Mavzu: Odam va hayvonlar organizimida parazitlik qiluvchi bir hujayrali hayvonlar


I.Asosiy qism:Bir hujayrali hayvonlar haqida umumiy malumot



Download 432,25 Kb.
bet2/11
Sana22.06.2022
Hajmi432,25 Kb.
#690289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ABDUG’ANIYEVA SURAYYO

I.Asosiy qism:Bir hujayrali hayvonlar haqida umumiy malumot
Bir hujayrali parazit hayvonlar
Odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi bir hujayralilar, ularning tuzilishi, ко 'payishi, rivojlanishi va tasnifi. Bir hujayrali parazit hayvonlar qo 'zg'atadigan kasalliklar va ularning oldini olish choralari.
Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 39 mingdan ortiq tur kiradi. Ko'pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ularning orasida o'simliklar, hayvonlar hamda odam organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar, nomidan ko'rinib turganidek, morfologik jihatdan tanasi bitta hujayradan tashkil topgan bo'lsada, lekin fiziologik jihatdan mustaqil individlar bo'lib, alohida holda ko'p hujayrali hayvonlarga o'xshab, butun organizmga tegishli barcha vazifalarni o'zi bajaradi.
Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o'z navbatida 5 ta tipga bo'linadi: 1. Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora). 2. Sporalilar (Sporozoa). 3. Miksosporidiyalar (Micsosporidia). 4. Mikrosporidiyalar (Microsporidia). 5. Infuzoriyalar (Infuzoria). Bulardan sporalilar, miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar, asosan, erkin holda hayot kechiradi. Lekin ularning orasida ham mahsuldor hayvonlar va odamda parazitlik qilib, og'ir kasalliklar, hatto, o'limga olib keladigan turlari bor
1.1.Sarkomastigofora tipining parazitlari
Sarkomastigoforalar tipiga 18 mingdan ortiq tur kirib, sarkodalilar va xivchinlilar sinflariga bo'linadi.
SARKODALILAR (SARCODINAl sinfiga 11000 ga yaqin tur kiradi. Parazit holda yashaydigan turlari asosan amyobalar (Amoebina) turkumiga mansubdir. Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi. Ular orasida ichburug' (dizenteriya) amyobasi Entomoeba histolytica) odamlarning ichakida parazitlik qiladi.Umuman, odam organizmida amyobalarining 5 ta turi uchraydi. Ular to’rttasi zararsiz hisoblanib, asosan yo'g'on va ko'richaklardagi yashaydi.Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875-yilda rus shifokori A.F. Lesh aniqlagan bu amyobaning patogenli (zararli) bo'lishini isbotlagan. Ichburug' amyobasining kattaligi 20-30 mikronga teng .
Ichburug’ amyobasining rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari. Vegetativ holatining uch xil shakli aniqlangan:a) vegetativ shakli; b) to'qima shakli; d) gematofag yoki eritrofag shakli. Ayobaning to'qima va eritrofag shakllari ba'zan yirik vegetativ shakl deb ham ataladi aslida, bu ikki shakl o'zaro yashash joyi hamda ovqatlanish usuli bilan farq qiladi, osista, odatda, yumaloq shaklga ega bo'lib, zich parda - sista qobig'i bilan o’ralganan sistada 4 ta, yetilmaganida 1-2 ta yadro bo'ladi. Mayda vegetativ shakli kattaligi (15-20 mkm) bo'lib, serharakatdir, Uning sitoplazmasi keskin ravishda tiniq oynasimon ektoplazma va donachali endoplazmaga bo'linadi. Endoplazmasida sharsimon yadro joylashadi. Mayda vegetativ shakli odamning yo'g'on ivatida yashab, bakteriyalar bilan oziqlanadi va odamga zarar keltirmaydi.Noqulay sharoitda sistalarga aylanishi mumkin. Dizenteriya amyobasining to'qima 25 mkm odamning yo'g'on ichagi devorlarida yashab, yaralar hosil ichak devoridagi to'qimalarni yemirib, shuning hisobiga oziqlanadi.
To'qima shakli boshqalariga nisbatan eng zararli hisoblanadi. Yaralar yallig'lanib, yiringlaydi va qon tomirlarining shikastlanishi natijasida yaralardan qon oqadi. Gematofag yoki eritrofag shakllari odatda yaralarga yaqin joylarda topilib, eritrotsitlar bilan fagotsitoz holida oziqlanadi.Dizenteriya amyobasining mayda vegetativ shakli asosiy shakli hisoblanadi. Chunki u ko'payib, to'qima shakliga -eritrofagga va sistaga aylanadi. Sistalar xo'jayin axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. Sistalar tashqi muhitga chidamli bo'lib, hatto, xlorlangan suvda ham halok bo'lmaydi. Bir qancha dizenfeksiyalovchi moddalar ta'siriga ham chidamli bo'ladi. Dizenteriya amyobasining sistalarida 4 ta yadro bo'ladi. Sistalar bilan ifloslangan suv, sabzavot va mevalar iste'mol qilinganda, parazitlar odamning oshqozon-ichak sistemasiga tushadi. Ichakda har bir sistadan 4 ta mayda vegetativ shakl paydo bo'ladi. So'ngra ular mitoz yo'li bilan boiinib, soni ikki hissa oshadi. Ichagida amyobaning faqat mayda vegetativ shakli bo'lgan odamlar odatda sog'lom bo'lib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyobalar boshqa patogen shakliga, ya'ni to'qima shakliga aylanadi. To'qima shakli o'zidan proteolistik ferment ajratib, ichak devorida yaralar bo'lishiga olib keladi. Yaralardan qon oqadi, shu sababli bemorlarning axlatida qon bo'lishi kuzatiladi. Odatda, yaralarga yaqin joylarda dizenteriya amyobasining yana bitta shakli eritrofag shaklini topish mumkin. Bu shakl ancha yirik bo'lib, ko'ndalang o'lchami 20-40 mkm keladi. Soxta oyoqlari kalta bo'lib, o'zi esa ancha harakatchan bo'ladi. Sitoplazmada, ko'pincha, eritrotsitlarni topish mumkin. Shuning uchun u eritrofag yoki gematofag (qon bilan oziqlanuvchi) degan nomni olgan. Dizenteriya amyobasi odamning boshqa a'zolariga (jigar, o'pka) ham joylashishi mumkin. Agarda amyobaning to'qima shakli hosil qilgan yara qon tomiriga to'g'ri kelib qolsa, u qon orqali to'g'ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab bo'ladi.
O'pkaning jarohatlanishi esa jigar abssessining o'pkaga diafragma orqali o'tishidan kelib chiqadi. Amyobiaz kasalligining belgilari, asosan, qorin og'rishi, ishtahaning yo'qolishi, yiring va qon aralash ich ketishidan aniqlanadi. Ichburug' amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300 milliontagacha sista chiqarishi mumkin.
Kasallikka tashxis qo'yish uchun bemorning najasi konservantga yig'iladi va tekshiriladi. Konservant tarkibi A.A. Turdiyev tomonidan taklif etilgan (1971-y.). Odamda 4 yadroli sistalar va eritrofag topilishi unga amyobiaz yuqqanligidan dalolat beradi. Ichburug' amyobasi yer yuzida keng tarqalgan. Turli geografik sharoitlarda odamlarning bu parazit bilan kasallanishi 10 % dan 30 % gacha yetadi. Ichburug’ kasalligi asosan issiq tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda ko'p uchraydi. Markaziy Osiyo davlatlarida, shu jumladan, O'zbekistonda ham uchraydi. Prfilaktika choralariga ovqat iste'mol qilishdan oldin qo'lni yaxshilab yuvib xomligicha yeyiladigan sabzavot va boshqa masalliqlarni yaxshilab yuvish, qoIgan ovqat va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, pashshalarni yo'qotish ular dizenteriya amyobasining sistalarini mexanik ravishda tashiydi), bevosita tashuvchilarni aniqlash va davolash, umumiy ovqatlanish muassasalarini sanitariya holatini va ovqat tayyorlash texnologiyasini nazorat qilib borish va Irtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bo'yicha keng targ'ibot olib borish kabilar kiradi.
XIVCHINLILAR (MASTIGOPHORA) sinfiga 8000 dan ortiq tur kiradi. qismi erkin holda yashaydi. Xivchinlilar sinfi 2 ta kenja sinfga bo'linadi: o’simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) va hayvonsimon xivchinlilar (Zoomastigina).
Parazitlik qilib hayot kechiradiganlari, asosan, hayvonsimon xivchinlilar kenja kiradi.Kinotoplastidalar (Kinetoplastida) turkumining ayrim turlarigina erkin holda yashaydi. Ko'pchilik turlari esa parazitlik qilib hayot kechiradi. Bu turkumning Triponosomalar (Trypanosoma) urug'iga kiruvchi turlari odam va umurtqali hayvon qonida, orqa miya suyuqligi va boshqa organlarida parazitlik qilib, og'ir larni keltirib chiqaradi.

Download 432,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish