Mavzu: Qoraxoniylar



Download 0,57 Mb.
bet1/4
Sana16.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#494713
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu.Qoraxoniylar

Mavzu:Qoraxoniylar


X asr o‘rtalarida qarluqlar yag‘mo, chigil, o‘g‘uz va boshqa qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashdilar. Bu ulkan hududda dastavval “Xoqoniya o‘lkasi” deb yuritilgan davlat tashkil topadi. Mazkur davlat hukmdorlari “jabg‘u” deb yuritilgan unvonning o‘rniga o‘zlarini “qoraxon”,ya’ni “buyuk xon” deb ataydilar. XI–XII asrlarda Xoqoniya rivoj topib kuchaygach, u “Qarluq-Qoraxoniylar” davlati nomini olgan. Mazkur yirik davlat qator qabilalar ittifoqi asosida tashkil topgani bois hukmdorlari “arslonxon”, “bug‘roxon” va “tavg‘achxon” unvonlari bilan yuritilgan. Bu uchta atama oliy darajali hukmdor ma’nosini anglatgan. Buyuklik yoki ulug‘lik esa qadimda turkiy xalqlarda “qora” so‘zi bilan sifatlangan.Shu boisdan taxtda o‘tirgan Arslonxon, Bug‘roxon va Tavg‘achxonlar “qoraxon” deya e’tirof etilgan. Ular boshqargan davlat esa tarixda, keyinchalik, ramziy ravishda “Qoraxoniylar davlati” nomi bilan shuhrat topgan.
Davlatning tashkil topishi
992-yilda Horun Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi.Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar. Nuh ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G‘aznadagi noibi Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U yigirma ming kishilik qo‘shin bilan Movarounnahrga yetib keladi.Nuh bilan birlashib, bir necha janglardan so‘ng qoraxoniylar noibi qo‘shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh Sobuqteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G‘azna va Xurosonda Sobuqtegin va o‘g‘li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi.996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum boshlaydilar. Shunday og‘ir bir sharoitda xiyonat ro‘y beradi.Ya’ni Sobuqtegin qo‘shini Buxoroni egallaydi. So‘ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o‘rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi. Sobuqtegin esa Amudaryodan janubdagi yerlarga, shu jumladan, Xurosonda hukmdor bo‘lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay, 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi batamom barham topdi

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish