Mavzu: Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkurini rivojlantirish. Reja: Kirish I bob Muammoni о‘rganish holati



Download 79,71 Kb.
bet3/8
Sana26.05.2022
Hajmi79,71 Kb.
#610177
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkurini rivojlantirish

Tafakkur turlari
Muayyan ijtimoiy mushitda turmush kechirayotgan odamlarning eshtiyojlari, xatti-sharakat motivlari, narsalarga qiziqishlari, intilishlari, mayllari, aqliy qobiliyatlari, shatto faoliyatlari sham turli-tumandir. Xuddi ana shu boisdan, ularning tafakkuri sham shar xil sholatlarda, vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo’ladi. Bundan oldingi boblarda ta'kidlab o’tkanimizdek, bilish jarayonida, amaliy va nazariy vazifalarni shal etishda, o’zga kishilarning nutq orqali ifodalangan fikrlarini uqib olishda muomalaga kirishishda, fikrlarini tushunib olishda inson fikr yuritadi. Psixolgiya fanida tafakkur shakliga, topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikran originallik darajasiga qarab quyidagicha shartli klassifikasiya qilinadi.
Ko’rgazmali-sharakat tafakkuri
Tarixiy taraqqiyot bosqichida odamlar ijtimoiy turmushda voqe bo’lgan muammolarning aksariyati amaliy yo’l bilan shal qilingan, shuningdek, ularga nisbatan munosabat sham amaliy faoliyatidan kelib chiqqan sholda amalga oshirilgan. Narsa va shodisalar yuzasidan nazariy fikr bildirish esa tarixiy taraqqiyotning bir muncha keyingi davriga to’qri keladi. Yer yuzasida fanlarning kelib chiqishi shaqidagi bizgacha yetib kelgan ma'lumotlar mazkur muloshazamizga dalil bo’la oladi. qadimgi avlod va ajdodlarimizda yer maydonini qadam bilan o’lchash, ko’z bilan chamalash boyicha amaliy bilimlarning to’planishi natijasida geometriya fani kashf qilingan. Kishilarning barmoq bilan shisoblash turmush talabini qondira olmagandan so’ng-mamavzutika, narsa va shodisalarning tasviri, shartli belgilarni qoldirilishi yakuni sifatida tarix fani kabilar vujudga kelgan. Yer yuzasida amaliy bilimlar to’planishi asosida asta-sekin nazariy umumlashmalar barpo bo’la boshlagan, turli soshaga taalluqli inshaklsiyalarning tizimlashishi natijasida fanlar shosil bo’lgan. Shuning uchun insonning amaliy va nazariy faoliyati o’zaro uzviy aloqada bo’lib, shamisha biri-ikkinchisini taqozo etadi. Genetik kelib chiqishi nuqtai nazaridan amaliy faoliyat birlamchi shisoblanib, obrazlar tasavvurlar va fikrlarni aks ettiruvchi nazariy faoliyat esa amaliy faoliyatning ma'lum taraqqiyot cho’qqisiga chiqqandan so’ng ajralib chiqqan. Mazkur jarayon bir necha o’ng ming yo’llar davomida yuzaga kelgan.
Ko’rgazmali obrazli tafakkur
Inson tomonidan bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasavvur qilinayotgan narsa va shodisalar shaqida fikrlashdan iborat tafakkur turi ko’rgazmali-obrazli-tafakkur deb ataladi. Tafakkurning mazkur ko’rinishi 4-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda namoyon bo’ladi. Boqcha yoshidagi bolalarda ko’rgazmali sharakat tafakkurning amaliy elementlari ko’rgazmali obrazli tafakkur bosqichiga o’tgandan so’ng sham saqlanib qoladi, lekin u o’zining yetakchi rolini yo’qota boshlaydi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar jism va predmetlar bilan tanishayotganda analitik-sintetik faoliyatdan foydalanib ish ko’rayotganda ularni qo’l bilan ushlab ko’rishga, ichki tuzilishi bilan amalda tanishishga intilmaydilar.
Intuitiv va analitik tafakkur
Tafakkur aktivligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi.
Intuisiya deb, mantiqiy tafakkur yordamida ko’p vaqtlar davomida shal qilinmagan aqliy vazifalarning to’satdan, kutilmaganda shal qilinib qolishi jarayoni ataladi. Shaxsning muayyan soshadagi shayotiy yoki ilmiy tajribalariga asoslangan intellektual sezgirligidan iborat faoliyatdir.
Ko’picha ixtiyoriy tafakkur jarayoni muloshaza, mushokama, isbotlash, gipoteza qilish kabi shakllarda namoyon bo’ladi. Mamavzutika, fizika, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardagi muammo va masalalarni yechish jarayonlari bunga yorqin misol bo’la oladi. Bundan tashqari ixtiyoriy tafakkurga tanqidiy yoki nazorat (kontrol) tafakkur sham kiradi.
Abstrakt tafakkur narsalarning moshiyatini aks ettiruvchi va so’zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib, fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, fizika, chizma, geometriya, oliy matematika masalalarini yechish mas’halida fikr yuritish, muloshaza bildirish abstrakt tafakkurga xos misollardir.
Konkret tafakkur bilan abstrakt tafakkur o’zaro uzviy boqlangandagina bir butun inson tafakkurini vujudga keltiradi, chunki predmetning tashqi va ichki xususiyatlarini atroflicha ochish aloshida olingan tafakkurning u yoki bu turi yordamida ifodalab berish ancha mushkuldir. Abstrakt tafakkur konkret tafakkur zamirida vujudga kelgan, uning poydevori ustida o’sgan va rivojlangan. Chunki tafakkurning genetik jishatdan kelib chiqishi analiz qilib chiqsak, konkret tafakkur amaliy tafakkur bilan parallel ravishda namoyon bo’la boshlagan, abstrakt tafakkur esa tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida shosil bo’lgan.
Nazariy tafakkur jarayonlarda "Negaq", "Nima uchunq", "Nima sababdanq", "Buning o’zi nimaq", "Bu shodisa yoki sholatlar, yoxud tushunchalar o’rtasida qanday o’xshashlik va tafovutlar mavjudq" kabi qator savollar vujudga keladi. Berilgan savollarga atroflicha oylab, mantiqan oqilona tuzilgan javoblar sham topiladi. Jumladan, "quyosh botdi-qoronqi tushdi", "Sovuq tushdi-suvlar muzladi",
Nazariy tafakkurni ayni bir paytda abstrakt tafakkur deb atashlik an'ana tusiga kirib qolgan. Bunday nom bilan atashga asosiy sabab nazariy tafakkurning umumiy shukmlarda ifodalanishidir. Misol uchun, Metallar elektr tokini yaxshi o’tkazadi, Jismlar ishqalanishdan qiziydi, Shamma shayvonlar o’zi yashayotgan mushitga moslashadi, Narsa va predmet nomini bildirib kelgan so’zlar ot deb ataladi.
Amaliy tafakkur jarayonida sham nazariy tafakkurga o’xshash savollar tuqiladi. Amaliy tafakkur jarayonining davomi ish-sharakatlarni, aqliy sharakatlarni tasavvur qilishda, fikrlashda namoyon bo’ladi. Maktab shayotidan o’quvchilarning diktant, bayon yoki insho yozish jarayonini misol qilib keltirish mumkin. Talabalar faoliyatidan konspekt yozish, referat tayyorlash, kurs va diplom ishi ustida ishlash, seminarga shozirlik ko’rish, laboratoriya mashqlotlarida amaliy vazifalarni bajarish kabilar amaliy tafakkurga yorqin misoldir.
Ijodiy tafakkurning navbatdagi komponentlari quyidagicha aks ettiriladi: qoyilagn savollarga javob izlash, masalani yechishga yordam beradigan yo’llar, usullar, vositalar, qoidalar va ko’nikmalarni qidirish, ularni tanlash shamda mazkur faoliyatda ularni tatbiq qilish va boshqalar. Ijodiy tafakkur ijodiy xayol bilan uzviy aloqada bo’ladi. Shuning uchun inson amaliy faoliyatida bir talay savollarga javoblarni xayol yordami bilan topadi. Jumladan, shar xil taxminlar, farazlar, ilmiy gipotezalar, kashfiyotlar, texnika soshasidagi ixtirolar sham ana shu yo’sinda amalga oshadi, ya'ni xayol yordami bilan zarur natijalarga erishiladiTafakkur muammoli vaziyatni analiz qilish natijasida uni ravshanlashtirib, yechish mumkin bo’lgan masalaga aylantiradi.


Defektologiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi chet el defektologlari, aqli zaiflik to‘g‘risida gapirib, bu tushunchani unga aqliy kamchilikni qo‘shish bilan kengaytiradilar, uning yuzaga kelishi erta bolalik vaqtida bola rivojlanishini o‘ta nomuvofiq ijtimoiy sharoitlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Atrofdagi kishilar bilan intellektual va xissiy muloqot yetishmasligi, doimiy to‘yib ovqatlanmaslik va xokazolar ko‘zda tutiladi. (F.Gallaqhere, O.Meher, Satdenqeu.)
So‘ngi yillar maxsus adabiyotlarida ham bosh miya po‘stlog‘i shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lmagan aqli zaiflik xodisalari to‘g‘risida ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Hozirgi paytda «aqli zaif» termini o‘rniga uning sinonimlarini ishlatishga harakat qilinmoqda, negaki bu termin bolani faqat aqliy jihatdan noadekvatligini bildiradi, u esa motorika, hissiy-irodaviy doira va butun shaxsiy yetishmochiliklarga ega. Undan tashqari, tashxisning bu shakli ota-onalarga og‘ir botadi. Alohida yordamga muhtoj bolalar “Imkoniyati cheklangan bolalar” deb yuritilmoqda. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar asosan maktab va maktab - internatlarida tarbiyalanadilar, ular XX asr oxirigacha yordamchi deb atalardi, hozir – VIII turdagi maxsus mehnat ta’limi maktablari deb nomlanadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ayrim qismi ommaviy umuta’lim maktablarida tashkil qilingan korrektsion rivojlantirish ta’lim sinflarida o‘qiydilar, hamda uy sharoitida individual o‘qitiladi.
Mehnat ta’limi maktabining barcha o‘quvchilarini amaliy maqsadda 2 guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga kiradigan bolalar asosan o‘z rivojlanishlarining ma’lum davrida bosh miya kasalligini boshidan kechirgan va shu kasallik qoldirgan nuqson asosida rivojlanayotgan, amalda esa sog‘ bolalar kiradi. Ikkinchi guruhga bosh miyasidagi kasalliklari davom etayotgan bolalar kiradi. Bunday bolalarda maxsus maktablarda o‘qib yurgan vaqtlarida ham kasalliklari davom etib og‘irlashishi ham mumkin. Bu bolalarning ruhiy xususiyatlari, bilim egallash imkoniyatlari o‘zgarib turish xususiyatiga ega.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ko‘p qismini oligofrenlar tashkil qiladilar (grekcha oligof – kam, phrenos-aql). Miya tizimlarning shikastlanishi, asosiysi miyaning o‘ta murakkab va kech shakllanuvchi tuzilishlari psixikaning buzilishi va chala rivojlanishiga sabab bo‘lib, rivojlanishning dastlabki bosqichlarida yuzaga keladi; ona qornida, tug‘riq paytida va bir, bir yarim yoshida, ya’ni nutq shakllanmasdan avval. Oligofreniyada miyaning organik yetishmovchiligi rezidal (qoldiq), noprogrediyent (murakkablashmaydigan) harakterga ega. Bola hayotining yanada kechroq davrida yuzaga kelgan aqli zaiflik nisbatan kam uchraydi. Bu demensiya deb yuritiladi. Demensiya miyaning organik kasalliklari oqibatida bo‘lishi mumkin (masalan; meningoensefalitlar, miya travmalari, silkinishi, lat yoyishi va boshqalar). Demensiyada bolada ortib boruvchi degredatsiya (orqaga ketish) kuzatiladi. Biroq ayrim holatlarda davolash yordamida bu jarayonni birmuncha sekinlashtirish mumkin.
Maxsus psixologiya asoschilaridan biri L.S.Vigotskiyning nazariy qoidalariga muvofiq bolada birlamchi nuqson va ikkilamchi asoratlarni ajrata bilish kerak. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarga po‘stloq faoliyatining to‘laqonli emasligi, mo‘ljalga olish faoliyatining bo‘shligi, nerv jarayonlarining inertligi, himoya tormozlanishiga ortiqcha moyillik xosdir. Oligofren bolalar psixik faoliyatida aniq aks etgan kamchiliklar bilan birga bu bolalarga rivojlanish jarayoni asosi bo‘lib xizmat qiluvchi ayrim ijobiy imkoniyatlar ham xos. O‘qituvchilar maxsus Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar maktabida korretsion ishni tashkil qilib aynan shu imkoniyatlarga tayanadilar.
XX asrning 90-yillaridan boshlab aqli zaiflarning xalqaro tasnifidan foydalana boshlandi, unga binoan bolalarni 4 guruxga bo‘ladilar: yengil, o‘rtacha, og‘ir va chuqur darajadagi aqli zaiflik. Chet el psixologlari bola intellektual koeffitsentini aniqlashga asoslanadilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, yengil aqli zaiflikda 70 ga teng, o‘rtachada 70 dan 50 gacha diapozonda, chuqurda 25 dan 0 gacha.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning dunyoga kelish sabablari turlicha. Odatda endogen (ichki) va ekzogen (tashqi muhit) omillarini ajratish mumkin). Aniqlanishicha aqli zaiflikning genetik shakllari ustun tursa, ular tug‘ma aqli zaif soniga kiradi. Biroq buzilishlarni yuzaga kelishida onaning yuqumli kasalliklari (masalan; qizilcha, xomilaning alkogol bilan zaharlanishi, narkotiklar, dorilarni xaddan ziyod iste’mol qilish, onaning endokrin kasalliklari, xromosoma buzilishlari) muhim rol o‘ynaydi. Ona qornida rivojlanish davrida, tug‘riq paytida va bir-bir yarim yoshida olingan miya shikastlanishlari ma’lum ahamiyatga ega, shu bilan bir qatorda hozirgi iqtisodiy va ekologik vaziyat ham katta ro’l o‘ynaydi.
Bir qator xollarda aqli zaiflik tayanch-harakat tizimi buzilishlari bilan, autizm bilan birlashadi. Tadqiqotlar ko‘rsatishiga, murakkab nuqsonlar irsiy kelib chiqishga ega.
Bolada murakkab nuqsonning borligi uning rivojlanishi yo‘nalishini tormozlaydi, nuqsonlarni korreksiyalash imkoniyatini kamaytiradi, o‘quv - tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishni sezilarli qiyinlashtiradi. Bunday bolalar bilan muvaffaqqiyatli ish olib borish e’tibor va keng bilim doirasiga ega bo‘lishni talab qiladi.
Murakkab nuqsonli bolalar alohida muammoni yuzaga keltiradilar. Ular maxsus o‘rganilishi kerak. Lekin bu turdagi tadqiqotlar xali juda kam.
Aqli zaif o‘quvchilar alohida toifa bolalarni tashkil etadi. Ular boshqa turdagi maxsus maktab, o‘quvchilaridan farq qiladilar. Biroq har bir VIII turdagi maktab o‘quvchilari tarkibi turlicha. Shuning uchun Rossiyada yetakchi bolalar psixologlari tomonidan Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tasnifi ishlab chiqilmoqda. Odatda ular klinik patogenetik prinsipga asoslanadilar. (D.N.Isayev, M.S.Pevzner, G.YE.Suhareva va boshqalar).
VIII - turdagi maxsus maktablarda ishlovchi defektologlar M.S.Pevzner taklif etgan tasnifdan foydalanadilar. Bu tasnif oligofren bolalar xulqi va psixik faoliyatlarini keltirib chiqaruvchi sabablarni tushunish imkonini beradi va korreksion-tarbiyaviy ishlar yo‘llarini izlashni yengillashtiradi.
M.S.Pevzner oligofreniyaning 5 ta asosiy turini ajratadi:
1. Oligofreniyaning murakkab bo‘lmagan turi.
2. Neyrodinamikasi buzilgan oligofrenlar.
3. Ma’lum analizatorlari buzilgan oligofrenlar.
4. Shaxsi qo‘pol buzilgan olifgorenlar.
5. Telbanoma xulqli oligofrenlar.
Bu beshta turdan birinchi ikkitasi juda keng tarqalgan.
1. Oligofreniyaning murakkab bo‘lmagan turi nerv jarayonlarining vazminligi bilan tavsiflanadi. Bu shaklda hissiy irodaviy sfera nisbatan saqlangan. Bilim faoliyatidagi buzilishlar ayrim analizatorning qo‘pol buzilishi bilan kechmaydi. Bola berilgan topshiriq unga oson bo‘lsagina maqsadga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Odatdagi vaziyatda uning xulqi dekvat, u mo‘min, atrofdagilarga xayrixox. Ko‘pincha ota-onalar uning harakat, nutq, xotira, fikrlash jihatidan ortda qolishini sezmaydilar va uni normal deb biladilar. Bunday bolalar odatda umumta’lim maktablariga tayyorlanmagan bo‘ladilar. Ular muntazam o‘zlashtirmovchi o‘quvchi bo‘lib qoladilar. Bunday bolani VIII turdagi maxsus maktabga yoki maxsus sinfga o‘tkazish o‘zining o‘qishga layoqatsizligini susaytirmaslik imkoniyatini beradi. U dasturni yaxshi o‘zlashtirib, ustaxonada mamnuniyat bilan ishlaydi. Uning rivojlanish va moslanish istiqboli ko‘ngildagidek bo‘ladi.
2. Qo‘zg‘alish va tormozlanish, hissiy irodaviy sohaning beqarorligi boladagi og‘ishlar uning xulqi va faoliyati o‘zgarishida aniq namoyon bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchi oligofrenlar ko‘pincha notinch, ta’sirchan, to‘xtovsiz, harakatlari bexalovat, xaddan tashqari chalg‘iydi, quloqsiz, urushqoq. Ular kattalarning ogohlantirishiga befarq qaraydi.
Sinflarda qo‘zg‘aluvchan bolalar notekis, shoshib ishlaydilar. Ko‘rinib turgan mamnuniyat bilan ustaxonaga boradilar, lekin o‘ylamay pala-partish ishlaydilar. Ularda tez-tez intizom buzilishlari bo‘lib, ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Bu o‘quvchilarga tinch sharoit va faoliyat turlarining o‘zgarib turishi kerak. Ularni individual xususiyatlarini hisobga olingan ta’lim va tarbiya jarayonida qo‘zg‘aluvchan oligofrenlar og‘ir-vazmin va mehnatga layoqatli bo‘lib qoladilar. Ular ijtimoiy moslashadilar, lekin jamoa a’zolari bilan ahamiyatsiz sabablarga ko‘ra janjallashadilar, intizomsizlik ko‘rsatishlari mumkin.
Tormozlangan oligofrenlar bo‘shliq, immillaganlik, inertligi bilan ajralib turadilar, bu ularning motorikasi, xulqi, past mehnat layoqatida ko‘rinadi. Ular sekin harakat qiladilar. Ularga o‘z faoliyatini tashkil qilish uchun ko‘p vaqt kerak. Ular sinfdagilar ortidan ulgurmaydilar. Ularni shoshirish befoyda, negaki ularning o‘z harakat templari bor. Ustaxonada ular xafsala bilan, ma’lum bir tirishqoqlik bilan, lekin sekin ishlaydilar. Bu toifaga kiruvchi o‘quvchilar bilan olib boriladigan korreksion tarbiyaviy ishlar asosan yuqorida qayd etilgan nuqsonlarni korreksiyalashga yo’naltiriladi.
3. Analizator funksiyasi buzilgan yoki maxsus nutq buzilishi oligofrenlarda po‘stloqning tarqoq shikastlanishi yanada chuqur lokal shikastlanishlar bilan birlashib ketadi. Bunday bolalar aqli zaiflik asosiy nuqsonidan tashqari eshitish, ko‘rish, nutq, tayanch-harakat apparati nuqsonlariga ega. Ular odatda eshitish, ko‘rishi zaif bolalar, bolalar serebral paralichi bo‘lgan bolalar va nutqi buzilgan bolalar maktablarining maxsus tashkil qilingan sinflarida o‘qiydilar. Ularning hayotiy istiqbollari chegaralangan, negaki 2 yoki 3 xil nuqsonning borligi ularni oldinga siljish va ijtimoiy-mehnat adaptatsiyasini qiyinlashtiradi.
4. Bosh miya po‘stlog‘ining peshona bo‘limlari yetishmasligi oligofreniyada bolalar bilish faoliyati buzilishlari, shaxsning qo‘pol buzilishlari motorikaning keskin buzilishlari bilan kechadi. Bu bolalar bo‘sh, g‘ayratsiz, yordamga muxtoj. Ularning nutqi ma’nosiz, taqlidiy harakterda. Bolalar faoliyat va faollikka yo‘naltirilgan psixik zo‘riqishga qodir emas. Ular vaziyatni yaxshi tushunmaydilar. Bu o‘quvchilar mehnatni sevmaydilar, oddiy maishiy burchlarni bajarishdan qochadilar. Ularning rivojlanishi sekin amalga oshadi. Lekin ular shubhasiz oldinga siljishlari va maktab ta’limining oddiy turlarini bajarishga qodir bo‘lib qoladilar.
5. Telbanomo xulqli oligofreniyada bolada hissiy-irodaviy doira keskin buziladi, shaxsga tegishli komponentlarning o‘ziga xos rivojlanmaganligi namoyon bo‘ladi, o‘zi va atrofdagilarga nisbatan keskinlik tushishi, qiziqishlarning to‘xtamasligi, jazavalarning sababsizligi ularga xos. Ular orasida «qochoq»lar bor, ya’ni hech qanday sababsiz maktabdan, maktab internatidan chiqib ketib, transportga o‘tirib, qayoqqa va nimaga ekanligini o‘zlari ham bilmay ketaverishi mumkin.

Download 79,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish