Mavzu. Pul tizimi: mazmuni,turlari va elementlarstrreplA: Pul tizimi va uning mazmuni



Download 26,19 Kb.
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi26,19 Kb.
#885365
1   2   3   4
Bog'liq
Пул тизими

3) nuqsonli valyuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo’ladiyu, lekin teng huquqlarga ega bo’lmaydi. Odatda, davlat kumush valyutaning zarb qilinishi va foydalanishiga cheklashlar kiritadi.
Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometallizmda ham ayrim o’zgarishlar yuz berdi:
1) oltin tangali standart-to’laqonli oltin valyutaning amal qilishi, unda tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi;
2) oltin yombili standart-oltin muomalada bulmaydi, lekin unga katta miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi;
3) oltin valyutali (oltin devizli) standart- pullarning almashinishi faqat oltin yombili standartli mamlakatlarning valyutalariga amalga oshiriladi.
Valyuta tizimi-bu, mamlakatlar o’rtasida valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir.
Valyuta tizimi-bu, xo’jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.
Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi.
Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ektlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko’rinishi farqlanadi, ya’ni milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari.
Pul tizimining elementlari.
Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni uz ichiga oladi: pul birligi; valyuta kursini o’rnatish qoidalari, baholar masshtabi; pul ko’rinishlari; emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati.
Pul tizimining tarkibiy qismi milliy valyuta tizimidir
Pul biriligi - qonuniy tarzda o’rnatilgan pul belgisi bulib, barcha tovarlar bahosini o’zaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko’pincha pul biriligi mayda bo'linuvchi qismlarga ajraladi. Ko’pchilik mamlakatlarda o’nlik bo’linish tizimi o’rnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AQSh dollari 100 sentga, 1 funt sterling - 100 pensga, 1 Indoneziya rupiyasi - 100 senga teng va x.k)
Rasman baholar masshtabi o’zining iqtisodiy ma’nosini davlat monopolistik kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to’xtatilgandan so’ng yo’qotdi. 1976-1978 yilda o’tkazilagan Yamayka valyuta islohoti natijasida oltinning rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi.
Qonuniy to’lov vositasi bo’lgan pul ko’rinishlari- bular asosan bank kredit biletlari, qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan,AQSh da muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 15, 5 va1 dollarlar, bank biletlari. Xazina biletlaridan tashqari ; kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 tsentli) chiqariladi Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st., 50, 10, 5, 2 pennli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 shilling tagalari yuritiladi, ular yangi
10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’proq xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Hindistonda - 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Respublika hukumati tomonidan iqti­sodiy mustaqillikka erishish borasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirishda, shu jumladan an’anaviy sektorlarni zamonaviylashtirish va mamlakat ichida nisbatan yuqori darajadagi qo’shilgan qiymat hosil qilishga qodir bo’lgan yangi tarmoqlarni tashkil etishda yaqqol ko’zga tashlandi. Mazkur chora-tadbirlar oxir-oqibatda milliy pul tizimini shakllan­tirish va iqtisodiyotda islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirishning poydevori bo’lib xizmat qildi.
Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko’rsatilgan variantlari tahlili asosida dastlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi hududida so’m-kuponlarni muomalaga kiritishni joriy qilish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq 1993 yil 15 noyabrdan boshlab oraliq valyuta sifatida “so’m-kupon” 1 so’m-1 rubl nisbatda muomalaga kiritildi.
1994 yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi bank tizimi rivojlanishining birinchi bosqichini yakunladi va ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Bu iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlarda sifat jihatidan yangi bosqich boshlanganidan darak berardi. Bu davrda Marka­ziy bank asosiy e’tiborni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiy o’sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi.
Shu paytdan boshlab, Markaziy bankning asosiy kuch va vositalari mustaqil pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini tartib­ga solish va nazorat qilish, samarali to’lov tizimini yo’lga qo’yishga erishishga yo’naltirildi. Bu davrda pul tizimining huquqiy bazasi mustahkamlanib, bank qonunchiligi takomillashtirildi. 1995 yili “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi Qonuni va 1996 yili O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi zamonaviy pul tizimini tashkil etilishini, tijorat banklarini xalqaro moliya bozorlariga chiqishini, aholi, korxonalar va xorijiy sarmoyadorlarning pul tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlanishini, barqaror iqtisodiy o’sishni hamda xalq farovonligini oshirilishini ta’minlashga qaratilgan istiqbollarni belgilab berdi.

Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish printsiplari.


Tizim deganda o’zaro bog’liq elementlarning birligi tushuniladi.
Pul tizimi – bu bir biri bilan o’zaro bog’liq holda xarakatlanuvchi va pul tizimining yaxlitligini ta’minlovchi elementlarning yig’indisidir.
Pul tizimi – bu mamlakatda yoki alohida olingan iqtisodiy hududda pul muomalasini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Pul tizimini obektiv va subektiv asoslari mavjud. Pul tizimining obektiv asoslariga tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul tizimining subektiv asoslariga to’lov hujjatlarini va vositalarini hamda ulardan foydalanish tartibini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo’yilishi kiradi.
Pul tizimining ikkita jihati mavjud:

  1. Funktsional jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul muomalasidan tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig’indisidir.

  2. Instituttsional jihat – institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig’indisidir. Bunday institutlarga Markaziy bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi muassasalar kiradi.


Download 26,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish