Mavzu: Yara infeksiyasi. Sepsis. Yirik qon – tomirlar shikastlanishi, qon oqishi va qon quyish



Download 75,95 Kb.
bet4/8
Sana06.04.2022
Hajmi75,95 Kb.
#532911
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yara infeksiyasi

Chirituvchi infeksiya. Ayrim yaradorlarda klinik kechishi odatdagi yiringli va anaerob klostridial infeksiyadan farqlanuvchi alohida yara infeksiyasining og ‘ir turi rivojlanadi. Bunday infeksiya yumshoq to ‘qimalarning qalin massivini chuqur yaralanishlarida, ayniqsa oraliq, chanoq, son, ko'krak, qorinda kuzatiladi. Chirish infeksiyasi to ‘qimalarning yiringsiz progressiv nekrozi va chirishli erishi bilan
ajraladi. Yaradorlaming ahvoli tez va progressiv yomonlashadi, organizmning
og‘ir intoksikatsiyasi va suvsizligi ortib boradi. Chirish infeksiyasida asosiy davolash chora-tadbirlari hamma o ‘lgan va eriyotgan to ‘qimalami kesib tashlash va keng drenajlashdan iborat. Chirish infeksiyasining keng tarqalgan formalarida qo ‘l-oyoq amputatsiyasini bajarishga ko‘rsatma ancha kengayadi. Buni kechiktirish xavfli, chunki tanaga tarqalgan jaray o n n i endi to ‘xtatib b o ‘lmaydi.
Yana klinik belgilaridan yuqori harorat, puis tezlashgan, labil, AQB noturg‘un, hansirash, adinamiya, anoreksiya, anemiya va gipoproteinemiya kuzatiladi. Yara atrofida ayrim hollarda epidermisning ko‘chishi kuzatiladi. Ichida gemorragik suyuqlikli yassi qoramtir pufakchalar kuzatiladi. Odatda sepsisning rivojlanishi oqibati o ‘lim bilan tamom b o ‘ladi. Davolashda mikrobga qarshi dorilarni katta dozada qo'IIashning muhim ahamiyati bor. Anaerob klostridial infeksiyada levomitsetin, klandamitsiri, rifampitsin, penitsillin eng yaxshi natija beradi. Ko‘p anaeroblar uchun metabolik zahar - metronidazol (trixopol) yaxshi ta ’s ir etadi. Uni og‘izga tabletkada, rektal sutkasiga 0,5 x 3 - 4 marta yoki 1 g dan har bir 6 soatda vena tomiriga tomchilab yuboriladi. Og‘ir endotoksikozni kamaytirish maqsadida infuzion davoni diurezni kuchatiruvchi, antigistamin, vitaminlar, yurak faoliyatini oshiruvchi d o ri-d a rm o n lar q o ‘llaniladi. Keyingi v a q tla rd a jarro h lik va med ik am en to z davoni ancha toMdiruvchi giperbarik oksigenatsiya muvaffaqiyatli qo ‘IIaniImoqda. Anaerob klostridial infeksiya Klostridial spora hosil qiluvchi anaerob, yana gazli gangrena nomi bilan ma’lum spetsifik anaerob infeksiya Ikkinchi jahon urushida 1-2% yaradorlarda kuzatilgan. Bu eng og‘ir yara infeksiyalaridan biri bo ‘)ib, 2 0 -5 0 % hoJlarda olimga olib keladi. Ularning rivojlanishiga mikroorganizmlar hayot faoliyatining bir qator qulay sharoitlari: kata massiv shikastlangan va o ‘!gan to‘qimalar, yaralaming ko‘p chuqur cho‘ntaklari va mushakiararo yoriqlarini yot jism va detritlar bilan to ig an lig i; yarani tuproq bilan ko‘p ifloslanganligi; qon tomir shikastlari natijasida qon aylanishining buzilishi, qo ‘l-oyoqda jgutning uzoq muddat turganligi, ko‘p qon yo‘qotish, yaralarga kech va to iiq ishlovi bo‘lmagan jarrohlik ishlovi, ko'rsatilmagan holiarda yaraga chok qo ‘yish. Anaerob infeksiyani chaqiruvchi asosiy to ‘rt turi ma’ium.
Gazli gangrena kJostridiyasi (Cl perfringens) intensiv gaz hosil qilish xususiyatiga
ega b o ‘lgan kuchli nekrotoksik va gomotoksik toksinlami chiqaradi. Zararli shish klostridiyasi (Cl oedematicus) to ‘qimalarda tez tarqaluvchi shishni chaqiradi. To'qimalami erituvchi klostridiy (Cl hystoliticum) proteolitik fermentlar chiqarib a trof to ‘qima!aming tez erishiga olib keladi.
Septik klostridiy (Cl septicum) to‘qima!arda gaz hosil qilish, shish va to ‘qimalarning chirishli parchalanishini chaqiradi. Anaerob infeksiya dumba, son va b o ld ir sohalarini yaralanishlarida ko‘proq uchraydi. Oyoqlarda anaerob infeksiya qoMdagiga nisbatan 5 marta ko‘p uchraydi. Uning rivojlanishiga bir qancha omillarga bog‘liqlik tomonlari bor. Yilning bah o r — kuz oylarida maksimal boMib (loygarchilik, namgarchilik minimal yoz oylariga to ‘g‘ri keladi. Yaralanish vaqtida kiyim parchalarining yaraga kirishi anaerob infeksiya manbayi b o ‘lib hisoblanadi.
Parchali yaralanishlarda anaerob infeksiyaning asorati o ‘qli yaralanishga qaraganda 1,5 marta, ko‘r yaralarda teshib o ‘tgan yaralanishga qaraganda 2 marta ko‘p uchragan. Qo‘l-oyoqlar yaralanib, suyaklar sinishi bilan bo ‘lganda, yumshoq
to'qimalarning yaralanishiga qaraganda 3,5 marta; magistral qon tomir shikastlarida 8 marta ko‘p uchraydi. Yaralarda anaerob infeksiyalar monomikrob shaklida emas, balki polimikroblidir. Bu o‘z navbatida tashxis qo‘yish, oldini olish va davolash chora-tadbirlarini ancha qiyinlashtiradi. Anaerob klostridial in fek s iy a la r tasnifi U yoki bu anaerob infeksiyani chiqaruvchining turini ortiqligiga
qarab mahalliy va umumiy belgilar darajasi aniqlanadi. Anaerob infeksiyaning tinik bir qator belgilarini ajratish mumkin:
1) anaerob infeksiyaning eng birinchi belgisi yara atrofidagi shishning ortib borishi. Qo‘l-oyoqqa qo‘yilgan ligatura 1 -2 soatdan so‘ng shishning progressiv kattalashuvi sababli teriga botib kiradi (Melnikov belgisi);
2) yarada tiqib boruvchi og‘riqning kuchayishi, qaysiki quruq va seroz-gemorragik ajratma bilan farqlanadi.
3) paypaslaganda yara atrofida krepitatsiya (qorni g‘ijirlaydi) an iq lanadi. Yara chetlariga bosilganda gaz pufakchalari ajraladi;
4) ≪qaynatilgan go‘sht≫ tusli mushaklarning yaraga chiqishi;
5) yara hidsiz yoki kuchsiz achigan karamni eslatuvchi hid boMishi mumkin;
6) jarohatlangan joyning terisi ichida gemorragik suyuqlikli pufakchalar, yara atrofida qoramtir va yashilsimon dog‘lar;
7) yaradoming umumiy ahvoli tez yomonlashadi. Tana harorati ko‘tarilishi (37,5—38,5°S) vaqt b o ‘yicha pulsning bir daqiqada 120 martagacha tezlashishidan ilg‘orlab ketadi.
Anaerob infeksiya gumon qilingan yaradorlar ATO yoki gospitalning alohida xonasiga yotqiziladi. Tashxis bog‘lov yechilgandan so‘ng aniqlanadi. Rentgenografiya yordamida to ‘qimalarda gaz borligi va infeksiyaning chuqurlikka teri osti to ‘q imasida (epifastsial forma) kunlab havo pufakchalarining (≪ari ini≫) b o lish i; archasimon xarakterdagi ko‘rinishi mushaklararo gaz tarqalganining belgisidir.
Oldini olish. Anaerob infeksiyaning oldini olish istalgan yara infeksiyasida o ‘tkaziladigan chora-tadbirlar bilan bir xildir: yarani bundan keyin ifloslanishdan saqlash, qo‘l-oyoq immobilizatsiyasi, yara atrofidagi to ‘qimalarga antibiotiklar yuborish, qon yo‘qotish va shok bilan kurashish. Katta mushak qatlamlarining keng jarohatlarida, yaranin tuproq bilan k o ‘p iflostanishlarida, magistral qon tomir va suyaklar shikastida yaralarga erta jarrohlik ishlovi berish va yara atrofiga
antibiotiklar yuborish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yaradorlar tashxis qo ‘yilgandan so‘ng alohida anaerob xonaga yotqiziladi. Ishlatilgan bog‘lov materiallari va yog'och taxtakachlar yoqiladi. Kiyim, xalatlar alohida 2% natriy gidrokarbonat eritmasida ivitiladi va so‘ngra 1 soat davomida qayna tiladi. Bunday bemorlarga in s trum e n te r, bog‘lov materiallari, x a la tla r, q o ‘lqoplar alohida tu tilad i. Bog‘lov stoli, kleyonka, taglik lizol eritmasi bilan ishlanadi. Anaerob infeksiyaning birinchi belgilari paydo b o ‘lishidayoq uni davolashning asosiy usuli jarrohlik amaliyotidir. Anaerob infeksiya joylashishi, tarqalganligi va xususiyatiga qarab jarrohlikning 3 turi qollaniladi:
— shikastlangan q o ‘l-oyoqda keng ≪ tasmasimon≫ kesilishlar;
— kesish va zararlangan to ‘qimalarni kesib tashlash;
— amputatsiya (ekzartikulyatsiya).
Anaerob infeksiyada qo ‘l-oyoq amputatsiyasiga ko'rsatmalar boMadi:
— yashin tezligida anaerob infeksiyada;
— qo‘l-oyoq gangrenasida;
— keng va ch u q u r anaerob jarayon bilan zararlanganda, qachonki tiklanmaydigan to ‘q imaning radikal bajarilishiga umid bo‘lmasa;
— ko‘p parchali, ayniqsa bo‘g‘imdagi o ‘qli suyak sinishlarida, magistral qon tom ir shikastlari bilan asoratlangan anaerob infeksiya tarqaiagan formalarida.
To'qimalar kesilganidan keyin ham anaerob jarayon to ‘xtamasa amputatsiyaga ko ‘rsatma yuzaga keladi. Amputatsiya jgutsiz, aylanma yoki parchali usulda bajariladi. Jarrohlik ishlovidan so ‘ng yara vodorod perikisi bilan yuviladi,
tampon 10% li n a triy xlorid eritmasi bilan shimdirilib, yaraga bosmasdan qo'yib chiqiladi. Yara atrofiga katta miqdorda antibiotiklar yuboriladi. Qo‘l-oyoqqa albatta taxtakach yoki gipsli langeta q o ‘yiladi. Og‘ir intoksikatsiyani yuzaga keltiruvchi bakterial toksinlami neytrallash maqsadida gangrenaga qarshi polivalentli zardob qo ‘llaniladi. 50000 antitoksin birlikda antiperfringens, antiedematikus va antiseptikus (jami 150000 AB) aralashtiriladi, 5 marotaba natriy xloridni izotonik eritmasida aralashtirilib, tomchilab vena tomiriga yuboriladi.
Mushak ichiga yuborilganda zardob aralashtirilmaydi. Bakteriologik tekshiruv natijalari olingandan so‘ng faqat aniqlangan mikrobga qarshi zardobni (monovalentli) to anaerob infeksiyaning mahalliy belgilari yo'qolgunga qadar yuboriladi. Vena tom iri orqali katta m iq d o rd a an tib io tik la r y u b o rilad i;
40000000-60000000 TB sutkasiga penitsillin, 250000 morfosiklin su tkasiga
3 marta va b. Bir vaqtda kandidozning oldini olish maqsadida 500000 TB sutkasiga 2 marta nistatin buyuriladi. Anaerob infeksiyali yaradorlar o ‘tkir jarayon va og‘ir holatini yo ‘qotmasdan turib tr a n s port vositalarida ko‘chirish mumkin emas. Bu jarayonni qulay k e - chishida 7 -1 0 -k u n la rg a to*g‘ri keladi. Ko‘p hollarda anaerob infeksiyani belgilarini tugatilganidan keyin yarani yiringlashi yoki ch irish infeksiyasi yuzaga kelishi mumkin. Bunda davo umumiy q o id a la r
asosida olib boriladi. Adabiyotlardan m a ium k i, oxirgi vaqtlarda u c h -
lik davosini (jarrohlik, antibiotiklar, oksibaroterapiya) o ‘tkazish n a tijasida
anaerob infeksiyadan o ‘lim 70% d an to 41% gacha kamaygan.

Download 75,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish