mavzu: Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi mazmuni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo’llagan Murojaatnomasida keltirilgan ta’lim sohasiga doir ustivor vazifalar soat



Download 74,89 Kb.
bet6/11
Sana05.01.2022
Hajmi74,89 Kb.
#317799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-Mavzu (Maruza) (1)

3.3. “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarorining mazmun-mohiyati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida uzluksiz ta’lim tizimida qator maqsad va vazifalar ijrosi belgilandi:

1. Maktabgacha ta’lim vazirligi:

a) Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash hamda boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturlarining o‘zaro uzviyligini ta’minlash choralarini ko‘rish;

b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish, jumladan: xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanishini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish; bolalarning o‘sishi hamda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish jarayonlarini monitoring qilish bo‘yicha “Bolalar bog‘chasi” axborot boshqaruv tizimini ishga tushirsin va unga kiritiladigan ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash; maktabgacha ta’lim xizmatlari uchun elektron to‘lov tizimlarini joriy qilish; maktabgacha ta’lim sohasida axborot boshqaruv tizimini boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

Milliy o‘quv dasturini joriy qilish bo‘yicha tajriba-sinovni lozim darajada o‘tkazish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markaziga quyidagi vakolatlar berildi:

umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti, tayanch va variativ o‘quv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish;

Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasiga asosan muallif va tuzuvchilarni tanlash hamda darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarning yagona maketlarini yaratish;

yaratilgan darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni ekspertiza qilish, ularni ta’lim tizimida qo‘llash bo‘yicha xulosa berish;

o‘quv reja, dasturlar, yaratilgan darslik va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlariga rahbarlik qilish.

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi ijobiy tajribasini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga hamda Dasturga joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.


Download 74,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish