Mavzu: Qorilar maktabi loyihasi



Download 38,61 Kb.
bet4/12
Sana01.01.2022
Hajmi38,61 Kb.
#302387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Qorilar Maktabi

Kuluarlar. Foyening keng koridor ko'rinishida zalni qurshab oladigan

qismiga kuluarlar deyiladi. Ular tomosha zallarida, jamoaviy majlis zallarida

va konferensiya zallarida qo'llaniladi. Kuluarlar antrakt paytida va

majlis hamda diskussiyalaming tanaffus paytida dam olish, suhbatlashish,

uchrashish joylari sifatida foydalaniladigan xizmat joylaridir. Kuluarlar

ham xuddi foyelar kabi xizmat ko'rsatish xonalariga ega bo'ladigan (bufet,

hojatxona va h.k .). Shunday qilib, kuluarlar va foyelarning vazifasi o'xshashdir. Ular faqat o'z shakli (foye zal shaklida, kuluar esa koridor

shaklida bo'ladi) va joylashishi (kuluarlar bevosita zalni qurshab oladi) biIan

bir-biridan farqlanadi.

Gorizontal va vertikal bog'lanish joylari. Gorizontal (koridorlar, galereyalar)

va vertikal (zinapoyalar, Iiftlar, eskalatorlar) bog'lanish vositalari

jamoat binolaridagi turli vazifalarni o'tovchi xonalar va joylarni o'zaro

bog'lashga mo'ijallanadi. Gorizontal bog'lanish vositalari ichida eng keng

qo'llaniladigani koridorlar bo'lib, har bir jamoat binosi koridorlarga ega

bo'ladi. Koridorlar bir tomonlama, ikki tomonlama va qo'shma tarzda

loyihalanadi. Ikki tomonlama koridorlar eng qulay va iqtisodiy jihatdan eng

maqbul hisoblanadi. Qunday koridorlar binD uzunligi bo'ylab yurishni va

binodagi barcha kommunikatsiyalar uzunligini qisqartiradi, binoni ixchamroq

qiladi, korpus enini oshirib, bir tomonlama va qo'shma tarzdagi

koridorli binolarga nisbatan binD hajmini qisqartiradi, rejalashning tejamli

variantlarini topish imkoniyatini beradi.

Koridorlar tabiiy ravishda yoritilganlikka ega bo'lishi lozim. Bu masala

bir tomonlama va qo'shma koridorlar uchun ancha oddiyroq yechiladi,

ikki tomonlama quriJadigan koridorlarda esa bu masalaning yechimi ancha

qiyinroq kechadi, koridorlar faqat chekka tomonlardan tabiiy ravishda

yoritilishi mumkin. Shu sababli ikki tomonlama koridorga ega bo'lgan

binolaming chekka tomonlari ochiq holda bo'lishi yoki bu tomonlarga

binolar qurilmasligi Iozim. Biroq chekka tomonlardan tushadigan tabiiy

yorug'lik 20 metrgacha samarali bo'ladi, 20 metrdan yuqori bo'lgan hollarda

~ridor qo'shimcha yorug'likni talab (yon tomondan) etadi. Shuning

uchun faqat ikki yon tomondan tabiiy ravishda yoritiladigan koridorlar

40 metr uzunlikka ega bo'lishi mumkin, bitta yon tomondan yoritiladigan

koridorlarda esa tabiiy yoritilganlikka zinapoya kataklari yoki yorug'lik

cho'ntaklari (kannan) orqali erishish mumkin.

Binolami bloklarga bo'lib va chekka tomonlarini nisbatan ko'chirish

orqali ochib, tabiiy yoritilganlikka erishish maqsadga muvofiqdir. Koridorlami

oynali eshiklar va framugalar orqali ham tabiiy yoritishga erishish

mumkin, lekin bunday yoritish juda kam samarali bo'lib, ish xonalaridagi

tovush izolyatsiyasini va ko'rishni pasaytiradi. Koridorlar zinapoyalar va

Iiftlar bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'langan bo'lishi lozim.

Koridoming eng uzoq nuqtasidan (eshigidan) zinapoya yoki liftgacha

bo'lgan masofa 25 metrdan oshmasligi lozim. Koridorlar yong'in, zilzila

sodir bo'igan va shunga o'xshash boshqa tabiiy of at lard a binoning barcha

xonalaridan odamlami qisqa yo'l orqali qutqarishni ta'minlashi zarur. Galereyalar. Issiq iqlimli, kun qisqaroq va issiq davr ko'proq davom

etadigan mamlakatlarda gorizontal bog'lanish vositalari sifatida galereyalar qo'llaniladi. Ularga qo'yiladigan talablar zinapoyagacha bo'igan masofaning

nisbatan kengligidadir, yong'in va seysmik xavf bo'yicha ularga qo'yiladigan

talablar koridorlarnikiga o'xshashdir. Qurilishdagi loyihalashning

amaldagi me'yorlariga ko'ra O'zbekistonda galereyalarning qo'llanishiga

ruxsat etiladi. Biroq yozgi sharoitda qulay bo'igan galereyalar, qishda esa

unchalik qulay emasligini sezish qiyin emas, chunki qor, yomg'ir tufayli

ulaming yuzasi muzlash oqibatida sirpanchiq holatga keladi.


Download 38,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish