Mavzu: O‘zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi


O‘zbekistonning jaxonning rivojlangan mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi



Download 441,72 Kb.
bet5/7
Sana18.03.2022
Hajmi441,72 Kb.
#500142
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Anvar kurs ishi 2022

3. O‘zbekistonning jaxonning rivojlangan mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi
“O‘zbekistonning yangi qiyofasi” – aynan ushbu sarlavha keyingi ikki yil davomida mamlakatimizda kechayotgan yangilanish jarayonlariga, amalga oshirilayotgan islohotlarga jahon hamjamiyati hamda yetakchi xorijiy davlatlar rahbarlarining e’tirofini o‘zida to‘liq aks ettirmoqda.
Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt davomida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar mamlakatimizning yangi qiyofasini yaratib, xalqaro maydonda O‘zbekistonning nufuzi va salohiyatini yanada oshirdi. Amalga oshirilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari, mintaqamizda o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining mustahkamlanishi, jahondagi rivojlangan davlatlarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi va hayrihohligini oshishiga sabab bo‘ldi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu davlatga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlar, erishilgan kelishuv va imzolangan bitimlar O‘zbekistonning xalqaro maydonda nufuzli va ishonchli hamkor ekanligini yaqqol ko‘rsatdi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, AQSh yetakchisi O‘zbekistonning Markaziy Osiyoni yanada rivojlantirish va mintaqada yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan ochiq va konstruktiv tashqi siyosatini qo‘llab quvvatlashini bildirganligi muhim ahamiyat kasb etdi.
Davlatimiz rahbari Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning mustaqilligini doimo qo‘lab-quvvatlab kelganligini, mamlakatimiz AQSh bilan munosabatlarini yanada kengaytirish, har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash tarafdori ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston – AQSh hamkorligining istiqbollari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinganligi, ikki davlat vazirliklari va idoralari o‘rtasida uzoq muddatli va keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab xujjatlarning imzolanganligi ushbu tashrifning amaliy ahamiyatini yanada oshirdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston va AQSh kompaniyalari o‘rtasida tuzilgan 20 dan ortiq yirik shartnomalarni amalga oshirilishi natijasida 5 mlrd dollarga yaqin investitsiyalarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilishi nazarda tutildi. Shuningdek, ikki davlat rahbarlari ta’lim, fan, madaniyat, turizm va sport sohalarida ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi birgalikda kurashish masalalari oliy darajadagi muzokaralarning diqqat markazida bo‘ldi.
O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, ayniqsa xalqaro maydonda va mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalarida ikki davlat rahbarlari qarashlari va yondashuvlarining o‘xshashligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
Muzokaralar davomida tomonlar oliy darajadagi muloqotlarni izchil davom ettirishga, iqtisodiyot, energetika, yuqori texnologiyalar, turizm, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash kabi sohalarda hamkorlikni yanada faollashtirishga, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga hamda gumanitar aloqalarni kengaytirishga kelishib olinganligi ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
“O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi” deb nomlangan Qo‘shma bayonotni imzolanishi mazkur tarixiy tashrifning siyosiy ahamiyatini oshirib, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga va mamlakatimizning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasidagi munosabatlar yuksak darajada rivojlanmoqda. Ikki tomonlama hamkorlik tarixida ham muammoli masala boʻlmagan. Har ikki mamlakat oʻzaro munosabatlarda murosa tamoyiliga asoslangan.
Germaniya Federativ Respublikasi 1991 yil 31 dekabrda Oʻzbekiston mustaqilligini tan olgan. 1992 yil 6 martda mamlakatlarimiz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. Oʻtgan yillar mobaynida Germaniya bilan oʻzaro hamkorlik keng sohalarni qamrab oldi va serqirra xususiyat kasb etdi. Oliy darajadagi siyosiy muloqot olib borildi.
Oʻzbekiston bilan Germaniya BMT, YEXHT, Yevropa Ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlar doirasida global va mintaqaviy masalalar boʻyicha hamkorlik qilmoqda. Toshkent va Berlin koʻplab masalalar, xususan, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash boʻyicha yakdil qarashlarga ega, bu xalqaro maydonda samarali hamkorlikka yoʻl ochmoqda. Buni quyidagi omillar tahlilida ham koʻrish mumkin.
Birinchidan, Oʻzbekiston va Germaniya diplomatiyasiga xos boʻlgan asosiy jihatlar mushtarak. Maʼlumki, Germaniya tashqi siyosati izchillik va ishonchlilik tamoyillariga asoslanadi. Sheriklikdagi hamkorlik, manfaatlar muvozanatiga rioya etish ushbu davlat diplomatiyasiga xos xususiyatdir. Oʻzbekiston tashqi siyosati ham izchilligi, masʼuliyatli yondashuvga ega ekani bilan ajralib turadi. Bu ikki va koʻp tomonlama munosabatlar, oʻzaro manfaatlarni hurmat qilish boʻyicha dolzarb masalalarni hal etish imkonini beradi.
Ikkinchidan, boʻlinmaslik va xavfsizlik tamoyiliga qatʼiy amal qilgan holda xalqaro barqarorlikni taʼminlashda ishtirok etish. Oʻzbekiston – Germaniya siyosati xavfsizlik tushunchasiga asoslanadi va kompleks yondashuvga yoʻnaltirilgan. Shu bois Oʻzbekiston Germaniyaning BMT doirasida tinchlik va xavfsizlikni saqlash boʻyicha faoliyatini eʼtirof etadi, Berlinning tub islohot oʻtkazish orqali uni mustahkamlash taklifini qoʻllab-quvvatlaydi. Bugungi kunda Germaniya BMT donorlari ichida kattaligi hamda tinchlikparvar askarlar soni boʻyicha ikkinchi oʻrinda qayd etiladi.
Uchinchidan, Germaniya inson huquqlarini oʻz siyosatining ustuvor jihati va tub manfaati deb hisoblab, ularga rioya etish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrib keladi. Shu bois Oʻzbekistonning huquqiy davlat barpo etish va qonun ustuvorligini taʼminlashga oid saʼy-harakatlari Toshkentni Berlinning mintaqadagi muhim sherigiga aylantirmoqda. Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar esa Germaniya bilan koʻp qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga sifat jihatdan yangi surʼat bagʻishlamoqda.
Germaniya taraqqiy etgan industrial-texnologik mamlakat boʻlib, iqtisodiyotning sanoat va texnologik tarmoqlari boʻyicha jahonda yetakchi davlatlardan biri sanaladi. Mamlakat tovar eksport qilish boʻyicha dunyoda toʻrtinchi, xomashyo import qilish boʻyicha beshinchi oʻrinda turadi. 2018 yilda YAIM umumiy hajmi boʻyicha mamlakatlar reytingida Germaniya qariyb 3,3 trillion yevro koʻrsatkich bilan uchinchi oʻrinni, xarid qobiliyati boʻyicha YAIM hajmiga qaraganda reytingda beshinchi oʻrinni egalladi. Avtomobil, kimyo, elektrotexnika, aviakosmik, qurilish va oziq-ovqat sanoati Germaniya iqtisodiyoti barqaror oʻsishini taʼminlovchi yetakchi tarmoqlar hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikricha, ichki isteʼmolning oshishi soʻnggi yillarda Germaniya iqtisodiyoti rivojlanishiga turtki boʻlgan asosiy omillardan sanaladi. Germaniya aholisining xarajatlari yiliga oʻrtacha 2 foizga oshmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, isteʼmol narxlari ijobiy tomonga oʻzgarishini yuzaga keltirmoqda.
Shu bilan birga, Germaniya bozoriga kirish oson emas. Germaniyada Yevropa Ittifoqining tartibga soluvchi qoidalari amal qiladi va maʼlum mezonlarga boʻysunadi.
Transport va logistika masalasi ham alohida yoʻnalishlardan biridir. Bugungi kunda Markaziy Osiyo bilan Yevropa oʻrtasida oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish katta xarajat talab etadi. Shu bois, AQSH, Fransiya, Niderlandiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Italiya, Polsha, Avstriya, Shveysariya, Belgiya kabi mamlakatlar Germaniyaning asosiy tashqi savdo sheriklari hisoblanadi. Germaniyaga qariyb 1,05 trillion yevro miqdorida import qilinadigan tovarlar umumiy hajmidan 700 milliard yevrodan ortigʻi Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan import qilingan tovarlardir.
Ushbu sharoitda Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasidagi savdo-sotiq munosabatlarini kamtarona koʻrinishga ega deyish mumkin – 2018 yil yanvar-oktyabr oylari holatiga koʻra, oʻzaro savdo hajmi 542 million yevroni tashkil etgan. Biroq oʻzaro tovar aylanmasi hajmi yuqori surʼatlar bilan rivojlanmoqda.
Mamlakatimiz Germaniya bilan oʻzaro savdo aloqalari yoʻlga qoʻygan sobiq ittifoq davlatlari orasida ikkinchi oʻrinni egallaydi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, tovar aylanmasi hajmi 2017 yil bilan taqqoslaganda taxminan 16-20 foizga koʻpaygan. Ayni paytda Germaniya eksporti va Oʻzbekiston importi hajmi ham oʻsgan.
Ekspertlar Oʻzbekiston – Germaniyaning savdo-iqtisodiy munosabatlarini yanada kengaytirish boʻyicha yuksak salohiyat mavjud ekanini bildirmoqda. 2019-yil 14-yanvar kuni Berlinda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Germaniya biznes forumi chogʻida erishilgan qator kelishuvlar buni tasdiqlaydi.
Bu kelishuvlar ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini oshirish hamda uning muvozanatini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli ishlarga yoʻl ochib beradi. Taqdim etilgan imkoniyatlar Oʻzbekiston korxonalari uchun Germaniyaga toʻqimachilik buyumlari, elektrotexnika va kimyo mahsulotlari, sarxil va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston mahsulotlarini Markaziy, Sharqiy va Janubiy Osiyo davlatlari bozorlariga taklif etish uchun mamlakatimizga Germaniya investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etishda ulkan salohiyat mavjud. Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi aholi soni boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egallagan Oʻzbekiston salohiyatiga yuksak baho beradi. Mamlakat rivojlangan sanoat, yuqori malakali ishchi kuchi, boy xomashyo bazasi va energiya resurlariga ega. Erkin iqtisodiy zonalarda imtiyozli soliq va bojxona tartiblari amal qiladi. Biroq sarmoyadorlar nuqtai nazaridan qaraganda, YAIMning yuksak oʻsish surʼati – yiliga 5 foizdan ortiqligi Oʻzbekistonning eng katta afzalligi hisoblanadi. Bu katta daromad olish imkonini beradi.
Ana shunday hamkorlik Afgʻonistonda, ayniqsa, samarali boʻlishi mumkin. Germaniya Oʻzbekistonning “Mozori Sharif-Hirot” transport yoʻlaklarini qurishi, “Surxon-Puli Xumri” elektr uzatish liniyalari yotqizilishi kabi tashabbuslarini, Surxondaryo viloyatida Afgʻoniston bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan biznes-loyihalarni resurslar bilan toʻliq taʼminlashga qodir.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston iqtisodiyotining faol modernizatsiya qilinishini hisobga olgan holda, Germaniya tadbirkorlari tomonidan xizmat koʻrsatish toʻplamlari taklif etilishi mumkin. Germaniyada boshqaruv boʻyicha oʻqitish va ilgʻor tajribani oʻzlashtirishni tashkil qilish yuqori natijalar beradi.
Germaniya sanoatda ulkan salohiyatga ega ekani bilan birga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mamlakatlar orasida ham yetakchilardan hisoblanadi. Ushbu davlat qishloq xoʻjaligi – bu yuqori samarali agrosanoat majmuasidir. Eng yangi agrosanoat texnologiyalarining amaliyotga tatbiq etilishi va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash tufayli yuksak koʻrsatkichlarga erishilmoqda.
Germaniyada yetishtiriladigan bugʻdoy mamlakat ehtiyojining 80 foizini, shakar 85 foiz, goʻsht 60 foiz, sut 100 foizini qondiradi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining toʻrtdan uch qismi chorvachilik orqali keladi.
Shu bilan birga, Germaniya qishloq xoʻjaligining oʻziga xos iqlimi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilarining oziq-ovqat bozoriga kirishi uchun sharoit yaratadi. Hozirgi kunda hal etilayotgan “Sharq-Gʻarb” va “Shimol-Janub” liniyalari boʻyicha yuk tashish imkoniyatlari Oʻzbekiston va Yevropa transport-logistika zanjirini yaxshilaydi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizdagi ekologik toza mahsulotlarni 82 milliondan ortiq aholiga ega boʻlgan Germaniya bozorlariga yetkazib berish istiqbollari bor.
Dastlab Oʻzbekistondagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchi va logistika boʻyicha yirik kompaniyalar Tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda Germaniyadagi xalqaro koʻrgazmalar, masalan, “Frut logistika” singari yarmarkalarda ishtirok etish orqali tanilishi zarur. Oʻzbekiston eksport salohiyatini tanishtirish uchun “Import Promoushen Desk” loyihasiga kirish maqsadga muvofiqdir.
Germaniya aholisi hordiq chiqarish va dam olish uchun eng koʻp mablagʻ sarflaydigan mamlakatlar roʻyxatida yetakchi oʻrinni egallaydi. 2018 yilda Germaniya fuqarolari 38 milliard yevro mablagʻ sarflagan holda, xorijiy davlatlarga 80 million marta safar uyushtirgan.
Mamlakatimizda xorijiy sayyohlar uchun qulay tartib joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning natijasida Germaniyadan kelayotgan turistlar soni ham ortib bormoqda. 2016 yilda germaniyalik mehmonlar soni 4 ming 889 nafarni tashkil qilgan boʻlsa, 2018 yilda Oʻzbekistonga 18 mingdan ziyod germaniyalik tashrif buyurdi.
Germaniya fuqarolarining aksariyati xorijga boshqa mamlakat madaniyati, anʼanalari va turmush tarzi bilan tanishish maqsadida sayohat qiladi. Shu bois Germaniya sayyohlik bozorida milliy turistik mahsulotni keng namoyish etishni izchillik bilan davom ettirish kerak. Bu maqsadlar uchun televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, bosma ommaviy axborot vositalarida festivallar, reklama aksiyalarini targʻib qilish foydali.
Turizm sanoatida Germaniyadan oʻrganish mumkin boʻlgan jihatlar talaygina. Mamlakat qiziqarli madaniyat va shovqinli shaharlardan tortib, oʻziga xos ekologik va dengiz zonalarigacha boʻlgan keng turdagi sayyohlik xizmatlarini taklif etadi. Biznes turizmi boʻyicha AQSHdan soʻng ikkinchi oʻrinni egallaydi.
Raqamli texnologiyalardan foydalanish boʻyicha Germaniya tajribasini joriy etish turizm sohasidagi hamkorlikda istiqbolli yoʻnalishlardan biri boʻlishi mumkin. Bunda sayohatchilar parvozlar va yashash joylarini xalqaro bronlash platformalari orqali tashkil qilish imkoniga ega boʻladi. Boshqa tomondan “koʻp maʼlumotlar” tahlili trendlarga tezroq javob bera olish va geografik jihatdan uzoqlikka qaramasdan, mijozlarga yaqin boʻlish imkonini beradi.
Bir soʻz bilan aytganda, Germaniya bilan hamkorlik uchun bizda koʻplab istiqbolli yoʻnalishlar mavjud. Bu yerda gap “Germaniya sifati”, yaʼni uzoq muddatli, barqaror va manfaatli munosabatlarni yoʻlga qoʻyish haqida bormoqda. Bu borada Prezidentimizning Germaniyaga tashrifi siyosiy aktivlar va tomonlarning ezgu intilishlarini savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalar boʻyicha real yutuqlarga sarmoya kiritish imkonini beradi.
Pandemiyaning global iqtisodiyotga salbiy ta’siriga qaramay, Tokio jahonda investitsion gigant sifatida yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Birgina 2020 yilning aprel oyida Yaponiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari 146,5 milliard dollarga yetgan bo‘lsa, mart oyida esa bu ko‘rsatkich 132 milliard dollarni tashkil etdi. Yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha Yaponiya dunyoda uchinchi (4,9 trillion AQSh dollari), savdo hajmi bo‘yicha esa to‘rtinchi o‘rinni egallab, yillik import hajmi 700 milliard dollardan oshadi.
2019 yildan boshlab O‘zbekiston Yaponiyaga mayiz, quritilgan o‘rik va olxo‘ri kabi bir qator quruq meva mahsulotlarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi. Yaponiya hukumati tarafidan mamlakatga kirib kelayotgan import mahsulotlar xavfsizligi va sifati uchun yuqori standartlarni o‘rnatilganligini hisobga olsak, import ro‘yxatida O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar ham mavjudligi muhim yutuqdir.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar o‘zbekistonlik eksportchilar mahsulotning ta’minoti va sifati barqarorligini ta’minlashga qodir bo‘lsa, yapon iste’molchilarining ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabi yanada ortadi.
O‘z navbatida, Jahon banki va «Doing Business» xalqaro moliya korporatsiyasining yillik hisobоtida O‘zbekiston reytingining 166-o‘rindan 76-o‘ringa ko‘tarilishi Yaponiya ishbilarmon doiralari uchun ijobiy signaldir. Shu bilan birga, Xalqaro moliya korporatsiyasining bahosiga ko‘ra, O‘zbekiston biznesni yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘nta islohotchi davlatlar qatoriga kirdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston hududida Yaponiya sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan o‘nlab korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda, 15 ta yapon kompaniyasining vakolatxonalari akkreditatsiyadan o‘tgan. Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya qo‘mitasining faoliyati ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. YoGMEK, Mitsubishi, Itochu, Sumitomo, Marubeni, Isuzu va boshqa yetakchi yapon kompaniyalari O‘zbekistonda o‘z faoliyatini olib borayotgani bunga yaqqol misoldir.
Yaponiyalik ishbilarmonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarni yuqori baholaydilar. Valyuta va soliq tizimini liberallashtirish, viza tartibini soddalashtirish kabi ko‘plab islohotlar O‘zbekistonda muvaffaqiyatli biznes uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratganini ta’kidlamoqdalar. Hamkorlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga birinchi rasmiy tashrifi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yangi darajaga olib chiqishga xizmat qilganini va Yaponiya biznesining, shu jumladan, kichik va o‘rta biznesning mamlakatda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yanada faol ishtirok etishiga turtki bo‘lganligini ta’kidlamoqdalar.
2019 yilda Yaponiya ishbilarmon doiralari bilan energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, infratuzilma, ekologiya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun umumiy qiymati 6,5 milliard dollarlik shartnomalar tuzilgani ham shundan dalolat beradi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kelajakda O‘zbekiston rahbariyatining investitsiya muhitini yaxshilash, mamlakatda biznes yuritishning barqaror qoidalarini shakllantirish va transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish orqali yapon ishbilarmon doiralarining O‘zbekiston bozoriga bo‘lgan qiziqishi ortadi.
Eng ilg‘or ilmiy va texnologik yechimlarga asoslangan Yaponiyaning qudratli sanoat potensiali ushbu davlatni O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishi va texnologik modernizatsiyasida ijobiy rol o‘ynashga qodir muhim sherikka aylantiradi.
Ayniqsa, ushbu sohada hamkorlik mexanizmlari mavjud bo‘lib, tomonlar o‘zaro hamkorlikning ijobiy tajribasiga egaligi e’tiborga loyiqdir. Jumladan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda Toshkent davlat texnologiya universitetida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi tashkil etildi. Markaz kimyo va neft, mineral resurslarni qazib olish va qayta ishlash, energiya, energiyani tejash, mashinasozlik kabi sohalarda ilmiy izlanishlarga ixtisoslashtirilgan.
Shu o‘rinda Toshkentda yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida shartnoma imzolanishi ahamiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Ushbu tuzilmalar mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim sohalarini texnologik rivojlanishini ta’minlash, yosh va istiqbolli kadrlar tayyorlash uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Ilm-fan va texnologiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning samarasiga yana bir misol – Yaponiyaning nufuzli «SATREPS-2020» tanlovida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va professor Kristina Toderich (Tottori universiteti, Yaponiya) ko‘magida taqdim etilgan loyihaning grantga sazovor bo‘lganligidir. 2020 yil iyun oyida ushbu loyiha Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi tomonidan tanlangan 10 ta xalqaro loyihalar ichida eng yaxshisi deb topildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markaz Yaponiyaning 8 universitetining yetakchi olimlari bilan birgalikda «Orolbo‘yida sho‘rlanish bilan kurashish, yer unumdorligini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha yangi texnologiyalarini ishlab chiqish» loyihasini taqdim etdi.
Yaponiya O‘zbekistonni geografik joylashuvi va iqtisodiy salohiyati jihatidan Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim hamkor sifatida ko‘radi. Yaponiyaning mintaqaga ajratgan umumiy yordamining qariyb 57 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri kelgani buning yaqqol dalilidir.
Masalan, 1993 yildan 2019 yilgacha JICA dasturlari doirasida 2,52 milliard dollar miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan. Shuningdek, 329 talaba Yaponiya universitetlarida magistratura va doktoranturani o‘qitish uchun Yaponiya hukumati grantlariga sazovor bo‘ldi, 2416 nafar o‘zbek mutaxassislari Yaponiyada amaliyot o‘tab qaytishdi. Yaponidan 335 ko‘ngilli mutaxassislar O‘zbekistonga yapon tili, kompyuter texnologiyalari, biznesni boshqarish, iqtisodiyot, huquq, sog‘liqni saqlash, sport, turizm sohalari bo‘yicha ta’lim berish uchun yuborilgan.
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) orqali umumiy qiymati 1,9 milliard dollarga teng 7 loyiha amalga oshirildi, 721 million dollar miqdoridagi tijorat kreditlari ajratilgan. Shu jumladan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini qurish uchun (622,2 million dollar), Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (59 million), Ko‘kdumalak konidagi kompressor stansiyasi (76 million), Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini rekonstruksiya qilish (83 million) uchun uzoq muddatli kreditlar ajratildi.
Shu o‘rinda, ko‘plab loyihalarning ijtimoiy yo‘naltirilganligi ham e’tiborga loyiqdir. Ushbu loyihalarning samarasi fuqarolarning turmush darajasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yaxshilashga xizmat qiladi. Koronavirus pandemiyasi keng tarqalganiga tufayli, Yaponiya mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga yordam bermoqda.
17 iyun kuni Yaponiya iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish loyihasi doirasida O‘zbekistonga 4,6 million dollarlik kompyuter tomografiyasi va tibbiy skanerlarini sovg‘a qildi. Tibbiy konteynerlar mobil klinika sifatida koronavirusga tashxis qo‘yish va davolash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan texnologiyalar bilan jihozlangan. Yaponiya tomonining ushbu qadami COVID-19 pandemiyasi davrida O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bundan bir necha oy avval, Yaponiya tomoni test to‘plamlari va antiviral preparatlar shaklida insonparvarlik yordamini ham taqdim etgan edi.
Joriy yilning may oyida Tokio O‘zbekistondagi COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha BMTTD faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,9 million dollar ajratdi. Shubhasiz, ushbu loyiha O‘zbekistonda COVID-19 ta’sirini yumshatish, shuningdek barqaror rivojlanish uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlarni amaldagi ijobiy ta’sirini oshiradi.
Yaponiya bilan moliyaviy va texnik hamkorlik tufayli mamlakatimizda ta’lim, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari amalga oshirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifi chog‘ida imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Yaponiya turizm agentligi o‘rtasida 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum» doirasida sayyohlik sohasi jadal rivojlanayotganini ta’kidlash mumkin.
«H.I.S. Holdings» kompaniyasining Toshkent va Samarqandda yapon uslubidagi mehmonxonalarni qurish va Yaponiyadan sayyohlarni jalb qilish uchun o‘z vakolatxonasini ochish bo‘yicha qarori Yaponiya aholisining mamlakatimiz sayyohlik merosiga katta qiziqish bildirayotganidan dalolat beradi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, pandemiya sharoitida turizm sohasini tiklash uchun mahalliy tadbirkorlar zamonaviy yapon texnologiyalari, sanitariya-epidemiya standartlari va xavfsiz turizmni ta’minlash usullarini joriy etishlari mumkin. Masalan, joriy yilning iyul oyida Yaponiyaning «Global Agents» kompaniyasi barcha mehmonxonalarida kontaktsiz mehmonlarni xizmat ko‘rsatishni tizimini joriy qildi. Tozalash xonalarida yangi texnologiyalarni qo‘llash bilan bir qatorda, kompaniya yangi ilovalar yordamida xodimlar va mehmonlar o‘rtasida ijtimoiy masofani saqlab qolgan xolda xizmat ko‘rsatib kelyapti.
Kunchiqar mamlakatning ulkan moliyaviy sarmoyaviy va ilmiy-texnik salohiyati uni 2017-2021 yillarda O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasi dasturlarini amalga oshirishda va mamlakatni keyingi rivojlanishida muhim sheriklardan biriga aylantiradi.
Shu munosabat bilan aytish mumkinki, Yaponiya O‘zbekiston uchun strategik va ishonchli sherik bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Yaponiya davlatimizning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini tubdan isloh qilish va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlab keladi.
Umuman olganda, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona va ishonchli munosabatlar savdo-iqtisodiy, investitsion, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli va progressiv hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam va qulay zamin yaratadi. Ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish O’zbekiston va Yaponiyaning milliy manfaatlariga javob beradigan siyosatdir. O’zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorligi mamlakatimiz kelgusi hayoti muhim ahamiyat kasb etadi. 4



Download 441,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish