Mavzu qо‘rg‘oshinli rudalarni boyitish texnologiyasi


Mis – qо‘rg‘oshin boyitmalarini ajratish usullari



Download 302,62 Kb.
bet2/6
Sana06.01.2022
Hajmi302,62 Kb.
#321882
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maruza 40

Mis – qо‘rg‘oshin boyitmalarini ajratish usullari

Mis – qо‘rg‘oshin boyitmalarini ajratish usulini tanlashda mis – qо‘rg‘oshin boyitmaining mineralogik tarkibi muxim axamiyatga ega . Reagentlarni tanlashda ikkilamchi mis minerallarini xam xisobga olish kerak bо‘ladi.

Asosiy mis-qо‘rg‘oshin boyitmalarini ajratish usullari:

I. Tarkibida galenit va xalkopirit bо‘lgan boyitmalar

1.Sianid usuli (xalkopirit chо‘ktiriladi)

2.Oksidlash usuli (galenit chо‘ktiriladi)

3.Qaytarilish usuli (galenit chо‘ktiriladi)

4.Fosfat usuli (galenit chо‘ktiriladi)

5.Kombinirlangan usul

II. Tarkibida galenit va ikkilamchi mis sulfidlari bо‘lgan boyitmalar uchun



  1. Sianid usuli (mis minerallari chо‘ktiriladi)

  2. Qaytarilish usuli (galenit chо‘ktiriladi)

Mis – qо‘rg‘oshin boyitmalarini ajratishda xalkopiritni chо‘ktirib, sianid usulini qо‘llash keng tarqalgan. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin, ya’ni natriy sianid yoki kaliy sianid tuzlari xalkopirit uchun yaxshi chо‘ktiruvchi xisoblanadi, lekin galenitni chо‘ktira olmaydi. Bunda galenit kо‘pik maxsulotiga yig‘iladi, xalkopirit esa kamerada qolgan maxsulot xisoblanadi. Sianidlarning sarfi kollektiv boyitmani mineral tarkibiga bog‘liq bо‘lib, xar xil bо‘lishi mumkin. Masalan boyitma tarkibida misni sulfidli ikkilamchi minerallari (bornit, xalkozin, kovallin) miqdori yuqori bо‘lganda sianidning sarfi kо‘proq bо‘ladi. Agar rudada misning sulfidli ikkilamchi minerallari 10-12 % dan oshmasa, bu usul yaxshi natija beradi. Ikkilamchi mis sulfidli minerallarini ta’sirini kamaytirish maqsadida sianid tuzlari natriy sulfit yoki natriy sulfid bilan birgalikda ishlatiladi. Boyitmalarni ajratishda (galenit va misning ikkilamchi sulfidlaridan iborat bо‘lsa) natriy sianid va rux kuporosi birgalikda ishlatilganda yaxshi natijalarga ega bо‘lish mumkin. Agar mis – qо‘rg‘oshin boyitmalarini ajratishda mis – xalkopiritdan iborat bо‘lsa, xamda qо‘rg‘oshin va misning bir – biriga nisbati 2,5 dan yuqori bо‘lsa, bixromatlarni qо‘llash mumkin. rN 7-8 bо‘lganda bixromatlar yordamida galenit maksimal chо‘ktiriladi. Bu usulni qо‘llash effektiv xisoblanadi, qachonki mis – qо‘rg‘oshin boyitmai tarkibida qо‘rg‘oshin yetarli darajada bо‘lsa va tozalash jarayonisiz qо‘rg‘oshin boyitmai olish mumkin bо‘lsa. Bu usulda rux minerallari chо‘ktiriladi va qо‘rg‘oshin boyitmaiga qо‘shiladi, xamda mis kuporosi bilan faollashtirilgach, aloxida ajratib olinadi. Galenitni chо‘ktirishda qaytarilish usuli xam qо‘llanilib, sianid tuzlarining о‘rniga oltingugurt (v1) oksidi, sulfit kislota, natriy sulfit va natriy tiosulfat tuzlari ishlatiladi. Lekin bu usul reagentlarning sarfini kо‘paytirishni talab etadi. Sianid tuzlarining о‘rniga qaytariluvchi reagentlar qо‘llanilsa oltinni yо‘qotish sezilarli kamayadi va о‘tkir zaxar xisoblangan sianid tuzlari jarayonda ishlatilmaydi .

1 va №2 Kentaus boyitish fabrikalari

Bu fabrikada Mirgalimsaysk konining qо‘rg‘oshin-baritli aralash rudasi qayta ishlanadi. Bu rudalarda qо‘rg‘oshinning oksidli minerallari (serussit, anglezit va plyumboyarozit) 15-20% ni tashkil etadi. Rudada undan tashqari 1,5 % pirit, kamroq miqdorda sfalerit va xalkopirit uchraydi. Asosiy noruda minerallar – kalsit, dolomit, kvars, limonit, getit, gidrogetit. 90% galenitni о‘lchami 0,2 mm ni, undan 50% 0,02 mm ni tashkil etadi. Baritni zarrachalari 0,05 mm ga teng. Rudani boyitish uch bosqichli flotatsiyalash sxemasi yordamida amalga oshiriladi. Birinchi bosqich yanchish jarayoni sterjenli tegirmonlarda olib boriladi. 45-50% li 0,074 mm о‘lchamdagi quyilma asosiy qо‘rg‘oshin flotatsiyasi jarayoniga jо‘natiladi. Bu jarayonga 450 g/t natriy sulfid - sulfidlash uchun, tо‘plovchi reagentlardan butil va ksantogenatlari aralashmasi (85g/t), ditiofosfat (18g/t) va kо‘piq hosil qiluvchi reagent T-92 (10g/t) ta’sir ettiriladi. I- flotatsiyaning chiqindisi 75-80% 0,074 mm gacha qayta yanchilib va II flotatsiyaning chiqindisi 100% gacha qayta yanchiladi va qо‘rg‘oshin flotatsiyasi amalga oshiriladi. Bu jarayonga 350 g/t natriy sulfidi, 75g/t ksantogenatlar aralashmasi, 12g/t ditiofosfat va 15g/t kо‘piq xosil qiluvchi reagent qо‘shiladi. Qо‘rg‘oshin flotatsiyasiga ditiofosfatni qо‘shish natijasida oksidlangan qо‘rg‘oshin mineralini ajratib olish foizini 8% ga oshirish mumkin. Qо‘rg‘oshin boyitmaini sifatini oshirish va piritni chо‘ktirish uchun birinchi tozalash jarayoniga natriy sianidi tuzi ta’sir ettiriladi. Natijada qо‘rg‘oshinning miqdori tayyor boyitma tarkibida 44-46 % ni tashktl etadi. Ajralishi esa 80-82 % ga teng. Uchinchi bosqichdagi nazorat qо‘rg‘oshin flotatsiyasi chiqindisi barit flotatsiyasiga jо‘natiladi.

Bu jarayonga tо‘plovchi reagent sifatida olein kislotasi (45g/t) va alkilsulfat (80g/t) aralashmasi qо‘shiladi. Puch tog‘ jinslari minerllari suyuq shisha yordamida chо‘ktiriladi. Tayyor barit boyitmasi tarkibida 80-82 % barit bо‘lib, ajralishi 54-56 % ni tashkil qiladi.




Download 302,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish