Mavzu qо‘rg‘oshinli rudalarni boyitish texnologiyasi


Olmaliq qо‘rg‘oshin – rux boyitish fabrikasi



Download 302,62 Kb.
bet6/6
Sana06.01.2022
Hajmi302,62 Kb.
#321882
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maruza 40

Olmaliq qо‘rg‘oshin – rux boyitish fabrikasi

Bu fabrikada Oltintopgan, Sardob, Qо‘rg‘oshinkon va Uchquloch rudalari qayta ishlanadi. Rudali minerallar 2-3 % sfalerit, 1-2 % galenit xamda serussit, smitsonit va kalamindan tashkil topgan. Sfalerit tarkibida kam miqdorda xalkopirit uchraydi. Puch tog‘ jinslari kvars va dala shpati (30-40 %), piroksen va granat (20-25%), karbonatlar (25%), seritsit va xlorit (7-8%) dan iborat. Fabrikada kollektiv – selektiv sxemasi qо‘llaniladi. Oltintopgan va Sardob koni rudalari uch bosqichda 20 mm gacha maydalanib, g‘alvirlangach boyitiladi. Qо‘rg‘oshinkon rudasi aloxida qayta ishlanib kollektiv qо‘rg‘oshin rux boyitmai olinadi. Selektiv flotatsiyadan avval kollektiv boyitmalar qо‘shilib birgalikda boyitiladi. 35-45 % gacha yanchilgan ruda (0,074 mm) (yanchish jarayoniga 50-80g/t soda , 60-65 g/t natriy sulfid qо‘shiladi) mejsiklovaya flotatsiyasiga kelib tushadi va bu jarayonga 75-98 g/t mis kuporosi va 15-22 g/t butilksantogenati qо‘shiladi . Mejsiklovaya flotatsiyasi chiqindisi 77-85 % gacha yanchilgach, asosiy kollektiv flotatsiyaga jо‘natiladi va bu jarayonga 35-54 g/t mis kuparosi va 11-16% ksantogenat qо‘shiladi. Nazoratli kollektiv flotatsiyaga 35-41 g/t natriy sulfid va 4-8g/t ksantogenat qо‘shiladi. Ikkita tozalash jarayoni о‘tkazilgach, kollektiv boyitma natriy sulfid (100-150g/t) bilan dessorbsiyalanadi va yuvilgach, qayta yanchiladi. Dessorbsiya jarayonidan keyin kollektiv boyitma 83-85 % gacha qayta yanchiladi (0,044mm). Tegirmonga 18-20g/t natriy sianid tuzi, 100-110 g/t rux kuporosi va 45-46 g/t natriy sulfit sfaleritni chо‘ktirish uchun qо‘shiladi. Birinchi asosiy qо‘rg‘oshin flotatsiyasiga ksantogenat (5-6g/t),ikkinchi asosiy qо‘rg‘oshin flotatsiyasiga natriy sianid tuzi (7-9g/t), rux kuporosi (45-50 g/t), natriy sulfit (20-21g/t) xamda ksantogenat (2g/t ) qо‘shiladi. Xuddi shu reagentlarning yarmi natriy sianitdan tashqari, birinchi nazoratli qо‘rg‘oshin flotatsiyasiga qо‘shiladi. Qо‘rg‘oshin boyitmai tozalash jarayonlariga, birinchisiga rux kuporosi (25-30 g/t), natriy sianid tuzi (5-6 g/t), natriy sulfit tuzi (12-13 g/t) va ikkinchi tozalash jarayoniga esa natriy sianid tuzi (3-10g/t) va natriy sulfit tuzi (7-8 g/t) beriladi. Nazoratli flotatsiya chiqindisiga ksantogenat va faollashtirish maqsadida mis kuporosi qо‘shilgach, kollektiv rux-pirit boyitmai olinadi. Nazoratli rux-pirit flotatsiyasidan keyin olingan chiqindi chiindilar maydoniga jо‘natiladi. Olingan rux pirit boyitmai esa rux flotatsiyasiga jо‘natiladi. Bunda oxak yordamida rN =10,5-11 gacha kо‘tarilib ksantogenat (1-2g/t) va mis kuparosi (1-2g/t) rux flotatsiyasiga jо‘natiladi. Rux flotatsiyasiga natriy sianit tuzi qо‘shiladi (agar piritning miqdori yuqori bо‘lsa) . Nazoratli flotatsiyaga esa mis kuporosi (2-5g/t) va ksantogenat (1-2g/t) qо‘shiladi. rN=11,5 bо‘lganda ikkita tozalash jarayoni о‘tkazilib, 54-55%li rux boyitmai ajratib olinadi (ajratib olish foizi 75%) . Qо‘rg‘oshin boyitmaida 50-54 % qо‘rg‘oshin bо‘lib,ajratib olish foizi 83%.



Jadval-23. Qо‘rg‘oshin boyitmaidagi komponentlarning miqdori (%)

Boyitmaning markasi

Qо‘rg‘oshin

Qо‘shimchalar

Rux

Mis

KS-0-A

74

2,5

1,5

KS-0

73

2,5

1,5

KS-1-A

71

3

1,7

KS-1

70

3

1,8

KS-2-A

66

4

2

KS-2

65

4

2

KS-3-A

61

15,5

2,5

KS-3

60

6

2,5

KS-4-A

56

7

3,3

KS-4

55

8

3,5

KS-5

50

10

4

KS-6

45

11

5

KS-7

40

13

6

PPS

30

Ne normiruetsya

PSM

20

Ne normiruetsya

20

Sinov savollari



1. Qо‘rg‘oshin minerallarining flotatsiyalanish xususiyatlari?

2.Polimetall rudalarni boyitish texnologiyasi?



3.Qaysi kо‘rg‘oshin minerallarini boyitish fabrikalarini bilasiz? 4.Qо‘rg‘oshinli konsentratlariga qо‘yiladigan texnik talablar?

5. Mis – qо‘rg‘oshinli rudalarini boyitish texnologiyasi?
Download 302,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish