Mavzu: Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkurini rivojlantirish. Reja: Kirish I bob Muammoni о‘rganish holati



Download 79,71 Kb.
bet7/8
Sana26.05.2022
Hajmi79,71 Kb.
#610177
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkurini rivojlantirish

Bolalarning umumiy soni

Javoblar

4 ball

3 ball

2ball

1 ball

6ta (100)

50%


50%


-


-


Yuqoridagi jadvalga kо‘ra, teshiriluvchilarning umumiy soni 6 ta 100% bо‘lib, ulardan 50% topshiriqni aniq bajardi, ya’ni ularmevalar, о‘simliklar, daraxtlar, hayvonlar, idish-tovoqlar, kiyim-kechaklar, о‘quv qurollari va hokazolarni tо‘g‘ri umumlashtirib, 4 ta rasmning qaysa biri ortiqcha ekanligini aniq kо‘rsatib berdilar.


Tekshiriluvchilarning 50% topshiriqning mohiyatini tushunishga qiynalib, rasmdagi har bir predmet haqida ma’lumot berdilar. Tadqiqotchining yо‘naltirilgan savollari yordamida uslubiyatning maqsadini tushungach, uzoq о‘ylanib, xatolarni tuzatish yо‘li bilan tо‘g‘ri javob berdilar. Tekshiriluvchilar orasida topshiriqni xato bajargan yoki hech qanday javob bermagan bolalar kuzatilmadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning aqliy nuqsonlari kо‘p tafakkurini rivojlanganlik darajasini tо‘g‘ri aniqlashga imkon bermaydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda о‘zlaridagi nuqsonlari oqibatida murakkab, individual kо‘rinishlar mavjud. Bularga bolalar bilan muomalaga kirisha olmaslik, muloqotga bо‘lgan talablarning pastligi, hassiyot-iroda sohalarining qо‘pol tarzda bо‘zilganligi kabi salbiy sifatlar kiradi.


2.2. Maxsus ta’limda Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkurinirivojlantirish yо‘llari
Tafakkur - yangilikni qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Bu yangilik sub'ektiv bo’lishi mumkin, ya'ni uni kimlardir qachonlardir topgan bo’lishi mumkin, lekin sub'ekt tafakkur jarayoni yordamida o’zi uchun uni yangidan kashf etadi, aks xolda biz ko’proq xotira, o’tgan tajribalarimizni qayta tiklagan bo’lamiz.
Bolalarni o’qitishda tafakkurning shu muxim xususiyatini asos qilib olish mumkin.
Biz Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning idrok va xotirasini rivojlanganlik holatini о‘rganish natijalariga kо‘ra, bunday bolalarning deyarli barchasida psixik jarayonlarining rivojlanishdan ortda qolishi kuzatilar ekan, ya’ni, bu toifadagi bolalarda - idrokning rivojlanishidan ortda qolishi, mayda qо‘l motorikasining rivojlanmaganligi, qо‘l va kо‘z harakatlarining о‘zaro nomutanosibligi ancha sezilarli bо‘lishini aniqladik.
Bolaning atrof-olam xakidagi tasavvurlarining rivojlanishida – eshitish qobiliyati katta ahamiyatga ega. Tayanch- harakat apparatining faoliyati buzilgan bolalarning harakterli belgilaridan biri - eshitishning, ayniqsa, yuqori chastotali tovushlarni eshitish qobiliyatining pasayishi hisoblanadi. Shuning uchun ular bir qator tovushlarni idrok etmaydilar. Bolalar о‘z nutqlarida bu tovushlarni tushirib koldiradilar yoki boshqa tovushlar bilan almashtiradilar. Bu esa ularning faol nutqining sifatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Bunday bolalarda passivlik, tez charchash va lanj bо‘lish, xech nima yoqmaslik, qilayotgan ishiga qiziqishni yо‘qotish kabi xolatlar kuzatiladi. Ba’zida harakatli xotirjamsizlik kuzatiladi. Yuqorida sanab о‘tilgan xolatlar kuzatiladigan bolalarning kо‘pchiligi qо‘rqoq va mustaqil ravishda qaror qabul qila olmaydilar. Ba’zi birlarida tassurotlarni tez о‘zgartirishga, qaysarlikka moyillik bor. Bolaga gapirayotgan odam ovozining balandlashishi va uning toni, atrofdagilarning kayfiyati ogrikli ta’sir qiladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarrning kо‘pchiligida ishlash qobiliyatining pasayganligi, barcha bilish jarayonlarning tez toliqishi, diqqatning bir joyga jamlanishi va taksimlanishida qiyinchiliklar,xotira xajmining kichikligi kuzatiladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda taqqoslash operatsiyasida tafakkurning sifatlari yorqin namoyon bo‘ladi, unda maxsus qo‘yilgan analiz va sintez o‘tkaziladi. Ular predmetlar va hodisalardagi asosiy narsani ajrata olmay, mavjud bo‘lmagan belgilar taqqoslanadi, ko‘pincha mos kelmaydigan belgilar taqqoslanadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar o‘xshash va farqli predmetlarning farqini aniqlashda qiynaladilar. Ayniqsa ular uchun o‘xshashlikni aniqlash qiyin. Ruchka va qalamni taqqoslab, ular: “ular uzunligiga ko‘ra o‘xshash, yana ularning terisi bir xil” deb javob berishadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkurining farqli tomoni tanqidiy qarashning yo‘qligi, o‘z ishlarini mustaqil baholay olmasligidadir. Ular ko‘pincha o‘z xatolarini belgilashmaydi, bu ayniqsa ruxiy kasallangan bolalarda bosh miyaning peshona qismi jaroxatlangan bolalarda va og‘ir darajadagi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda yorqin namoyon bo‘ladi. Ko‘ruv idroki asosida idrok etilgan fikrlash natijasidagi tasvir kambag‘alligi, bog‘liq emasligi, oddiyligi bilan ajralib turadi. O‘quvchi obektga qarab, uning nomini bilsa ham, qismlarini to‘liq aytolmaydi. Odatda, shakllarning umumiy konturlari qismlarini tartibsiz bayon etadi.
Maktab yoshidagi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning bilish jarayonlari bir qator umumiy xususiyatlarga ega.
- barcha bilish jarayonlarning tez toliqishi, aqliy mehnat qilish qobiliyatining pastligi, diqqatning buzilganligi. Ba’zida ruhiy toliqish va charchashning yuqori darajadaligi bolaning shaxs xususiyatlarining patologik rivojlanishiga olib keladi: qо‘rqish, befarqlik, kayfiyatning pastligi kelib chiqadi;
-faol ixtiyoriy diqqatning buzilishi barcha bilish jarayonlarning faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Sababi birgina diqqatning buzilishi idrok, xotiralarning buzilishiga olib keladi;
- barcha bilish jarayonlarning inertligi va sekinlashganligi bir faoliyatdan boshqa bir faoliyatga о‘tishda qiyinchiliklarga olib keladi.
Insonning bilish faoliyatida xayol, tafakkur, nutq va boshqa muqim psixik jarayonlar muqim o`rin egallaydi. Har qanday aqliy faoliyat bilishga, tajribaga va ijodiy tafakkurga asoslanadi. tafakkurning muhim operatsiyalari analiz va sintez, umumlashtirish va mavxumlashtirish bo`lib, qar qanday aqliy faoliyatida o`zaro boqlanib keladi.
Inson aqliy faoliyati xususiyatlari boshqa oliy psixik funktsiyalar, xotira, iroda, xissiyot qamda shaxsning individual-psixologik xususiyatlari va odatlari bilan chambarchas boqliq o`ta maxsus usul qisoblanadi. О‘yinchoq bolaga to`plangan tajribasini namoyon qilish, uni ijodiy qayta qurish (qurish-yasash), yangilarni yaratish imkonini beradi. bolada o`yinchoqlar qanchalik ko`p bo`lsa, unda shunchalik ko`p ijodiy kuchlari rivojlanadi, bola shunchalik tez tashqi muqitni o`zlashtirib oladi.
Sodda va aniq o`yinchoqlarga, murakkabroq va mavxumroq o`yinchoqlar qurish, ularni bolaning psixik taraqqiyotiga moslab tanlanishi bolada fazoviy va so`z –mantiq tafakkurning rivojlanishiga imkon beradi.
Qoidaga ko`ra o`yinchoqlarning diagnostika o`yinchoqlari bo`lib quyidagilar xizmat qiladi:
a)o`yinchoqlarni ko`rganda bolada xissiy-qo`zqalish mavjudligi va ushlab ko`rish istagi:
b)qarakatlarning faolligi va ko`proq ushlab ko`rish:
v)o`yinchoqni uni bajaradigan funktsiyasiga mos ravishda o`ynash:
g)o`yin vaziyatida yangi (almashtiruvchi) elementlarning mavjudligi:
d)o`ynning davomiyligi:
ye)berilgan o`yinchoqda extiyojning saqlanishi.
Kattaroq yoshdagi bolalar uchun dignostik o`lchovlar bir muncha kengayadi. ularda nutq rivojlanganligi, fazoviy ko`rish tasavvurligining, xayolning, tafakkur operatsiyalarini bajarish usullarinining rivojlanganligi kabi o`lchovlarni kiritish mumkin.
Shuning uchun qam ta’lim muassasasida defektolog u yoki bu psixik jarayonlarni rivojlantirish maqsadida didaktik materiallardan foydalanish mumkin. (rasmlarga qarab qiqoya tuzish, kubiklar yasash, rasmlar chizish va boshqalar)
Qismlardan rasm xosil qilish metodikasi tafakkur xususiyatlarini, rasmning yaxlitligini taqlil qila olish, qobiliyatni o`rganishga mo`ljallangan. tajriba o`tkazish uchun rasmlar to`plami (murakkabligi ortib boradigan 6 ta rasm) kerak bo`ladi: birinchi 3 ta rasm 4 qismga bo`lingan bo`lishi kerak, qolganlari ko`proq qismlarga bo`linadi. bunda birinchi va to`rtinchi rasm bir xil bo`lishi kerak, lekin ular har xil qilib kesilgan bo`ladi.Tadqiqotni bir necha marta takrorlash uchun rasmlarning turli variantlari bo`lishi zarur. rasmlar namunalari ixtiyoriy ravishda tanlanishi mumkin, masalan, qayvonlarning, aloqida predmetlarning rasmlari. Bolaga rasm qismlari to`nkarilgan xolda tartibsiz, namunasiz ko`rsatiladi.
Tadqiqotchi tadqiqot qarorida topshiriq, uning oxirgi natijasi qancha vaqt bjarilganligini yozib boradi. Sinaluvchi qarakatlarining maqsadga yo`naltirilganligi taqlil qilishga, qarakatning maqsadga yo`naltirilgan rejasi mavjudligi va yo`qligini aniqlashga, aqliy faoliyat jarayonida qanday tayanch belgilarga e'tiborni qaratish zarur.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkuridagi kamchiliklarni turli mashqlar va о‘yinlar asosida bartaraf etish samarali kechadi. Biz quyida bilish jarayonlarni rivojlantirishga qaratilgan bir qator mashqlarni keltirib о‘tdik.
1.Labirint.
Pedagog bolalarga namuna kо‘rsatadi. «Mana bu yerda, markazda turgan bolani kо‘ryapsizlarmi? U tashqariga chiqmoqchi, uning yо‘lida turli devorli tо‘siqlar bor. Lekin bola bu tо‘siqlarga duch kelmasligi lozim, sababi u devordan о‘ta olmaydi. Kelinglar uni shu labirintdan olib chiqishga harakat qilib kо‘ramiz. Tо‘g‘ri yо‘lni esa qalam bilan chizib boramiz».
Bolalarning tayyorgarligiga qarab labirintning tuzilishi murakkablashtirib boriladi. Pedagogning yordami sekin-sekin kamayib boradi. Oxirida bolalar uning kо‘magisiz labirintdan chiqadilar.
2. Mashq. «Nima yashiringan?»
Bolaga katta tо‘rtburchakning ichida bir nechta uchburchak va tо‘rtburchaklar chizilgan rasm beriladi.Sо‘ng quyidagicha topshiriq beriladi: «Rasmdagi hamma uchburchaklarni yashil,barcha tо‘rtburchaklarni esa sariq ranga bо‘yab chik. Rassom nima yashirganini top».

  1. «Tо‘g‘ri bо‘ya» о‘yini.

Bu mashq orqali nafaqat tafakkur, balki atrof-olamda mо‘ljal olish va diqqat rivojlantiriladi.
«Yoningda turgan shakllarga diqqat bilan qara va ularni nomla.
Kichkina doira va tо‘g‘ritо‘rtburchakning о‘rtasida turgan shaklni yashil rangga, uchburchakning о‘ng tomonida turgan shaklni esa qizil rangga bо‘Y. Qatordagi eng oxirgi shaklni qora rangga bо‘Y. Uchburchakning chap tomonidagi shaklni kо‘k, katta doirani esa sariq ranga bо‘Y.»
Qismlardan rasm xosil qilish.
Metodika A.N.Bernshteyn tomonidan taklif etilgan bo`lib, tafakkur xususiyatlarini, rasmini, rasmning yaxltiligini taqlil qila olish, uning ba'zi qismlari ketma-ketligini o`rnata olish qobiliyatini rivoojlntirishga mo`ljallangan. Buning uchun rasmlar to`plami (murakkabligi ortib boradigan 6 ta rasm) kerak bo`ladi: birinchi 3 ta rasm 4 qismga bo`lingan bo`lishi kerak, qolganlari ko`proq qismlarga bo`linadi. bunda birinchi va to`rtinchi rasm bir xil bo`lishi kerak, lekin ular qar xil qilib kesilgan bo`ladi. tadqiqotni bir necha marta takrorlash uchun rasmlarning turli variantlari bo`lishi kerak. Rasmlar namunalari ixtiyoriy ravishda tanlanishi mumkin, masalan, qayvonlarning, aloqida predmetlarning rasmlari. bolaga rasm qismlari tunkarilgan xolda tartibsiz, namunasiz ko`rsatiladi.
Pedagog bolalarning qarakatalarini taqlil qilishga, qarakatning maqsadga yo`naltirlgan rejasi mavjudligi va yuqligini aniqlashga u aqliy faoliyat jarayonida qanday tayanch belgilarga tanlangaligiga e'tiborni qaratish zarur.
Ali zaif bolalar uchun bunday topshiriqlarni bajarishda rasm namunasi qam ko`rsatilib turiladi. Bola qo`llanmani qanchalik yaxshi o`zlashtirilgani, ilgari idrok etilgan obrazni uning aloqida qismlaridan qayta yarata olganini ta'qidlash muhim.
“Mantiqsiz tasvirlar"
Ushbu metodika yordamida bolani atrofdagi borliq xamda ushbu moddiy dunyodagi bir qancha ob'ektlarning orasida o’zaro bog’lanishlar va munosabatlar xaqida elementar obrazli tasavvurlari: xayvonlar bilan, ularning xayotiy ko’rinishlari bilan, tabiat bilan rivolantiriladi.
Ushbu metodika yordamida bolaning mantiqiy muloxazasi va o’z fikrini grammatik jixatdan to’g’ri ifodalay olishi rivojlanadi. Metodikani tashkil qilish jarayoni quyidagicha olib boriladi:
Bolaga rasmni ko’rsatish jarayonida, unga quyidagi ma'noda ko’rsatma, beriladi: "Diqqat bilan ushbu rasmdagi tasvirlarni ko’rib chiq xamda bizga shuni aytchi, rasmda xamma narsa o’z joyida chizilganmi va ushbu ob'ektlar to’g’ri tasvirlanganmig’ Agar sen qaysidir ob'ektni o’z joyida tasvirlangan emas, deb xisoblasang, nima uchun shunday bo’lish kerakligini tushuntirib ber va sen bizga aslida qanday bo’lishi kerakligini aytib ber’".
Ko’rsatmaning ikkala qismi xam ketma-ketlik bilan bajariladi. Birinchi navbatda bola xatolarni aytib beradi va rasmlarda ko’rsatib beradi, so’ngra xaqiqatdan qanday bo’lishligini izoxlab beradi.
Rasmlarni ko’rish va topshiriqni bajarish vaqti chegaralangan, ya'ni uch daqiqa vaqt beriladi. Bu vaqt mobaynida bola iloji boricha mantiqsiz voqelikni ko’proq topishi va xaqiqatdan qanday bo’lish kerakligini tushuntirib beradi.
“Yil fasllari”
Bolaga 2-rasm ko’rsatiladi va ushbu rasmlarga diqqat bilan qarab, rasmning har bir qismida yilning qaysi fasllari tasvirlanganligi xaqida so’raladi. Topshiriqni bajarish uchun vaqt beriladi. Ushbu berilgan vaqt mobaynida bola nafaqat yil fasllarini aytib berishi, balki nima uchun ekanligini va fasllarning belgilarini ko’rsatib bera olishi va ushbu qismda aynan mana shu faslga tegishli ekanligini asoslab berishi kerak.
“Bu yerda nima ortiqcha”
Bu metodika bolalarning obrazli, so’z-mantiqli tafakkur jarayonining analiz va umumlashtirish operasiyalarini rivojlantiradi. Metodikada bolalarga har xil predmetlar tasvirlangan rasmlar tavsiya qilinadi va quyidagicha ko’rsatma beriladi: "Har bir rasmda tasvirlangan 4 ta predmetdan biri ortiqcha. Diqqat bilan rasmga qarab, qaysi bir predmet ortiqcha va nima uchun ortiqcha ekanligini tushuntirib ber".Topshiriqni bajarish uchun vaqt beriladi. Bu metodika yordamida tafakkurning turli tomonlarini rivolantiriladi, ayniqsa, bolalarning umumlashtira olish qobiliyatini juda yaxshi ochib takomillashtiriladi.
"Rubik kubiklari"
Bu metod bolaning ko’rgazmali-harakat tafakkurining rivojlanish darajasini tashxis qilish va rivojlantirish uchun mo’ljallangan. Bizga tanish bo’lgan Rubik kubiklaridan foydalanib, bolaga murakkablik darajasi har xil bo’lgan amaliy vazifalar beriladi, bu vazifalarni tig’iz vaqt sharoitida yechishni taklif qilinadi. Quyida shunday topshiriqlardan 9 tasi keltirilgan 9 ta masalani yechish uchun vaqt beriladi.
Eslatma: 1 topshiriqni yechgandan so’ng - ikkinchisiga o’tishda Rubik kubiklari rangi o’zgartirilib beriladi.
1-topshiriq: Bir xil rangdagi 3 ta kvadratdan xoxlagan yuzasi bilan ustuncha yoki chiziqcha shaklini yasash.
2-topshiriq: Bir xil rangdagi kvadratlardan xoxlagan yuzasi bilan 2 ta ustuncha yoki 2 ta chiziqcha yasash.
3-topshiriq: Bir xil rangdagi kvadratchalardan kubikning bir tomonini yasash.
4-topshiriq: Ma'lum bir rangda yuza yasash va unga 1 ta chiziqchani yoki ustunchani 3 ta kvadratlardan yasab yondashtirish.
5-topshiriq: Kubikning yuzasini to’la yig’ib, unga qo’shimcha xuddi shu rangda 2 ta chiziqcha yoki ustuncha yasab yondashtirish.
6-topshiriq: Kubikning 2 ta yuzasini bir xil rangdagi kvadratlardan yasash.
7-topshiriq: 2 ta yuzasi bir xil 2 ta kubik yasash va undan tashqari xuddi shu rangdagi kvadratlardan bir ustun yoki bir chiziqcha yasash.
8-topshiriq: Bir xil rangdagi kvadratlardan 2 ta kubik yuzasi yasab, yoniga o’sha rangda bir xil 2 ta yoki chiziqcha xam qoyish.
9-topshiriq: Kubikning 3 ta yuzasini bir xil rangda yasash.
"Raven matrisasi"
Ushbu metodika kichik maktab yoshidagi bolalarning ko’rgazmali-obrazli tafakkurini o’rganishga va rivojlantirishga mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy vazifalari mashxur Raven testidan olingan. U 10 ta asta-sekin murakkablashib boruvchi Raven matrisalaridan iborat.
Bolaga asta-sekin murakkablashib boruvchi 10 qismdan iborat vazifa beriladi. Masalan: Matrisada bo’laklarni joylanishidagi qonuniyatni topish va quyida berilgan 8 ta rasm ichidan shu matrisaga mos keluvchi qismlarni topish kerak. (Matrisaning shu qismi ichida har xil rasmlari bor bayroqchalar sifatida berilgan). Katta matrisa tuzilishini o’rganib, bayroqchalar ichidan bola katta matrisaga joylashishi uchun mantiqan mos keluvchi qismni aniqlashi kerak.
Bolaning 10 ta topshiriqni bajarishi uchun 10 minut vaqt beriladi. Vaqt tugagach, tadqiqotchi tajribani to’xtatadi va to’g’ri aniqlangan matrisalar soni xamda vazifani bajarishda to’plangan umumiy ball xisoblanadi, har bir to’g’ri bajarilgan matrisa uchun 1 baldan baxolanadi.

Xulosa
Ilmiy adabiyotlarda mummoning bayon etilishi holatini о‘rganish natijasida Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkurini о‘ziga xos xususiyatlari mavzusi yetarlicha о‘rganilmagani anqlandi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolada aks ettiruvchi faoliyatning faqrli xususiyati unda bilish faoliyatlarining buzilmaganligi hisoblanadi. Bu eng avvalo umumiy va vositali bilimning buzilishidir.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda taqqoslash operatsiyasida tafakkurning sifatlari yorqin namoyon bo‘ladi, unda maxsus qo‘yilgan analiz va sintez o‘tkaziladi. Ular predmetlar va hodisalardagi asosiy narsani ajrata olmay, mavjud bo‘lmagan belgilar taqqoslanadi, ko‘pincha mos kelmaydigan belgilar taqqoslanadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar o‘xshash va farqli predmetlarning farqini aniqlashda qiynaladilar.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkurining rivojlanish holatini tahlil qilib, bu jarayonning stereotipligi, qiyin harakatligi va umuman to‘liq egiluvchan emasligini ta’kidlash joiz. Shuning uchun mavjud bilim va malakalarni yangi sharoitda qo‘llash Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarida qiyinchilik tug‘diradi va vaziyatini xato bajarishga olib keladi.
Ammo aqli zaif o‘quvchilarning aqliy faoliyatini ko‘rgazmali vositalar yordamida faollashtirish mumkin. Maktab sharoitida o‘qitish jarayonida ko‘rgazmali-obrazli tafakkur rivojlanadi. Obektlarni aqliy analiz qilish maydoni kengayadi, tasavvur roli kengayadi, mavhumlashtirish qobiliyatini rivojlanishida ahamiyatli siljishlar kuzatiladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkur jarayonlarining rivojlanishida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun aniq maqsadga qaratilgan korreksion ishlar tо‘g‘ri tashkil etish hamda bu jarayonda ularning о‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq bо‘ladi.



Download 79,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish