Mavzu: sudyalarning huquqiy maqomi: xorijiy va milliy tajriba


Fransiya Respublikasi sud tizimi quyidagicha tuziladi



Download 320,13 Kb.
bet8/18
Sana02.01.2022
Hajmi320,13 Kb.
#308096
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
BMI-Dilnoza

Fransiya Respublikasi sud tizimi quyidagicha tuziladi: Kichik instantsiya sudlari da`vo qiymati 4000 dan 10000 evrogacha bo`lgan sud ishlarini birinchi va oxirgi instantsiyada ko`rib chiqadi. Da`vo qiymati 4000 evrogacha bo`lgan muhim ahamiyatga ega bo`lmagan fuqarolik ishlari va 750 evrogacha jarima bilan jazolanuvchi qilmishlari bo`yicha jinoyat ishlarini chegaradosh sud organlari ko`rib chiqadilar. Mazkur organlarning sudyalari professional sudyalar bo`lmasligi ham mumkin.21


2-BOB. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUDYALARNING HUQUQIY MAQOMI
2.1.O`zbekistonda sud huquq tizimining isloh qilinishi va huquqiy asoslari

Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo`lgan, qonun ustuvorligini ta`minlaydigan jamiyat asoslari izchil mustahkamlanmoqda. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 7-fevralda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi Farmonida qonun ustuvorligini ta`minlash va sud huquq tizimini tubdan isloh qilish asosiy ustuvor yo`nalishlardan biri etib belgilanganligi buning amaliy ifodasi bo`ladi. Bu haqda so`z borganda avvalambor “Oliy Majlis senatining to`qqizinchi yalpi majlisida bir qator muhim qonun va qarorlar muhokama etilgani hamda ma`qullanib Prezident tomonidan imzolanib, amalga kiritilgani ta`kidlash lozim”. Xususan O`zbekiston Respublikasiga Konstitutsiyasiga o`zgartirish va qo`shimcha kiritish to`g`risidagi qonun O`zbekiston Prezidentining 2016 yil 21-oktyabrdagi “Sud huquq tizimi yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risidagi hamda 2017 yil 21-fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi farmonlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Mazkur qonun bilan Konstitutsiyamizning 80, 81, 83, 93, 107, 110-112-moddalariga tegishli o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritildi. Mazkur qonun 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni ro`yobga chiqarishga qaratilgan prinspial qoidalarni o`zida mujassam etgan. Qonun me`yorlarida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining sifat va samaradorligini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalar lavozimlariga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish mustahkamlab qo`yilgan. Binobarin, bularning barchasi bugungi kunda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo`nalishlari hisoblanadi. Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev tomonidan tasdiqlangan O`zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasida qonun ustuvorligini ta`minlash va sud huquq tizimini yanada isloh kilish bo`yicha belgilangan vazifalar mohiyat-e`tibori bilan bu sohani butunlay yangi bosqichga olib chiqish, pirovardida inson huquq manfaatlari himoyasini samarali ta`minlashga keng imkoniyatlar yaratdi. “Harakatlar strategiyasida aynan hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta`minlashga alohida urg`u berilgani bejiz emas. Zero, odil sudlovni og`ishmay amalga oshirishda, fuqarolik va yuridik shaxslar huquqlari bo`yicha adolatli qaror qabul qilishda buning ahamiyati beqiyosdir”. Sudning haqiqiy mustaqilligini ta`minlashdek oliyjanob maqsadni ro`yobga chiqarishda Prezidentimizning 2017 yil 21-fevralda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi sud tizimini tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni mustahkam huquqiy zamin bo`ldi. Ayniqsa, mazkur hujjatda mamlakatimizda sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organini tashkil etish masalasi qo`yilgani g`oyatda muhim ahamiyatga ega. Aslida ham odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshirilar ekan, uning yagona bo`lishi mantiqan to`g`ri va xalqaro amaliyotga muvofiq. Shu jihatdan ushbu farmon sohadagi davlat siyosatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi. Shu asosda ishlab chiqilgan va amalga kiritilgan qonunga ko`ra oliy xo`jalik sudi va oliy sud fuqarolik jinoiy va ma`muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organiga O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirilayotganligi ayni muddaodir. Prezident farmoniga va endilikda amalga kiritilgan qonunga muvofiq sud hokimiyatining yagona oliy organi sifatida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining tashkil etilishi tizimidagi o`zgarishlarning eng ahamiyatli jihatlaridandir.

Hozirgi kunga qadar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari yo harakatsizligi ustidan shikoyatlarni ko`rib chiqish fuqarolik va xo`jalik protsesual kodekslariga muvofiq fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar va xo`jalik sudlari tomonidan, ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`rsidagi ishlar esa, mamuriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga muvofiq jinoyat ishlari bo`yicha sudlar tomonidan amalga oshirilayotgan edi. endilikda ushbu toifadagi ishlar yangi tashkil etilayotgan mamuriy sudlar tomonidan ko`rib chiqiladi. Sud – huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish sud hokimiyatining fuqarolar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21-oktyabrdagi “Sud huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora tadbirlari to`g`risi”dagi farmoni mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tardi.

Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo`nalishi ham qonun ustuvorligini ta`minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilishga bag`ishlanadi.

“Sud xalqparvar bo`lmaguncha tizim takomillashtirilaveradi. Bundan buyon sudyalarga xalqni o`zi baho beradi. Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik bugungi kunda davlat boshqaruvi organlarida faoliyat ko`rsatayotgan barcha insonlar qatori sudyalar faoliyatining ham kundalik qoidasi bo`lib qolishi zarur”.22

Biz bilamizki, Konstitutsiyaning 106-moddasiga muvofiq “O`zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi”.23

Sud hokimiyati hokimiyatlarning bo`linish nazariyasida ham amaliyotida ham alohida o`rin tutadi. Xorijiy va o`z adabiyotlarimizda ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatlarning bog`liqligi va hatto ba`zan bir-birlariga qo`shilib ketishlarining foydaliligi yoki maqsadga muvofiq emasligi haqidagi bahslar uchrab tursada, sud hokimiyatiga kelganda ochiq fikrga erishilganlik ko`rinib turibdi. Uning funktsiyasi juda aniq belgilab berilgan. Sud muassasalari davlat tuzilishining mustaqil tuzilmasidir.

Sud ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy va madaniy hayotga insonning maqomiga, uning huquq va erkinliklarini ta`minlashga katta ta`sir ko`rsatadi. Har bir kishida o`zining sudga murojaati mustaqil ob`ektiv va adolatli qaror bilan yakunlanishiga qat`iy ishonch bo`lishi kerak. Aslida sudga murojaat qilish huquqiy davlat sharoitida odamlarning hatti-harakatidagi oddiylik holi hisoblanadi.




Download 320,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish