Mavzu: xususiy kapital hisobi



Download 24,31 Kb.
bet1/3
Sana13.07.2022
Hajmi24,31 Kb.
#792393
  1   2   3
Bog'liq
2 5260658716474087650


4-MAVZU: XUSUSIY KAPITAL HISOBI

REJA:

  1. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda ustav kapitalini shakllantirish xususiyatlari.

  2. Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi.

  3. Qo‘shilgan hamda rezerv kapitali hisobi.

  1. Taqsimlanmagan foyda va dividendlar hisobi.


1. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda ustav kapitalini shakllantirish xususiyatlari
Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar o‘z faoliyatlarini amalga oshirib kelmokda. Bularga davlat mulki shaklidagi, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi, qo‘shma korxona shaklidagi va boshqa korxonalar kiradi.
Davlat korxonasining ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag‘lari summasidir. Ustav kapitali hiobiga asosiy va aylanma mablag‘lar shakllanadi.
Korxonaga asosiy vosita mavjud ishlab chiqarish hajmiga va ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish obyektlariga karab, aylanma mablag‘lar esa normativlar asosida beriladi. Normativ yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi, ammo ularni taqsimlashni korxonaning o‘zi mustaqil amalga oshiradi. Amaldagi tartibga ko‘ra korxona ustav kapitali miqdori uning ta’sis hujjatlarida kayd etilgan miqdoriga muvofiq bo‘lishi kerak Davlat korxonasi uchun yuqori turgan tashkilotning korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrugi ta’sis hujjati Hisoblanadi.
Ba’zi hollarda davlat korxonasining ustav kapitali hajmi o‘zgarishi mumkin. Ustav kapitali miqdorini faqatgina yukori tashkilot o‘zgartirishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aksiyadorlari sotib oladigan aksiyalarining nominal kiymatidan iborat bo‘ladi. Bunda chiqariladigan jami aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Ustav kapitalini ko‘paytirish qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yuli bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat tomonidan qo‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan e’lon qilingan aksiyalar miqdori doirasida joylashtirilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish favqulodda hollarda yuz beradi va uni ko‘paytirishdagi singari tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorining kamayishi aksiyalar umumiy sonining qiskarishi bilan bog‘liq bo‘ladi, shu jumladan, jamiyatning o‘zi haqini keyinchalik to‘lash bilan aksiyalarni sotib olishi ham shu hisobga kiradi. Amaldagi qonunlarga binoan aksiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga xissa tariqasida pul bilan baholanadigan va ta’sischilar tomonidan jamiyat aksiyalari haqini to‘lash uchun kiritiladigan moddiy boylik mulkiy yoki o‘zga xuquqlarni to‘lashlari mumkin. Jamiyat ta’sis etilayotganda uning aksiyalari pulini to‘lash shakllari jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma yoki jamiyat ustavida, qo‘shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar pulini to‘lash ularni joylashtirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatiladi. Aksiyador ta’sis yigilishi belgilangan muddatlarda, ammo jamiyat ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bir yildan kechikmay aksiyalarning to‘liq pulini to‘lashi kerak Aksiyalarni sotib olish muddati o‘tganidan keyin aksiyadorlar jamiyati ularni o‘z ixtiyoriga qarab sotishga haqli. Amaldagi qonunlarga muvofiq xissalarga bo‘lingan ustav kapitaliga ega bo‘lgan jamiyat ma’suliyati cheklangan jamiyat deb ataladi. Bunday jamiyat ustav kapitalidagi bo‘lingan xissalar miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yiladi, uning ishtirokchilari majburiyatlar bo‘yicha faqat o‘z mulki doirasida javob beradi.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning xissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko‘payishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan ko‘payishi yoki kamayishi bilan yuz berishi mumkin. Jamiyat ishtirokchisi o‘z xissasini jamiyat ruyxatga olingan sanadan keyin bir yil davomida to‘lashi lozim.

Download 24,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish