o‘tkazishga sarflanadi.
Ayni paytda Jahon banki O‘zbekistonga texnik yordam va umumiy qiymati 4,45 milliard dollardan ziyod 24 ta loyihani moliyalashtirish orqali yordam ko‘rsatmoqda. Bu mablag‘lar muhim iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv ta’minoti va kanalizatsiya, energetika, transport, aholini ijtimoiy himoya qilish, shahar va qishloq infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shuningdek koronavirusning sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va mamlakat fuqarolariga ta’sirini yumshatishga yo‘naltirilmoqda.


  1. Download 55,47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish