Mavzu: Milliy innovasion tizimlar konsepsiyalari Reja: Kirish Asosiy qism



Download 55,47 Kb.
bet7/9
Sana10.04.2022
Hajmi55,47 Kb.
#541138
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Innovatsiya mustaqil ish

12. Xalqaro innovatsion haftalik davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi va xorijiy kompaniyalar oʻrtasida investitsion hamkorlik boʻyicha quyidagi mazmundagi 6 ta kelishuv imzolandi:

  1. “Technology Group of America LLC” (AQSH) investitsion kompaniyasi - masofaviy taʼlim, qishloq xoʻjaligi, urugʻchilik, biologik oʻgʻitlar ishlab chiqarish, qazilma boyliklar qazish - 100 mln. AQSH dollari;

  2. UdacityX MOOC (AQSH) kompaniyasi - masofaviy taʼlimga ixtisoslashgan “Kelajak Universiteti” ochish - 40,0 mln. AQSH dollari;

  3. “Voronejselmash” (Rossiya Federatsiyasi) kompaniyasi - urugʻchilik klasterlarini rivojlantirish - 35,0 mln. AQSH dollari;

  4. “TH. Co. Ltd.” (Koreya Respublikasi) kompaniyasi - elektr, gaz, suv hisoblagichlari va gaz taqsimlovchi moslama ishlab chiqarish - 15,0 mln. AQSH dollari;

  5. Qishloq xoʻjaligi texnologiyalari tarqatish bilan shugʻullanuvchi “Xung Li” MCHJ (Xitoy) - urugʻchilik klasteri tashkil qilish - 10,0 mln AQSH dollari;

  6. TOO “Arma LTD” (Qozogʻiston) kompaniyasi - urugʻchilik klasterlarini shakllantirish - 5 mln. AQSH dollari.

Vazirlik va mahalliy tadbirkorlar - ishlab chiqaruvchilar tomonidan urugʻchilik klasterlarini tashkil qilishning oʻziga 16,0 mln. dollarlik 5 ta kelishuv imzolandi. Urugʻchilik sohasini rivojlantirish yoʻlidagi bu kelishuvlarni moliyalashtirishda mamlakatimizning tijorat banklari kredit mablagʻlari ham jalb etiladi.
Innovatsiyalar haftaligi davomida xorijiy va mahalliy hamkorlar bilan jami 221 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish boʻyicha bitimlar va 2,1 mlrd. soʻm miqdorida oldi-sotdi shartnomalari imzolandi
Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2019 yilda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan investitsiya loyihalari 9 tani tashkil etib, bular xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Mazkur loyihalarning 6 tasi boʻyicha manbasi va hajmi aniqlashtirilgan boʻlib, umumiy qiymat 335,7 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Shundan, 150,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi investitsiya asosida Toshkent shahrida davlat-xususiy sherikchilik asosida koʻp tarmoqli jarrohlik markazini qurish rejalashtirilgan.
13. 2018 yil 13 sentyabrda Belarus Respublikasi, 1 oktyabrda Hindiston Hukumatlari bilan fan, texnika va innovatsiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitimlar imzolandi.
“INNOWEEK” davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi va manfaatdor hamkor xorijiy tashkilotlar, kompaniyalar oʻrtasida 30 dan ortiq oʻzaro anglashuv bitimlari va hujjatlari imzolandi. Xususan:
Innovatsion rivojlanish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekiston Respublikasidagi Doimiy vakilligi oʻrtasida davlat boshqaruvida innovatsiyalarni tadqiq qiluvchi Innovatsiyalar laboratoriyasini tashkil etish toʻgʻrisida anglashuv memorandumi imzolandi. Laboratoriyani tashkil qilish va uning faoliyatini moliyalashtirish uchun BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan 400 ming AQSH dollari miqdorida mablagʻ yoʻnaltirish nazarda tutilgan;
Cambridge Innovation Park China Center bilan taʼlim, axborot texnologiyalari, tibbiyot, energetika, sanoat, qishloq xoʻjaligi va kommunal xoʻjaligi sohalarida hamkorlikni nazarda tutgan oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida memorandum imzolandi. Memorandumga muvofiq, Xitoy tarafi Xitoyda mavjud 6 ta texnopark ulangan Kembridj innovatsion parkiga Oʻzbekistonda ochiladigan innovatsion markazlar ulanishiga amaliy koʻmaklashadi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi PQ-3682-son “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, respublikamizda innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, innovatsiya sohasiga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish, olimlarimizning ilmiy natijalarini tijoratlashtirish, yoshlarning ilm-fan va ixtirochilikka boʻlgan qiziqishlarini orttirish maqsadlarida 2018 yilning 23-26 oktyabr kunlari Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz” majmuasida chet el ilmiy-innovatsion markazlari, investitsion jamgʻarmalari, texnologik agentliklari, texnoparklari va biznes inkubatorlarining faol ishtirokida “INNOWEEK” Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi boʻlib oʻtdi.
“INNOWEEK” haftaligi Xalqaro innovatsiyalar yarmarkasi, Xalqaro innovatsion-investitsion forum hamda Xalqaro robototexnika musobaqasi - “International Robotics Challenge” kabi muhim tadbirlar asosida tashkil etildi.
Mazkur haftalikda 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan olimlar, mutaxassislar, ekspertlar, investorlar, tadbirkorlar va diplomatlar ishtirok etdilar. Haftalikka tashrif buyurganlarning umumiy soni 5278 tani tashkil etdi.
Xalqaro innovatsiyalar yarmarkasini tashkil qilish tizimining birinchi “Tashabbuskor biznes” bloki Oʻzbekistonda faoliyat yuritadigan intellektdan foydalangan holda yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “VROnica”, “Deviser”, “Int-Tech”, “Nazzar”, “Neftgaz innovatsiya” MCHJ kabi mahalliy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan nou-xau mahsulotlari namoyish qilindi.
Innovatsiya haftaligida yoshlar oʻrtasida ijodiy taffakur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish hamda Oʻzbekistonga xorij mamlakatlaridan iqtidorli yoshlarni keng jalb qilish maqsadida respublikamiz tarixida ilk bor “International Robotics Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasi tashkillashtirilib, unda umumiy hisobda 
64 ta jamoa, shundan 40 ta mahalliy va beshta xorijiy mamlakatdan tashrif buyurgan 24 ta jamoa qatnashdi.
Yil davoimida Vazirlik tashabbusi bilan innovatsion taraqqiyot yoʻlida qilinayotgan mehnatni munosib taqdirlash uchun bir qator tanlovlar tashkillashtirildi. Xususan:
Taraqqiyot” respublika tanlovi. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi, jamoat tashkilotlari istiqbolli kadrlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirishga hamda davlat organlari xodimlarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3755 qarori qabul qilindi va unga asosan 3 yilda bir marotaba “Taraqqiyot” respublika tanlovini oʻtkazish belgilandi. Mazkur tanlov 16 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi, barcha ishtirokchilar orasidan 100 ta iqtidorli boshqaruvchi kadrlar tanlab olinishi belgilab qoʻyilgan.
2018 yil 1-30 oktyabr kunlari “Taraqqiyot” tanlovga qatnashuvchilarni onlayn roʻyxatga olish boʻlib oʻtdi. Unda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar soni 13500, soʻrovnoma toʻldirganlar soni 8335 tadan ortdi, shundan 1746 tasi “davlat va jamiyat boshqaruvi” yoʻnalishiga toʻgʻri keladi.

Download 55,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish